Mavzu: agiografik asarlar reja: Agiografik asarlar manbalari



Download 90 Kb.
bet1/4
Sana03.11.2022
Hajmi90 Kb.
#859788
  1   2   3   4
Bog'liq
Agiografik asarlar


Mavzu: AGIOGRAFIK ASARLAR
Reja:

  1. Agiografik asarlar manbalari.

  2. Alisher Navoiy ijodida agiografik asarlarning o`rni “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”.

  3. Nasoyim ul-muhabbat”.




  1. Tarixi anbiyo va hukamo”




  1. Diniy hikoya va qissalarni qayta ishlab, sof badiiy asar yaratish fors-tojik va turkiy adabiyotda avvaldan ma‘lum bo`lgan. Homidjon Homidiy fors va turkiy tillarda Farididdin Attor, Jomiy, Navoiy, Sayfiddin Ali Safiy, Fanoiy kabilar diniy hikoya va qissalarning go`zal namunasini yaratganliklarini ta‘kidlaydi. Ayniqsa, fors-tojik adabiyotida, xususan, Farididdin Attorning ―Tazkiratu-l-avliyo va ―Mantiqu-t-tayr asarlarida agiografik hikoyatlarning betakror namunalarini uchratamiz. XIV-XV asrlarga kelib bunday asarlar yaratish keng tus oldi. Fors adabiyotining ko`zga ko`ringan namoyandalaridan Abdurahmon Jomiy o`zining ―Nafohatu-l-uns mina-l-hazaroti-l-quds asarini shunday yo`nalishdan foydalangan holda yaratdi. Hamidjon Homidiy XV-XVI asrlardagi agiografik asarlarga oid hikoyachilik xususida shunday yozadi: Dastlab Abdurahmon Jomiy, keyinchalik Navoiy sardorlik qilgan bu katta ijodiy maktabda ilmiy-nazariy bahslar qissaxonliklardan tashqari voizlik, latifago`ylik, lutf va zarofatga juda katta e‘tibor berilardi. Mushoira-yu mubohislarda adib va noqillar o`z nuqtalarida o`tmish va zamon voqealari, buyuk kishilar hayoti va faoliyati xususida hikoyatlar keltirishar, Qur‘oni Karim-u payg`ambar hadislaridan qiroat qilishardi. Keyinchalik bunday hikoyatlar ―Habibu-s-siyar, ―Makorimu-l-axloq, ―Majolisu-n-oshiqin, ―Badoe-ul-vaqoe, ―Nafohat-ul-uns, ―Futuvvatnoma singari asarlar tarkibiga kiritildi.

Turkiy tilda yaratilgan Rabg`uziyning ―Qisasi Rabg`uziy, keyinroq yaratilgan Alisher Navoiyning ―Holoti Sayyid Hasan Ardasher, ―Holoti Pahlavon Muhammad, ―Nasoyimu-l-muhabbat, ―Tarixi anbiyo va hukamo kabi asarlari sof agiografik asarlardir. Bundan tashqari Alisher Navoiyning ―Hayratu-l-abror, ―Lisonu-t-tayr kabi asarlarida ham agiografikhikoyatlarning go`zal namunalari uchraydi. Biz turkiy tilda yaratilgan, yuqorida nomlari sanab o`tilgan asarlarni tadqiqot ob‘ekti sifatida tanladik. Ularning har biri haqida keyinroq mufassal fikr yuritamiz.

  1. ―Holoti Sayyid Hasan Ardasher asari hajman uncha yirik emas. Navoiy asar qahramoni Ardasherni eng yaqin ustozlaridan va hattoki o`z otasidek e‘zozlaganini aytadi. Asar Ardasherning vafotidan 2 yil o`tib yaratilgan. Asarda Ardasher obrazi bor bo`yi-basti bilan tasvirlanadi, ya‘ni undagi qusrlar va kamchiliklar ochiq gapiriladi. Biroq, qusrlarining bezararligi juda go`zal va ishonarli chizilgan. Navoiyning ma‘lumotiga ko`ra, Ardasher Boysung`ur Mirzo huzurida xizmat qilgan. Yoshligidan ―o`qumoq va bitmakka qobiliyati bo`lgan. Ammo odob, hayo, tavoze‘ va muloyimlik unda juda kuchli bo`lgan. Navoiy uning fazilatlarini madh etar ekan, quyidagilarni yozadi: “sarf va nahv (grammatika) va lug„at va arabiyat (arab tili va adabiyoti) va mantiq (logika) va kalom (e‟tiqod ilmi) va fiqh (huquq) va hadis va tafsir (diniy atamashunoslik) dur va soyir tasnifot, misli: she‟r va muammo va ta‟rix va nujum va advor (musiqa nazariyasi) va musiqiy bo„lg„ay agar ba‟zi majolisda so„z o„tsa erkandur, bovujudn ulki, majlis ahlining ko„pidin yaxshiroq bilur erkandurlar ham hayo va adab jihatidin, ham birovga, ilzomu xijolat yetmasun deb, ko„p so„z aytmas ermishlar, balki ko„p majolisda takallum ham qilmas ermishlar”19.

Navoiy bu zotning yaxshi xulqini juda yuqori darajada madh etadi va hattoki hukmdor o`z o`g`illariga nasihat qilsa, Ardasherni o`rnak qilib ko`rsatishini aytadi. Bu esa ulug` zotning go`zal axloqi naqadar keng yoyilganini ko`rsatadi. O`z xotiralarini Navoiy shunday davom ettiradi: ―Bir kun alar mulozamatig`a yetmasam erdi, sabru toqatim qolmas erdi va alar ham kelib ahvol so`rarlar erdi: «tashvishe bo`lmamish bo`lg`aykim, bukun sendin xabar topa olmaduq ―.
Ardasher asarda ―tug`ma yo`qlik ya‘ni Olloh tomonidan berilgan tariqat ilmining egasi sifatida madh etiladi. Navoiyni ham tariqat haqida she‘rlar bitishga da‘vat etgani haqidagi ma‘lumotlarni o`qir ekanmiz, Ardasherning tasavvuf she‘riyatini ham yaxshi tushungani ayon bo`ladi. Navoiy bu paytlarda Xurosonda mashhur edi. Asarda keltirilishicha, Ardasher o`tmishdagi ijodkorlarni yaxshi tushungan va ularning ijodidan ko`p baytlar yod bilgan. Shu bilan birga, o`z zamondoshlarining ijodi bilan ham yaxshigina tanish bo`lgan. Masalan, Navoiyning bir qancha baytlarini yod bilgani, xususan, ushbu bayti unga juda yoqqanini Navoiyning o`zi e‘tirof etadi:

Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish