Mavzu: Aka-uka Grimmlar asarlarining bolalar tarbiyasiga ta’siri. Reja: 1



Download 254,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana27.08.2021
Hajmi254,46 Kb.
#157224
  1   2   3
Bog'liq
Aka-Uka Grimmlar



Mavzu:Aka-uka Grimmlar asarlarining bolalar tarbiyasiga ta’siri. 

Reja: 

1. 

Aka-uka Grimmlarning ilmiy pedagogik faoliyati.



 

2. 

Aka-uka Grimmlarning asarlari.



 

3.  1830-yili aka-ukalar Gettingenga  jo’nashi. 

4.  Foydalanilgan adabiyotlar. 

 

 



Aka-uka  (Yakob  1785–1863,  Vilgelm  1786–1859)  Grimmlar 

Magdeburg universitetida oʻqib yurgan chogʻlaridayoq oʻrta asr olmon tarixi 

va  madaniyati,  huquq  va  mifologiyasi,  xalq  ogʻzaki  ijodi  hamda  til  va 

adabiyoti bilan shugʻullana boshladilar. 

A.-u.G.ning  ilmiy-pe-dagogik  faoliyati  Gyottinggen  universitetida 

boshlangan.  1837  yilda  konstitutsiya  qonunlariga  rioya  qilmagani  uchun 

Gannover  qiroliga  qasamyod  qilishdan  bosh  tortishgan  va  universitet 

professori  la-vozimlaridan  chetlatilgan.  1841  yildan  Berlin  universitet 

professorlari va Prussiya FA aʼzolari sifatida faoliyat olib borishgan. A.-u.G. 

nemis  roman-tiklarining  Geydelberg  guruhiga  mansub  boʻlib,  oʻrta  asrlar 

nemis  yozma  madaniyati  namunalarini  eʼlon  qilishgan  va  shu  davrda 



yashagan  min-nezinger  va  meysterzingerlar  ijodini  oʻrganishgan.  A.-u.G. 

nemis  folk-lorshunosligida  mifologik  maktabga  asos  solganlar,  xalq  ijodini, 

til-shunoslikka 

oid  ishlarida  boʻlganidek,  qiyosiy  metod  asosida 

oʻrganganlar.  "Nemis  mifologiyasi"  (1835)  kitobi  va  hayvonot  eposining 

paydo boʻlishi haqidagi nazariyasi nafaqat nemis folklori, balki turli xalqlar 

mifologiyasini oʻrganishda muhim rol oʻynagan. Har biri 2 j.dan iborat nemis 

xalq  ertak  va  rivoyatlari  ("Bo-lalar  va  oila  ertaklari",  "Nemis 

rivoyatlari")ning  nashr  etilishi  A.-u.G.  ning  eng  katta  xizmati  hisoblanadi. 

Ular  ertak  va  rivoyatlarni  yozib  olishda  xalq  tili  va  fantaziyasining  oʻziga 

xosligini toʻla saqlab qolishni folklorshunoslikning asosiy tala-bi, deb bildilar 

va  har  bir  ertakka  bergan  izohlarida  shu  ertaklarning  Yevropa  xalklari 

folkloridagi barcha nusxalarini qayd etishga intildilar. Ularning fikriga koʻra, 

ertaklar  olamidagi  mushtaraklik  "otamif"  ning  mavjudligi  va  uning  yagona 

ajdodning merosi sifatida turli xalqlar oʻrtasida tarqalganligi bilan izohlanadi. 

Bu  mifologik  nazariya  uzoq  yillar  mobaynida  hukm  surganiga  qaramay, 

keyingi vaqtda oʻz tasdigʻini topmadi. A.-u. G. filolog olimlar sifatida 2 j.li 

"Nemis  tili  tari-xi"  (1848)  va  4  j.li  "Nemis  gramma-tikasi"  (1819—37) 

tadqiqotlarini  ham  yaratganlar.  A.-u.G.ning  ertaklari  jahon  xalklarining 

koʻplab tillariga tarjima qilingan va bu ertaklar asosida teatr, kino, musiqa va 

tasviriy sanʼat asarlari yaratilgan.

 

Oʻqish,  oʻz  ustlarida  qattiq  ishlash  Grimmlar  uchun  baxt  yoʻli  boʻldi. 



Ular  avval  Gettingen,  keyinchalik  esa  Berlin  universitetining  professorlari 

boʻldilar. Yakob olmon tili grammatikasi va mifologiyasini, Vilgelm oʻrta asr 

olmon  adabiyoti  va  xalq  ogʻzaki  ijodini  oʻrgana  boshladilar.  Olmon  xalq 

ogʻzaki  ijodining  gullab-yashnashiga,  olam  kezishiga  bir  koʻprik  yasadilar. 

Nihoyat,  1812  yilda  Grimmlar  tomonidan  yozilgan  ertaklar  bir  necha  jildli 

“Bolalar va oilaviy ertaklar” yuzaga  keldi. 1815-yilda 2-jild, 1822-yilda esa 

har ikkala jildni umumlashtiruvchi uchinchi jild bosilib chiqdi. 

Grimmlar  ertaklarning  koʻpchiligini  bevosita  ertak  aytuvchilardan 

tinglab, baʼzilarini esa dehqonlar bilan suhbatlashib yozib oladilar. Xalqdan 

olingan  ertaklarning  har  biri  Grimmlar  tomonidan  qayta  ishlanib,  badiiy  tus 

olib, yana xalqqa qaytariladi. 

Grimmlarning  uch  jildlik  kitobiga  ikki  yuzdan  ortiqroq  ertaklar  jamlangan 

boʻlib,  unda  mualliflar  koʻproq  afsonaviy,  maishiy  va  hayvonlar  haqidagi 



ertaklarni  umumlashtirishga  harakat  qilganlar.  Har  bir  ertakda  saxiylik, 

mehnatsevarlik, botirlik kabi fazilatlar bilan birga, qoʻrqoqlik ustidan kulish, 

dangasalik va yolgʻonchilikni qattiq qoralash birinchi oʻrinda turadi. Shunisi 

ham  quvonchliki,  koʻpincha  Grimmlar  ertaklarining  asosiy  qahramonlari 

shoh  va  shahzodalar  emas,  balki  kambagʻal,  beva-bechoralarning  oʻgʻil-

qizlari,  choʻpon  yoki  askar  boʻladi.  Ular  oʻzlarining  ibratomuz  ishlari  bilan 

ertak tinglovchida chuqur taassurot qoldiradi. 

Aql  bilan  ish  koʻrish,  bilimdonlik  “Tilla  gʻoz”,  “Shishadagi  arvoh”,  “Uch 

aka-uka” ertaklarida yaxshi berilgan. 

Grimmlarning  dunyoga  mashhur  “Zolushka”,  “Qor  qiz”  ertaklarining 

qahramonlari  hammadan  turtki  yeydigan,  soʻkish  eshitadigan  va  eng  past 

hamda  qiyin  yumushlarni  bajaradigan  qizlar  boʻlib,  ertak  davomida 

oʻzlarining  halol  mehnatlari,  yoqimli  soʻz  va  tabassumlari  bilan  baxtiyor 

boʻladilar. 

Grimmlarning  “Quyon  bilan  tipratikan”,  “Boʻri  va  tulki”  asarlari  masal 

janriga yaqin turishi bilan kitobxonda katta taassurot qoldiradi. 

“Yalqov  Geyns”,  “Gansning  baxti”,  “Botir  tikuvchi”,  “Yosh  pahlavon”, 

“Bremen  musiqachilari”  kabi  ertaklari  oʻzbek  bolalarining  ham  sevimli 

asarlariga aylanib qolgan. 

“Yosh  pahlavon”  ertagidagi  botir  qiyofasi  kichik  maktab  yoshidagi 

oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotadi. U halol, pok inson boʻlib, rostgoʻylik, 

toʻgʻrisoʻzlik  shaydosi.  Shu  sababga  koʻra  u  yoʻlida  uchragan  har  qanday 

toʻsiq  va  gʻovni  shoshilmay,  jasorat  va  mardlik  bilan  yengadi,  maqsadiga 

erishadi. 

“Botir  tikuvchi”ning  sujeti  koʻpchilikka  yaxshi  tanish.  Qahramon  nogahon 

bir nechta pashshani bir urishda nobud qilish bilan oʻziga oʻzi botir, dovyurak 

tamgʻasi  –  shiorini  yozib,  yelkasiga  osib  oladi.  U  baxtini,  taqdirini  sinab 

koʻrish, peshanasida borini qoʻlga kiritish maqsadida safarga otlanadi. 

Botir tikuvchi tadbirkor, epchil, chaqqon. “Qochib qolguncha otib qol” 

qabilida  dovyuraklik  bilan  ish  koʻrishi  unga  katta  shuhrat  keltiradi.  Gʻorda 




behisob  devlar  ustidan  puxta-pishiqligi  bilan  gʻolib  chiqadi.  Dev  koʻtarib 

olgan daraxt shoxlari ustida qush kabi yengil oʻtirishi, devlarning savollariga 

qoʻrqmay,  ustalik  bilan  javob  berishi  asrlar  osha  kitobxonni  hayratga  solib 

kelmoqda. 

Botir  tikuvchi  uchun  ogʻir  sinov  oʻrmondagi  ikki  pahlavon  bilan 

“olishuv”  boʻladi.  Podshoh  tomonidan  ikki  pahlavonlarni  magʻlub  qilish 

vazifasini  olgan  botir  tikuvchi  tavakkal  qilib  yoʻlga  tushadi.  Ustlariga  tosh 

tashlash  hisobiga  ular  oʻrtasida  nifoq  chiqaradi.  Ikki  jangchi  bir-birini  tosh 

bilan urib nobud qiladi. 

Tadbirkor  yigit  bilimdonlik,  oʻylab  ish  koʻrish  bilan  oʻrmondagi 

shoxdor maxluq ustidan gʻolib chiqadi. 

Botir  tikuvchining  yumshoq  soʻzligi,  muloyimlik  bilan  ish  koʻrishi 

yosh  kitobxonda  yaxshi  taassurot  qoldiradi.  Ularda  ham  xuddi  oʻsha  botir 

tikuvchi  kabi  yetuk  insonlar  boʻlishga,  botir,  pahlavon  boʻlishga  havas 

uygʻotadi. 

Aka-uka  Grimmlarning  qaysi  asarini  olmang,  hammasida  ham,  eng 

avvalo, mehnatkashlik, mehnatga muhabbat gʻoyasi yotadi. Ikkinchidan, har 

qanday  holda  ham,  har  qanday  mushkul  ish  boshiga  tushganda  ham  oʻsha 

qahramon  chora  qidiradi,  tadbirkorlik,  ishbilarmonlik  yoʻlidan  boradi  va 

ofatdan  qutuladi.  Tulki  kabi  hiyla  va  makr  ishlatadigan  jonivor  boʻlmasa 

kerak. Grimmlar ularga qarama-qarshi qilib gʻozlar obrazini yaratishadi. 

Gʻozlar  har  doim  chorasiz  –  boʻsh,  begʻam  hayot  kechiradilar.  Grimmlarda 

vaqti  kelganda  oʻsha  boqibegʻam  gʻozlar  ham  sergak,  tetik,  tadbirkor, 

ishbilarmon  boʻlib  ketishlarini,  olgʻir,  muttaham  tulkilarni  ham  dogʻda 

qoldirishlarini kuzatamiz. 

Tulki  oʻtloqda  yurgan  gʻozlarni  yemoqchi.  Ular  oʻlimlari  oldidan  bitta 

qoʻshiq  aytib,  soʻngra  tulkiga  yem  boʻlishlarini  soʻraydi.  Ammo  uzundan 

uzoq  “gʻa-gʻa”lari  tulkini  zeriktiradi,  uning  tinka-madorini  quritadi,  oxiri 

gʻoz – oʻljadan voz kechishga majbur boʻladi: 




Download 254,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish