Bu o‘rinda shoir istehzo bilan bu olam ahli oldida xor bo‘lmay desang, qiyomatdan, oxirzamondan, go‘r azoblaridan og‘iz ochma, deydi. Aslida chinakam inson odamlarni Haqqa, ezgulikka chorlamog‘i kerak. Biroq joh ahli, bu dunyo ayshu ishratiga berilganlar, hidoyatga boshlovchi so‘zni eshitishga mayl bildirmaydilar. Ogahiy chinakam ma’noda elparvar, xalqsevar shoir ediki, hamisha ulus g‘amidan dili ozorlanar edi. “Aylab izhori tajammul…” deb boshlanuvchi g‘azalida juda katta dabdaba bilan o‘tgan ov tasvirini beradi. G‘azalning dastlabki yetti bayti shikorning tafsilotlariga bag‘ishlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |