Mavzu: Aholi daromadlarining mazmuni, turlari va shakllanish manbalari



Download 279,37 Kb.
bet6/6
Sana21.07.2022
Hajmi279,37 Kb.
#831734
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Reja Aholi daromadlarining mazmuni

Nominal daromad - aholi tomonidan ma`lum vaqt oralig’ida olingan
daromadlarining pul ko`rinishidagi miqdori hisoblanadi.
Ixtiyorida bo`lgan daromad - Shaxsiy iste`mol va jamg’arma maqsadlarida
foydalanish mumkin bo`lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar
va majburiy to`lov summasiga kam bo`ladi.
Real daromad - narx darajasi o`zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida
bo`lgan daromadga sotib olish mumkin bo`lgan tovar va xizmatlar miqdorini
ko`rsatadi, ya`ni daromadning xarid quvvatini bildiradi.
Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib,
ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;
b) davlat yordam dasturlari bo`yicha to`lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari;
v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari.
Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy ulushini
ishhaqi tashkil qiladi. Daromadning bu turi istiqbolda ham pul daromadlari umumiy
hajmining shakllanishida o`zining yetakchi rolini saqlab qoladi.
Aholi pul daromadlari darajasi davlat yordam dasturlari bo`yicha to`lovlar
sezilarli ta`sir ko`rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya ta`minoti amalga oshiriladi
va turli xil nafaqalar to`lanadi.
Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari
quyidagilardan iborat: davlat sug’urtasi bo`yicha to`lovlar; shaxsiy uy qurilishiga
va matlubot jamiyati a`zolariga bank ssudalari; jamg’arma bankiga qo`yilmalar
bo`yicha foizlar, aktsiya, obligatsiya bahosining ko`payishidan olinadigan daromad
va zayom bo`yicha to`lovlar; lotereya bo`yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib
olish natijasida tashkil topadigan, vaqtincha bo`sh mablag’lar; har xil turdagi
kompensatsiya to`lovlar va h.k.
Aholi guruhlari bo`yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash
iste`molchi byudjeti asosida amalga oshiriladi. Iste`molchi byudjetlarining bir
qator turlari mavjud bo`ladi: o`rtacha oila byudjeti, yuqori darajada ta`minlangan
byudjet, minimal darajada moddiy ta`minlanganlar byudjeti, nafaqaxo`rlar va aholi
boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir.
Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi
bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror
hosil qilishni ta`minlab bo`lmaydi. Bu daraja moddiy ta`minlanganlik minimumi
yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatidа chiqadi.

2021-yilning yanvar-mart holatiga aholi umumiy daromadlari 95,4 trln. so’mni, aholi jon boshiga esa o’rtacha 2,8 mln. so`mni tashkil etdi.


2021- yilning yanvar-mart holatiga ko’ra aholi umumiy daromadlari 95,4 trln. so’mni, bir kishiga o’rtacha hisoblaganda 2,8 mln. so`mni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.


2021- yilning yanvar-mart oylarida (uch oy davomida), aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi Toshkent shahrida (6 341,4 ming so‘m) hamda Navoiy (4 526,8 ming so‘m), Buxoro (3 157,4 ming so‘m), Toshkent (3 144,7 ming so‘m) va Xorazm (2 810,7 ming so‘m) viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilganligi kuzatildi.
Aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi eng quyi ko‘rsatkichlari Namangan (1 985,7 ming s‘om), Farg‘ona (2 051,4 ming so‘m) va Surxondaryo (2 072,3 ming s‘om) viloyatlarida qayd etildi.
Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o’sishi Samarqand (110,7%) va Xorazm viloyatlariga (111,2%) to`g`ri keladi.
Shu bilan birga Toshkent (7,4%), Surxondaryo (6,9%), Jizzax (6,8%), Navoiy (5,9%), Farg‘ona (5,0%), Sirdaryo (4,7%) viloyatlarida va Toshkent shahrida (3,4%) aholi jon boshiga real daromadlarning pasayishi kuzatilgan.
Aholining umumiy daromadlari hajmini sezilarli darajada o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 66,1% ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar) va 27,7% ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Bitiruv malakaviy ishi davomida amalga oshirilgan izlanishlar natijasida
quyidagi xulosalarga keldik:
Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad,
nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz,
dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas
mulk, qishloq xo’jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har
xil xizmatlar ko’rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o’z ichiga oladi. Natural
daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo’jaliklarining o’z iste’mollari
uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo’ladi.
Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot kechirishi uchun zarur
bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda kishilar
ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi sifatida aniqlash mumkin.
Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi bilan
belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil
qilishni ta’minlab bo’lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik minimumi yoki kun
kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatida chiqadi.
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha
daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar
aholisining daromadlari darajasi o’rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi.
Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan
soliq solish yo’li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali aholi turli guruhlari
o’rtasida qayta taqsimlashdan iborat.
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo’nalish – bu
narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati
bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam oshirib borish
hisoblanadi.
Kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda
raqobat muhitini ta’minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar
etkazib berish, yangi ish o’rinlarini yaratish va ikkilamchi bandlikni
ta’minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy texnikaviy
82
inqilobni jadallashtirish, resurslarni ishlab chikarishga safarbar etish; soliq
tushumlari hajmining o’sishining ta’minlash, aholi daromadlari darajasini
barqarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish mamlakatimizda
o’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish vazifasini hal etadi. Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni aholi bandligini ta’minlaydigan va uning asosiy
daromad manbai bulgan muhim sohaga aylanadi. Ishchi kuchiga talabni
oshishi bo’yicha iqtisodiy tadbirlardan eng asosiysi iqtisodiyot tarmoqlarida
tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishdir. Bunga eng avvalo mulkchilik
shakllarini rivojlantirish,mehnat unumdorligini oshirish, yangi ish joylarini
yaratish, moddiy va ma’naviy manfaatdorlikni ko’tarish (sohaga
investistiyalar kiritish) orqali erishiladi.
Respublikamiz mintaqalarida aholining bandligini oshirish, ishchi
kuchidan samarali foydalanishda quyidagilarni amalga oshirish maksadga
muvofiq, ya’ni:
-bank kreditlari hisobidan xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish
orqali yangi ish o’rinlarini yaratish;
- ma’lumki, mamlakatimizda aholining 62,5 dan ko’progi qishloq joylarida
yashaydi. Shunga muvofiq mehnatga yaroqli aholining ham shuncha qismi
qishloq aholisi hisobiga to’g’ri keladi. Shuning uchun qishloq aholisining
faoliyati sohalari va turlarini kengaytirish talab qilinadi;
-ayni paytda bugun alohida muhim ahamiyat kasb etadigan yana bir masala
yoshlarni, bo’lg’usi kadrlarni tayyorlash sifati bilan bog’liq. Tabiiyki, bu
borada pedagogik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi qanday
tashkil etilgani hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu masala umumiy, o’rta va o’rta
maxsus ta’limni isloh qilish tizimining eng dolzarb vazifasi bo’lmogi zarur.
Listey va kollejlarimizda ta’lim jarayonlariga oliy o’quv yurtlarining tajribali
amaliyotchi va o’qituvchilarini yanada keng va faol jalb etish lozim;
-ijtimoiy yo’naltirilgan mehnat bozori faoliyatini yildan yilga kengaytirib
borib, ular tomonidan o’tkazilayotgan mehnat yarmarkalarini muntazam
o’tkazishini ta’minlash zarur;
-ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga soluvchi mustahkam rivojlangan
83
mahalliy va xorijiy bandlik xizmati tashkilotlari tizimini takomillashtirish
lozim.
Respublikada yangi ish joylarini tashkil etish, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik salohiyatidan maqsadli foydalanish natijasida aholi bandlik
darajasi va daromadlarini oshirish buyicha chuqur iqtisodiy islohotlarni
amalga oshirish zarur.
Mamlakatimizning yoshlar mehnat bozorida talab va taklif muvozanatini
ta’minlash maqsadida ularni tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishini
rag’batlantiruvchi chora tadbirlarni amalga oshirish, ya’ni: yosh
tadbirkorlarga moliya kredit va xom ashyo resurslarini olishlarida yordam
berish tizimini shakllantirish; yosh tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlarini
kengaytirish; yosh tadbirkorlarni tayyorlash va qayta tayorlash, malakasini
oshirish tizimini yanada rivojlantirish lozim.
Yangi ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlashning
asosiy yo’nalishlari: kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, oilaviy biznes va
xizmat ko’rsatish sohalarini rivojlantirish; uy mehnati (kasanachilik)ni
rivojlantirish; yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini ishga tushurish, mavjud
quvvatlardan unumli foydalanish, korxonalarni kengaitirish; ishlab chikarish,
bozor va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish; fermer va aholi xo’jaliklari
imkoniyatlaridan kengroq foydalanish, intensiv texnologiyalarni joriy etishdan
iborat.
Bitiruv malakaviy ishini yozish mobaynida kelib chiqqan quyidagi
takliflarimizni bermoqchimiz:
1. Aholi bandligining samarali shakllarini rivojlantirish, jumladan,
kasanachilak faoliyatini kengaytirish, mustaqil ish bilan bandlik, shu
jumladan, shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklarida qoramol boqish hamda
boshqa turdagi ish bilan bandlikni rag’batlantirish bevosita aholi
daromadlarini oshishiga olib kelishi lozim.
2. Yirik sanoat korxonalari atrofida kichik, unga xizmat qiluvchi korxona
va mikrofirmalarni tashkil etishni kengaytirish asosida yangi ish o’rinlarini
yaratish hamda aholi ko’p istiqomat qiluvchi qishloq joylarda kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik sohasini chuqurroq olib kirish lozim.
3. Xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish va qishloq joylarda qishloq xo’jaligiga ta’lluqli bo’lmagan bandlik sohalarini kengaytirish masalalarini hal etishga e’tiborni kamaytirmaslik kerak.
5. Aholi daromadlarini oshirishda hozirgi kunda kichik biznesni ahamiyati katta.
Kasb hunar kolleji o’quvchilari uchun dars o’tish jarayonining texnologik xaritasi
batafsil yoritib berilgan. Bu borada bilimlarni chuqur o’rgangan holda kelajakda shu sohani rivojlantirishga erishish maqsad qilib qo’yilgan.
6. Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati mavzusida elektron ko’rkazmali taqdimoti usulida talabalarga dars o’tish. Bunda jadvallar, sxemalar, rasmlar, diagrammalar va savol javoblardan foydalangan holda darsni qiziqarli qilib o’tishdan iborat. Yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish jarayonida dars o’tish talabalarning bilim saviyasini ko’taradi va qiziqish uyg’otadi.
Yuqorida keltirilgan xulosa va takliflarning amaliyotga tadbiq etilishi
O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida
aholi daromadlarini yanada oshishiga olib keladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


I. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va qarorlari:
1. Abduraxmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti. Darslik, T: “Mehnat” 2004yil.
2. Abduraxmonov Q.X., Xolmo’minov Sh.R., Zokirova ND. Personalni
boshqarish. - T.: O’qituvchi, 2008. - 652 b
3.Abdurahmonov Q.X., Imomov V. O’zbekistonda mehnat potenstialidan
samarali foydalanish va uni boshqarish. - T.: Akademiya, 2008.
4.B.Yu.Xodiev, A.Sh.Bekmurodov va boshqalar. O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi,
O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» nomli
asarini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma. - T.: Iqtisodiyot, 2009.- 1206.
5. Б.М. Генкин Экономика и социология труда: Учебник для вузов -4 у
изд., доп.-М:НОРМА, 2009.448
6. Ishmuxamedov A.E., Kalamov B.Z., Kalanova M.Z. Sunnatov M.E.
“Ijtimoiy soha iqtisodiyoti” darslikT: TDIU 2010 yil.
7. Кокина Ю.П. Экономика труда. Учебник.-М.: Магистр, 2010-686 с.
8.Одегов Ю.Г. Мотивация персонала. Учебное пособия-М.: Альфа-Пресс,
2010-640с.
9.Радько С.Г. Трудовой потенциал как социально-экономическая катериоя.-
Спб: Просвещения, 2010-140с.
10.Рофе А.И. Экономика. Учебник.-М.:КНОРУС, 2010г. 400с
11.Экономика труда: рыночные и социальные аспекты. Учеб. Метод.
Комплекс. Для магистр.-М.: РАГС, 2010-368с
V. Qo’shimcha adabiyotlar
12.Raximov D., Abulqosimov X., Abdurahmonov J., KattayevK., Ro’zimetov R.
Milliy mehnat bozori uchun kadrlar tayorlanishni boshqarishni takomillashtirish
yo’nalishlari.-T.:Fan va texnologiya, 2009-212 b.
13.Sh.Ergashxo’jayeva. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish.
T.”O’zbekiston”.2011 yil.
VI. Davriy nashrlar, statistik to’plamlar va hisobotlar
14.Социальное развитие и уровень жизни населения в Узбекистане. 2009.-
Ташкент, 2010.197 с.
15.Статистическое образование Республики Узбекистан за 2009 год.-
Ташкент, 2010.-95с
VII. Internet saytlari
16.http: //www. mintrud.uz
17.http: //www. stat.uz
18.http: //yas.yuna.ru
Download 279,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish