Guruhlarga topshiriq.
Har bir guruh a'zolariga ajratilgan vaqt davomida non va non mahsulotlari nomlarini yozish topshirig'ini beradi. Bunda nomlar takrorlanmasligi uqtiriladi.
Taqdimot. Har guruhdan bir nafar o'quvchi qog'ozda yozilganlami o'qib beradi. Boshqa o'quvchilar non mahsulotlari nomlarini
sanab boradilar. Eng ko'p so'z yozgan guruh a'zolari rag'batlantirila
IV.Mustahkamlash. Darslikdagi raavzuga doir qo'shimcha materiallar bi-lafl ishlanadi. O'quvchilar tez aytishni takrorlashni mashq qiladilar. Muhokama:
Nima uchun non juda qadrlanadi?
Siz non yopish jarayonini kuzatganmisiz?
Mashg' ulot sizga yoqdimi? Nima uchun?
V.O`quvchilar bilimini baholash. О'quvchilaming darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlami bajarish darajasi, to'g'ri va ravon o'qishi o'qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy ballar e'lon qilinadi va faol, bilimdon o'quvchilar rag'batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa berish. Uyda plastilindan non yasash va she'rni yod olish
topshirig'i beriladi.MRO`TIBO`_______________
Sana :
Mavzu: Uch o`g`il.(ertak)
Maqsad:
Ta`limiy: O'quvchilarda to'g'ri va ravon o'qish ko'nikmasini, og'zaki va yozma nutqni tarkib toptirish.
Tarbiyaviy: Mehnat qilish va mehnat orqali kelgan ne'matlarni qadrlashga o'rgatish.
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning mehnat va iqtisodiyot haqidagi qarashlarini kengaytirish.
Darsning jihozlanishi: Ertakka doir rasm, «Tuxum» o'yini uchun kortokcha. Plastilindan o'quvchilar yasagan nonlar ko'rgazmasi tashkil etiladi. Eng yaxshi yasalgan nonlar ko'rsatiladi.
Dars usubi:Amaliy,savol-javob,suhbat
Dars jihozi:mavzuga mos rasmlar,tarqatmalar.
Darsning borishi.
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Navbatchi ahboroti
II.Uy vazifasini tekshirish va baholash. O'qituvchi «Non aziz» she'rini o'quvchilarga
o'qittiradi va mazmuniga doir savol-javob o'tkaziladi. O'quvchilarga
qo' shimcha savollar beriladi.
III. Yangi mavzu bayoni O'qituvchi yangi mavzuni e'lon qiladi. «Uch o'g'il»
ertagini o'qib, mazmunini hikoya qiladi. O'quvchilarga ertakni mus-
taqil o'qishni topshiradi. . «Tuxum» o'yini o'tkaziladi. O'qituvchi 2 guruhga bo'lingan o'quvchilar guruhiga tuxumdan tayyorlanadigan mahsu-lotlar nomini aytish topshirig'ini beradi va ulaming qo'liga tuxum shaklidagi koptokchani beradi. 1-guruhdagi o'quvchilardan biri sa-volga javob bergach, qo'Iidagi koptokchani 2-guruhdagi o'quvchiga irg'itadi. U ham javobini aytib koptokchani qaytarib 1-guruhdagi 2-o'quvchiga irg'itadi. Koptokchani qo'lida ushlab turgan o'quvchi uchgacha sanagunga qadar javob berishi lozim. Javob topa olraasa ham koptokchani raqib guruh o'quvchisiga irg'itadi. O'yin o'quvchilar hammasi javob bergunga qadar davom etadi. Agar bir gu-ruhdagi o'quvchilar qatorasiga 2 marta javob topa olmasa, yutqazadi va o'yin to'xtatiladi. O'yin yakunida to'g'ri javoblar hisoblanadi.
IV.Mustahkamlash Darslikdagi mavzuga doir qo'shimcha materiallar bilan ishlanadi.
Muhokama:
Mashg'ulot sizga yoqdimi?
Ertakdagi ota nima uchun o'g'illariga bunday topshiriq berdi?
Siz nima deb o'ylaysiz, uchala o'g'il tuxumlardan qanday foydalanishi mumkin edi?
V.O`quvchilar bilimini baholash. O'quvchilarga darsda va munozaralardagi ishtirokiga
ko'ra ball qo'yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtiriladi va
natijalar e'lon qilinadi.
VI.Uyga vazifa berish tovuq, o'rdak va g'oz rasmini chizib kelish topshirig'i beriladi.
MRO`TIBO`_____________
Sana :
Mavzu:Uch o`g`il ertagi II-qism
Maqsad:
Ta`limiy: O'quvchilarda to'g'ri va ravon o'qish ko'nikmasini, og'zaki va yozma nutqni tarkib toptirish.
Tarbiyaviy: O'quvchilarni mehnat orqali yutuqqa erishish va mehnatni qadrlashga o'rgatish.
Rivojlantiruvchi: O'quvchilar dunyoqarashini kengaytirish va mustaqil fikrlash-ga o'rgatish.
Darsning jihozlanishi: : Mavzuga doir suratlar, A4 formatli qog'oz.
Dars usubi: Amaliy,savol-javob,suhbat
Dars jihozi:mavzuga mos rasmlar,tarqatmalar
Darsning borishi.
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Navbatchi ahboroti
II.Uy vazifasini tekshirish va baholash. O'qituvchi o'quvchilarga «Uch o'g'il» ertagining l-qismini o'qitadi va mazmunini so'raydi. Shuningdek, o'quvchilar uyda chizib kelishgan tovuq, o'rdak va g'ozning rasmlari baholanadi. III Yangi darsning bayoni . O'qituvchi yangi mavzuni e'lon qiladi va «Uch o'g'il» ertagining 2-qismini o'qib, mazmunini hikoya qilib beradi. O'quvchilarga mustaqil o'qib chiqish topshirig'i beriladi. O'quvchilar ertakni o'qib chiqib, uni mazmunan qismlarga bo'ladilar va har bir qismga sarlavha qo'yadilar. Rcja asosida ertak mazmunini navbat bilan hikoya qiladilar. . O'quvchilar guruhlarga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |