Mavzu: Ahamoniylar davlati tarixi. Reja 1Ahamoniylar davlatining paydo bo'lishi


Ahamoniylar davlatini hududiy bo’linishi,aholisi va qo’shini



Download 21,25 Kb.
bet2/3
Sana02.03.2022
Hajmi21,25 Kb.
#477769
1   2   3
Bog'liq
download-1644942940833

2 .Ahamoniylar davlatini hududiy bo’linishi,aholisi va qo’shini.
Qoyatosh bitiklar va Gerodot ma’lumotlariga ko’ra, ahmoniylar davlati hududi 20 ta qaram-ma’muriy qismlarga satraplarga bo’lingan. Tadqiqotchilarning fikricha, forslar davlat boshqaruvining bu an’analarini midiyaliklardan o’zlashtirganlar. Satraplar yirik hududlarga ega bo’lib, ko’pincha bir necha viloyat va o’lkalarni o’z tarkibiga birlashtirgan. Masalan, Parfiya, Girkaniya, Areya, Xorasmiya va So’g’diyona bitta satrap tarkibiga kirgan. Satraplarning chegaralari ayrim hollarda o’zgarib turgan.
E’tiborberishlozimki, ahmoniylardavlatidasatraplaretnikkelibchiqishigaqarabemas, balkiiqtisodiysalohiyatigaqarabtashkiletilgan.Satraplar shahanshohning noibi sifatida asosan forslardan tayinlangan. Satrapning ma’muriyati va boshqaruvi shahanshoh ma’muriyati va markaziy boshqaruv apparatini qisqartirilgan holda takrorlagan. Ya’ni, satrapda ikkita yordamchi, devonxona va mirzalar bo’lgan. Bir vaqtning o’zida satrap o’zi noiblik qilib turgan hududda bosh qozi vazifasini ham bajargan.Ayrim hollarni istisno qilganda satrap harbiy boshliqlik vazifasini bajarmagan. Misol uchun, Doro I barcha satraplarning harbiy vazifalarini bekor qilgan va ularga faqat o’ziga bo’ysinuvchi harbiy boshliqlarni jo’natgan. Satraplarning faoliyati markazdan qattiq nazorat ostiga olingan.Hattoki shahanshoh huzuridagi amaldorlar tez-tez kelib satraplar faoliyatini tekshirib turganlar.
Eron bilan O‘rta Osiyoning qadim zamondagi etnik tarkibini aniqlash juda qiyin. Faqat bir narsani komil ishonch bilan aytish mumkinki, er.av. II ming yillikkacha bundagi tillarda na sеmit va na hind-Yevropa tillariga o‘xshashlik bo‘lgan. Bundagi tillardan bizga ma'lum bo‘lgani elamiy tilidir, bu til Eronning janubi-g’arbida ustunlik qilgan, ammo uzoq qadimda elamiy tili ancha nari, sharq va sharqi-shimolda ham tarqalgan bo‘lishi ehtimoldan holi emas.
Faqat er.av. II ming yillikda, ayniqsa I ming yillikda etnogеnеz manzarasi oydinlashib borgan. Sovet davri ilmiy adabiyotlarida O‘rta Osiyo va Eronda hind-eron qabilalari paydo bo‘lgan. Ular shimol tomondan kеlgan dеb faraz qilinadi. Ammo eroniy tillar shimoldan janubga kirib kelgan degan fikrlar asossizligi haqida yangi fikrlar bor, ya’ni fors ko‘rfazi hududida eroniy tillarning dariy lahjasi bo‘lgani haqida farazlar bor.
Er.av. I ming yillik boshlarida g’arbiy Eronda eron tilida so‘zlashuvchi qabilalar yashagan. Buni Ossur yilnomachilaridan bizga еtib kеlgan bir qancha rayonlarning onomastika va toponimikasi isbotlaydi. Eronda mеzolit va nеolit davriga oid manzilgohlar, arxеologik topilmalar, kulolchilik buyumlari Suza shahrining ilk qatlamlari yodgorliklari, Eron poytaxt shaharlari Suza, Ekbatana, Pasargad harobalaridan topilgan ulug’vor haykallar, qoyatosh rеlеflari, qimmatbaho mеtallardan qilingan buyumlar-riton-qadahlar, harbiy qurollar va taqinchoq-bеzaklar topib o‘rganilgan. Yevropa olimlari J. dе Margo va Grishman bu qadimgi shaharlar xarobalarini o‘rganib, eronshunoslik faniga muhim hissa qo‘shdilar.
Er. av. VII -VI ming yilliklarda g’arbiy Eronda dеhqonchilik bilan shug’ullanadigan o‘troq va chorvador qabilalar er.av. VI -V ming yilliklarda Eronning boshqa hududiga tarqaladi. Er. av. III ming yillik boshlarida janubi-g’arbiy Eronda Elamtu (bobil va ossur tilida «mamlakat»)yoki Elam ilk davlat birlashmasi shakllanadi. Elam Mеsopotamiya hamda shimoliy va sharqiy Eron bilan bog’langan Korun va Kеrxa daryolari vodiylarida joylashgan. Suza shahri poytaxtga aylandi.
Ahmoniylar davlatida muntazam qo’shin mavjud bo’lib, uning asosini tarkibida o’n ming jangchi bo’lgan «abadiy o’lmas» polk tashkil etgan. Qo’shinlarning bosh qo’mondoni shahanshoh edi.Harbiy tuzilmada keyingi o’rinda «xazarpat»-mingboshi turgan. Ahmoniylar qo’shinlari quyidagi qismlardan iborat bo’lgan: 1. «abadiy o’lmas» polk; 2-piyoda qo’shinlar; 3-otliq qo’shinlar (suvoriylar); 4-satraplar qo’shinlari; 5-yunon yollanmalari; 6-ko’ngilli qo’shin. Qo’shinning qismlari 10,100,1000, 10000 kishilik harbiylardan iborat bo’lib, har bir qismning tayinlab qo’yilgan boshlig’i bo’lgan.
Yilda bir marta shahanshohning shaxsan o’zi qo’shinlarni ko’rikdan o’tkazib, yaxshi xizmat qilganlarni taqdirlagan, harbiy qoidalarni buzganlarni jazolagan. Butun davlat hududi to’rtta harbiy okrugga bo’lingan.Har bir okrug harbiy boshlig’i markazdan tayinlanib bevosita shahanshohga bo’ysungan. Bosib olingan hududlar va chegara rayonlarda harbiy gornizonlar joylashtirilgan. Ahmoniylar qo’shinlarining harbiy tartibi haqida Gerodot va Kursiy Ruf batafsil ma’lumotlar beradilar. Bu ma’lumotlarga ko’ra, ularning asosiy harbiy qurollari qilich, gurzi, o’q-yoy, qalqon, xanjar, harbiy bolta va nayzalardan iborat bo’lgan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Ahmoniylar bosib olgan barcha hududlar satrapiya hokimliklarga bo’lingan bo’lib ularni fors podsholari tomonidan tayinlab qo’yilgan satrap-hokimlar boshqarganlar. Gerodot ma’lumotlariga ko’ra, Baqtriya XII satrapiya bo’lib 300 talant (talant-Bobil pul birligi bo’lib, 1 talant 30 kg dan ziyodroq kumushga teng), saklar va kaspiylar XV satrapiya bo’lib 200 talant Xorazm, So’gd, Parfiya va Ariya XVI satrapiya bo’lib 300 talant miqdorda yillik soliq to’lar edilar. Shuningdek, O’rta Osiyoliklar soliq sifatida qimmatbaho toshlar, chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlarini ham fors podsholariga berib turganlar.Qadimgi Eronda xilma-xil qabilalar yashaganlar. Shu tufayli Eron madaniyati xilma-xil va ko`p qirrali bo`lgan. Miloddan avvalgi III mingyilliklardayoq elamliklar 150 belgi-rasmdan iborat mustaqil yozuvga ega bo`lganlar. Keyinchalik esa 80 belgidan iborat yozuv kashf etilgan.Lekin miloddan avvalgi XXIII–XXII asrlar davomida elamliklar shumer-akkadning mixsimon yozuvidan foydalanganlar.

Doro I va uning o`g`li Kserks va boshqalar Eron mixsimon xatidan keng foydalanganlar. Bu jihatdan Doro I ning Bexistun va Naqshi – Rustam qoyalariga mixsimon alifboda o`yib yozilgan katta xatlari muhim ahamiyatga egadir.


Adabiyot. Qadimgi eronliklar o`zlarining boy xalq og`zaki ijodiyoti va yozma adabiyotiga ega bo`lganlar. Ular ko`plab xalq maqollari, ertaklari, hikoyalari, qo`shiqlari va yozma adabiyotning ajoyib namunalarini yaratganlar. Bu jihatdan xalq og`zaki ijodiyoti bilan sug`orilgan «Avesto» va Firdavsiyning «Shohnoma» dostoni alohida ahamiyatga egadir. «Avesto» va «Shohnoma»da Eron va Turon xalqianning qadimgi tarixi, xo`jaligi, diniy e`tiqodi va madaniyatimng ko`p tomonlari bayon etilgan. «Shohnoma»ning ko`p dostonlari shoshlik dehqon hikoyalari asosida yaratilgan. Eroniylar mavsumiy, xususan Navro`z bayramiga alohida e`tibor berganlar.Ahamoniy shohlari davrida Navro`z umumdavlat, umumxalq bay-ramiga aylangan.
Tasviriy san`at.Tasviriy san`at qadimgi Eron madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Elam, Midiya va Ahamoniy eroniylari davrida haykaltaroshlik, rassomlik, toshga qabartma rasmlar ishlash va naqqoshlik ham ancha taraqqiy etgan edi. Haykaltaroshlar tosh, oltin va kumushdan xudolar, ma`budalar, shohlar, sarkardalar, ruhoniylar va ba`zan hayvonlarning haykallarini ishlaganlar.
Me`morchilik ham Eronda erta shakllanib ahamoniylar davrida rivoj topdi. Me`mor ustalar, shoh saroylari, maktablar, ibo-datxonalar, harbiy qal`alar qurib, ularning ichi va sirtini xilma-xil naqshlar bilan bezaganlar. Bu jihatdan Elamning Dur-Untash shahrida qurilgan 4 qavatli bino – zikkurat, Midiyadagi Xarxar qal`asi, Pasargadda qurilgan Kayxusrav II maqbarasi, Persepoldagi shoh Doro I saroyi, Persepoldagi Kserks saroyi qadimgi Eron me`morchiligining ajoyib namunalaridir.

Bu jihatdan Persepoldagi qabartma suratlar diqqatga sazovordir.Saroy darvozasiga shoh saroyini qo`riqlovchi qanotli, muqaddas buqalarning haykallari ishlangan.Saroy devorlari shohga turli xil sovg`alar olib kelayotgan xiroj to`lovchi qabilalarning qabartma suratlari bilan bezatilgan.


ErondagiBexistunqoyasidanShohDoroIvaturlio`lkalardanbog`labolibkelinayotganqabilasardorlariningqabartmatasvirlarizamonimizgachasaqlanibkeladi. Bularning barchasi Eronda tasviriy san`atning yuksak darajada rivojlanganligidan darak beradi.
Qadimgi Eronda matematika, astronomiya, tarix, geografiya, tabobat, veterinariya va boshqa bilimlar rivoj topgan ekan. Ammo Eron shohlari misrlik va yunon tabiblarini saroylaiga tez-tez chorlab turganlar. Tabiblar bemorlarni davolashda shifobaxsh o`simlik va mevalardan keng foydalanganlar.
Diniy e`tiqod. Eronliklarning qadimgi ajdodlari dastlab tog`-u tosh, suv, daraxt va har xil hayvonlarni ulug`laganlar. Tabaqaviy jamiyat davlatlar tashkil topishi munosabati, xo`jalikning rivojlana borishi natijasida e`tiqodda ham o`zgarishlar sodir bo`la boshlagan. Xususan elamliklar Pinker degan xudolar onasini ulug`lab, unga e`tiqod qilganlar. Ularda Inshushinak Suza shahri homiysi yer osti xudosi bo`lgan. Naxunt esa quyosh va adolat xudosi hisoblangan. Eronning ko`p joylarida totemizm, fetishizm kabi ibtidoiy din shakllari uzoq vaqtgacha saqlanib qolgan edi. Midiya podshosi Astiag davrida zardushtiylik keng tarqala boshlaydi.
Bu dinning asoschisi Zardusht bo`lib, din shu kishining nomi bilan zardushtiylik deb atalgan. Zardushtiylik dini kitobi «Avesto» bo`lib, unda Eron va Turonda yashagan xalqlarning tarixi, xo`jaligi, diniy e`tiqodi va madaniyati haqida ko`p ma`lumotlar bor.Eron xalqlari Misr, Bobil, Elam xalqlari madaniyatidan bahramand bo`lib, o`zlariga xos madaniyat yaratganlar. Bu dinda Axuramazda yaxshilik, haqiqat va odillik xudosi hisoblangan. Axra-Manyu esa zulmat, o`lim vayomonlik keltiruvchi xudo bo`lgan ekan. Eroniylar e`tiqodiga ko`ra bu ikki xudo o`rtasida kurash davom etgan.
EroniylarMitradeganquyosh, Anaxitadegansuvvahosildorlikshuningdek, yorug`lik, oyvashamolxudolarigae`tiqodqilganlar. Eron shohi Kserks diniy islohot o`tkazib mayda xudolar, ma`budalar va dev-parilarga e`tiqod qilishni taqiqlagan.Axuramazda eronliklarning birdan-bir samoviy tangrisi deb e`lon qilingan.Ahamoniylar — Ahamoniylar davlatini boshqargan qadimgi fors podshohlari sulolasi (miloddan avvalgi 558 — 330).Axomaniylar sulolasi qadimgi fors urugʻidan boshlanib, bu urugʻ asoschisi Ahamoniy (qadimgi forschada Xaxomanish) aftidan, miloddan avvalgi VII asrda boshida Elam chegaralariga — Parsua (yunoncha Persida) deb nom olgan viloyatga koʻchib kelgan fors qabilalarining yoʻlboshchisi boʻlgan. Ahamon oʻgʻli Teisp (Chishpish) va uning bevosita avlodlari: Kir I, Kambis I, Kir II Anshan (Shim. Elamdagi viloyat) shohlari hisoblangan.Qadimgi Sharqning koʻpgina mamlakatlarini bosib olgan Kir II Ahamoniylar saltanatini barpo etgan.Ahamoniylar ning katta tarmogʻi Kambis II vafoti (522) bilan tugagan.Kichik tarmoqqa Doro I asos solgan.
Ahamoniylar sulolasi: Kir II (550 — 530) (Fors va Anshanda 558 yildan hokimlik qilgan), Kambis II (530 — 522), Doro 1 (522 — 486), Kserks I (486 — 465), Artakserks I (465 — 424), Kserks II (424), Sugʻdiyon yoxud Sekudian (424 — 423), Doro II (423 — 404), Artakserks II (404 — 358), Artakserks III (358 — 338), Arses (338 — 336), Doro III (336 — 330).

Download 21,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish