Ruboiyni o 'qish va ma 'nosini izohlash.
She'r o'quvchilarga navbat bilan o'qitiladi. Bunda qatorlararo musobaqa yoki she'rni qismlarga bo'lib o'qitish usullaridan foydalanish mumkin.
O'quvchilar guruhlarga bo'linadilar.
Guruhlarga topshiriq.
O'quvchilarning Vatanning ertasini rivojlantirish uchun qanday sifatlarga ega bo'lishlari kerakligi tasvirlangan rasmlardan tanlab A4 formatdagi qog'ozga yopishtirish (rasm yo'q bo'lsa, yozish) topshirig'i beriladi.
Vazifa: Bunday sifatlarni egallash uchun siz nimalar qilishingiz kerak? Qog'ozning tagiga yozing.
Taqdimot. Har bir guruhdan bitta o'quvchi guruh ishini taqdimot qiladi.
IV.Mustahkamlash.
Dars sizga yoqdimi?
Guruhlarda qanday ishladingiz?
«El-yurt sha'ni orimiz, Pok saqlash shiorimiz» gapini tahlil qilish.
Kelajakda el-yurtga xizmat qilish uchun qanday tayyorgarlik ko'rasiz?
She'r matni asosida «Zanjir» o'yini o'tkaziladi.
V.Baholash. O'quvchilarning ifodali o'qishi, guruhlarda ishlashi,darsdagi faolligiga qarab va o'z-o'zini baholash natijalari, reyting mezonlari asosida ball qo'yib boriladi, ballar umumlashtiriladi va natija e'lon qilinadi.
VI.Uyga vazifa .Rasm chizib kelish. MRO`TIBO`_______________
Sana.
Mavzu: Tandir (Rivoyat). I qism.
Maqsad:
O'quvchilarning to'g'ri, ifodali va ravon o'qish ko'nikmalarini takomillashtirish, nasriy asarlar mazmunini tushunish va tahlil qila bilish. Lug'at boyligini oshirish.
Insonlararo munosabat, mehr-oqibat, vatanparvarlik va mehnatsevarlik tuyg'ularini shakllantirish.
.O'quvchilar jamoa bo'lib ishlash, o'zaro yordam, mehr-oqibat, bir-birini qo'llash kabi sifatlarni egallaydilar.
O`tish uslubi:Amaliy,ko`satmali,suhbat,savol-javob.
Jihoz: A4 formatli qog'oz, skotch.
Darsning borishi:
-
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O'tgan mavzuni so'rab baholash.
O'quvchilardan Muqim Qodirning «Biz Vatanning ertasi» she'ri so'raladi. Matn asosida «Zanjir» didaktik o'yini o'tkaziladi. O'quvchilar bilimi baholanadi. Unda o'quvchilarning lug'at boyligiga ham e'tibor qaratiladi.
III.Yangi mavzu bayoni.. Yangi darsning bayoni. Asarni o'qishga tayyorgarlik. O'qituvchi Alisher Navoiy haqidagi ma'lumotlar va rivoyatlar o'quvchilarga eslatiladi. O'qituvchi o'quvchilarning fikrini umum-
lashtiradi va Vatan haqidagi maqollardan namuna aytadi. Hikoya ifodali o'qiladi. Mazmuni tushuntiriladi.O'quvchilar hikoyani o'qiydilar. Avval ichda o'qish, keyin jo'r bo'lib o'qish mashq qilinadi.
O'quvchilar guruhlarga bo'linadilar. Ularga A4 formatli qog'oz tarqatiladi.
Topshiriq. Quyidagi savollarga javob toping va ularni asoslang:
1-savol: Mamat aka nima uchun o'g'li uyni sotib qo'yadi, deb qo'rqdi?
2-savol: U nima uchun Alisher Navoiydan yordam so'radi?
Do'stlaringiz bilan baham: |