Mavzu: Ajoyib bahs


Ona yurting — oltin beshiging



Download 1,1 Mb.
bet26/29
Sana08.09.2021
Hajmi1,1 Mb.
#168489
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
2-sinf O'qish konspekt

Ona yurting — oltin beshiging

Vatanni oq sut bergan onaga qiyos qilishadi. Ona-Vatan deb mehr bilan aytishadi.

Bilasizmi, bolajonlar, Siz dunyoga kelmay turib, ota-onangiz sizga beshik yasashni va uni yasatishni orzu qiladilar. Tol ekadilar. Toldan chiroyli beshikcha yasaydilar.

Tilla beshikchangiz — dastlabki Vataningiz bo'ladi.

Birinchi tishingiz chiqqanda, kulganingizda, ilk bor «ona» deganingizda mana shu tuproq onaday sevinadi. Go'dak dunyo esa siz bilan ulg'ayaveradi. Beshiklaringizga sig'may qolasiz. Katta yo'llarga shoshib ketasiz. Bo'ylaringiz o'sib, chinorday yigitlar bo'lasiz. Sanobar daraxtiday go'zal qizlar bo'lasiz. O'shanda sizni allalab, erkalab, yupatib, suyib o'stirgan ilk Vataningiz, ya'ni tilla beshik ona yurtga aylanganini sezib qolasiz.

Har bir qadamingizda, kulgingizda «Ona yurting—oltin beshiging» degan mazmun yotadi. Ana o'shanda siz ona yurtga tayanch bo'lasiz. Ona yurtingiz gullab-yashnaydi. O'z taqdiringizga o'zingiz ega bo'lasiz. Vatan siz bilan ulg'ayadi.



(O. H.)

IV.Mustahkamlash .

1. Vatan haqida she`rlar yodlatish

2.Vatan haqida maqollar aytish.

3. Matn yuzasidan savol javob o`tkaziladi.

V.O`quvchilar bilimini baholash. O`quvchilar qatnashishiga qarab baholanadi va rag`batlantiriladi.

VI.Uyga vazifa berish:Vatan haqida maqollar yodlash.

MRO`TIBO`_____________


Sana :

Mavzu: Qorqiz. {A. Obidjori)

Maqsad:

Ta`limiy: O'quvchilami she'rni ifodali o'qishga o'rgatish.

Tarbiyaviy: O'quvchilarga yangi yil bayramining hayotimizda tutgan o'rni va uning tarixi haqida qisqacha tushuncha berish.

Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda kuzatuvchanlik sifatlarini rivojlantirish

Darsning jihozlanishi: Qorqiz rasmi.

Darsning borishi.



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish

2..Davomatni aniqlash.

3..Navbatchi ahboroti

II.Uy vazifasini tekshirish va baholash. O'tgan darsda o'tilgan «Qish» hikoyasi o'quvchilarga o'qitilib, mazmuni so'zlatiladi.O'quvchilar fikri umumlashtiriladi, xulosalanadi va yangi mavzu e'lon qilinadi.

III Yangi darsning bayoni O'qituvchi A. Obidjonning «Qorqiz» she'rini ifodali o'qib beradi.

O'quvchilarning she'rdagi ba'zi so'zlar bilan tanishishi, ularning o'qilishi va to'xtamlarini aniqlab olishlari uchun she'rni ovoz chiqar-may o'qish topshiriladi.

She'r ifodali o'qitiladi. O'qish jarayonida o'quvchilarga «Yo'laklarim, ko'ylaklarim, sochlarim, tojlarim - olmos qor"» misralari hamda qorqizning oqqushga o'xshatilgani, qorbobo yasagan, yaxshi xislatli ekanligi haqida tushuntiriladi.

3-bosqich. O'qituvchi o'quvchilarga Qorqiz va Qorbobo haqida, ulaming yangi yil bayramida tutgan o'rni haqida ma'lumot beradi.

O'qituvchi o'quvchilar bilan birga darslikdagi mavzuga doir


qo'shimcha materiallar ustida ish olib boradi.

IV.Mustahkamlash . O'qituvchi o'quvchilarga quyidagicha muammoli savol tashlaydi:



1. Yangi yil bayramini Qorqiz va Qorbobosiz tasavvur qila olasizmi?

2. Agar yangi yilda Qorqiz va Qorbobo kelmasa yoki ikkisidan
biri kelmasa, bayramni qanday kutib olasiz?

3. Nima uchun «Qorqiz» deyiladi?

V.O`quvchilar bilimini baholash. O'quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasi, to'g'ri va ravon o'qishi o'qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy ballar e'lon qilinadi va faol, bilimdon o'quvchilar rag'batlantiriladi.

VI.Uyga vazifa berish Daftaringizga Qorqiz qatnashgan ertak yoki mult-

filmlar nomlarini yozib keling.

MRO`TIBO`_____________
Sana :

Mavzu: : Ayrilganni... (L. Mahmudov)

Maqsad:

Ta`limiy: O'quvchilarda to'g'ri va ravon o'qish, og'zaki hikoya qilish ko'nikmalarini shakllantirish.

Tarbiyaviy: O'quvchilarai qaysarlik va o'jarlik kabi salbiy xislatlardan saq-lanishga o'rgatish.

Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning tafakkurini boyitish, dunyoqarashini kengay­tirish.

Darsning jihozlanishi: Mavzuga oid rasm. Hikoyaga xos hikmatli so'z va maqollar yozilgan plakat

Dars usubi:suhbat, tushuntirish

Darsning borishi.

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish



2.Davomatni aniqlash.

3.Navbatchi ahboroti



II.Uy vazifasini tekshirish va baholash. A. Obidjonning «Qorqiz» she'ri o'quvchilar tomo­nidan ifodali o'qiladi. Benlgan savol va topshiriqlarga qay darajada tayyorlanib kelganiga qarab baholanadi

III Yangi darsning bayoni O'qituvchi yangi mavzuni e'lon qilib, hikoya muallifi haqida qisqacha ma'lumot beradi va hikoyani o'qib beradi. O'quvchilar diqqat bilan hikoyani eshitib bo'lgach birgalikda tahlil qiladilar.

O'qituvchi dars yuzasidan o'quvchilarga savollar bilan murojaat qiladi.

O'quvchilar hikoyani bir marta qismlarga bo'lib o'qiydilar, ikkinchi marta esa rollarga bo'lib o'qiydilar.

O'qituvchi o'quvchilar bilan birgalikda darslikdagi qo'shimcha materiallar ustida ish olib boradilar

IV.Mustahkamlash . Muhokama:



  • Hikoyadan qanday saboq oldingiz?

  • Mashg'ulot sizga yoqdimi?

  • Qaysarlik oqibati nimalarga olib keladi?

V.O`quvchilar bilimini baholash. Mashg'ulot davomida o'qituvchi o'quvchilarning faol ishtiroki, guruhdagi faoliyati, savollarga bergan javobini baholab bo­radi. Dars yakunida ballar umumlashtirilib, e'lon qilinadi.

VI.Uyga vazifa berish . Uyda o'jar barg rasmini chizib kelish topshirig'i bcriladi.

MRO`TIBO`_____________


Sana :

Mavzu: : Qor. (Zafar Diyor)

Maqsad:

Ta`limiy: O'quvchilarni Zafar Diyor ijodi bilan tanishtirish, she'rni ifo­dali, ravon o'qishga o'rgatish.

Tarbiyaviy: O'quvchilarni tabiatda qish faslida bo'ladigan o'zgarishlar, qorning tabiatimizda tutgan o'rni, ahamiyati bilan tanishtirish.

Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning ifodali o'qish ko'nikmalarini takomillashtirish

Darsning jihozlanishi: Rangli rasmlar

Dars usubi: Suhbat, tushuntirish

Darsning borishi.

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish



2.Davomatni aniqlash.

3.Navbatchi ahboroti

II.Uy vazifasini tekshirish va baholash. O'tgan darsda o'tilgan hikoya o'qitiladi va mazmu-
ni so'raladi, uyga berilgan topshiriqning bajarilishi nazorat qilinadiO'qituvchi quvchilarning fikrlarini umumlashtiradi, mavzuni xulosalaydi va yangi mavzuni e'lon qiladi.

III Yangi darsning bayoni O'qituvchi she'rni ifodali o'qib beradi va mazmunini


so'zlash jarayonida qish fasli haqidagi filmdan foydalanadi. Lug'at
ishi o'tkaziladi. She'r o'quvchilarga navbatma-navbat ifodali o'qitila­di. O'qish jarayonida kuzatib borish, o'quvchilarning kamchiliklarini aniqlash va to'g'rilash talab qilinadi.

O'qituvchi o'quvchilar bilan birga darslikdagi mavzuga doir


qo'shimcha materiallar ustida ish olib boradi.

IV.Mustahkamlash

Mubokama:


  • Mashg'ulot davomida qish fasli haqida nimalarni bilib oldi-ngiz?

  • She'rni o'qiganda ko'z oldingizda nimalar namoyon bo'ldi?

  • She'rdagi bolalar o'yinlari haqidagi qismni topib o'qing.

• Dars sizga yoqdimi?

V.O`quvchilar bilimini baholash. O'quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorli-gi, faoIHgi, topshiriqlami bajarish darajasi, to'g'ri va ravon o'qishi o'qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy ballar e'lon qilinadi va faol, bilimdon o'quvchilar rag'batlantiriladi.

VI.Uyga vazifa berish Siz qish faslida qanday o'yinlar o'ynaysiz? Ij'odiy

ish daftarmgizga shu haqda yozing. She'rni yod oling.

MRO`TIBO`_____________

Sana :


Mavzu: Tog' malikasi. (Zahro Hasanova)

Maqsad:


Ta`limiy: O'quvchilarning ifodali o'qish ko'nikmalari rivojlanadi.

Tarbiyaviy: O'quvchilar insonlarga daraxtlarning foydasi ko'p ekanligini bilib oladilar, tabiatga muhabbat shakllantiriladi.

Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning ifodali o'qish ko'nikmalarini takomillashtirish

Darsning jihozlanishi: Archaning har xil navlari ko'rsatilgan rasmlar hamda bezatilgan archa surati.

Darsning borishi.

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish

2.Davomatni aniqlash.

3.Navbatchi ahboroti

II.Uy vazifasini tekshirish va baholash. O'qituvchi uyga vazifani so'rashdan oldin o'quvchilarni 3 guruhga bo'ladi, so'ngra uyga yod olish uchun berilgan Zafar Diyorning «Qor» she'rini har bir guruhdan so'raydi.Chiroyli, ravon, ifodali aytgan gurah rag'batlantiriladi. Guruhlardan uyga berilgan topshiriq so'raladi. O'quvchilar qishda o'ynaydigan o'yinlari haqida chizgan rasmlarini ko'rsatadilar va so'zlab beradilar. Topshiriqni bajargan o' quvchilar rag 'batlantiriladi.

III Yangi darsning bayoni O'qituvchi o'quvchilarning fikrlarini umumlashti­radi, xulosalaydi va yangi mavzuni e'lon qiladi. O'qituvchi Zahro Hasanovaning «Tog' malikasi» hikoyasini ifodali o'qib beradi hamda o'quvchilarga hikoyani o'qilishi va to'xtamlarini aniqlab olishlari uchun ovoz chiqarmay o'qish topshiriladi.

Hikoyani guruhlarga bir marta o'qish topshiriladi, ya'ni guruhdagi har bir o'quvchi 2-3 gap o'qiydi. Ravon o'qigan guruh rag'bat­lantiriladi.

O'qituvchi archa daraxti haqida, uning navlari haqi­da ma'lumot beradi va rasmlardan foydalanib tanishtiradi. So'ngra


o'quvchilardan hikoyadagi notanish bo'lgan so'zlar so'raladi va notanish so'zlarga izoh beriladi. Darslikdagi maqol, topishmoq va tez aytish ustida ish olib boriladi.

IV.Mustahkamlash . Muhokama:



  • Bugungi darsimiz sizga yoqdimi?

  • Archa haqida nimalarni bilib oldingiz?

Yangi yil bayramiga qanday tayyorgarlik ko'ryapsiz?

V.O`quvchilar bilimini baholash O'quvchilarga darsda va munozaralardagi ishtirokiga


ko'ra ball qo'yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtiriladi va
natijalar e'lon qilinadi.

VI.Uyga vazifa berish . Maktab hovlisi, ko'cha yoki uyingizdagi archa

daraxtlarini kuzating. Ular bir-biridan qanday farq qiladi?.

MRO`TIBO`_____________


Sana :

Mavzu Qorning ko'p xosiyati bor. (llyos Muslim)

Maqsad:

Ta`limiy: she'rni ifodali o'qish ko'nikmasini hosil qiladilar;

Tarbiyaviy: tabiatni asrab-avaylashni o'rganadilar;

Rivojlantiruvchi: she'rni o'qib-o'rganish orqali tabiat hodisalari va ularning in-


songa ta'sirini o'rganadilar.

Darsning jihozlanishi: Turli xil daraxtlarning rasmlari, ularning fasllarda o'zgargan ko'rinishi, A4 formatdagi qog'oz va rangli qalamlar.

Dars usubi:

Darsning borishi.



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish

2.Davomatni aniqlash.

3.Navbatchi ahboroti



II.Uy vazifasini tekshirish va baholash. O'qituvchi Zahro Hasanovaning o'tgan darsda o'tilgan «Tog' malikasi» hikoyasini o'quvchilarga o'qitadi, maz­munini hikoya qildiradi va mavzu yuzasidan savol-javob o'tkazadi.

III Yangi darsning bayoni O'qituvchi o'quvchilarning fikrlarini umumlashti­radi va yangi mavzuni e'lon qiladi. O'qituvchi llyos Muslimning «Qorning ko'p xosiyati bor» she'rini ifodali o'qib beradi va qor haqida, ulaming biz yashab turgan olamda tutgan o'rni va foydasi haqida tushuncha berib o'tadi. So'ngra o'qituvchi bir o'quvchiga she'rni o'qitadi. Qolgan o'quvchilar kuzatib boradilar. O'qituvchi o'quvchilarga tabiatni asrab-avaylashni, ularni qanday parvarish qi-lish kerakligini o'rgatadi. O'qituvchi she'rni yana bir o'quvchiga o'qitadi. Bunda o'quvchilar diqqatini notanish so'zlarga qarata-dilar. O'qituvchi notanish so'zlarni o'quvchilarga izohlab beradi.

O'qituvchi sinf o'quvchilarini 4 guruhga bo'ladi. Harbir guruhga A4 formatli qog'oz topshiradi. Guruhlarga topshiriq beriladi, ya'ni hap bir guruh 4 fasldan biriga moslab daraxt rasmini chizadi.


Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish