Mavzu: Ahmad Tabibiy


Ogahiy she’riyatida “Kambag‘alni tuyani ustida ham it qopadi” maqoli boshqacha ifodada, biroq mazmunan uyg‘unlik saqlangan holda beriladi. Jumladan



Download 386,39 Kb.
bet36/38
Sana28.01.2022
Hajmi386,39 Kb.
#414906
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
Ma\'naviy va mushtarak san\'atlar

Ogahiy she’riyatida “Kambag‘alni tuyani ustida ham it qopadi” maqoli boshqacha ifodada, biroq mazmunan uyg‘unlik saqlangan holda beriladi. Jumladan:

  • Garchi yormog‘siz kishi ermas kishilik sonida, deyish bilan kambag‘alni ayrim odamlar nazariga ilmasligi go‘zal tasvir orqali ko‘rsatib berilgan.
  • Dono xalqimiz so‘zlash madaniyati, so‘z qadri haqida bir qancha maqollar, naqllar to‘qigan. So‘zni qadrlamaganlarga qarata “So‘zni gapir uqqanga”, deya lutf qiladi. Ogahiy badiiy mahorati etuk shoir sifatida quyidagicha bayt keltiradi va unga maqol mazmunini bera olgan hamda uni yana ham boyitgan:

  • Bilmagan o‘z qadrini, ne bilgusi so‘z qadrini,
  • Hayfdur dono demak nodonu beirfong‘a so‘z (140 bet).

  • Ogahiy she’riyatida iqtibos san’ati ham qo‘llangan. Iqtibos (ham lafziy ham ma’naviyga daxldor) san’atlar jumlasidan bo‘lib, nasr yoki nazmda baytning yorqin va go‘zal ifodasi uchun oyat va hadislar keltirish usulidir. Ogahiy yozadi:
    Haq taolo o‘z kalomida dedi: ufu bi ahd,
    Borchag‘a lozimdur etmak amdo vafo (38-bet).
    Bu baytda “Ufu bi ahd” – “Qur’on” oyati qo‘llangan bo‘lib, ahdingizga vafo qiling, degan ma’noni anglatadi.Ogahiy mahorati shundaki, bir baytning o‘zida iqtibos san’atining ikki xil ko‘rinishidan ham foydalangan. Ma’lumki, oyat yoki hadis aynan keltirilgan iqtibos “darj” deyilgan. Ogahiy “Ufu bi ahd” oyatini aynan qo‘llab “darj” ko‘rinishiga misol keltirgan. Iqtibosning ikkinchni shaklida oyat va hadisning tarjimasi yoki mazmuni keltiriladi. Shoir yuqoridagi baytning ikkinchi misrasida “lozimdur etmak ahdig‘a amdo vafo”, deya oyatning mazmunini ifodalagan.
    Boshqa bir o‘rinda Ogahiy yozadi:
    Jahon ahli jahon ichra baqo ne yanglig‘ istarkim,
    Olar sha’nida kullu-man-alayho fon emish, bildim (224-bet).
    Ushbu baytda “Kulli-man-alayho fon” – “Qur’on” oyati qo‘llangan. Bu jahondagi har bir narsaga foniylik, yo‘qlik xosdir, degan ma’noni ifodalaydi. Ko‘rinadiki, Ogahiy iqtibos san’atidan ham unumli foydalangan.
    Ogahiy she’riyatida husni matla’ san’atidan ko‘p o‘rinlarda foydalangan. Husni matla’ matla’ning bezagi, husni degan ma’nolarni anglatadi. Bu ham lafziy san’atlar turiga kiradi. Ma’lumki, shoir g‘azal yoki qasidani shunday bayt bilan boshlaydiki, u ham mazmun, ham uslub jihatidan nihoyatda mutanosib, go‘zal bo‘ladi. CHiroyli so‘z va iboralar chuqur ma’noning yorqin, ta’sirli shaklda namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Natijada birinchi bayt (matla’) o‘quvchi e’tiborini qozonib, unda keyingi baytlarni o‘qishga ishtiyoq uyg‘otadi. Darhaqiqat, Ogahiy she’riyatida ham bunday husni matla’lar anchagina. Jumladan:
    Ey ko‘ngul, aftidolig‘ yo‘lin tutub, olamdan o‘t,
    Bu biyik me’roj ila bu nilgun toramdin o‘t (70-bet).
    Yoki:
    Yo‘q manda faqr ko‘yida gardung‘a ihtiyoj,
    Bo‘lmas qanoat ahlida har dung‘a ihtiyoj (83-bet).
    Dastlabki baytda foniy dunyo taloto‘plaridan mag‘rur o‘tib, qalbga dog‘ tushirmaslik xususidagi husni matla’ bo‘lsa, “Ihtiyoj” radifli g‘azalning husni matla’si faqrlik saodati, qanoat odobi haqidadir. Albatta, har ikkala bayt ham g‘oyaviy, uslubiy jihatdan husni matla’ bo‘la olgan.
    Shoir g‘azallarida bu dunyo vayronaga qiyoslangan, unga ko‘ngil bermaslik tarannum etilgan baytlar anchagina. Biroq shoirning quyidagi bayti ifoda yo‘sini, g‘oyaviy talabi bilan ancha mukammaldir:
    Dahr qasrikim haqiqatda qo‘han vayronadur,
    Oni har kim maskan etmak istadi devonadur (103-bet).
    Shoir dunyoning bevafoligi va o‘tkinchiligini shunchaki aytib qo‘ymasdan unga ko‘ngil berganlarni devonalar deb atab, insonlarni bu olamda go‘zal amallarni bajarishga chorlagan. Ogahiyning juda go‘zal bayti borki, bu ham husni matla’ning, ham shohbaytning betakror namunasi bo‘la oladi:
    Mulk-u millatg‘a emin o‘lsa agar ogohlar,
    Ikki olam obro‘yin hosil etkay shohlar (119-bet).
    Shoir husni matla’larini turli mavzulardagi hikmatlar, deyish o‘rinlidir. Quyidagi bayt so‘z qadri, so‘zlovchi va so‘zlashish madaniyati xususidadir. Ulug‘ ne’mat – so‘zni qadrlash borasidagi pandnomadir:
    Ey ko‘ngul, odam xayol aylab, dema nodong‘a so‘z,
    Chunki ul inson emas, topsang degil insong‘a so‘z (129-bet).
    Ogahiy she’riyatida tansiq us-sifot san’ati kam bo‘lsa-da uchraydi. Tansiq us-sifot arabcha birikma bo‘lib, sifatlar tizmasi, degan ma’noni anglatadi. Bu ma’naviy san’atlar turiga mansubdir.
    Shoir bir baytda yoki jumlada, shuningdek, ketma-ket bir necha bayt yoxud jumlada tasvirlanayotgan narsa yoinki shaxsga xos bo‘lgan bir necha xususiyatni, unga nisbat berilgan sifatlarni paydar-pay sanab ko‘rsatadi. Tansiq us-sifot o‘z xususiyatlariga ko‘ra tashbih va mubolag‘aga o‘xshab ketadi. Ogahiy bu san’atdan bir necha o‘rinlarda foydalangan.
    Jumladan:
    Netay gulzor sayrinkim, mangodur ul parivashning
    Qadi sarv-u sochi sunbul, uzori gul, labi g‘uncha (263-bet).
    Bu yerda qadi sarv, sochi sunbul, uzori gul, labi g‘uncha tansiq us-sifotni yuzaga keltirgan. Yoki:
    Saqoho‘m, rabbuho‘m, sahboyi nobidur labing shahdi,
    Xumori dardig‘a ondin umid aylar davo oshiq (181-bet).
    Boshqa bir o‘rinda Ogahiy yorning ta’rif-u tavsifini keltirar ekan, uni dilbar, ishvagar, g‘amza shior deb ta’riflaydi. Bu ham tansiq us-sifotga misol bo‘la oladi.:
    Shod kom aylagali bazmi visoli birla,
    Dilbaru ishvagaru g‘amza shioring kelur (126-bet).
    Shoir bu san’at orqali tasvirda shaxs va narsaning sifat va xususiyatlarini kengroq ochib berishga harakat qilgan.
    Shoir she’riyatida eng ko‘p qo‘llanilgan san’atlardan yana biri tazoddir. Bu she’riy san’at, umuman, mumtoz adabiyotimizda juda ko‘p qo‘llanilgan. Shoir baytlarda yoki bandlarda o‘zaro zid ma’noga ega so‘zlarni jamlab, ular asosida qarama-qarshi mazmundagi fikrlarni ifodalash tazoddir. Ogahiy yozadi:
    Ham yuz o‘lukni tirguzur la’ling aro shirin so‘zing,
    Ham ming tirikni o‘lturur aylab jafo qoshu ko‘zing. (198-bet)
    Ushbu baytda shoir yorning shirin so‘zi, qosh-u ko‘zini tazod san’ati orqali go‘zal tasvirlaydi. Bu o‘rinda o‘lik-tirik,
    tirguzur-o‘lturur so‘zlari o‘zaro zidlik hosil qilgan.
    Ogahiyning falsafiy mazmundagi she’rlarida ham tazod shoir g‘oyaviy niyatini amalga oshirishda qo‘l kelgan. Jumladan:
    Tilama rivoj ila qadru fazlu fatonatingga jahon aro –
    Ki bu chorsuda kasod ushbu mato’ birla bu qoladur.
    Tama’ eldin etmayin, ey gado, ketur ul g‘ani sori iltijo –
    Ki, quyosh fatiri simoti bazlida bir kamina navoladur (107-bet).
    Tazod she’riy san’atining nomi tarixiy poetikaga doir asarlarda turlicha uchraydi. Jumladan, Xalil ibn Ahmad uni mutobiqa deb atagan bo‘lsa, “Tarjimon ul-balog‘a”da mutazod, “Hadoyiq us-sehr”, “Aruzi Humoyun”, “Jam’i muxtasar”, “Ilmi bade’ dar zaboni forsiy” kabi asarlarda esa tazod tarzida uchraydi. Umuman, Ogahiy qo‘llagan tazodlar yuqoridagi adabiyotlarda qo‘yilgan talablarga javob beradi.
    Ogahiy she’riyatida ishtiqoq san’atining alohida o‘rni bor. Ishtiqoq – uni iqtidob deb ham aytadilar, usluban tajnisga yaqin biladilar. U shundayki, dabir yoki shoir nasr va nazmda o‘zaro yaqin va bir o‘zakli so‘zlarni qo‘llaydilar. Darhaqiqat, Ogahiy o‘zakdosh so‘zlarni qo‘llab o‘z mahoratini namoyon etgan. Shoir mavzuga doir go‘zal o‘zakdosh so‘zlarni topganki, bular badiiyat ilmida yangilik bo‘la olgan. Ogahiy bir baytning o‘zida to‘rtta o‘zakdosh so‘zni ishlatganki, bu ham shoir badiiy mahoratining yuksak namunasidir:

    Download 386,39 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish