AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga doir rejalarni tuzishni o’rganish
Ishning maqsadi: Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda ishlab chiqiladigan rejalar, ularni ishlab chiqish uchun dastlabki ma’lumotlar. Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish harakatlar rejasining tuzilishi. Fuqaro muhofazasi rejasining tuzilishi.
REJA:
1. Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
2. Muhofaza qilishga doir rejalarni tuzish
Yuqori darajada muhofaza qilish maqsadida hamma Fuqaro muhofazasi rejalariga quyidagi talablar qo’yiladi:
- reja to’liq ishlab chiqilishi;
- mazmunning qisqa bo’lishi;
- vaqtni qat’iy hisobga olinishi;
- reallik va aniqlik;
- iqtisodiy maqbullik.
Reja tuzishdagi ish hajmining hammasi shartli ravishda to’rt bosqichga bo’linadi:
- birinchi bosqichda ijrochilar tarkibi, ularning tayyorligi aniqlanadi, bor ma’lumotlar va spravka ma’lumotlari, hujjatlar o’rganiladi, arteriallar umumlashtiriladi, taqvim (kalendar) reja ishlab chiqiladi;
- ikkinchi bosqichda reja amalda ishlab chiqiladi va reja hujjatlari tuziladi;
- uchinchi bosqichda hamma tadbirlar bir-biriga moslashtiriladi va yuqori tashkilot bilan kelishib olinadi, zaruriyat bo’lsa reja tuzatib to’g’rilanadi va tasdiqlanadi;
- to’rtinchi bosqichda hamma rejalashtirilgan tadbirlar, reja tasdiqlangandan keyin, tegishli ijrochilarga yetkaziladi.
Avariya-qutqarish ishlarini rejalashtirish va o’tkazishning hududdan va iqtisodiyot ob’yektidan qat’i nazar, quyidagi tartibi belgilangan:
1. Shikast o’choqlarini va ofat joylarini razvedka qilish, qidiruv-qutqarish ishlari kompleksini o’tkazish.
2. Aholini, qishloq xo’jaligi mollarini, o’simliklarni, sanoat va qishloq xo’jaligida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni, moddiy boyliklarni muhofaza qilish tadbirlari.
3. Shikastlangan aholi hayot faoliyatini tashkil qilish, halok bo’lganlarni hisobga olish va ko’mish, yaradorlarni kasalxonalarga yotqizish.
4. Karantin-observatsion, sanitar-gigiyenik, epidemiyaga qarshi tadbirlar.
5. Mahalliy organlar va harbiy qo’mondonlik organlari bilan hamkorlik.
Bo’lishi mumkin bo’lgan sharoitdan kelib chiqib, quyidagi konkret tadbirlar rejalashtiriladi:
- boshqarishni, xabarlashni va aloqani tashkil etish;
- razvedkani, kuzatishni va nazorat qilishni tashkil etish;
- Fuqaro muhofazasi kuchlari guruhini tashkil etish;
- odamlarni va moddiy boyliklarni muhofaza qilish tadbirlari;
- moddiy va moliyaviy ta’minotning hamma turlarini tashkil etish;
- favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni tugatishni tashkil etish.
FV turlari
|
Variantlar
| | | | | | | | | | |
1,20
|
2,19
|
3,18
|
4,17
|
5,16,
|
6,15
|
7,14
|
8,13
|
9,12
|
10,11
|
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda ishlab chiqiladigan rejalar, ularni ishlab chiqish
|
x
|
|
|
|
|
|
x
|
|
|
|
FM boshlig’i o’z vakolatlari doirasida qanday huquqlarga ega
|
|
x
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Rejaning aniq(konkret) va real bo’lishi
|
|
|
X
|
|
|
|
|
|
|
x
|
F.V.oldini olish va bartaraf etish harakatlar rejasining tuzilishi.
|
|
|
|
x
|
|
|
|
|
X
|
|
Yuqori darajada muhofaza qilish maqsadida hamma F.M. rejalariga qanday talablar qo’yiladi:
|
|
|
|
|
x
|
|
|
x
|
|
|
F.M. kuch va vositalar
|
|
|
|
|
|
x
|
|
|
|
|
Topshiriqni bajarish uchun variantlar jadvali
Do'stlaringiz bilan baham: |