Mavzu: Ajoyib bahs



Download 1,1 Mb.
bet2/29
Sana08.09.2021
Hajmi1,1 Mb.
#168489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
2-sinf O'qish konspekt

Guruhlarga topshiriq.

A4 formatli qog'ozga O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan ma­shinalaming rasmini yopishtirish va ularning nomini yozish aytiladi.



Taqdimot: Har guruhdan bir o'quvchi chiqib o'z guruhi ishini taqdimot qiladi.

IV.Mustahkamlash.Vatan haqidagi maqollar aytish musobaqasi o'tkaziladi. Maqollarning mazmunini ham aytish topshirig'i beriladi. Darslikda berilgan tez aytish ustida ishlanadi. O'quv­chilar guruhlardagi ishlari va faolligiga ko'ra baholanadi.



  • Mashg'ulot sizga yoqdimi?

  • O'quvchilarga matndagi ona va bolaning o'zaro savol-javobi keltirilgan qismini topib o'qish topshirig'i beriladi.

  • Qarang, matnni necha qismga bo'lish mumkin?

  • Matnni qismlarga bo'lib, har bir qismga alohida sarlavha to­ping.

• Bu darsdan qanday xulosa chiqardingiz?

«Noto'g'ri jumla» didaktik o'yinidan foydalanish mumkin. Bunda o'qituvchi matn mazmunini hikoya qilishni boshlaydi va gap orasida matnga taalluqli bo'lmagan jumlalarni qo'shib ketadi. O'quvchilar ana shu jumlani topishlari lozim.

V.Baholash. O'qituvchi o'quvchilarning darsga ishtiroki, faolligi, bildirgan fikrlari aniqligi va ijodkorligiga ko'ra reyting ballarini hi-sobga olib boradi va dars oxirida umumiy ballar e'lon qilinadi.

VI.Uyga vazifa .Ifodali o`qib kelish. MRO`TIBO`_______________

Sana

Mavzu: Toshkent - O'zbekistonning poytaxti.



Maqsad:

  • O'quvchilarning to'g'ri, ifodali va ravon o'qish ko'nikmalarini takomillashtirish, nasriy asarlar mazmunini tushunish va tahlil qila bilishga o'rgatish.

  • O'quvchilarga O'zbekistonning poytaxti Toshkent shahri haqida ma'lumot berish, Vatanga e'tiqodni tarbiyalash.

  • O'quvchilarda birgalikda ishlash, o'zaro yordam ko'rsatish ko'nikmalarini hosil qilish, lug'at boyligini oshirish.

O`tish uslubi:Amaliy,ko`satmali,suhbat,savol-javob.

Jihoz: A4 formatli qog'oz, mavzuga doir rasmlar.

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifasini so`rash va baholash. Savol-javob asosida.

«Zanjir» o'yini o'tkaziladi. Ya'ni matndagi so'zlardan birini bir o'quvchi aytadi, so'zning tugagan harfi bilan boshlanadigan so'zni boshqa o'quvchi aytadi. O'yin shu tariqa davom etadi.

III.Yangi mavzu bayoni.Yangi niavzu «Toshkcnt - O'zbekistonning poytaxti» hikoyasi o'qib eshittiriladi. Mazmuni tushuntiriladi.

O'quvchilar matnni o'qiydilar. Avval ichda o'qish, keyin jo'r bo'lib o'qish, topshiriq bilan o'qish mashq qilinadi.

Matnni qismlarga bo'lib o'qitish. 3 ta o'quvchiga 3 ta qismni o'qish, mazmunini tushuntirish va har bir qismga alohida sarlavha qo'yish topshirig'i beriladi.

Matnning har bir qismiga sarlavha qo'yiladi va shu reja asosida matn og'zaki hikoya qildiriladi.

Lug'at ishi o'tkaziladi.

Darslikdagi mavzuga doir qo'shimcha materiallar bilan ishlanadi.

O'quvchilar guruhlarga bo'linadilar. Ularga A4 for­matli qog'oz tarqatiladi.

Guruhlarga topshiriq.

1-topshiriq. Guruhlarga o'rganganlari asosida Toshkent haqida hikoya yozish topshiriladi.

Taqdimot. Guruhlardan bittadan o'quvchi chiqib, guruh ishini taqdimot qiladi.

IV.Mustahkamlash.



  • Bugungi dars sizga yoqdimi?

  • Matnda nima haqida aytilganini tushuntirib bering.

  • Toshkent shahridagi istirohat bog'lari haqida so'zlab bering.

• Matndan metro haqidagi qismni topib o'qing.

• Matnning har bir qismiga sarlavha qo'ying. Sarlavha asosida qismlarni alohida o'qing va mazmunini so`zlang.

• Qayerda pauzalar bo'lishini belgilang,

V.Baholash. O'quvchilar faolligiga, o'yinda ishtirokiga, o'qish malakasiga reyting mezonlari asosida ball qo'yib boriladi. Dars yakunida umumiy ballar e'lon qilinadi.

VI.Uyga vazifa .Ifodali o`qib kelish. MRO`TIBO`_______________

Sana.


Mavzu: Biz Vatanning ertasi. (Muqim Qodir)

Maqsad:


  • O'quvchilarning she'rni to'g'ri, ongli va ifodali o'qish ko'nikmalarini takomillashtirish, badiiy janrlar haqida to'liqroq ma'lumot berish, lug'at boyligini oshirish.

  • Vatan tushunchalarini kengaytirish. Ularda milliy g'ururni, Vatan oldidagi burch va mas'uliyatni shakllantirish, o'z Vataniga muhabbatli bo'lishga, uni qadrlashga o'rgatish. Prezidentimizning «Bolalar - bizning kelajagimiz» gapining ma'nosini anglashlariga erishish.

  • To'g'ri, ongli va ifodali o'qish malakalarini rivojlantirish, lug'atiga aniqlik kiritish va lug'at boyligini rivojlantirish. Vatan ha­qidagi tushunchalarini boyitish.

O`tish uslubi:Amaliy,ko`satmali,suhbat,savol-javob.

Jihoz: A4 formatli qog'oz. Vatan ertasini eslatayotgan rasmli plakatlar (quvnoq bolalar, sport bilan shug'ullanayotgan, kitob mutolaasiga berilgan bolalar, kompyuterlarda ishlayotgan yoshlar, tajriba o'tkazayotgan yoshlar va shu kabi rasmlar).

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifasini so`rash va baholash.

O'qituvchi o'tgan mavzuni topshiriq asosida o'qitib mustahkamlaydi.



  1. Hikoyada Toshkent shahri haqida qanday ma'lumotlarni bilib oldingiz?

  2. Toshkent shahridagi istirohat bog'lari haqida ma'lumot be­ring.

O'qituvchi o'quvchilardan uyga berilgan topshiriqni so'raydi va o'tgan mavzuga doir tushunchalar yana bir bor takrorlanadi. O'tgan dars yuzasidan o'quvchilar bilimi baholanadi.

III.Yangi mavzu bayoni. Yangi dars e'lon qilinadi. O'qituvchi she'rni o'qiydi, she'r mazmuniga e'tibor qaratadi. O'quvchilar lug'atini boyi­tish maqsadida she'rdagi notanish so'zlar ma'nosini bilib olishga o'quvchilar diqqatini qaratadi. U so'zlar ma'nosini xattaxtaga oldindan tayyorlab qo'yiladi.

She'r mazmuni yuzasidan suhbat o'tkaziladi:


  1. She'rda nima uchun Amir Temur va To'maris nomi yodga olingan?

  2. O'quvchilardan yosh avlod nima uchuh vatanning ertasi deyilishi haqida so'raladi. :

O'qituvchi o'quvchilar fikrlarini umumlashtiradi.Darslikdagi mavzuga doir qo'shimcha materiallar bilan

ishlanadi.




Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish