SnCl4 + HOOC-COOH= Sn(C2O4)2 + 4HCI Simob ( II) ionini ditizon bilan fotometrik aniqlashga mis, qo'rg'oshin va vismut ionlari xalaqit beradi. Agar shu eritmaga EDTA qo'shilsa, bu ionlar kompleksga bog'lanadi va simobni aniqlashga xalaqit berolmaydi. Niqoblash maqsadlarida oksidlanish darajasini o‘zgartirish keng qo'llaniladi. M-n, Co ni tetrarodanokobaltat ( ko'k rangli) shaklida fotometrik aniqlashga Fe3+ ioni CN- bilan qizil rangli kompleks hosil qilgani uchun xalaqit beradi. Agar Fe3+ ionini Fe2+ ga aylantirilsa, Co ni aniqlashga xalaqit berolmaydi. Yana, Fe3+ ionini gravimetrik aniqlashga Cr3+ ioni xalaqit beradi, chunki Cr3+ ham gidroksid hosil qilib cho'kadi. Agar Cr3+ ion Cr6+ ionga aylantirilsa, u analizga xalaqit bermaydi. Biz yuqorida analitik reaksiyalar o'tkazish uchun zarur bo'lgan pH qiymatini bufer aralashmalar yordamida hosil qilishni ko'rib o'tgan edik. Bu reaksiyalar ham ionlarni niqoblashning bir turi sanaladi. M-n, Ba ni K2CrO4 ta'siridan BaCrO4 shaklida cho'ktirishda hosil bo'ladigan kislota cho'kmaning ko'p qismini eritib yuboradi. Agar shu eritmaga cho'ktirishni boshlashdan oldin CH3COONa qo'shilgan bo'lsa, hosil bo'ladigan kuchli kislota kuchsiz CH3COOH aylanadi va u cho'kmaning eruvchanligiga ta'sir ko'rsata olmaydi. Agar eritmada Fe3+ va Cu2+ ionlari bo'lsa, ular HPO42- lar ta'siridan PO43- lar hosil qilib cho'kadi. Agar eritmaning pH qiymati 4-5 bo'lishi ta'minlansa, Cu Feni cho'ktirishga xalaqit berolmaydi. Niqoblash maqsadlarida oksidlanish darajasini o‘zgartirish keng qo'llaniladi. M-n, Co ni tetrarodanokobaltat ( ko'k rangli) shaklida fotometrik aniqlashga Fe3+ ioni CN- bilan qizil rangli kompleks hosil qilgani uchun xalaqit beradi. Agar Fe3+ ionini Fe2+ ga aylantirilsa, Co ni aniqlashga xalaqit berolmaydi. Yana, Fe3+ ionini gravimetrik aniqlashga Cr3+ ioni xalaqit beradi, chunki Cr3+ ham gidroksid hosil qilib cho'kadi. Agar Cr3+ ion Cr6+ ionga aylantirilsa, u analizga xalaqit bermaydi. Biz yuqorida analitik reaksiyalar o'tkazish uchun zarur bo'lgan pH qiymatini bufer aralashmalar yordamida hosil qilishni ko'rib o'tgan edik. Bu reaksiyalar ham ionlarni niqoblashning bir turi sanaladi. M-n, Ba ni K2CrO4 ta'siridan BaCrO4 shaklida cho'ktirishda hosil bo'ladigan kislota cho'kmaning ko'p qismini eritib yuboradi. Agar shu eritmaga cho'ktirishni boshlashdan oldin CH3COONa qo'shilgan bo'lsa, hosil bo'ladigan kuchli kislota kuchsiz CH3COOH aylanadi va u cho'kmaning eruvchanligiga ta'sir ko'rsata olmaydi. Agar eritmada Fe3+ va Cu2+ ionlari bo'lsa, ular HPO42- lar ta'siridan PO43- lar hosil qilib cho'kadi. Agar eritmaning pH qiymati 4-5 bo'lishi ta'minlansa, Cu Feni cho'ktirishga xalaqit berolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |