9.2. Aholi harakati statistikasi
Aholining harakati ko’rsatkichlari mazmunan bir-biridan farq qiluvchi ikki guruh ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi.
Birinchi guruhga aholining tabiiy harakatini, tug’ilishi va o’lishini, nikoxdan o’tganlar va ajralganlar sonini, ikkinchi guruhga esa aholining migrasiyasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar kiradi (11.2-jadval).
O’zbekiston aholisi tez sur’atlar bilan o’suvchi mamlakatlar qatoriga kiradi. Bunga qo’yidagi omillar katta rol o’ynab keldi: aholining jinsiy nisbati va yosh tarkibida mavjud bo’lgan ustunlik; bu omil nikohlanish uchun qulay sharoit yaratadi, umumiy aholi tarkibida aholini takror barpo qilishda ishtirok etuvchilar salmog’ini oshiradi; nikohlanish darajasining sobiq umumittifoq o’rtacha ko’rsatkichlardan yuqori bo’lishi uylanmagan va turmushga chiqmagan shaxslar salmog’ining ozligi: nisbatan barvaqt uylanish va turmushga chiqish odati; aholining tabiiy faolroq ishtirok etuvchi qishloq aholisi salmog’ini yuqoriligi; mahalliy aholi o’rtasida migrasiya harakatining nisbatan pastligi; yuqori yoshdagi ayollarning farzand ko’rishdagi faol ishtiroki va shu boisdan milliy an’anaga aylangan serfarzandlik udumi; mahaliy millat ayollari anchagina qismining ijtimoiy ishlab chiqarishga ishtirok etmasligi; demografik madaniyatning nisbatan pastligi va dinni taassuf ta’siri ostida homila sun’iy cheklash usulining uncha keng tarqalmaganligi.
107-jadval
Aholi harakati ko’rsatkichlari
№
|
Ko’rsatkichlar
|
Hisoblash tarkibi
|
Izohlar
|
I. Tabiiy xarakat ko’rsatkichlari
|
1.
|
Tug’ilish
koeffisiyenti (Kt)
|
Km=
|
T-tug’ilganlar soni
|
|
A -aholining o’rtacha soni
|
2.
|
Ulish koeffisiyenti
(Ko’)
|
KU=
|
U-o’lganlar soni
|
3.
|
Mutloq tabiiy o’zgarishi (ATK)
|
∆TK=T-O’
|
|
4.
|
Tabiiy o’zgarishi
koeffisiyenti (KTU)
|
Kmu=
|
yoki Kto’=Kt-Ko’
|
5.
|
Maxsus tug’ilish
koeffisiyenti (KMT)
|
Kmm=
|
A'-15-49 yoshdagi ayollarning
|
|
o’rtacha soni
|
6.
|
Maxsus, 1 yoshgacha
bolalar o’limi koeffisiyenti (Kbu)
|
Kbu=
|
m-joriy yilda tug’ilganlar
sonidan 1 yoshgacha o’lganlar soni;
N0 va N1-o’tgan va joriy yilda tug’ilganlar soni
|
II. Mexanik xarakat ko’rsatkichlari
|
7.
|
Kelganlar
koeffisiyenti (Kkel)
|
|
KEL-mazkur aholi punktiga
|
|
domiy yashash uchun kelgan aholi soni
|
8.
|
Ketganlar
koeffisiyenti (Kkeg)
|
|
KET - mazkur aholi punktidanboshqa aholi punktiga doimiy yashash uchun ketganlar soni
|
|
9.
|
Mexanik o’zgarishi
koeffisiyenti (Kmo’)
|
|
yoki Kmo’=Kkel-Kket
|
|
|
10
|
Mutloq mexanik o’zgarishi (∆MO’)
|
∆MO’=KEL-KET
|
|
108-jadval
O’zbekiston Respublikasida aholi tabiiy harakati ko’rsatkichlari (har
1000 kishiga, %o)
|
|
Tug’ilganlar
|
O’lganlar
|
Tabiiy o’zgarishi
|
2000 2002
|
2000 2002
|
2000 2002
|
|
Uzbekiston Respublikasi
|
21,3 21,0
|
5,5 5,4
|
15,8 15,6
|
108-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Respublikada 2002 yilda 2000 yilga nisbatan aholini tabiiy o’zgarishi pasaygan (0,2 punkt). Bu pasayish Qoraqalpoqiston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg’ona, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri hisobidan amalga oshgan. O’lim koeffisiyentini Toshkent shahrida Jizzax viloyatiga nisbatan deyarli 2 baravar yuqori ekanligi insonni tashvishga soladi.
Aholini takror barpo etish jarayonini tavsiflash uchun statistika darsliklarida rus zemstvo statistiki V.N.Pokrovskiy nomi bilan bog’liq bo’lgan «Hayotiylik koeffisiyenti»ni hisoblash tavsiya etilgan.
Hayotiylik koeffisiyenti tug’ilganlar sonini o’lganlar soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi:
Kx=T/U
Bu ko’rsatkich tug’ilish koeffisiyentini o’lish koeffisiyentiga bo’lish yo’li bilan ham aniqlanishi mumkin. Agar bu nisbat natijasi 1 dan katta
bo’lsa, u holda mazkur regionda tabiiy o’sish sodir bo’lgan, agar bu nisbatan 1 dan kichik
Km/Ku<1
bo’lsa, u holda mazkur regionda aholining kamayishi sodir bo’lgan.
Demak hayotiylik koeffisiyentining o’sishi aholi sonining oshishiga olib keladi va aksincha.
Makroiqtisodiyotning bo’lajak istiqbolini oldindan rejalashtirish, eng avvalo, aholining kelgusida o’zgarishini - istiqbolini aniqlashdan boshlanadi. Chunki reja ko’rsatkichlarining asosiy qismi jamiyat ehtiyojini, xususan aholi ehtiyojini qondirishga buysundirilishi lozim. Aholining istiqbolda ko’payishini belgilash: kelgusida shakllanadigan demografik tarkibiy o’zgarishlarni aniqlash; hududiy miqyosida aholining tabiiy ko’payishi va migrasiya qo’lamini taxmin qilish; shahar bilan qishloq aholisi nisbatini oldindan bilish; mehnat tarkibiy o’zgarishini oldindan tahlil qilish; har bir hududning o’ziga xos xususiyatlarini kelgusi 15-20 yil mobaynigacha bashorat (taxmin) qilabilishdan iboratdir.
Zero, bozor iqtisodiyoti faqat bugungi kunning yoxud yaqin kelajakning manfaati bilangina yashamaydi, aksincha, u ishlab chiqaruvchi kuchlarning bugungi salohiyatiga tayanib, istiqbolda ro’y beradigan aholi va mehnat resurslarining o’sishi natijasida ta’sir etadigan oqibatlarni ham oldindan hisobga oladi.
Aholining perspektiv (istiqboldagi) sonini hisoblash global va yoshni siljish usullari yordamida hisoblanishi mumkin.
Global usulda hisoblashda aholining yil boshidagi soni (Ao), tabiiy o’zgarish (KTO’) yoki umumiy o’zgarishi koeffisiyentlari boshlang’ich ma’lumot vazifasini bajaradi. Hisoblash quyidagicha bajariladi:
; va h.k.
bu yerda A1 va A0 – aholining joriy yil oxiridagi va keyingi yil boshidagi soni;
Kto’ - tabiiy o’zgarish (yoki umumiy o’zgarish) koeffisiyentlari;
·A0=∆1- joriy yilda aholi sonining qo’shimcha o’zgarishi, ya’ni
A1=A0+∆1
·A1=∆2- keyingi yilda qo’shimcha o’zgarishi lozim bo’lgan aholi soni, Ul- ya’ni,
A2=A1+∆2
Bu usulni qo’llash tartibini qo’yidagi shartli misolda ko’rib chiqamiz. Quyidagilar berilgan: Yil boshida shahar aholisining soni - 118 ming kishi; Tabiiy ko’payishi koeffisiyenti - 0,0170.
Keyingi ikki yilning boshida aholi soni necha kishi bo’lishi ehtimolligini toping.
Bu usul aholining istiqboldagi sonini hisoblashda ko’l kelsada, lekin ularni yosh jihatdan alohida-alohida hisoblash imkonini bermaydi. Bundan tashqari har keyingi yilning qo’shimcha o’zgarishi faqat boshlang’ich, baza sifatida qabul qilib olingan tabiiy yoki umumiy o’sish darajalari turlicha bo’lishi mumkin.
Yoshni siljitish usulida aholining perspektiv soni quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
ix·Px=ix+1
ix-x yoshgacha yashashi mumkin bo’lgan aholi soni;
Rx - x+1 yoshgacha yashashi mumkin bo’lgan ehtimollik;
ix+1 - yoshgacha yashashi mumkin bo’lgan aholi soni.
Shunday qilib, har bir yoshdagi aholi soni (ix) har bir yosh yashashi mumkin bo’lgan ehtimollik koeffisiyenti. (Rx)yordamida bir yoshdan (ix) ikkinchi yoshga
(ix+1) “siljitiladi”
Bu usulni qo’llash tartibini quyidagi shartli raqamlarda ko’rib chiqamiz (11.4-jadval). Shu ma’lumotlarga asoslanib uch avlodning perspektiv sonini bo’lajak 1, 2 va 3 yillar, ya’ni 2002, 2003 va 2004 yillar uchun aniqlang. Yechish uchun jadvalning so’nggi ustunlarini to’ldiramiz.
Yoshni siljitni usulida aholining perspektiv sonini aniqlash tartibi
Aholining joriy yil oxiridagi soni
|
Kelgusi 1-yil boshida bo’lishi mumkin bo’lgan aholi soni
|
Kelgusi 2-yil boshida bo’lishi mumkin bo’lgan aholi soni
|
Kelgusi 3-yil boshida bo’lishi mumkin bo’lgan aholi soni
|
i17
|
i18= i17·P17
|
i19= i18·P18
|
i20= i19·P19
|
i18
|
i19= i18·P18
|
i20= i19·P19
|
i21= i20·P20
|
i19
|
i20= i19·P19
|
i21= i20·P20
|
i22= i21·P21
|
i17+ i18+ i19
|
i18+ i19+i20
|
i19+ i20+i21
|
I20+ i21+i22
|
Demak, 2000 yildagi 17 yoshli 3786 kishidan:
2002 yilga kelib:
i18= i17·P17
i18=3786·99641=3772 kishi
|
2003 yilga kelib:
i19= i18·P18
i19= 3772·99600=3757 kishi
|
2004 yilga kelib:
i20= i19·P19
i20= 3757·99562=3740 kishi qolar ekan
|
Shu tariqa boshqa yoshdagi aholi soni tegishli yillar uchun hisoblangan. Hisoblashda mexanik o’zgarish koeffisiyenti e’tiborsiz qoldirgan.
109-jadval
Yoshni siljitish usulida aholining perspektiv sonini hisoblash tartibi
Yosh
|
Mazkur yoshdagi aholining 1999 yil boshidagi soni
|
Har bir yosh yashashi mumkin bo’lgan
ehtimollik koeffisiyenti
|
Yil boshida bo’lishi mumkin bo’lgan yoshlar
|
|
2002
|
2003
|
2004
|
Ix+1= ix·Px
|
|
17
|
3786
|
0,99641
|
-
|
-
|
-
|
|
18
|
3764
|
0,99600
|
3786·0,9964
1-3772
|
-
|
-
|
|
19
|
3742
|
0,99562
|
3764·9,9960 0=3749
|
3772·0,996
00=3757
|
-
|
|
20
|
-
|
0,99526
|
3742·0,995
62=3726
|
37490,995
62·3732
|
3757·0,9952 6=3740
|
|
21
|
-
|
0,99503
|
-
|
3726·99526 =3708
|
3732·0,9951 6=3714
|
|
22
|
-
|
0,99498
|
-
|
-
|
3708·0,9950 3=3689
|
|
Muhokama uchun savollar
Aholining o’rtacha soni qanday metodlar bilan aniqlanadi?
Quyidagilar berilgan:
Oylar 01.01. 01.02 01.03 01.04
Tuman aholisi,ming kishi 132.7 136.4
135.9 139.8
Oylar va kvartal uchun aholining o’rtacha sonini aniqlang.
Aholining tarkibiy qismi qaysi belgilar bo’yicha o’rganiladi?
Aholining jinsiy tarkibi nima maqsadda o’rganiladi?
Aholini shahar va qishloq aholiga bo’lib o’rganishdan maqsad nima?
Aholi yoshi qaysi guruhlarga ajratilib o’rganiladi?
Aholining harakati qanday ko’rsatkichlarda o’z ifodasini topadi?
Hayotiylik koeffisiyenti qanday hisoblanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |