Agressiya va frustratsiya- ijtimoiy taqqoslash natijasida ham yuzaga keladi (meni boshqalarga nisbatan kamroq yaxshi ko’rishadi, menga boshalarga nisbatan kamroq etibor berishadi) frustratsiya to’planinb, kuchayib o’zida agressiyani mujassamlashtiradi, hamda insonda o’ziga ishonmaslik kompleksini yuzaga keltiradi. Frustratsiyaga sababchi bo’lmagan insondan “alamini olish ” ga olib keladi. Agressiyani eg ko’p o’rgangan olimlardan biri Arnold Base sanaladi. U agressiyani alohida turlari orasida farqni hisobga olish zarur deb xisoblaydi. Agressivlik xatti- harakat klassifikatsiyasi uchun u 3ta dixotomiyani taklif etadi: 1- jismoniy- verbal agressiya 2- aktiv-passiv agressiya 3- yo’naltirilmagan-yo’naltirilgan agressiya - Base agressiv odatlarga olib keladigan bir qancha faktorlarni ko’rsatib o’tadi.
- Shuxratparast tip- Bunday tipdagi odamlar omadga va muoffaqiyat qozonishga extiyojlari yuqori bo’ladi. Ular g’ayratli, xarakatchan, ishda o’zlarini ustun tutuiga urunuvchi tipga kiradilar. Ularni ortiqcha yuk, faoliyatlaridagi jadallik, shaxslararo munosabat va o’zlarini tushunmasliklari agressiyaga olib kelishi mumkin. agressiya oqibatida uyqusizlik, qon bosimlarini oshishi, yurak kasalliklari, tamaki yoki alkagol istimol qilishlari mumkin.
- Og’ir-vazmin tip- Ular ham tashvishsiz, tinch odamlar tipiga kiradilar. O’tmish bilan bog’langan, faolsiz, ko’p orzu qiladigan, kun tartiblarida ko’pincha uylari va ishlaridir. Agressiyaga moyilliklari past darajada, qachonki ularni boshqa odamlar tomonidan kuchli qo’zg’atilmasa o’zlari agressiyagaga tushmaydilar ya'na ularni professional faoliyatlaridagi muommolar xam agressiyaga tushuradi.
- Vijdonli tip- bu tipdagi odamlar arzimagan narsani miridan sirigacha bilishga urinadigan, aqidaparast, eskicha narsalarga ishonuvchan va bajarishi shart bo’lgan odatlari ko’p. Ular shu xarakterdan kelib chiqqan xolda aressiyaga boshqalar sababchi bo’ladilar, ya'ni ularni streotiplarini va qoidalarini buzilishi oqibatida yuzaga keladi.
- Ximoyasiz tip- bundan tipdagilar o’zlarini xam boshqalarni xam xuquqlarini ximoya qila olmaydilar. Boshqalarni ko’nglini olishga va shaxslararo nizolardan qochadilar. Ular qarama-qarshilikdan, kimdir bilan munosabatlarida muommolar bo’lishidan qo’rqadi. agressiyaga tez-tez tushadilar.
- Xayotni sevuvchi tip- Ular xayotdan roxatlanib yashashga, davru-davron surishga odatlanganlar, yangiliklarga juda xam o’ch bo’lishadi. Ular uchun qoloq, eski va zerikarli ish agressiyaga tushishga sabab bo’lishi mumkin. Bunday xolatda ularni agressiyasi yanada oshib o’ta diqqatli bo’lib qolishlari mumkin.
- Vaximachi tip- Bunday tipdagilar agressiyaga moyil, odamsizlikdan xavotirlanishga tushadilar, kelajakni ko’p o’ylaydilar va o’zlariga past baxo beradilar. Ularni agressiyaga ma'suliyatli ish va xayotlarini o’zgarishi tushurishi mumkin.
- Ijtimoiy hayotda agressiyaga moyillik darajasiga ko’ra odamlarni 6 tipga bo’lishimiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |