Mavzu: Ajoyib bahs



Download 1,1 Mb.
bet13/29
Sana08.09.2021
Hajmi1,1 Mb.
#168489
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
2-sinf O'qish konspekt

She'rni ifodali o'qish. O'qituvchi o'quvchilarga she'rni ifodali qilib o'qib beradi, mazmunini so'zlaydi.

Lug'at ishi izohli lug'atdan foydalanib o'tkaziladi.

She'r o'quvchilarga o'qitiladi. Navbat bilan 3 ta bandga bo'lib, 3 nafar o'quvchi she'rni o'qiydi.

Topshiriq bilan o'qish.

She'rdan maktab haqidagi bandni topib o'qish, har bir bandning mazmunini bayon qilish, har bir bandga sarlavha topish topshirig'i beriladi. O'quvchilar qiynalsa, o'qituvchi yordam beradi.

Darslikdagi mavzuga doir qo'shimcha materiallar bilan ishlanadi.

IV. Darsni mustahkamlash; Dars sizga yoqdimi?



  • Maktabda qanday bilimlarni egallyapsiz?

  • Qanday qiyinchiliklarga uchrayapsiz?

  • She'r kim tomonidan aytilayapti?

  • She'rning ta'sirchan joylarini alohida ta'kidlovchi ovoz bilan o'qing.

O'qituvchi: “Topishmoq nimaligini bilasizmi?” - deb savol be­radi. O'quvchilarning javoblarini eshitib, o'zi izoh beradi: ‘Topish­moq o'yin bo'lib, unda topilishi kerak bo'lgan narsa,hodisalaming o'xshatmalar orqali qisqacha ta'rifi beriladi”.

V.O`quvchilarni baholash. O'quvchilarga darsda va munozaralardagi ishtirokiga


ko'ra ball qo'yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtiriladi va
natijalar e'lon qilinadi

.VI. Uyga vazifa: . Erta turib tong otishini kuzating va ko'rganlaringizni o'rtoqlaringizga so'zlab bering.

MRO’TIBO’_________________________________
Sana :

Mavzu : Mukofot. (Ne'mat Toshpo'lat)

Maqsad:

Ta’limiy: O'quvchilarning to'g'ri, ifodali va ravon o'qish ko'nikmalarini takomillashtirish, nasriy asarlar mazmunini tushunish va tahlil qila bilishga o'rgatish.

Tarbiyaviy: O'quvchilami darslik, kitob va boshqa o'quv qurollarini asrab avaylab tutish, uni qadrlashga o'rgatish.

Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda tartib-intizomga rioya qilish, o'zgalar mehnatini hurmat qilish hissi, o'zaro yordam, mehr-oqibat, bir-birini qo'llash kabi sifatlarni tarkib toptirish; lug'at boyligini oshirish.

O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.

Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar.

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifani tekshirish: Savol –javob asosida

III. Yangi mavzu bayoni. . She'r yuzasidan suhbat o'tkaziladi, uning mazmuni


so'raladi va she'rni ifodali o'qish so'raladi. She'r asosida “Noto'g'ri
jumla” didaktik o'yini o'tkaziladi. Buning uchun o'quvchilardan diqqat, ziyraklik, topqirlik talab etiladi. O'yin shu tariqa davom etadi.
O'qituvchi o'quvchilar bilan maktab haqida suhbat uyushtiradi. Ertaklarda ana shunday o'rmonlardagi maktablardan biri haqida aytilganini ta'kidlab, yangi mavzu va muallifhi e'lon qiladi. O'qituvchi matn muallifi haqida ma'lumot berib o'tadi.

Matn ifodali o'qib eshittrriladi. Mazmuni tushuntiriladi. Matnni o'qiyotganda tinish belgilariga, obrazlilikka va ifodalilikka alohida ahamiyat beriladi.

O'quvchilar ertakni o'qiydilar. Avval ichda o'qish, keyin jo'r bo'lib o'qish mashq qilinadi. O'quvchilar tushunarsiz bo'lgan so'zlarni belgilab boradilar.

Notanish so'zlarga izoh beriladi.

IV. Darsni mustahkamlash; Darslikdagi mavzuga doir qo'shimcha materiallar bilan ishlanadi.

1. Dars sizga yoqdimi?

2. Hikoyadagi qahramonlarni aniqlang va ularning harakatlariga baho bering.

3.Kimlar noto'g'ri ish qildi?

4.Qarg'acha, sichqoncha va maymunchalar to'g'ri ish qildilarmi?

5.Tovusxon quyoncha va moshvoyni nima uchun mukofotladi?

6.Qahramonlaming qaysi sifatlari sizga yoqdi, qaysi sifatlari sizga yoqmadi?

V.O`quvchilarni baholash. O'qituvchi o'quvchiiaming darsga ishtiroki, faoltigi, bildirgan fikrlari aniqligi va ijodkorligiga ko'ra.reyting ballarini hi-sobga olib boradi va dars oxirida umumiy ballar e'lon qilinadi.

VI. Uyga vazifa: Qahramonlardan birining rasmini chizing.O`qib,savollarga javob yozib kelish .

MRO’TIBO’ ___________________________

Sana :

Mavzu . Ona tilim. {Tursunboy Adashboyev)

Maqsad:

Ta’limiy: O'quvchilarning she'rni to'g'ri, ongli va ifodali o'qish ko'nikmalarini takomillashtirish, shoir Tursunboy Adashboyev ijodi haqida hamda ona tilimiz, uning hayotimizdagi o'rni haqida ma'lumot berish.

Tarbiyaviy: O'quvchiiaming vatanparvarlik tuyg'ularini rivojlantirish. Ularda milliy g'ururni shakllantirish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylashga doir burch va mas'uliyatni shakllantirish

Rivojlantiruvchi: To'g'ri, ongli, ifodali va qiroat bilan o'qish malakalarini rivoj­


lantirish, lug'atiga aniqlik kiritish va lug'at boyligini rivojlantirish.
Vatan haqidagi tushunchalarini boyitish.

O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.

Dars jihozi: A4 formatli qog'oz, til haqidagi maqollar yozilgan qog'ozlar.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifani tekshirish: O'quvchilar Ne'mat Toshpo'latning “Mukofot’ deb nomlangan asarini og'zaki hikoya qilib beradilar. O'qituvchi o'quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qiladi:


  1. Ertak qahramonlarini sanab bermg. Ular kitoblarini qanday saqlabdilar?

  2. Kitoblarni qanday saqlash kerak?

  3. Har biringiz o'zingiz o'qiyotgan kitobni ko'zdan kechiring: kitobingizning ahvoli qanday?

O'qituvchi o'quvchilar fikrini umumlashtiradi, matnni o'qib, hi­koya qilib bergan va savollarga javob berganlarni hisobga olib boradi hamda dars yakunida umumlashtiradi.

III. Yangi mavzu bayoni. O'qituvchi o'quvchilarga 21-oktabr Davlat till qabul qilingan kun ekanligini aytib, nima uchun Davlat tili deyilishini tushuntiradi.Yangi mavzu e'lon qilinadi. O'qituvchi shoir T. Adashboycv ijodi haqida so'zlab beradi. Ona tilimiz haqida qisqacha suhbat o'tkazilib, she'r ifodali o'qib beriladi. O'quvchilar bilan birgalikda she'r mazmuni yuzasidan suhbat o'tkaziladi. O'quvchilar lug'atini boyitish maqsadida she'rdagi notanish so'zlar ustida ishlanadi. Ularning lug'aviy ma'nosi xattaxtaga oldindan tayyorlab qo'yiladi. She'r mazmuni yuzasidan suhbat o'tkaziladi:

IV. Darsni mustahkamlash; O'quvchilardan til haqidagi she'r yoki maqollar so'raladi. O'qituvchi o'quvchilar fikrlarini umumlashtiradi.

O'qituvchi o'quvchilarni 3 ta guruhga bo'ladi.

Har bir gumhga quyidagi klastemi to'ldirishni topshiradi.

O'quvchilar berilgan namuna va rasmlardan foydalangan holda A4 formatdagi qog'ozga chizilgan klastemi to'ldiradilar.

V.O`quvchilarni baholash O'quvchilarga darsda va munozaralardagi ishtirokiga
ko'ra ball qo'yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtiriladi vanatijalar e'lon qilinadi.

VI. Uyga vazifa: O`qib,savollarga javob yozib kelish va mavzuga mos rasm chizish.

MRO’TIBO’ _______________________________
Sana :

Mavzu : Sayoq bola. (Rauf Tolib)

Maqsad:

Ta’limiy: O'quvchilarning to'g'ri, ifodali va ravon o'qish ko'nikmalarini, nasriy asarlar mazmunini tushunish va tahlil qilishga doir bilimlarini takomillashtirish. Og'zaki nutqini boyitish.

Tarbiyaviy: O'z buyumlarini asrab-avaylab tutish, yaxshi o'qishga o'rgatish. Milliy qadriyatlarga, kitobga qiziqishini oshirish.

Rivojlantiruvchi: Tartib-intizomga rioya qilish, o'zgalar mehnatini hurmat qilish hissini, o'zaro yordam, mehr-oqibat, bir-birini qo'llash kabi sifatlami rivojlantirish.

O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.

Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar.

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifani tekshirish: O'tgan mavzuni so'rab baholash. O'quvchilarga Tursunboy Adashboyevning “Ona tilim” nomli she'ri yoddan ayttiriladi,uning mazmuni so'raladi. O'quvchilardan ona tilimiz haqidagi she'r va hikoyalari haqida bilgan ma'lumotlari so'raladi. Unda o'quvchilar nutqining ravonligi, she'rni yaxshi yod olgani va ifodali o'qishiga e'tibor qaratiladi.

III. Yangi mavzu bayoni.

O'qituvchi maktabga mehr qo'yishning ahamiyatini tushuntirib, sayoq yurishning oqibati haqidagi keyingi mavzuni e'lon qiladi.

Rauf Tolibning ijodi haqida ma'lumot beriladi, uning “Sayoq bola” haqidagi hikoyasi o'qib eshittiriladi. Hikoya mazmuni tushuntiriladi.

O'qituvchi o'quvchilarga savol beradi: “O'quv­chilarning qanday ijobiy (yaxshi) sifatlarini bilasiz?”

O'quvchilarga matnni o'qitish. Avval ichda o'qish, keyin jo'r bo'lib o'qish yoki navbat bilan parchalar o`qish mashq qilinadi.Matnni qismlarga bo'lib o'qish.



  • Hikoyaning qismlarini belgilang.

  • Birinchi qismni o'qing, undagi bosh g'oyani qalam bilan belgi­lang va shu qismga sarlavha qo'ying.

  • Shunday yo'l bilan boshqa qismlarga ham sarlavha qo'yishga harakat qiling.

  • Sarlavha qaytalanmayotganiga ishonch hosil qiling.

Sarlavha hikoya mazmunining xotirangizda tiklanishiga yor­dam beradimi?

IV. Darsni mustahkamlash; O'quvchilar guruhlarga bolinadilar. A4 fomatdagi qog'oz tarqatiladi va har bir guruhga alohida topshiriq beriladi.

Quyidagi mavzularda o'z tasavvuringiz asosida hikoyalar yozing.

V.O`quvchilarni baholash. O'quvchilarga darsda va munozaralardagi ishtirokiga


ko'ra ball qo'yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtiriladi va
natijalar e'lon qilinadi.

VI. Uyga vazifa: O`qib,savollarga javob yozib kelish.

MRO’TIBO’ ________________________________
Sana :

Mavzu . Yodlasam bo'lmasmidi? (Kavsar Turdiyeva)

Maqsad:

Ta’limiy: O'quvchilaming she'rni ifodali o'qish malakalarini rivojlantirish, nutq boyligini oshirish.

Tarbiyaviy: O'quvchilarni darslarini vaqtida bajarishga o'rgatish va mas'uliyatlarini oshirish.

Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda tartib-intizomga rioya qilish, vaqtni bekorga o'tkazmaslik hissini tarkib toptirish.

O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.

Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar.

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifani tekshirish: O'tgan raavzuni so'rab baholashda o'quvchilardan
“Sayoq bola” hikoyasining mazmuni savol-javob usulidan foydalanib so'raladi.

III. Yangi mavzu bayoni. O'qituvchi o'quvchilarga Tojivoydek ahvolga tushib qolmaslik uchun tartib-intizomli bo'lish va topshiriqlarni o'z vaqtida bajarish kerakligini aytadi. Tojivoyga o'xshab topshiriqlarni o'z vaqtida bajarmagan bolaning qanday ah­volga tushib qolishi bugungi o'rganiladigan yangi mavzuda bayon qilinganligini aytib, mavzuni e'lon qiladi. She'r muallifi Kavsar Turdiyevaning ijodi bilan o'quvchilarni tanishtiradi.

She'rni ifodali o'qish. O'qituvchi o'quvchilarning she'rni obrazli qilib o'qishlariga alohida ahamiyat berishi lozim.

Lug'at ishi o'tkaziladi.

She'ming mazmunini so'zlash. O'qituvchi she'raing mazmunini, she'r qahramonining nima uchun bunday xayol qilganligini, vaziyatdan chiqish uchun qanday najot kutganligini aytib o'tadi.

She'r o'quvchilarga o'qitiladi. Navbat bilan har bir bandini bir o'quvchi o'qiydi.

IV. Darsni mustahkamlash; O'quvchilar guruhlarga bo'linadilar. Ularga A4 for­matli qog'oz tarqatiladi.

Qog'ozni ikki ustunga bo'lib, 1-ustunga o'quvchining bajarishi kerak bo'lgan vazifalarini;

2-ustunga qanday xatolarga yo'l qo'ymasligi kerakligini yozing.Guruh ishlari ko`rib chiqiladi.

1. Dars sizga yoqdimi?

2. She'rni kim aytyapti?

3.O'quvchining xayollarini alohida ta'kidlovchi ovoz bilan o'qing.

Darslikdagi mavzuga doir qo'shimcha materiallar bilan ishlanadi.

V.O`quvchilarni baholash. O'quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi o'qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy ballar e'lon qilinadi va faol, bilimdon o'quvchilar rag'batlantiriladi.

VI. Uyga vazifa: O`qib,savollarga javob yozib kelish va mavzuga mos rasm chizish.


MRO’TIBO’ __________________________
Sana :

Mavzu . 3-nazorat ishi.

Maqsad:

Ta’limiy: O'quvchilaming she'rni ifodali o'qish malakalarini rivojlantirish, nutq boyligini oshirish.

Tarbiyaviy: O'quvchilarni darslarini vaqtida bajarishga o'rgatish va mas'uliyatlarini oshirish.

Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda tartib-intizomga rioya qilish, vaqtni bekorga o'tkazmaslik hissini tarkib toptirish.

O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.

Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar.

Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifani tekshirish: Savol –javob asosida O'tgan mavzuni so'rab baholash. O'qituvehi o'tgan darsda uyga berilgan topshiriqni so'raydi. O'quvchilar ‘Mak­tab” she'rini ifodali o'qib, asosiy mazmunini tushuntirib beradilar.
III. Yangi mavzu bayoni.

“ Yodlasam bo`lmasmidi ?” she`rini yoddan yodlatib baholash .

“ Yodlasam bo`lmasmidi ? “

Shu kichkina she`rchani

Yodlasam bo`lmasmidi ?

Xozirgidek yuragim

Po`killab urmas edi .

O , qani , nogaghon

O`ngidan kelsa tushim .

Xuddi tushimdagidek

Birdan yo`qotsam hushim .

Jimgina najot kutib

Yotardim “ tez yordam” dan .

She`rni kim ham so`rardi

Kasal yotgan odamdan .

Xayolimni qo`ng`iroq

Chil-chil qilib tashladi .

O`qituvchimiz kirdi ,

She`rni so`ray boshladi .

IV. Darsni mustahkamlash;

Darslikdagi mavzuga doir qo'shimcha materiallar bilan ishlanadi.

Maqol va tez aytishlar o`quvchilardan so`raladi .

V.O`quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: O`qib,savollarga javob yozib kelish va mavzuga mos rasm chizish.


MRO’TIBO’ ________________________________

Sana :


Mavzu . Ilk saboq. (Raim Farhodiy)

Maqsad:


Ta’limiy: O'quvchilaming she'rni ifodali o'qish malakasini rivojlantirish, nutq boyligini oshirish.

Tarbiyaviy: O'quvchilami tartib-intizomga o' rgatish, bilim olishga yo'llash, maktab va ilmning bolalar hayotidagi o'rni bilan tanishtirish

Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning to'g'ri, ifodali va ongli o'qish malakalarini rivojlantirish. Tartib-intizomga rioya qilish hissini tarkib toptirish.

O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.

Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifani tekshirish: Savol –javob asosida

III. Yangi mavzu bayoni. Yangi mavzu e'lon qilinishidan oldin shoir haqida qisqacha suhbat o'tkaziladi. O'qituvchi she'rni ifodali qilib o'qib beradi, mazmunini tushuntiradi.

Darslikdagi lug'atdan foydalangan holda lug'at ishi o'tkaziladi. She'r o'quvchilarga o'qitiladi. Navbat bilan 4 ta bandga bo'lib, 4 nafar o'quvchi she'rni o'qiydi.

She'rdan Vatan uchun xizmat qilish lozimligi haqidagi bandlami topib o'qish, she'rning har bir bandi mazmunini bayon qilish, har bir bandga sarlavha topish topshirig'i beriladi. O'quvchilar qiynalsa, o'qituvchi yordam beradi.

Darslikda berilgan mavzuga doir qo'shimcha materiallar bilan ishlanadi.

O'quvchilarga maktab, kitob, ilm, o'qituvchi-ustoz haqida maqollar aytish topshirig'i beriladi. Bu musobaqa tarzida o'tkaziladi. Shundan keyin maktab kitob, ilm, o'qituvchi-ustoz ha­qida maqol aytgan o`quvchilar alohida guruhlarga bo`linadilar.

IV. Darsni mustahkamlash;

1-topshiriq. Maktab sizga nimalar beradi? Savolga javob toping.

2-topshiriq. O'quvchi hayotida kitobning o'rnini ayting.

3-topshiriq. Ilm insonga nima beradi?

4-topshiriq. Hayotingizda ustoz-muallim qanday o'rin tutadi?


Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish