Mavzu: Akvarium va Terrariumda yashovchilarni parvarishlashning shart sharoitlarini o`rganish.
Akvarium manzarali baliqlar saqlash va boqish uchun ishlatiluvchi shaffof devorli idishdir. Ba’zan akvariumlarda baliqlardan tashqari suvoʻtlar, suvda ham quruqlikda yashovchilar yoki suvda yashovchi sut emizuvchilar boqilishi mumkin. Akvariumni suvli vivariy deb ham atashadi.
Akvarium (lot. aqua – suv) – 1) suv hayvonlari va oʻsimliklarini tirik saqlash va koʻpaytirish uchun foyda-laniladigan shisha idish. Foydalanish maqsadi va organizmlar uchun zarur boʻlgan sharoitga binoan A.ning tuzilishi, shak-li va oʻlchami har xil boʻladi. A.odatda yaxlit shishadan yoki sinchi metalldan, devori shishadan yasaladi. A. yasash uchun ba’zan organik shishadan ham foydalaniladi: Standart A. toʻgʻri burchakli, ba-landligi bilan eni bir xilda, boʻyi enidan 1,5-marta uzunroq qilib yasaladi. Devorga qoʻyiladigan A.ning oldingi devori egik boʻladi. A. tubiga yuvib tozalangan daryo qumi (zarrachalarning oʻlchami 2–4 mm) solinadi. Baliq boqish uchun A. suvi kislorodga toʻyingan, undagi mineral tuzlarning tarkibi va nisbati muayyan miqdorda boʻlishi lozim. Suvni kislorodga toʻyintirish uchun A. da suv oʻsimliklari oʻstiriladi, oʻsimliklar har kuni 10–12 soat davomida yoritib turiladi. Yorugʻlikda oʻsimliklar akvari-um baliqlari nafas olganida chiqadigan karbonat angidrid gazini oʻzlashtirib, 259kislorod ajratib chiqaradi, suvdagi mineral moddalarni shimib oladi. Suvni doimo toza saqlash uchun A. devo-ri tozalab turiladi, suv tubiga choʻkkan chiqindilar olib tashlanadi, bugʻlangan suvning oʻrni toʻldirib turiladi. A. da suv yuzasida (ruchchiya, salviniya, suv sa-lati va boshqalar) va suv qa’rida qalqib turadigan (elodeya, urut, lyudvigiya va boshqalar), suv tubiga yopishib oʻsadigan (vallisneriya, oʻqyoybarg, aponogeton, exinodorus, krip-tokorina va boshqalar) oʻsimliklar oʻstirish mumkin. A.ning ustini shisha bilan yopib, qopqoqni cheti havo kirib turishi uchun bir oz ochib qoʻyiladi. Ilmiy laboratoriyalarda, ba’zan xonadonlarda ham A. suvi nasos yordamida havo yuborish bilan kislorodga toʻyintiriladi, qum va faollashtirilgan koʻmir orqali oʻtkazib tozalab turiladi; 2) ilmiy tadqiqot oʻtkazish yoki namoyish qilish maqsadida dengiz yoki chuchuk suv hayvonlari va oʻsimliklari namunalarini tirik holda saqlaydigan muassasa. U suv hayvonlari va oʻsimliklarining hayoti oʻrganiladigan va namoyish etiladigan ilmiy muassasalar va hayvonot bogʻlarida (shu jumladan Toshkent hayvonot bogʻida) barpo etilgan. Dast-labki A. 19-asrning 2- yarmida qurila boshlagan (Sevastopol –1871, Neapol –1872). Dengiz hayvonlarini oʻrganish uchun A. odatda dengiz sohiliga yaqin joyda quriladi. Eng yirik A. Neapol, Bombey, Sevastopolda qurilgan. Dengiz A. ba’zan okeanarium deb ham ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |