Mavzu: aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’G’risidagi qonun bandlarini o’rganish


Bulardan tashkari axolini Favqulotda holatlarda ximoya kilishning usullariga kuyidagilar kiradi



Download 140 Kb.
bet4/5
Sana28.06.2022
Hajmi140 Kb.
#716531
1   2   3   4   5
Bog'liq
AHOLINI VA HUDUDLARNI TABIIY HAMDA TEXNOGEN HUSUSIYATLI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH TO’G’RISIDAGI QONUN BANDLARINI O’RGANISH .

Bulardan tashkari axolini Favqulotda holatlarda ximoya kilishning usullariga kuyidagilar kiradi:
a) Oldindan (osoyishta davrda) axolini ukitib urgatish;
b) Ozik ovkat maxsulotlari, suv, yem-xashak, chorva mollari, ekinlarini RM lar, ZM lar va BV lardan ximoya kilish;
v) Radiatsiya, kimyoviy va bakteriologik kidiruvini dozimetrik nazoratini utkazish;
g) Yonginga karshi chora tadbirlar kurish;
d) Epidemiyaga karshi sanitariya-gigiena chora-tadbirlarini kurish;
e) Favqulotda holatlarda shikastlangan axolini qutqarish, shoshilinch ishlarini bajarish;
z) Odamlarni, territoriyalar, inshoatlar, texnikalar,kiyim-kechaklar, poyafzal va ozik ovkatlarni RM, KM lar yoki B vositalari bilan zaxarlangan xollarda ularga tegishli ishlov berib, zararsizlantirish va boshka ximoya tadbirlari kullaniladi.
2. Axolini ximoya kilish ularni Favqulotda holatlar xavfi xosil bulishi bilan yoki FM ning ogoxlantiruvchi xabarlari berilishi bilan avvaldan urganilgan bilim chora-tadbirlariga asoslanib tugri xarakat kilinishiga boglikdir. Favqulotda holatlar xavfi xabarlari bir necha minut yoki sekunddan keyin biror tabiiy ofat, avariyalarning biror ta’siri yoki dushman xujumi xavfini bildiradi. Bunday xolda xamma axoli kuyidagi oxirgi tadbir-choralarini kurishi lozim:
- Fuqaro muhofazasi karorgoxlaridan beriladigan xabarlarni eshitish uchun xalk xujaligi ob’ektlarida, axoli yashaydigan uylarda radio reproduktorlarni tarmokka ulash kerak.
- xamma axolilar ukish, ish joylaridan shaxsiy ximoya vositalarini olishlari kerak, uziga va oila a’zolariga oddiy ximoya vositalari tayyorlashi, uy kiyimlarini RM va ZM dan ximoya kilishga moslashtirish kerak;
Xamma oilada dori-darmonlar bilan uy aptechkalarini tayyorlab kuyish kerak. Katta oila a’zolariga bolalarga kanday sharoitda yana nima kilish kerakligini tushuntiriladi. Ozik-ovkat, suvlarni zararlanishidan saklash chorasini kurish kerak.
Uyda oson yonadigan narsalarni yigishtirib, xavfsiz yertula yoki imoratdan uzokrok yerga kuyiladi. Imoratlarga radioaktiv moddalar kirishini kamaytirish uchun jipslashtiriladi. SHunday kilib axolini Favqulotda holat xavflari xakida “signallar” bilan ogoxlantiriladi.
Avval sirena signali beriladi. Buni zavod fabrikalar, lokomotiv, paraxodlar gudogi bilan kuchaytirib takrorlanadi. Bu signal “dikkat xammaga” degan ma’noni bildirib, buni eshitgan axoli ishlarini, yurishini tuxtatib, radioni ulab, ovozini kattalashtiradi va kandaydir muxim xabar berilishini kutish va usha signalni eshitgach sharoit talab kilgan chora tadbirlarni kurishi kerak.
Signallar FM ning karorgoxlaridan suzli turda aytiladi. Bunda xavfli holat xarakteri va axoli bunday xolda nima kilishi lozimligi xabar kilinadi.
Kuyida FM ning karorgoxlaridan kanday signallar berilishini kursatib utamiz:
1. Namangan viloyat Fuqaro muhofazasi karorgoxidan “er kimirlash” xavfi xakida ogoxlantirish mazmuni.
Dikkat... Namangan viloyat Fuqaro muhofazasi karorgoxidan gapiramiz. Fuqarolar “er kimirlashi” extimoli borligi uchun kuyidagi xavfsizlik tadbirlarini kuring. Gaz, suv, elektrni uzing, uchok pechlardagi utlarni uchiring, kushnilarni olgan xabaringiz xakida ogoxlantiring. Uzingiz bilan kerakli kiyimlar, xujjatlar, ozik ovkat va suv olib tashkariga chiking. Yulda kari va kasallarga yordam bering. Imorat va elektr simlaridan uzokrokka joylashing. Agar birinchi silkinishda imorat ichida kolsangiz, eshik balkon oraligida, katta yuk kutaruvchi temir beton oraliklarida turing. Xotirjamlik va osoyishtalikni saklang. Keyingi xabarlarga e’tibor bering.
2. Kimyoviy xavfli ob’ektda yemirilish xakida ogoxlantirish mazmuni.
Dikkat... Fuqaro muhofazasi karorgoxidan gapiramiz. Fuqaro suv yuborish bosh inshoatida yemirilish sodir bulib, zaxarli modda “xlor” atrofga tarkalib ketdi.
- kimyoviy zararlanish zonasiga shaxarni shimoliy sharkiy tomonidagi Fuqarolar yashaydigan joylar va xalk xujaligi ob’ektlari kiradi. Vodokanal bosh inshoati atrofidagi (4,5-5 km. radiusda) axoli yashaydigan punktlar zaxarlanish zonasiga kiradi. SHuning uchun yukoridagi kursatilgan joylarda yashovchi axolilar imorat ichida bulishlari kerak. Uz uylarini, eshik derazalarini yopib, kushimcha jipslashtirish choralarini kurishlari kerak. Xlor xidi sezilsa, xullangan sochik orkali nafas olish kerak. Olingan xabarlarni kushnilarga xam yetkazish kerak. Kariya va kasallarga yordam kursating. Bundan keyin FM karorgoxi kursatmasiga asosan ish tuting.
3. Kimyoviy xavfli ob’ektlardagi yemirilish xakida ogoxlantirish.
Dikkat... FM karorgoxidan gapiramiz. Fuqarolar! R... kishlogida joylashgan sovutkichda yemirilish sodir buldi va atrof muxitga kuchli ta’sir kilib, zaxarlovchi modda ammiak tarkaldi. Kimyoviy zararlanish zonasiga Namangan tikuvchilik korxonasining shoxobchasi, Elektroterm ishlab chikarish boshkarmasi kiradi. SHuning uchun avariya sodir bulgan joydan 2 km. atrofda yashovchi axolilar ishlash va yashash joylarni tashlab chikishlari shart. Bundan keyin FM karorgoxi kursatmasiga asosan ish tuting.
4. T... suv ombori yorilib ketish xavfi xakida ogoxlantirish.
Dikkat.. Fuqaro muhofazasi karorgoxidan gapiramiz. Fuqarolar! T.. suv omboridagi suvni satxi kutarilib ketishi natijasida kuyidagi rayonlarni suv bosib ketishi kutilmokda.
1. Uychi rayoni tula.
2. Uychi rayonini daryo kirgogi joylari
3. Zadaryo rayoni daryo kirgoklari.
4. Pop rayoni daryo kirgoklari.
Yukorida aytilgan rayonlarda yashovchi axolilar kerakli kiyimlar, ozik ovkat aptechka, xujjatlarini olib, gaz, suv, elektrni uchirib, uy xayvonlarini olib kuyidagi yunalish buyicha xarakatlaning. 1...... 2..... 3..... Kaerdan kaysi tomonga yunalish va borish joylari aytiladi. Axolini kuchirish, moddiy boyliklarni va xayvonlarni bokish joylarida tuplanish punkti orkali bajariladi.Xar kanday sharoitda uzingizni yukotmang, vaximaga berilmang, olgan xabarni kushnilarga yetkazing. Kariyalarga va kasallarga yordam kursating. Fuqaro muhofazasi karorgoxi xabarlariga axamiyat bering.
4. Radioaktiv zararlanish xavfi xakida ogoxlantirish.
Dikkat... Fuqaro muhofazasi shtabidan gapiramiz. Fuqarolar! Radioaktiv zararlanish xavfi tugildi.
SHaxsiy ximoya vositalarini topib, doimo yoningizda olib yuring. Fuqaro muhofazasi karorgoxidan buyruk bulsa, yoki zararlanish xavfini uzingiz sezsangiz darxol kiyining. Terini ximoya kilishga uy, ish kiyimidan foydalaning. Yashash joyingizni deraza eshiklarini tekshirib, jipslashtiring. Ozik ovkatlarni jips berkiting. Suv zapas kiling, yem-xashak, sabzavot va xayvonlarni yashiring. Kushnilarni ogoxlantiring. Kasal va kariyalarga yordam bering. Bundan keyin Fuqaro muhofazasi karorgoxi kursatmasiga binoan ish tuting.
6. Kimyoviy zararlanish xavfi xakida ogoxlantirish.
Dikkat... Fuqaro muhofazasi shtabidan gapiramiz. Fuqarolar! Kimyoviy zararlanish xavfi sodir buldi.
Protivogazlarni kiying, bolalarga xam ximoya kiyimlarini kiydiring. Terini ximoya kilishga, uy, ish kiyimlaridan kombinzon, etiklardan foydalaning. Polimer plyonkali yopingich, kurtka yoki plashlardan foydalaning. Yashash uylari, eshik derazalarni jipslashtiring.
Ozik- ovkat va suv zapasini zaxarlanishidan saklang. Yem-xashak va xayvonlarni asrang. Kushnilarni olingan xabardan ogoxlantiring. Elektr, isitish asboblarini uchiring. Kariya va keksalarga yordamlashing. Bundan sung Fuqaromudofaasi shtabi kursatmasiga asosan ish olib boring.
7. Xavo xujumi xavfi xakida ogoxlantirish.
Dikkat... Fuqaro muhofazasi shtabidan gapiramiz. Fuqarolar! Xavoda xujum xavfi xosil buldi. SHuning uchun gaz, suv, elektr isitish asboblari, pechlardagi utlarni uchirib, shaxsiy ximoya vositalari, xujjatlar,zapas ovkat, suv, aptechkalarni olib, kushnilarni ogoxlantirib, yakin urtadagi pana joyga borib yashirining.
Yulda kari va kasallarga yordam bering. Osoyishtalik va tartib saklang. Fuqaro muhofazasi shtabi xabarlariga e’tibor bering.
8.Xavo xujumi xavfi tugadi xabari xakida ogoxlantirish.
Dikkat... Fuqaro muhofazasi shtabidan gapiramiz. Fuqarolar! Xavo xujumi xavfi tugadi. Xamma uz ishlash, ukish, yashash joylariga kaytib, uz mashgulotlarini davom ettirsin. Yulda kasal va keksalarga yordamlashing. Kayta xujum bulishiga extiyot buling. Fuqaro muhofazasi karorgoxi xabarlariga e’tibor bering.
9. Kimyoviy trevoga.
Dikkat... Fuqaro muhofazasi shtabidan gapiramiz. Fuqarolar! Dushman tomonidan kimyoviy zaxarlovchi modda kullandi. Xamma protivogazlarni kiysin, maxsus pana joylarga yashirining, zaxarsiz zonaga chikishga xarakat kiling. Kariyalar, kasallar va bolalarga yordamlashing. Keyingi xabarlarga e’tibor bering.

Gidrotexnika inshootlari quyidagilar natijasida buzulishi mumkin:


1. Xavfli tabiat hodisalari tabiiy ofatlar (zilzila, ko’chki, yuvib ketish, jala va.h.k).
2. Uskunalarning tabiiy yeyilishi va eskirishi.
3. loyihalash va qurishdagi xatolar.
4. Foydalanish qoidalarining buzilishi.
5. Portlatishlar (jangovor harakatlar, terroristik ishlar va h.k)
Shikastlanuvchi omillar va ko`rsatmalar:
1. To`g`onni urib ketgan to`lqinning balandligi 2-20 m , tezligi 3-100 km\soat.
2. To`g`onning urib ketgan to`lqin cho’qqisi va old tomonining yetib kelish vaqti (to`lqin tezligiga va joyining qancha oraliqda ekanligiga qarab).
3. Suv bosish hududining chegaralari (yer yuzi relifining qandayligiga qarab).
4. Suv bosishining maksimal va amaldagi chuqurligi (relefning qandayligiga, to`g`onning urub ketgan to`lqinning balandligiga qandyligiga qarab).
5. Suv bosish qancha davom etishi (bir necha soatdan bir kecha-kunduzgacha).
Halokatli suv bosishning shikastlovchi omillar va parometrlari suv omborining o’lchamlariga, to`g`onning balandligiga, urib ketgan to`lqinning tezligi va balandligiga,yer yuzasi qandayligiga va boshqa sharoitlarga bog`liq bo`ladi.
Suv bosish joyi hududining GTI ga tutash va suv tagida qolish mumkin bo`lgan qismi.
Gidrotexnika inshootidagi falokat oqibatlari:
1. GTI shikastlanishi buzulishi hamda ozroq yoki uzoq vaqt o`z vazifasini bajarmay qo`lishi.
2. urib ketgan to`lqin odamlarga shikast yetkazishi va turli ob’ektlarni, inshootlarni buzib yuborishi.
3. Hududni suv bosib, mol-mulkka, yer, hosil, ekin, inshoot, imorat va boshqa infrastrukturalarga moddiy zarar yetkazishi.
Sodir bo`lishi mumkin bo`lgan falokatlarning xarakteri va ko`lami quyidagi omillarg bog`liq:
-GTI ko`rsatgichlari (suvning hajmi, to`g`onning balandligi, qurilmasi, chidamliligi va h.k);
-buzulish xarakteri va ko`lami;
-urib ketgan to`lqinning tavsifi;
-yer yuzasi relefi, o`simliklar, qurilishlar va h.k;
-yil fasli, kecha-kuduz vaqti, ob-havo sharoiti va h.k;
-muhofaza inshootlari (aylanma kanallar, tashlamalar, ko`tarmalar va h.k) mavjudligi;
- rahbar, vakil tarkibining, boshqaruv organlarining, ko’chva vositalarning faoliyatga tayyorlanganlik darajasi;
-xabar berish cheklangan tizimning mavjudligi, ishlay olishi va samaradorligi;
-favqulodda vaziyat chegarasida vaqt davomida avariya-qutqruv va boshqa shoshilinch ishlarning mohirona boshqarilishi uyushqoqligi va samaradorligi;
-FV bo`lishi ehtimoliga ishlab chiqarish ob’ektlarining va aholining tayyorgarlik ko`rganligi.
Oldindan taxminlashga birlamchi shikast omillari va ularning oqibatlaridan tashqari, quyidagi ikkilamchi omillar ham hisobga olinadi:
-suv va yer yuzasining turli zararli moddalar bilan ifloslanganligi;
-odamlar va hayvonlarning ommaviy kasallanganligi;
-transport va energomagistral tuzimlardagi avariyalar;
-ko`chkilar, o’pirilishlar va h.k;
-imorat va inshootlarning chidamliligining yo`qolganligi;
-atrof-muhitdagi ekologik buzilishlar;
Halokat sodir bo`lgan ob’ekt va joyidagi aniq sharoitga bo`g`liq boshqa sal’biy oqibatlar.
Oldindan taxminlashda, shuningdek, ko`lamiga qarab ko`rilishi mumkin bol`gan quyidagi zararlar ham hisobga olinadi.

  • aholi orasidagi talofatga (halok bo`lganlar, bedarak yo`qolganlar, shikastlanganlar, boshpanasiz qolganlar qanchaligini hisoblab baho beriladi;

  • moddiy zararga (buzulgan, shikastlangan, ishdan chiqqan ob’ekt va inshootlar) qanchaligini hisoblab, shuningdek, pul bilan ifodalab baho beriladi, bundan tashqari, bevosita va bilvosita zararlar (ishlab chiqarishga aynan shu halokat yetkazgan ziyon va shikastlanganlarni ta’minlash harajatlari hisoblab chiqiladi.

Bevosita zararlar:

  • GTI, imoratlar, avtomobillar va temir yo`llar, elector uzatish va aloqa simlari, energotizimlar, sug`orish tizimlari va boshqa ob’ektlar;

  • Chorva mollari, qishloq xo`jaligi ekinlar, yer-suv va boshqalarni nobud bo`lishi;

  • Xom ashyo, yoqilg`i, ovqat maxsulotlari, chorva oziqlari, sanoat maxsulotlari, o`g`itlar va h.k. yo`qotish va buzulib qolishi;

  • Xavfsiz joylarga aholini vaqtincha evakuatsiya qilish va moddiy boyliklarni tashish xarajatlari;

  • Hosildor qatlam yuvilib ketishi va tuproq ustiga balchiq cho`kib qolishi.

Bilvosita zararlar:
-ovqat maxsulotlarini, kiyim-kechak, dori-darmon, qurilish ashyolari, texnika, chorva oziqlarni sotib olish, gumanitar yordamlarni shikast topgan joylarga yetkazib berish xarajatlari;

  • sanoat va qishloq xo`jalik maxsulotlarini tayyorlashni kamayishi hamda iqtisodiyotning rivojlanish sur’atini pasayishi;

  • mahalliy aholining tirikchilik sharoitining yomonlashuvi;

  • suv bosish ehtimoli bor joylardagi hududdan ratsional foydalanishning iloji yo`qligi;

  • shunngdek, aniq mahalliy sharoitga bog`liq boshqa noqulay omillar;

Halokatli suv bosgandagi sharoitga baho berish tartibi:
1. dastlabki ma’lumotlarga aniqlik kiritish.
1.1. GTI ga va undagi avariyaga tavsif berish (vaqti, ahvoli va h.k).
1.2. ob’ekt joylashgan yer yuzasiga tavsif berish (relef o`simliklar, qurilishlar, transport magistrallari va boshqa infrastrukturani mavjudligi).
1.3. ob-havo, iqlim sharoiti (yil fasli, kecha-kunduz vaqti, ob-havo ahvoli va h.k).
1.4. aholiga hududga va fuqaro muhofazasiga ta’sir darajasi.
2. Xafvli joyni shikastlovchi omillari va ko`rsatgichlarni aniqlash:
2.1. Urib ketgan to`lqinning balandligi va tezligi.
2.2. Suv bosishning maksimal va amaldagi chuqurligi.
3. Halokatli suv bosish joyining xaritaga (rejaga, chizmaga) tushirish.
4. Halokatli suv bosishning vaqt omillarini aniqlash.
4.1. Urib ketgan to`lqinning muayyan chegaralarga va muhim ob’`ektlarga (aholi yashash joylariga) yetib kelish vaqti( daqiqa, soat kabi vaqt birliklarida).
4.2. Suv bosish qancha davom etishi (butun suv bosish joyida va uning alohida qisimlarida).
5. Ehtimol bo`lgan talofat va zararlarni aniqlash.
6. Muhofaza qilish va favqulodda vaziyat chegarasi (FVCh) yuzasidan asosli qarorga kelish uchun, halokatli suv bosishining aholiga, hududga va fuqaro muhofazasiga ta’sirini aniqlash.



Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish