.3 Ahamoniylar davlatining markaziy boshqaruv organlari.
Ahmoniylar davrida davlat boshqaruvi shohlar shohiga (shahanshohga) tegishli edi. Shahanshohning cheklanmagan hokimiyati nafaqat fors zodagonlariga, balki, ma’lum darajada soliqlardan ozod qilingan va ahmoniylar davlatida ko’pgina imtiyozlarga ega bo’lgan ozod fors jamoalariga ham tayangan. Shuningdek, bosib olingan viloyatlarning mahalliy zodagonlari ham hokimiyatning tayanchi hisoblangan.
Hokimiyat iyerarxiyasida shahanshohdan keyin boy fors oilalarining boshliqlari turgan. Shahanshoh saroyida kengash mavjud bo’lib uning tarkibiga boy oila boshliqlari, saroy ayonlari, yuqori lavozimdagi amaldorlar va noiblar kirgan. Davlat ahamiyatiga molik muhim masalalar ushbu kengashda ko’rib chiqilsa-da, hal qiluvchi qarorni shahanshoh chiqargan.
Boshqaruvda shahanshohdan keyingi shaxs «xazarpat» - mingboshi deb atalgan. Xazarpat shahanshoh gvardiyasining boshlig’i va davlat boshqaruvida shahanshohning bosh yordamchisi hisoblangan. Ahmoniylar saltanatining bosh ma’muriy markazi Suza shahri edi.Bu yerda shahanshoh devonxonasi joylashgan bo’lib, barcha hujjatlar shu yerda saqlangan.Shahanshoh devonxonasi boshlig’i «dapirpat» - mirzaboshi deb atalgan. Devonxonada bosh xazinachilar, hisobchilar, qozilar, mirzalar va boshqa amaldorlar ishlaganlar.
Xulosa
Ahamoniylar davlati 200 yil hukm surdi va Markaziy Osiyo xalqlari tarixida muhim o‘rin tutadi. Bu davrda yirik ijtimoiy o‘zgarishlar ro‘y beradi, yagona pul tizimi, soliq tizimi, ma’muriy bo‘linish tizimi, yagona umumdavlat yozuvi – oromiy yozuvi paydo bo‘ladi. Shuningdek, davlat pochtasi tashkil topadi.
Qadimgi karvon yullari qayta tiklanib, yangilari ko‘riladi. Amaldagi turli xalqlarning qonunlari bilan birga yagona yangi davlat qonunlari ishlab chiqiladi.Ahamoniylar davrida xalqaro savdoga qulay imkoniyatlar yaratiladi. Tasviriy san`at.Tasviriy san`at qadimgi Eron madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Elam, Midiya va Ahamoniy eroniylari davrida haykaltaroshlik, rassomlik, toshga qabartma rasmlar ishlash va naqqoshlik ham ancha taraqqiy etgan edi. Haykaltaroshlar tosh, oltin va kumushdan xudolar, ma`budalar, shohlar, sarkardalar, ruhoniylar va ba`zan hayvonlarning haykallarini ishlaganlar.
Me`morchilik ham Eronda erta shakllanib ahamoniylar davrida rivoj topdi. Me`mor ustalar, shoh saroylari, maktablar, ibo-datxonalar, harbiy qal`alar qurib, ularning ichi va sirtini xilma-xil naqshlar bilan bezaganlar. Bu jihatdan Elamning Dur-Untash shahrida qurilgan 4 qavatli bino – zikkurat, Midiyadagi Xarxar qal`asi, Pasargadda qurilgan Kayxusrav II maqbarasi, Persepoldagi shoh Doro I saroyi, Persepoldagi Kserks saroyi qadimgi Eron me`morchiligining ajoyib namunalaridir.
Bu jihatdan Persepoldagi qabartma suratlar diqqatga sazovordir.Saroy darvozasiga shoh saroyini qo`riqlovchi qanotli, muqaddas buqalarning haykallari ishlangan.Saroy devorlari shohga turli xil sovg`alar olib kelayotgan xiroj to`lovchi qabilalarning qabartma suratlari bilan bezatilgan.
ErondagiBexistunqoyasidanShohDoroIvaturlio`lkalardanbog`labolibkelinayotganqabilasardorlariningqabartmatasvirlarizamonimizgachasaqlanibkeladi. Bularning barchasi Eronda tasviriy san`atning yuksak darajada rivojlanganligidan darak beradi.
Yagona davlat tarkibidagi turli xalqlar ilmiy bilimlari, san’ati va diniy tushunchalari bir-birlarini to‘ldirib, boyitib, barcha xalqlarningboyligiga aylanadi. Ahamoniylar davrida Markaziy Osiyoliklar ilk bor zarb qilingan tanga pul bilan, oromiy yozuvi bilan tanishishdi, bunga Markaziy Osiyo hududlarida Ahamoniylar davrida amalda bo‘lgan tilla va boshqa tangalarning topilganligini dalil sifatida ko‘rsatish mumkin. Markaziy Osiyo xalqlari yagona davlat tarkibidagi qadimgi Elam, Vavilon, Misr sivilizatsiyasi bilan tanishadi. Ahamoniylar davlati madaniy hayotida Markaziy Osiyo xalqlari: baqtriyaliklar, xorazmiylar, sug‘diylar, parfiyaliklar, marg‘iyonaliklar va saklar ham muhim o‘rin egallaganlar.
Shunday qilib, Ahamoniylar davrida ko‘pchilik Markaziy Osiyo xalqlarining jahon sivilizatsiyasining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidagi o‘rni juda katta bo‘lgan. Ajdodlarimiz shu davrlardanoq chet el bosqinchilariga qarshi mardona kurash olib borishgan. Shu bilan birgalikda o‘zlarining madaniy xususiyatlariini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |