Mavzu: Ajoyib bahs



Download 1,1 Mb.
bet1/29
Sana08.09.2021
Hajmi1,1 Mb.
#168489
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
2-sinf O'qish konspekt


Aim.Uz

Sana.

M a v z u: Vatanjonim, Vatanim. (Po 'lat Mo 'miri)

Maqsad:


Ta'Iimiy: O'quvchilarning to'g'ri, ongli, ifodali o'qish ko'nikmalarini takomillashtirish, lug'at boyligini oshirish.

Tarbiyaviy: Vatan tushunchalarini kengaytirish. Ularda Vatan tuyg'usini shakllantirish, o'z Vataniga muhabbatli bo'lishga, uni qadrlashga o'rgatish.

Rjvojlantiruvchi: To'g'ri, ongli, ifodali va qiroat bilan o'qish malakalarini rivojlantirish, lug'atiga aniqlik kiritish va lug'at boyligini rivojlantirish.

Metod: Izohli o'qish, ifodali o'qish, mashq, namoyish qilish, munozara.

Jihoz: Har bir guruh uchun A 4 qog'ozi va markerlar.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Darslik yuzasidan suhbat o'tkaziladi:


  1. O'qing, bu qaysi darslik? («O'qish kitobi» darsligi).

  2. «O'qish kitobi» nimalarni o'rgatadi? (Ifodali, ongli va to'g'ri o'qishni.)

  3. Bu darslikni kimlar yozgan ekan? (O'qituvchi darslikni ochib, muallifiar yozilgan joyni ko'rsatib, o'quvchilarga o'qitadi. Ularning mehnati haqida gapirib beradi.)

  4. Kitob haqida qaysi she'rni yod olgan edingiz? Kitob haqi­da o'quvchilar o'qigan, yod olgan she'rlar eslatiladi. O'qituvchi kitobning birinchi bo'limi va uning asosiy mazmuni haqida ma'lumot berib, darsning maqsad va vazifalarini e'lon qiladi.

III.Yangi mavzu bayoni.

Bugungi dars mavzusi bilan o'quvchilar tanishtiriladi.



  1. Vatan deganda nimani tushunasiz?

  2. Nima uchun odamlar Vatanini sevadi?

  3. Vatanini yaxshi ko'rgan odamlar nima qiladi?

  1. Siz ham yaxshi xulqingiz, Vatanni sevishingizni namoyish qilishingiz lozim. She'r nomi aytilib, shoir haqida ma'lumot beriladi.

She'r bilan tanishtirish. She'r ifodali o'qib beriladi. Izoh­li o'qishdan foydalaniladi. Buning uchun she'rdagi notanish so'zlar ma'nosi izohlanadi, so'zlar plakatga yozib osib qo'yiladi.

She'rni o'quvchilar o'qiydilar. Jo'r bo'lib o'qish, ichda o'qish, topshiriqli o'qish usullaridan foydalaniladi.

She'raing «Sen o'xshaysan onamga, Maqtay butun olamga» misralari tahlil qilinadi.

IV.Mustahkamlash.Darslikdagi mavzuga doir savollar va qo'shimcha materiallar (maqol, tez aytish va topishmoq) bilan ishlanadi. O'quvchilar guruhlarga bo'linadilar.



1-topshiriq. Har bir guruhga she'rni o'qib, mazmuni ustida ish­lash vazifasi topshiriladi. Buni quyidagicha bajaradilar:

O'quvchilar guruh bo'lib she'rni o'qiydilar, bir-birlariga she'r mazmunini gapirib beradilar va o'zaro muhokama qiladilar.



2-topshiriq. Reja asosida «Mening Vatanim» mavzusida hikoya tuzing.

R ej a:

  1. Mening ko'cham va uyim. 2.Mening mahallam.

  1. Men yashaydigan shahar (yoki qishloq). 4.Men Vatanimni sevaman.

Vatan haqida maqollar aytish mashqi o'tkaziladi.

  • Bugungi dars sizga yoqdimi? Vatan haqida nimalarni bilib oldingiz?

  • Shoir Po'lat Mo'min Vatanni qanday izohlaydi?

  • Topshiriqni bajarishda qanday qiyinchiliklarga uchradingiz?

Topshiriqlarni bajarishda hammaning fikri inobatga olindimi?

V.Baholash. Mashg'ulot yakunida o'quvchilar reyting mezonlari asosida baholanadilar.

VI.Uyga vazifa.Sherni yod olish. MRO`TIBO`_______________

Sana.


Mavzu: Vatan.

Maqsad:


Ta'Iimiy: O'quvchilarning o'qish malakalarini mustahkamlash, tez va to'g'ri o'qishga o'rgatish, lug'atini boyitish.

Tarbiyaviy:O'quvchilarda Vatanga munosabatni shakllantirish, hurmat hissini tarbiyalash orqali vatanparvarlik hislarini tarkib toptirish.

Rjvojlantiruvchi:O'quvchilarning to'g'ri, ifodali va qiroat bilan o'qish malaka­larini rivojlantirish, Vatanga, tabiatga muhabbat tuyg'ularini rivojlantirish.

O`tish uslubi:Amaliy,ko`satmali,suhbat,savol-javob.

Jihoz: Vatan ko'chalari, binolar, bog'-rog'lar, unda yurgan O'zbekistonda ishlab chiqariladigan masbinalarning rasmi, A4 fornatli qog'oz.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifasini so`rash va baholash.

O'qituvchi avvalgi darsda o'rganilgan Po'lat Mo'minning «Vatanjonim, valanim» nomli shc'ri yuzasidan o'zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash ucliun quyidagi savollar bi­lan murojaat etadi va o'quvchilar bilimi baholanadi:



  1. Avvalgi darsda siz nimalarni o'rgandingiz?

  2. Vatan deganda nimani tushundingiz?

  3. Shoir Vatanni kimga o'xshatadi? Nima uchun?

III.Yangi mavzu bayoni.O'qituvchining kirisn suhbati: Ota-onalaringiz bilan suhbatlashib turasizlarmi? Ota onalaringiz bilan Vatan haqida ham suhbatlashganmisiz?

O'qituvchi matnni ifodali o'qiydi. Matnni o'qishda Vatan, ota-bobolarimiz, ona Yer haqidagi qismlarini obrazli qilib tushuntiradi.

Matn mazmuni yuzasidan suhbat o'tkaziladi.

Matn 4 ta qismga ajratiladi va 4 ta o'quvchi o'qiydi. Ikkinchi o'qishda o'quvchilar o'zlari o'qigan qism mazmunini so'zlaydilar. Uchinchi marta ham shunday topshiriq bilan o'qitiladi va mazmuni so'zlatiladi. Ba'zi o'quvchilar matn mazmunini to'liq so'zlab beradi.

O'quvchilar Vatan haqida maqollar aytadilar. Darslikdagi material asosida o'qituvchi «Maqol nima?» degan savolga javob beradi. Lug'at ishi o'tkaziladi.

O'quvchilar guruhlarga bo'linadilar.




Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish