Mavzu: Aholi ortasida ishsizlikni kamaytirish,odamlar va oilalarning daromadini oshirish yo’llari


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida aholi daromadlari shakllanishiga ta’siri



Download 361,51 Kb.
bet10/11
Sana31.12.2021
Hajmi361,51 Kb.
#219935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi aholi o'rtasida ishsizlikni kamaytirish

3Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida aholi daromadlari shakllanishiga ta’siri.

O’zbekiston iqtisodiyoti da kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining o’sib

borishi-ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh tovarlar bilan to’ldirishning

zamonaviy talablarini hisobga olgan holda, xizmat ko’rsatish sohasi kengayishining

jahon bozori talablariga mos eksport tarkibi ko’payishining, yangi ish o’rinlari

yaratishning, avvalo, yoshlarni ish bilan ta`minlashning va shu asosda aholi

daromadlari va turmush farovonligini oshirishning asosiy omillaridan biri

hisoblanadi.

Xususiy mulkchilikni rivojlantirish yo’lida ortiqcha byurokratik to’siqlarni

bartaraf etish, kichik biznesgа yangi imtiyozlar yaratish respublikamiz iqtisodiy

qudrati va eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois so’nggi

yillarda bir qator qonun va me`yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindiki, bularning

ijrosi sohani sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish imkonini berdi. Yangi tahrirdagi

"Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’grisida", "Oilaviy tadbirkorlik

to’grisida”, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari

to’risida", "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruhsat berish tartib-taomillari tug’risida"

gi O’zbeksiton Respublikasi qonunlari ana shular jumlasidandir. O’tgan yili sohada

ruhsat berishga oid 80 ta tartib-qoida, shuningdek, litsenziyalanadigan faoliyat

turlarining 15 tasi bekor qilingani, moliyaviy hisobot topshirishning shakllari va

davriyligi 1,5 barobar qiskartirilgani davlatning tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatiga

aralashuvi tubdan qiskarganining amaliy ifodasidir. Bu kabi imtiyozlar 2013 yilda

ham davom ettirilib, 1 yanvardan boshlab 65 ta statistik hisobot shakli va 6 ta soliq

hisoboti shakli bekor qilingani e`tiborga molik.

Shu bilan birga, tadbirkorlik sub`ektlarini ro’yxatga olish, ularni muhandislikkommunikatsiya tarmoqlariga ulash, eksport to’vrlarini bojxonada rasmiylashtirish tartib-taomillari ham sezilarli darajada soddalashtirildi. Gap shundaki, ayni paytda

biznesni ro’yxatga olish jarayoni "bir darcha" tamoyili asosida atigi ikki kun ichida

amalga oshirilayaptiki, bu eng yaxshi xalqaro amaliyot talablariga to’la mos keladi6.

"Oilaviy tadbirkorlik tugrisida"gi Qonunga asosan, iqtisodietimizda xo’jalik

faoliyatining oilaviy korxonalar shaklidagi xalkimiz mentaliteti va an`analariga to’liq

mos keladigan yangi tashkiliy- huquqiy shakli joriy etildi. Ularga keng imtiyozlar,

preferentsiyalar va kafolatlar berildi. Buning natijasida qonun qabul qilingan paytdan

boshlab o’tgan yarim yil mobaynida mamlakatimizda 600 dan ortiq shunday korxona

tashkil etildi.

"Obod turmush yili" Davlat dasturida 2013 yilda tijorat banklari tomonidan

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatini rivojlantirish uchun jami

269,6 milliard so’m hajmida, ya`ni 2012 yildagiga nisbatan 1,3 barobar ko’p kreditlar

ajratish ko’zda tutilmoqda. Jumladan, oilaviy, xususiy tarbirkorlik va

hunarmandchilikni rivojlantirishga 110,1 milliard so’mlik kreditlar, shaxsiy

yordamchi ва dehqon xo’jaliklariga qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish hamda

qoramollar sotib olish uchun 106 milliard so’m ajratilishi rejalashtirilgan. Kollej va

litseylarning 15 ming nafardan ortiq bitiruvchisi o’z biznesini yo’lga qo’yishi uchun

jami 53,5 milliard so’mlik kreditlarga ega bo’ldilar.

Korporativ xaridlar tizimi kichik biznesni rivojlantirishni rag’batlantirishning

muhim shakllaridan biridir. 2013 yilda tizimga jalbetilgan soha sub`ektlari sonini 1,3

barobar ko’paytirish rejalashtirilmoqda. Xususan, ustav fondida davlat ulushi mavjud

bo’lgan 2086 yirik korxonada korporativ xaridlar mexanizmini joriy etish va xaridlar

umumiy hajmida kichik biznes ulushini 25foizga etkazish belgilangan.

O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik

berish bilan tavsiflanadi. Shu jihatdan, hozirgi kunda respublikamizda kichik biznes

va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e`tibor berilmoqda.

Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirish masalasiga

davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasi, aholi farovonligini oshirish omili

sifatida qaralmoqda.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga davlat tomonidan katta e`tibor

berilishi hamda ko’llab-quvvatlanishi natijasida uning mamlakat yalpi ichki

mahsulotidagi ulushi yildan yilga ortib bormoqda.

Xususan, 2000 yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi iqtisodiyotning

faol rivojlanib borayotgan ushbu sektori ulushiga to’g’ri kelgan bulsa, 2008 yilda bu

ko’rsatkich 48,2 foizni, 2009 yilda 50,1 foizni, 2010 yilda 52,5 foizni, 2011 yilda esa

54 foizni tashkil etdi yoki 2000 yilga nisbatan 23 foizga o’sdi Mamlakatimizda ish bilan band aholining 74 foizidan ortig’i aynan kichik

biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida bandligi bu sohaga e`tiborni yanada

kuchaytirishni, jumladan tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratishni ko’paytirishni

va shu asosida yangi ish o’rinlarini tashkil etish, barqaror daromad manbalarini

shakllantirishga zamin yaratish zarurligini taqozo etadi. Mamlakatimizda biznesni yuritish bilan bog’liq barcha jarayonlarni yanada

liberallashtirish, soddalashtirish vа arzonlashtirish, kichik biznes va xususiy

tadbikorlik sub`ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash borasida amalga

oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida kichik biznesning respublikamiz

iqtisodiyotidagi tutgan o’rni tobora mustahkamlanib bormoqda. Natijada 2012 yilda

kichik biznesning sub`ektlariga tegishli ishlab chiqarish korxonlari va mikrofirmalar

soni 23,3 mingtaga o’shib, 2013 yiliga ko’ra 219,4 mingtaga (fermer xo’jaliklarini

hisobga olmagan holda) etdi. Kichik biznesning YaIM tarkibidagi ulushi 54,6 foizni

tashkil qildi. Umuman olganda, mustaqillik yillarida bevosita Prezidentimiz tomonidan

ishlab chiqilgan hamda izchil ravishda olib borilayotgan puxta yo’ylangan, samarali

iqtisodiy siyosat pirovardida mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik va

iqtisodiyotning mutanosibligini ta`minlashga mustahkam zamin yaratdi. Bu esa,

yuqorida ta`kidlanganidek, global jahon iqtisodiyotida hali-beri saqlanib qolayotgan

jiddiy muammolarga qaramasdan, 2012 yilda iqtisodiyotimizning barqaror sur`atlar bilan rivojlantirishning davom ettirilishiga, aholi turmush darajasini izchil

yuksaltirishning ta`minlanishiga, mamlakatimizning dunyo bozoridagi o’z

pozitsiyasini mustahkamlashiga asos bo’ldi. Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 yanvarda

qabul qilingan "2011-2015 yillarda O’zbekiston iqtisodiyotida islohotlar ko’lamini

kengaitirish va chuqurlashtirish, mamlakatda ishchanlik muhitini shakllantirishning

mezonlari va baholash tizimini aniqlash va amalga oshirishga doir choralar-tadbirlar

Dasturi tug’risida"gi PQ-1464-sonli Qaroriga asosan, tijorat banklarida kichik biznes

sub`ektlariga kreditlarni ajratishda garovga qo’yilgan mulkni rasmiylashtirish bilan

bog’liq xarajatlarni kreditning umumiy summasida aks ettirish amaliyoti joriy qilindi.

2011 yilning 1 yanvaridan boshlab Markaziy bankning amaldagi

moliyalashtirish stavkasi yillik 14 foizdan 12 foizga pasaytirildi. Bu esa, o’z

navbatida tadbirkorlik sub`ektlariga ajratiladigan kreditlarning foiz stavkalari

pasayishiga va ajratiladigan kreditning o’sishiga olib keldi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni

2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariva 2014-yilga mo`ljallangan

iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar

Mahkamasining majlisidag I ma’ruzada, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning

roli va o`rni tobora mustahkamlanib borayotganini, iqtisodiyotimizning tarkibida

bo`layotgan ijobiy o`zgarishlardan dalolat berishini aytib o`tdi. Faqatgina 2013

yilning o`zida yurtimizda 26 mingdan ziyod kichik biznes sub’ekti ish boshladi,

ushbu sektorda faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarning umumiy soni yil oxiriga kelib

190 mingtaga etdi.

Bugungi kunda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 55,8 foizi

ayni shu sohada ishlab chiqarilmoqda. Vaholanki, 2000-yilda bu ko`rsatkich 31

foizdan iborat edi.Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarining 23 foizi,

ko`rsatilayotgan bozor xizmatlarining deyarli barchasi, mahsulot eksportining 18

foizi, iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band bo`lgan aholining 75 foizi kichik

biznes ulushiga to`g’ri kelmoqda.



XULOSA

Kurs ishi davomida amalga oshirilgan izlanishlar natijasida quyidagi xulosalarga keldik:

Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad,

nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz,

dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas

mulk, qishloq xo’jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har

xil xizmatlar ko’rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o’z ichiga oladi. Natural

daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo’jaliklarining o’z iste’mollari

uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo’ladi.

Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot kechirishi uchun zarur

bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda kishilar

ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi sifatida aniqlash mumkin.

Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi bilan

belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil

qilishni ta’minlab bo’lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik minimumi yoki kun

kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatida chiqadi.

Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha

daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar

aholisining daromadlari darajasi o’rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi.

Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan

soliq solish yo’li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali aholi turli guruhlari

o’rtasida qayta taqsimlashdan iborat.

Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo’nalish – bu

narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati

bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam oshirib borish

hisoblanadi.

Kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda

raqobat muhitini ta’minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar

etkazib berish, yangi ish o’rinlarini yaratish va ikkilamchi bandlikni

ta’minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy texnikaviy

inqilobni jadallashtirish, resurslarni ishlab chikarishga safarbar etish; soliq

tushumlari hajmining o’sishining ta’minlash, aholi daromadlari darajasini

barqarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish mamlakatimizda

o’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish vazifasini hal etadi. Kichik biznes va

xususiy tadbirkorlikni aholi bandligini ta’minlaydigan va uning asosiy

daromad manbai bulgan muhim sohaga aylanadi. Ishchi kuchiga talabni

oshishi bo’yicha iqtisodiy tadbirlardan eng asosiysi iqtisodiyot tarmoqlarida

tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishdir. Bunga eng avvalo mulkchilik

shakllarini rivojlantirish,mehnat unumdorligini oshirish, yangi ish joylarini

yaratish, moddiy va ma’naviy manfaatdorlikni ko’tarish (sohaga

investistiyalar kiritish) orqali erishiladi.

Respublikamiz mintaqalarida aholining bandligini oshirish, ishchi

kuchidan samarali foydalanishda quyidagilarni amalga oshirish maksadga

muvofiq, ya’ni:

-bank kreditlari hisobidan xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish

orqali yangi ish o’rinlarini yaratish;

- ma’lumki, mamlakatimizda aholining 62,5 dan ko’progi qishloq joylarida

yashaydi. Shunga muvofiq mehnatga yaroqli aholining ham shuncha qismi

qishloq aholisi hisobiga to’g’ri keladi. Shuning uchun qishloq aholisining

faoliyati sohalari va turlarini kengaytirish talab qilinadi;

-ayni paytda bugun alohida muhim ahamiyat kasb etadigan yana bir masala

yoshlarni, bo’lg’usi kadrlarni tayyorlash sifati bilan bog’liq. Tabiiyki, bu

borada pedagogik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi qanday

tashkil etilgani hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu masala umumiy, o’rta va o’rta

maxsus ta’limni isloh qilish tizimining eng dolzarb vazifasi bo’lmogi zarur.

Listey va kollejlarimizda ta’lim jarayonlariga oliy o’quv yurtlarining tajribali

amaliyotchi va o’qituvchilarini yanada keng va faol jalb etish lozim;

-ijtimoiy yo’naltirilgan mehnat bozori faoliyatini yildan yilga kengaytirib

borib, ular tomonidan o’tkazilayotgan mehnat yarmarkalarini muntazam

o’tkazishini ta’minlash zarur;

-ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga soluvchi mustahkam rivojlangan

mahalliy va xorijiy bandlik xizmati tashkilotlari tizimini takomillashtirish

lozim.


Respublikada yangi ish joylarini tashkil etish, kichik biznes va xususiy

tadbirkorlik salohiyatidan maqsadli foydalanish natijasida aholi bandlik

darajasi va daromadlarini oshirish buyicha chuqur iqtisodiy islohotlarni

amalga oshirish zarur.




Download 361,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish