Mavzu: Afrosiyob shahar madaniyatining tarixiy ahamiyati Kirish I bob. Afrosiyob



Download 472,79 Kb.
bet5/7
Sana26.05.2022
Hajmi472,79 Kb.
#609633
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Afrosiyob shahar madaniyatining tarixiy ahamiyati

2.2. Afrosiyob muzeyidagi «elchilar zali» (mil. VII asr oʻrtalari) va muzeyning tuzilishi haqida ma’lumot
Afrosiyob muzeyidagi markaziy zalda taqdim etilgan devoriy tasvirlar oʻz davrining nodir san’at asari hisoblanib, mehmon kutish xonalarini bezar edi. Bu mehmonxona muzeydan bir necha yuz metrcha gʻarb tomonda topilgan. Ular tasodifan Toshkent yoʻlini qurish paytida 1965 yilda ochilgan. Buldozer yerga koʻmilgan devorni ochib tashladi va keyinchalik bu devoriy suratlar maxsus moslamalar bilan muzeyning markaziy xonasiga koʻchirilib, 1985 yildan boshlab, namoyishga qoʻyilgan. Qazish ishlaridan keyin, bu joy yuqori tabaqali kishining mehmonxonasiga tegishliligi aniqlandi. Aniqrogʻi, bu shoh Varxumanning mehmonlar qabul qilish xonasi boʻlib, u VII - asrning uchinchi yarmida huqmronlik qilgan.7
Kirishdan roʻparadagi gʻarbiy devorga e’tibor beramiz. Yuqoridan chapda, tasvir saqlanib qolgan joyda, oq kiyim kiygan kishining surati va kiyimining etagida 16 ta sugʻdiy yozuv saqlanib qolgan (sugʻdiy til, sharq-eron til oilasiga mansub boʻlib, shu tilda arablargacha davrda sugʻdda gaplashilgan, sugʻd alifbosi aramey alifbosidan kelib chiqqan). Bu satrlar unash naslidan boʻlmish shoh Varxumanning elchilar qabul qilish marosimiga taluqlidir. Xitoy solnomachilari bu nom bilan faqat bitta shoh Varxumanni bilganlar; 655 yilda Tan davlatiga shoh Varxuman elchilarini fuqoralik masalasi boʻyicha yuborgan, bu aftidan Eron bilan boʻlgan urush tugallanganidan soʻng, arablardan kutilgan xavf-xatarga qarshi boʻlgan amal boʻlsa kerak. Gʻarbiy devorning pastki qismida tasvirlangan sovgʻa olib borayotgan elchilarning tantanali yurish marosimi satrlarda koʻrsatilgan yozuvlarga mos keladi. Bu sahna ochiq joyda tasvirlangan boʻlib, bizning koʻz oʻngimizda qurollar toʻplami, tirgakka oʻrnatilgan nayzalar, oʻng tomonda gʻalati niqoblar bilan bezatilgan qalqonlar uyumi tasvirlangan. ikkinchi qatordagi tasvirlar esa, tomoshabinga orqasi bilan oʻtirgan uzun sochli kishilar boʻlib, ular aftidan hokimiyatning shaxsiy gvardiyasini tashkil etgan turklar boʻlgan. 550-630 yillar oʻrtalarida sugʻd xonliklari Markaziy Osiyoda birinchi yirik davlat «Gʻarbiy turklar» (gʻarbiy turkiy kogʻonot) imperiyasiga tobe edilar va kogʻonotning yemirilishidan soʻng, oʻzlari koʻpgina harbiy qismlar tuzishdi. Endi yozuvlar oldida turgan uchta soqolli kishilarni koʻrib chiqamiz. Ular qilich va xanjar bilan qurollangan boʻlib, shoyi kiyimlar kiyinishgan, yaktaglari har xil jonivorlar rasmi bilan bezatilgan, bular oʻsha davrdagi sosoniy Eroni va Xitoygacha tarqalgan uslub boʻyicha kiyinishgan. Ularning biri taqinchoq va bezaklar, boshqalari shoyi toʻplami olib ketyaptilar. Oq va qora rangdagi odamlarning navbat bilan kelishi, Sugʻdda ikki xil tusdagi odamlar boʻlganidan darak beradi. Yozuvda koʻrsatilganidek, qoraroq tusdagi markaziy personajni, mansabi boʻyicha, Shosh (Toshkentning eski nomi) huqmdorining devonxona boshligʻiga oʻxshatish mumkin. Oʻngroqda oddiy kiyingan, jismonan mugʻullarga mansub kishilar turibdi. Ulardan biri (shikast yetgan devorning oʻngrogʻida) belida roʻmol osilgan qoʻshnisining ortidan roʻmoliga teginib turibdi (bu rasm boʻlagini yaqinda fransuz mutaxassisi Aliks Barbe ta’mirlash ishlari vaqtida aniqladi). Devorning oʻrta qismida bir-biriga simmetrik ikkita guruh marosimga tantanali chiqmoqda. Oʻng tomonda esa qora qalpoqlar kiygan, mevalar va shoyi gazlamalar koʻtargan Xitoy elchilari boryapti. Bu yerda boshqa xitoyliklarning ham qizil hoshiya bilan belgilangan tasviri koʻzga tashlanadi. Izlanishlardan biri boʻyicha, rasmlar ustida ishlanayotgan paytda kompozitsiya oʻzgartirilgan. Bu personajlardan oʻng tomonda sochlari uzun turklar boryapti, bu galda ular chet el elchilari sifatida tasvirlangan. Yana oʻngroqdagi tasvirlarga e’tibor beramiz.
Bu yerda uch kishi tasvirlangan boʻlib, ular yoqaga biriktirib tikiladigan qaytarma qalpoqsimon ustki kiyimda boʻlib, oyoqlarida uzun paypoq etiklar kiygan, aftidan bu odamlar togʻli xonliklar elchilari boʻlgan (hozirgi davrda bu tasvirlar arang koʻrinadi). Bularning orqasidan sochlarida parlar bogʻlangan ikki kishi turibdi. Bu bosh kiyimi, 699 yilda Xitoy Tan imperiyasi tarqibidagi birlashtirgan Koguryo shohligiga mansub koreyslarga oiddir. Bu tasvirlardan yuqori qismida devor buzilgan boʻlib, hozirgi vaqtda u yerda nima tasvirlangani noma’lum.
Oʻng tomondan boshlanadigan shimoliy devorning kompozitsiyalari esa boshqa olamga chorlaydi. Biz goʻyoki Samarqandda emas, Xitoydamiz. Chap tomonda ikkita sayr qayiqlarida ayollar tasvirlangan, birinchisi yaxshi saqlangan. Qayiqning quyruq tomonida musiqachilar turli musiqa asboblar bilan tasvirlangan, boshqalariga qaraganda yirikroq tasvirlangan ayol-xonzoda (kirolicha) boʻlgan. Oldinda esa boshqa sahna koʻrinadi: ya’ni xizmatkor ayol boshqasining qoʻlidan tutib, yarashmoqchi boʻlyapti va xonzodaga ishora qilyapti, u esa ikkalasini tinchlantirib, yarashtirib qoʻymoqda. Marko Polo davrida Xitoyni ajib jonivorlarsiz tasavvur qilib boʻlmaganidek, bu yerda ham VII asrga mansub, suvda har xil gʻayritabiiy jonivorlar: echki boshli va ilon dumli ajdaholar suzib yuribdi. Oʻngroqda soxta soch kiygan odam, suvda suzayotgan otning dumidan ushlab turibdi. Toʻlqinli chiziq tasvirni ikkiga ajratib turibdi, aftidan ikki togʻ etagini eslatadi. Bu yerda Tan davriga oid mos kiyingan xitoyliklar, qoplon ovlamoqdalar. Yana oʻngroqda boshqa shakllarga nisbatan yirikroq tasvirlangan, lekin yomon saqlangan asosiy otlik kishi tasviri bor. Sugʻd madaniyatining sharti boʻyicha, rasmlardagi nomutanosiblik xudolar va shohlarni bildiradi. Bu yerda Xitoy shohi imperatori haqida gap ketadi, uning xotinini biz yuqorida koʻrdik.
Shunday qilib, biz bu yerda shoh Varxumanning xitoyliklarga qarata, fuqoralikka qabul qilishlik iltimosini, ya’ni dadil chet el mustaqilligi tasvirlanganligini koʻrib turibmiz. Chunki sugʻdliklar xitoyliklarni hayot quvonchlarini sezuvchi buyuk xalq sifatida yuqori baholar edilar. Ovdagi botirlik xuddi jang maydonlaridagi mardlik kabi edi. Lekin soʻnggi oʻn yilliklar tarixi shuni koʻrsatadiki, xitoyliklarning arab istilochilariga qarshi harbiy yurishlari natijasining salbiyligi sugʻd shohining xitoyliklarga nisbatan umidi yanglish ekanini koʻrsatdi.
Kirishdan chapdagi janubiy devor boʻyoqlari yaxshi saqlanganligi bilan, izohlashda qiyinchilik tugʻdiradi. Avval bu devor rasmini chet el elchilarining Samarqandga tantanali kirishi tasvirlangan deb taxminan qilingan. Professor B.I. Marshak (Ermitaj, S. Peterburg) yaqinda yanada ishonchliroq izohni berdi.
Marosimning alohida oʻrni shundaki, harakat qilayotganlar markaziy sahna tomon emas, undan qarama-qarshi tomonga, sharq tomon uzoqlashmoqda. Tantanali yurishning soʻnggi joyi (chap tomonga qaralsin) shahar emas, alohida turgan bino boʻlib, u yerda bir necha kishi turibdi. Xitoy yilnomalaridan ma’lumki, har yili zardushtiylar yangi yilda (Navroʻz ayyomida), sugʻd hukmdorlari, avlodlari (ota-onalari) qabrlarini ziyorat qilar edi. Bu qabrlar poytaxtdan janubiy sharq tomonda boʻlib, bu tomon jannat tomon yoʻl hisoblangan. Ziyoratning oxirida jonivorlar soʻyilib, qurbonlik qilingan, kompozitsiyaning markaziy qismida shu marosimlar aks ettirilgan. Devordagi suratda ogʻzi bogʻlangan ikki kishi tasvirlangan. Bu yerda zardushtiylar kohini (qurbon qiluvchi) emas, balki bayramona kiyingan, qurollangan aslzodalar tasvirlangan, ular qurbonlik jonivorlarini olib bormoqdalar. Bu jonivorlardan biri kulrang ot boʻlib, u egarlangan, lekin chavandozsiz; yana biri toʻrtta gʻoz koʻtarib boryapti, ularning qanotida sugʻd yozuvi keltirilgan. Har xil hujjatlarda koʻrsatilishicha, egarlangan ot qurbonlik qilishda foydalanilgan va u aftidan quyosh xudosi va oʻliklar hakami Mitraga atalgan.8 Gʻozlarga kelganda esa, ular cheksiz davr xudosi Braxmaga taqqoslanadigan Zurvanga baxshida etilgan. Zurvan toʻrt xil shaklda boʻlib, uning ramzi yovvoyi gʻozlar edi. Qurbonliklar oldidan ikkita chavandoz tuyada qoʻlida aso bilan bormoqda. Bu marosimiy yurishning oxirida sariq ot ustida boʻynida tumor va qoplon terisi tashlangan, qizil koʻylakda ulkan odam, shoh Varxuman tasvirlangan. Shoh tasvirlangan joyda, xuddi shimoliy devordagi Xitoy imperatorining turgan joyi bilan mos keladi. Shohning avlodlari yotgan joy yaqinida, oq fil tasviri boʻlib, uning ustidagi taxtiravonda yuqori mansabdagi ayol oʻtiribdi, u shoh Varxumanning xotini boʻlsa kerak. Uning orqasidan egarlangan otlar ustida uchta yosh juvonlar tasvirlangan, ayollarning birining bilagida «mansabdor beka-xonim» yozuvi saqlanib qolgan. Bundan yuqorida esa mansabdor chavandozlar safi boʻlib, faqat otlarining oyoqlari koʻrinmoqda, ular aftidan turk gvardiyasi boʻlishi kerak.
Sharqiy devorning oʻrta qismi, zalga kirishning asosiy qismini tashkil etadi. Suvda suzayotgan baliqlar, choʻmilayotgan bolalar, hoʻkizlar tasviri yaxshi saqlangan. Ehtimol, bu Hindistonni eslatadi yoki zardushtiylarni u dunyodagi jannatiy holatini, ya’ni marhumlar va tiriklarni ajratuvchi daryoni eslatadi.
Izoh. Mulohaza va fikrlar shuni koʻrsatadiki, uchala devordagi syujetlarning mazmun-ma’nosi yagona maqsadga qaratilgan, ya’ni Shoh Varxuman siyosatiga uch xil nuqtai nazardan qarashdir. Birinchidan gʻarbiy devorda tasvirlangan tantanali diplomatiya, ikkinchidan shimoliy devorda Xitoy bilan ittifoq va uchinchidan janubiy devorda tasvirlangan diniy marosimdir. Diniy marosim Samarqand uchun yangilik edi, chunki oʻsha davrda barqaror bir sulola yoʻq edi, zero 710 yilda Tarxun shoh yakka hukmronligini «xalq» (oqsoqollar majlisi) olib tashlagan edi. Shoh Varxuman tarixiga kelsak, uning yakka huqumdorllikka asos solish harakati behuda boʻldi, 675 yilda ilk bor arablar hujumidan soʻng shahar qisqa vaqt shohsiz qoldi. Qazish ishlaridan ma’lum boʻldiki, devoriy suratlar bizgacha qanday holatda yetib kelgan boʻlsa, ya’ni gʻaraz bilan suratlarga shikast yetkazilgan, bu holni arablarga toʻnkarish kerak emas, chunki suratli zalga arab fotihlarigacha boʻlgan davrdan oldin, xarsang tosh yotqizib qoʻyilgan edi, shuning uchun suratlar saqlanib qolgan. Bu vandalizm harakati aftidan gʻalayonli paytlarda ya’ni Varxuman shohligining yemirilishi davrida boʻlgan. Lekin bu haqda yozma manbalarda hech narsa yozilmagan. Suratlar bitta rassom qoʻli bilan boʻlmasada (Aleks Barbi, bu yerda ikkita rassom qoʻlini aniqladi), bir ustaxonada, bitta gʻoya va mukammal uslub asosida yaratilgan. Rassomlar albatta, Xitoy sahnalarini, manzaralarini tasvirlash uchun alohida koʻrsatmalarga, chizma-qoralama eskizlarga ega boʻlishlari kerak edi.
Panjakentdagi (Samarqanddan 60 km sharqda) koʻp beqiyos devoriy suratlarni Afrosiyobdagi tasvirlar bilan taqqoslaganda, Afrosiyob suratlari Panjakent suratlaridan farqli oʻlaroq, oʻzining ajoyibligi va ijodkorligi bilan ajralib turadi. Agar Panjakentda uchta katta mavzu (din, botirlik, masalchilik) tasvirda oʻzining alohida oʻrniga ega boʻlsa, Afrosiyob suratlarida esa, syujetlar erkin joylashtirilgan boʻlib, tasvirlarning mukammal oʻrni bor. Panjakent aslzodalari va savdogarlaridan farqli oʻlaroq, shoh Varxuman bu ishga mamlakatning eng sara badiiy ustaxonasini taklif qilgan. Ikkinchi qavat ekspozitsiyasi namoyishi Markaziy Osiyoga arab istilosi davridan Chingizxon bosqinigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Bu davrda Samarqand shaxri ancha kengayib hozirgi eski shahar oʻrniga qadar mudofaa devori bilan oʻrab olinadi.
Namoyishning boshlanishi Afrosiyob shaharchasining suv ta’minoti tizimi va shahar xaritasining namoyish qilish bilan boshlanadi. Afrosiyobda oxirgi oʻn besh yil davomida qazib ochilgan, Xuroson xalifaligining vakili Abu Muslim davriga oid saroy tarhi bilan tanishasiz. Saroy tarxi qadimgi Soʻgʻdiyona an’analaridan farqli oʻlaroq Suriya, Messopotamiyada ma’lum boʻlgan Ummaviylar me’moriy ananalari tasiri kuzatiladi. Qazishma davomida oʻz davrining ommaviy bezak usullarining uchramaganligi olimlarni Abu Muslim saroyi bitmay qolgan degan xulosaga olib keldi. Muzey koʻrgazma zallaridagi topilmalar oʻrta asr shahar tizimi asosida namoyish etilmoqda. Muzeyning boshlanish zallarida shaharning ishlab chiqarish qismi boʻlgan rabot keyin arki a’losi va shahristondan topilgan osori-atiqalar namoyish etilgan. Siz unda oʻrta asr sopol ishlab chiqarish texnologiyasi, temirchilik, shishasozlik namunalari va me’moriy bezakli gʻishtlar pishirish xumdonlarini maketlari va gʻisht namunalari bilan tanishasiz.9
Yozma manbalarida oʻrta asrlarda Samarqandda yuzdan ortiq hammomlar boʻlganligi aytiladi. Mana shunday xammomlardan birining maketi, toshnau, tahoratxona qismlari ekspozitsiyadan oʻrin olgan. Shahar raboti osori-atiqalari namoyishidan arki a’lo qismiga oʻtishda harom bilan halol tushunchalarini tutgan oʻrniga alohida urgʻu beriladi. Shahar arki a’losida katta hajmdagi arxeologik qazishma ishlari shaharning jome’ masjiti oʻrnida olib borilgan. Qadimda ibodatxona yoki masjitlar madaniyat va ma’rifat oʻchogʻi boʻlganligigiga shohid boʻlasiz. Oxirgi yillarda Afrosiyobning qoraxoniylar hokim-saroyidan topilgan devoriy suratlarning foto nusxasi ilk bor keng omma uchun namoyish etilmoqda. Afrosiyobning shahriston qismida ochilgan zodagonlar turar joyining maket va qazishma chogʻida topilgan osori-atiqalar namoyish etilmoqda. Muzey koʻrgazmalar zalida shuningdek toshtaroshlikni qanchalik taraqqiy etganligini, tosh qozonlarini koʻrganda shohidi boʻlasiz. Koʻrgazmalarimiz orasida oʻz davrining savdo aloqalarini namoyish etuvchi Erondan keltirilgan koshin idishlar va ularga taqlid sifatida yasalgan mahalliy idishlar oʻrin olgan.
Umuman ikkinchi qavat mavzuyi musulmon renasansining na qadar rivoj topganligini qisman boʻlsada oʻz ichiga oladi. Afrosiyob muzeyi fondlarida arxeologik ekpeditsiyada topilgan buyumlar saqlanmoqda. Aksariyati qurilish materiallari (gʻisht, oʻymakor koshinlar), sopol, shisha, metall, suyak va tosh buyumlaridir.10
Samarqand qiloyatida 2016−2017-yillarda 15 madaniy yodgorlik ob’ektini restavratsiya qilish va ular bilan yondosh hududlarni obodonlashtirish boʻyicha ishlar amalga oshiriladi. Bu haqda “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi[sayt ishlamaydi] .
Ayni paytgacha 10 ta madaniy yodgorlik ob’ekti, shu jumladan, “Afrosiyob” muzeyi hamda yana bir muzeyni restavratsiya va rekonstruksiya qilish boʻyicha ishlar yakunlangan.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Respublikamiz hududida turli davrlarda, ayniqsa, XX asrning birinchi yarmi, so’ng’i choragida olib borilgan tadqiqotlar mamlakatimiz madaniyati umuminsoniy madaniyatning bir tarkibiy qismi bo‘lganligini, turli davrlarda ikki qit'a - Osiyo hamda Yevropa madaniyatlari va manfaatlari to'qnashadigan joy bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bir tomondan, hozirgi 0‘rta Osiyo xalqlarining madaniyati qadim - qadim davrlardan buyon bir-biri bilan bog‘liq holda shakllanib taraqqiy etgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, qo‘shni davlatlar va mintaqalar xalqlari madaniyatidan ta’sirlangan va aksincha aks ta’sir etgan. Qadimgi dunyo tarixining har bir davri yani ilk paleolit ,o’rta paleolit ,so’nggi paleolit ,mezolit, neolit, eneolit davrining har birini o’zini madaniyati mavjud bo’lgan .
Mintaqamizning iqtisodiy-geografik joylashuvi, tarixiy manbalar va asarlarda ko'rsatilishicha, eramizdan avvalgi VI- IV ming yilliklar oralig‘ida Markaziy Osiyo geografik joylanishuvi va iqlim sharoitiga ko‘ra ikkita yirik madaniy-tarixiy hududga bo‘lingan. Mazkur bo‘linish o‘sha davr kishilarining xo‘jalik yuritishida, turmush tarzi va o'zaro madaniy aloqalari hamda san’atida o‘z aksini topgan.
Janubi-g‘arbiy hududlarda (hozirgi Turkmanistonning janubiy hududlarida) dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi o‘troq qabilalar yashagan bo‘lsa, shimoliy hududlarda ovchilik, baliq ovlash va yig‘uvchi-terimchilik bilan shug‘ullanadigan kishilar istiqomat qilganlar. Ular o‘rtasida tosh qurollardan foydalanish uzoq davrlargacha saqlanib qolgan. Albatta, xo‘jalik yuritishning cheklanganligi, shimolda yashovchi turli qabilalar madaniyati va san’atining janubiy hududda yashovchi qabilalar madaniyatidan orqada qolishiga sabab bo‘lgan. Faqat eramizdan avvalgi 11 ming yillikka kelibgina shimolda yashovchi kishilar dehqonchilik bilan shug‘ullanishni yo‘lga qo‘ya boshlaganlar, o‘troq hayot kechirishga o'tishgan, metall (bronza)dan mehnat qurollari yasashgan. Albatta, mazkur o‘zgarishlar ma’naviy madaniyat, ayniqsa, uning tarkibiy qismi hisoblangan san'atda o‘z ifodasini topa boshlagan.
Markaziy Osiyoda bronza davri taxminan eramizdan avvalgi III ming yillik o'rtalaridan to I ming yillik boshlariga qadar davom etgan. Bronza davrida cho’l va adirlarda chorvachilik madaniyati rivojlangan bo‘lsa, janubiy hududlarda hunarmandchilik madaniyati ravnaq topgan. Shu bilan birga Janubiy hududlarda dehqonchilik taraqqiy etib, shaharlarning vujudga kelish jarayoni kechgan. Ilk bronza davrida kulolchilik buyumlariga bir xil geometrik naqsh berish odatga aylangan.
Eramizdan avvalgi 3-2 ming yilliklar davrida hunarmandchilikning asosiy bo‘g‘inlaridan biri — kulolchilik rivojlanib, kulolchilik charxi keng yoyilgan. Shahar madaniyati va davlatchilikning mustahkamlanishida muhim rol o‘ynagan savdo-sotiq nafaqat mintaqa, balki boshqa hududlar va davlatlar bilan iqtisodiy ,ijtimoiy, siyosiy va madaniy aloqaning asosiy vositasiga aylangan. Albatta, davlatchilik asoslarining shakllanishi va shahar madaniyatining yuksalishida nafaqat ishlab chiqarish munosabatlari (dehqonchilik va hunarmandchilik)dagi o‘zgarishlar va savdosotiqning rivojlanishi, balki mintaqamizning tabiiy geografik joylashuvi hamda g'arbiy-strategik (Sharq va G’arb manfaatlarining to’qnashuvi) ahamiyati ham muhim rol o'ynagan. Mazkur ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy o'zgarishlar hamda ilk davlatchilikning vujudga kelishida eng qadimgi shaharlar: Sopollitepa, Jarqo'ton (Surxondaryo), Yerqo‘rg‘on, Uzunqir (Qashqadaryo), Kuxatepa, Afrosiyob (Samarqand) va boshqa ko'hna shaharlar muhim rol o‘ynagan.


Download 472,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish