-o’simlikchilik: g’allachilik, sabzavotchilik, paxtachilik, pillachilik, sholikorlik, mevachilik, poliz mahsulotlari va x-z ishlab chiqaruvchilar;
-chorvachilik: sut mahsulotlari, go’sht mahsulotlari, yilqichilik, ko’ychilik va parranda mahsulotlari yetkazuvchilar.
Ixtisoslashuv darajasini harakterlovchi va loyixa qarorlarini baholashga imkon beruvchi - umumiy ko’rsatkich bu qishloq xo’jaligi korxonasining ixtisoslashuvi koeffitsiyentidir. Ixtisoslashuv koeffitsiyenti (K) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi.
K=100/U (2N-1) (6.1)
bunda: U - tovar mahsulotida alohida tarmoq ulushi;
N - har bir mahsulot turida ulush bo’yicha tartib raqami.
Agar ixtisoslashuv koeffitsiyenti 0,2 dan kam bo’lsa bu past daraja, 0,2 dan 0,4 gacha, o’rtacha, 0,4 dan 0,6 gacha yuqsaq, 0,6dan yukorisi juda yuqsaq daraja hisoblanadi. Bir tur tovar mahsuloti ishlab chiqaradigan korxonaning ixtisoslashuv koeffitsiyenta 1,0 ga. teng. Qishloq xo’jaligi korxonalarining ixtisoslashuvini aniqash uchun boshqacha yondashuvlar va mezonlar ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |