20O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Prezidenti qarorlariga ilovalar asosida tayyorlandi.
1994
19
1995
17
1996
18
1997
18
1998
18
1999
25
2000
27
2001
28
2002
27
2003
26
2004
25
2005
22
2006
19
2007
19
2008
13
2009-2013
14
Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, aktsiz solig'i solinadigan tovarlar guruhidagi aktsiz osti tovarlar soni 2001 yilda eng ko'p sonni tashkil etadi, eng kam miqdor esa 2008 yilda tashkil etgan. Ma'lumki, soliq to'lovchilar deganda zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lash majburiyati yuklatilgan jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va ularning alohida bo'linmalari tushuniladi. Soliq agentlari esa zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni hisoblab chiqarish, soliq to'lovchidan ushlab qolish hamda budjetga va davlat maqsadli jamg'armalariga o'tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslardir. Soliq to'lovchining vakillari qonunga yoki ta'sis hujjatiga muvofiq soliq to'lovchining vakili bo'lishga vakolatli shaxslardir. Soliq kodeksining 229-moddasiga muvofiq, aktsiz solig'i to'lovchilar bo'lib quyidagi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi: • O'zbekiston Respublikasi hududida aktsiz solig'i solinadigan tovarlarni (aktsiz to'lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
O'zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aktsiz to'lanadigan tovarlarni import qiluvchilar;
oddiy shirkat aktsiz to'lanadigan tovar ishlab chiqargan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi (ishtirokchisi).
Aktsiz to'lanadigan tovarlarning ayrim turlari bo'yicha aktsiz to'lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi bo'lmagan shaxs O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan aktsiz solig'ini to'lovchi etib belgilanishi mumkin. Bu holatni quyidagicha izohlash mumkin, ya'ni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi “O'zbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to'g'risida”gi 1675-sonli qaroriga muvofiq, 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab chakana savdo tarmog'ida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik mahsulotlariga 1 gramm zargarlik buyumi uchun 10 AQSh dollari ekvivalentida aktsiz solig'i joriy etildi, bunda chakana savdo tarmog'i korxonalariga, tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo'lganida, sotib olingan zargarlik buyumlariga to'langan aktsiz solig'ini hisobdan chiqarish huquqi berildi. Demak, aktsiz solig'i ishlab chiqaruvchisi bo'lmagan oltindan ishlangan zargarlik mahsulotlarini chakana savdosi bilan shug'ullanuvchi savdo korxonalari ham aktsiz solig'i to'lovchilari bo'lishadi. Quyida keltirilgan jadvalda M.Ulugbek tumanida aktsiz solig'i to'lovchilari sifatida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar haqida ma'lumotlar berilgan: