Labing ko„rgach iligim tishlaram har dam tahayyurdin,
Ajab holatki, tutmay bolni barmoq yalaydurmen. (8)
Navoiyning yozishicha, Ardasher turkiygo`y shoirlardan Lutfiyni, forsiyda esa Hofiz Sheroziy, Shayx Muslihiddin Sa‘diy Sheroziy, Shayx Farnduddin Attor, Shayx Aziz Nasafiy kabi mutasavvuf ijodkorlarni sevib o`qigan.
Yana bir e‘tiborli jihati shundaki, asarda Ardasher rind va rindlar homiysi sifatida tasvirlanadi: “Yigitlik ayyomidakim, rindliq (islomiy amallarni aqliy tark etganlar) va lavandvashliqlar (yalqov, bebosh) boshidur, bu toifa kunduz va kechalar alarning maskanidin chiqmaslar” (9).
Yoki: ―Ardasher «uy sizningdur, har qachon iltifot qilsangiz xizmatg„a turubmiz», deb uzaturlar erdi va alarning hamida axloqi om erdi. Ulug„-kichikka suchuk so„z va mufrit xulq zohir qilurlar erdi (10). Yana uni saxiy zot deb ta‘riflaydi. Va "haddan ortiq borcha rindlarni aziz tutqaylar deya tavsif beriladi. Hatto ularning xatolarini kechirib yuborishi, keyin sira yuzlariga solib, xijolat qilmasliklari ham aytiladi. Yana bu zot yumshoqso`z, juda tavozu‘li, halim, betakalluf va barchaga mehribon, so`z ma‘nisini yaxshi bilgan va o`rinsiz kalom aytmaydigan avliyosifat zot tarzida tasvirlanadi. Ammo barcha sifatlaridan keyin uni rind sifatida tasvirlanadi. Bu lavha juda ta‘sirli ifodalangan. Bu zot boshqa rindlardan 2-3 barobar ko`p ichsada, mast bo`magani, aksincha, sarmast kishilarni uylariga kuzatib yoki o`zlarining amnobod (tinch) xonasiga joylashtirib, o`zi esa tahorat olib, xufton namozini o`qigani, hattoki Ollohga munojoot bilan tavbalar qilganlari, biror marotaba ham qastdan namoz qazo qilmaganliklari juda ta‘sirli va ishonarli tarzda rivoyat qilinadi.
O`z muxlaslari Mavlono Boyazid Puroniy, Hazrat Xoja Abu Nasr Porso, Xoja Muhammad Kusaviy, Hazrat Bahovuddnn Umar, Shayx Ziyoratgohiylar uchun fotihalar daryo`za (tilash, so`rash) qilgani haqidagi ma‘lumotga tayanib, shuni aytish mumkinki, bu zotga Olloh tomonidan ilohiy bilimlar berilgan va ayni paytda uning nuqsonlari ham ilohiy bo`lgan. Asardagi yana bir chizgi borki, yuqoridagi rivoyatni mantiqan to`ldirishi bilan alohida ahamiyatga ega. Unda aytilishicha, Ardasherni o`z zamonasining hukmdori mamlakat ishlarida maslahatchi qilib tayinlaydi20. Ardasher 60 yoshdan o`tgach, shohning qarshiligiga qaramay bu ishdan iste‘fo oladi. Shohni yuzxotir qilib, ikki yilcha qo`shinda xizmat qiladi, lekin biror marta ham in‘om olmaydi. Navoiy ushbu holni uning tabiatida tug„ma yo„qlik borligi bilan izohlaydi va Ilohiy ishq kuchlilik qilganini ta‘kidlaydi. Shoh iltimosi shu darajaga boradiki, bundan ortig`i zulmga aylanishi mumkin edi. Hech kimni ranjitmaydigan bu ulug` Shayxning o`z hukmdori buyrug`iga itoatsizlik qilishini faqat ana shu tug`ma yo`qlik, ya‘ni ilohiy oshiqlarga xos telbalik deb baholash mumkin edi. Va shundan keyin Ardasher o`z davrining mashhur Shayxlaridan Mavlono Shamsuddin Muhammad Tabodgoniyga murid bo`ladi. Bu zotning sabr-toqatda ham tengsiz zot bo`lganini Navoiy alohida ta‘kidlaydi. Bu hol, ayniqsa, yolg`iz farzandi Sayyid Muhammad (Navoiy uni 14 yoshidan o`z farzandidek ko`rib, tarbiya va ilmiga e‘tibor beradi, ustozlik qiladi) ning vafot etishi voqeasi juda ta‘sirli berilgan. Ayniqsa, O`z o`g`lining ta‘ziyasida ma‘rakada yig`ilganlarga, xususan, shogirdi Navoiyga ham tasalli berishi har qanday kitobxon qalbida bu avliyosifat zotga nisbatan cheksiz mehr uyg`otishi shubhasiz. Ardasher xarakterini ochib beruvchi uning bir nechta falsafiy mazmundagi hikmatli so`zlari keltirilgan. Masalan:
“Alar der erdilarkim, dunyo johining mastlig„i chog„ir mastlig„ig„a o„xshamaskim, chog„ir mastlig„i ichgan kunidur, ammo joh mastlig„i agar sohibi joh yillar joh ustidadurkim, mastdur, aning maxmurlig„i johdin ma‟zul bo„lg„onidadur. Ne muskir xamrdurkim, sarmastlig„i odamiyni yillar o„zidin bexabar qilg„ay...”
“Qarilig„da hech nimaning zavqi yigitlikdagicha ermas: g„izodin va sharbatdin, hatto suvg„a deguncha...”
Asarda bu zotning haj ibodatini niyat qilib, ammo bajara olmagani aytiladi. SHu o`rinda yana bir ma‘lumotga e‘tibor beraylik. Ardasher Samarqandga Hazrati Xoja Nosiruddin Ubaydulloh huzuriga tez-tez borib kelgan (Navoiy ma‘lumotiga ko`ra Samarqand ahli Xojani «Qutb»g`a nisbat berganlar). Bu zot esa Naqshbandiya tariqatidan bo`lgan. Navoiy boshqa asarlaridan birida o`zining Naqshbandiya ta‘limotida ekanini aytadi. Demak, Navoiyning tasavvufiy ta‘limni chuqur o`zlashtirishida Ardasherning ham katta xizmati bo`lgan. Ardasher 73 yoshida vafot etadi. Ammo umrining oxirigacha tariqat ahkomini mahkam tutadi. Navoiy shu munosabat bilan «Jannati pokash makon bud (pok jannat makoni bo`lg`ay) nomli ta‘rix yozadi va undan 894 (1488-89-yy ) yil kelib chiqadi. Asarda Ardasher garchi nuqsonlardan holi tarzda tasvirlanmasada, uning ko`plab ijobiy fazilatlari ahli avom va ahli ishq uchun o`rnak bo`lishga arzirlik tarzda tasvirlanadi. Agiografik asar qahramonlariga xos xususiyatlardan biri, yuqorida aytganimizdek, sabr-matonat hisoblangan va bu fazilat Ardasher obrazi uchun ham xarakterlidir.
Navoiyning yana bir asari -―Nasoyimu-l-muhabbat ham agiografik asarlar sirasiga kiradi. Navoiyn bu asarini to‘la holda ―Nasoyimu-l-muhabbat min shamoyimu-l-futuvvat deb nomlagan. U bu asarni o‘zining ma‘naviy rahnamosi va maslakdoshi Abdurahmon Jomiyning ―Nafohatu-l-uns min hazaroti-l-quds nomli tazkirasi tarjimasi deb atasa-da, muallif asarga erkin yondashadi va uni o‘zi istagandek holga keltiradi. Asarda Jomiy ham avliyolar qatorida sanaladi23.
Asardagi muqaddima, avliyolar zikridan keyingi 3-bobi “Avliyoullohga voqe‟ bo„lg„on xavoriqi odotu karomot bayoni” alohida ahamiyatga ega. Navoiy ushbu asarida avliyolar ko`pligini, biroq ularning 2 toifasi borligini yozadi. Birinchisi, jamolot, nabotot, hayvonot olamida mo`‘jizalar keltirganlari bo`lsa, ikkinchisi, mo`‘jiza ko`rsatishdan or qilib, mo`‘jiza keltirishni Allohgagina xos deb bilgan maqsudi asliylar, ya‘ni mo‘jiza ko`rsatgandan keyin ishonuvchilarni g`ofillar deb sanagan avliyolar, deydi.24 Ushbu asarda jami 770 ta avliyo, Shayx va valiylar xususida to`xtalib o`tilgan.
Asarda keltirilgan 1-qissa mashhur shaxs Uvays Qoraniy haqida bo`lib, bir rivoyat keltiriladi. Unda aytilishicha, bu zot Muhammad (a.s.v.) payg`ambarimizga botiniy kuchli mehr qo`yadi. Payg`ambarimiz janglardan birida muborak tishlarini sindirib olganlarida, bu avliyo zot barcha tishlarini sindiradi. Yana bir naqlda keltirilishicha, payg`ambarimiz ummatlariga Uvays Qoraniydan duo olishlarini buyurganlarida, ummatlari bu karomatpesha zotni Yaman elidan topganliklari rivoyat qilinadi. Navoiy bu zot haqida batafsil yozilsa, rivoyatlar bir kitob bo`lishini, o`qiguvchilar esa ―Tazkiratu-l-avliyoni qiroat qilishlari mumkinligini aytib o`tadi.
Shundan keyin Habib A‘jamiy q.r., Makkiy, Ataba b. G`ulom, Molik Dinor, Muhammad Vosi‘, Abdulloh Muborak, Abuhoshim So`fiy kabi yirik Shayxlar haqida ta‘rif va rivoyatlar keltiradi. E‘tiborli jihati shundaki, bu zoti shariflarning nomi hadislarda ham uchraydi. Zunnun Misriy, Imom A‘zam, Imom Shofe‘iy, Imom Ahmad Hanbal, Boyazid Bistomiy singari tasavvufni te‘ran anglagan va islom dinining taraqqiyotiga ham katta hissa qo`shgan yirik Shayxlar tavsifi ham keltiriladi. Masalan, islom dining imomi Imom A‘zam haqida bir nechta rivoyatlar keltiriladi. Shulardan birida bu ulug` zotning sahih va saqimni ajratishi haqidagi bashorat tushi vositasida yon qilingani aytiladi.
Yoki 300.000 hadisni yod bilgan, 15 yoshidan fatvo bergan bu karomatpesha zot haqida fikr yuritar ekan, keltirilayotgan rivoyat aynan Shofe‘iy tilidan keltiriladi. Bu esa Navoiydek mutasavvuf shoirning kuchli ehtiromi va ishonchi natijasi edi.
E‘tibor qiladigan bo`lsak, keltirilayotgan rivoyatlarning muallifi yoki aytilmaydi (bunday rivoyatlar xalq orasida mashhur bo`lgan va kim tomonidan keltirilgani unutilgan yoinki noma‘lum bo`lgan) yoki biror zamondoshlari (ko`pincha, sahobalar) tomonidan keltiriladi. Yoki Abdulloh Muborak q. s. degan kishi haqida shunday rivoyat keladi:
―…Ani ulamoning shahanshohi der ermishlar va judu shijoatda zamonining yagonasi ermish. Va tariqat ashobining muhtashami. Va bu qavmning mashoyixining ko`pining suhbatig`a musharraf bo`lubdur. Va mashhur tasonifi bor: Bir kun ul kelur erdi va Sufyon Savriy va Fuzayl Ayoz q. s. hozir erdilar. Sufyon dedi: kel ey mashriq ahlida er! Fuzayl dedi: va mag`rib ahlida va ikkisining orasida. Aning tavbasining ibtidosi bu erdiki, bir kanizak ishqig`a giriftor bo`ldi. Bir qish kecha tong otquncha ma‘shuq devori tubida turub erdi va ustiga qor yog`adur erdi va ul xabarsiz. Sahar namozin ayturda ul xuftan sog`indi. Kunduz bo`lg`ondin so`ngra ul holg`a voqif bo`ldi, o`ziga dediki, ey Muborakning nomuborak o`g`li, uyot sanga bu avqotingdinki, agar imom namozda bir surani uzunroq qiroat qilsa, toriqib, telbararsen va munungdek kecha nafsing havosig`a tong otquncha mundoq azob tortarsanki, suubatidin xabaring yo`qtur. Ko`ngli bu darddin buzuldi va bori ishdin tavba qildi va sulukka mashg`ul bo`ldi. Ishi ul yerga yettiki, Makkadin Madinag`a degincha mahofasin ashrof eginlarig`a ko`tarib elturlar erdi. Naz‘ holatida har ne boru yo`qin darveshlarga ulashib erdi. Muridlaridin biri dediki, ey Shayx, uch qizing qoldilar va hech nima qolmadi, alar fikrini ne qilding? Dediki, men alar hadisin debmen: u solih bandalarga yor bo`lur. Saloh ahli korsozi uldur. Har kimki, aning korsozi ul bo`lsa, yaxshiroqki, Abdulloh Muborak bo`lg`ay. Va borur zamonda ko`z ochib, kulub aytur erdi: ―amal qiluvchilar mana shunday (mangu baxt-saodat uchun) amal qilsinlar. va dunyodin o`tdi. Aning manoqibi zikrin tilagan kishi Hazrat Shayx Fariduddin Attor q. s.ning «Tazkirat ul-avliyo»sida tilasunki, vofiy bitibdur… Shuni alohida ta‘kidlash zarurki, Navoiy bu asarni yaratishda Attorning ―Tazkiratu-l-avliyo (―Avliyolar zikri) asaridan keng foydalangan25. Lekin Navoiy qisqa va lo`nda ta‘rif beradi va rivoyatlarning ham islomni mukammal bilgan, go`zal axloqi va kuchli e‘tiqodi bilan nom qozongan avliyoullohlar haqidagisini tanlab oladi. Ijodkor faqatgina forsiydagi asarni turkiylashtiribgina qolmasdan, o`zining yuqoridagi tazkirada kiritilmagan shaxslar haqidagi rivoyatlarga ham keng o`rin beradi va fantaziyalarini ham kiritib ketadi. Masalan, Najmiddin Kubro, G`ijduvoniy, Motrudiy, Xo`ja Bahouddin, Ahmad Yassaviy, keshlik Umar ato va Keshlik atolar, Yassaviyning shogirdlaridan Sayid ato, Bobi Mochin kabilar haqida muxtasar to`xtalib o`tadi. Lekin ko`p hollarda boshqa tazkiralarda keltirilmagan ma‘lumotlarni keltirishga harakat qiladi. Bundan tashqari, Navoiy bir xil kuniyali kishilarni tasvirlashda alohida e‘tibor beradi va ularni ketma-ket keltiradiki, kitobxon chalg`imay mutolaa qilishi uchun qulaylik yaratadi. Masalan, Ibrohim va Ali nomi bilan shuhrat topgan avliyosifat kishilar haqida alohida to`xtalib o`tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |