2.2.
“Mash-Xim” ma'suliyati cheklangan jamiyatida mehnat
unumdorligi va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili
Mehnat unumdorligi ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi asosiy
ko‘rsatkichlardan biridir, uni oshirish iqtisodiy o‘sishning asosiy omilidir.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi, xodimlar soni, ish haqi fondi ko‘p
jihatdan mehnat unumdorligiga bog‘liq. Mehnat resurslaridan samarali
foydalanishni quyidagi ko‘rsatkichlar ifodalaydi:
– mehnat unumdorligining o‘sish surhati;
52
– mahsulot hajmining ortishida mehnat unumdorligi o‘sishi-ning hissasi;
– xodimlar sonining nisbiy qisqarishi;
– ish haqi fondidan nisbiy iqtisod;
– mehnat unumdorligining o‘sish surhatining o‘rtacha ish haqi o‘sishiga
nisbati.
Mehnat unumdorligining o‘lchov birliklari:
– qiymat, natura va mehnat
a) qiymat shakli
,
x
Q
My
Bunda
Mu –
mehnat unumdorligi (bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha
mahsulot);
Q – ishlab chiqarilgan mahsulot solishtirma ulgurji bahoda;
X – xodimlarning ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soni.
b) natura
,
....
,
,
,
x
м
кг
тонна
Q
My
v) mehnat
,
Q
Т
My
T – mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt (kishi-kun, kishi-soat);
Q – mahsulot miqdori (dona, kg, va x.k.)
Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichining qiymat shakli kamchi-liklardan holi
emas. Masalan, sarflangan xom ashyo, yoqilg‘i, ener-giya narxlari va tariflari,
mahsulot tarkibidagi strukturaviy o‘zgarishlar unumdorlik darajasiga ta‘sir etadi.
Natura shakli mehnat unumdorligini aniq ifodalaydi. Ammo bu o‘lchov
birligi bir turdagi mahsulot ishlab chiqaradigan korxo-nalarda qo‘llanilishi
mumkin (ko‘mir qazish, elektr energiya, neftni qayta ishlash korxonalari).
Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari:
– bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot:
– bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot;
– ishchining bir kunlik ish unumi;
– ishchining bir soatlik ish unumi.
53
Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarini kompleks tahlil etish uchun
ko‘rsatkichlar o‘tgan yil, hisobot yilining rejasi, bir xil ixtisosga ega bo‘lgan
korxona ma‘lumotlari bilan taqqoslanib, ishga solinmagan ichki imkoniyatlar
aniqlanadi.
Mehnat unumdorligining umumiy ko‘rsatkichi - bir xodimga to‘g‘ri
keladigan o‘rtacha yillik mahsulotdir (
GV
x
). Bu ko‘rsatkich ishchining bir kunlik,
bir soatlik (
CHV
) ish unumlaridan tashqari, ishchining jami xodimlar tarkibida
tutgan ulushi (
Ul
), bir ishchining ishlagan kunlari (
K
) va ish kuni davomiyligi (
D
)
ga ham bog‘liq.
54
Do'stlaringiz bilan baham: |