Mavzu: Afrosiyob shahar madaniyatining tarixiy ahamiyati Kirish I bob. Afrosiyob


II BOB. AFROSIYOB SHAHAR MADANIYATINING TARIXIY AHAMIYATI



Download 472,79 Kb.
bet4/7
Sana04.06.2022
Hajmi472,79 Kb.
#634658
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Afrosiyob shahar madaniyatining tarixiy ahamiyati

II BOB. AFROSIYOB SHAHAR MADANIYATINING TARIXIY AHAMIYATI
2.1.Afrosiyob shaharchasi va muzeyi
Afrosiyob – yirik arxeologik yodgorlik boʻlib, qadim Samarqand shahri vayronalaridan darak beradi. Shaharning maydoni 219 gektarni tashkil qiladi. Arxeologlar bir-birini bosib turgan 11 ta madaniy qatlamlar borligini aniqladilar. Samarqandning Afrosiyob oʻrnida 2100 yil turgan tarixiy davr mobaynida moddiy madaniyatni aks ettiradilar. Shaharning zamonaviy relefida qudratli qal’aning xarobalari, koʻhna mudofaa devorlari, qachonlardir shaharga suv keladigan kanalning vayronalarini oson ajrata olish mumkin6.
Afrosiyobdagi muntazam kovlash ishlarini 1904 yilda V.V.Bartold va V.L.Vyatkin boshlaganlar. 1958 yil maxsus Samarqand arxeologik guruh tuzilgan. Guruhning maqsadi – Oʻrta Osiyoning koʻhna shahar markazlaridan birining kelib chiqishi va mavjudligi tarixi, shahar hayotining barcha davrlarida uni oʻrab turgan turli-tuman ob’ektlar toʻgʻrisida ma’lumot yigʻish edi. Ekspeditsiya 30 yil davomida 50 dan ortiq qidiruv-kovlash va tuproq kesmasini tekshirish ishlarini olib bordi. Afrosiyobning arxeologik davri aniqlandi, shaharning har xil davrlaridagi topografik plani tuzildi. Me’morchilik, moddiy va ma’naviy madaniyat, ishlab chiqarish faoliyati, numizmatika, terrakota, sopol buyumlar boʻyicha ulkan ma’lumot yigʻildi va umumiylashtirildi, mashhur devoriy naqshlar topildi va ta’mirlandi. Shaharning hayotiga doir koʻp sonli maqolalar va monografiyalar nashr etildi. 1989 yildan boshlab Afrosiyobda oʻzbek-fransuz ekspeditsiyasi ishlab kelmoqda.
Ekspeditsiya ishlari shaharning shimoliy qal’asining birinchi istehkomigacha boʻlgan qismini qamrab olgan, qal’aning sharqiy qismida VIII asr oxiriga toʻgʻri keladigan ulkan ma’muriy bino ochildi. Qal’aning gʻarbiy qismida VIII asr oʻrtalaridagi va mil. avv. III-II asrlardagi binolarning kovlash ishlari olib borildi.
Afrosiyobdagi arxeologik topilmalar shaharning sharqiy qismida joylashgan boʻlib, Samarqand tarixi muzeyida saqlanadi va koʻrgazmaga qoʻyilgan. Samarqand tarixi muzeyi Sharof Rashidov tashbusi bilan 1970 yil 24 oktabrda ochildi.
Muzeyning 1- zalida Afrosiyob vayronalarini arxeologik oʻrganish tarixi boʻyicha XIX-asrning oʻrtalarigacha boʻlgan materiallar, shaharning arxeologik ob’ektlari va ma’muriy obidalari koʻrsatilgan relefli xarita joylashgan. Ikkinchi zalda shahar hayotining ilk asrlari tarixi bilan bogʻliq buyumlar: kulolchilik xumdoni oʻchogʻining maketi, mil. avv. VI-IV asrlar sopol idishlari, tosh va metallardan yasalgan buyumlar joylashtirilgan.
Uchinchi zalda, ellinizm davri bilan bogʻliq buyumlar oʻz oʻrnini topgan boʻlib, ular Samarqandning mil. avv. III-II asrlarda qurilgan mudofaa devorlarining maketlari, qurol-yarogʻ, tangalar, sopol idishlari, terrakota, tosh va yogʻoch buyumlari, shuningdek qal’a devoridan olingan yogʻoch sinchkorlik boʻlaklari joylashgan.Samarqandliklarning milodiy I-IV asrlardagi ma’naviy hayoti va roʻzgʻorini yorituvchi ashyolar toʻrtinchi zalda oʻz oʻrnini egallagan boʻlib, ulardan milodiy IV asr mehrob-oʻchoq, terrakota haykalchalari, roʻzgʻor buyumlari, suyaklar solingan ostodon namoish etilgan. Beshinchi zalda, olov va ajdodlar ruhi e’tiqodi bilan bogʻliq buyumlar: ossuariylar, uyning ibodat qilish qismi, devoriy suratlar, raqqosa shaklidagi yogʻoch haykal-ustunlar, soʻgʻd yozuviga ega boʻlgan buyumlar – teri (konvert), xum, porsang. Shu bilan birga temir, suyak va sopoldan yasalgan roʻzgʻor buyumlar oʻz oʻrnini topganlar.Muzeyning eng nodir eksponatlari orasida markaziy zaldagi, bir vaqtlar muzey binosidan bir-necha yuz metr Gʻarbda joylashgan qabulxonani bezagan VII asr devoriy suratlari alohida oʻrinni egallaydi. Ular 1965 yilda ochilgan. Bu zal VII asrning uchinchi choragida Samarqandda hukmronlik qilgan Varxuman oilasining qarorgohi boʻlgan. Toʻrt devorda toʻrt kompozitsiya syujetlari – Samarqand hukmdori tomonidan elchilarni qabul qilinishi, maqbaraga tantanali safar, ilvirs ovi va boshqa rasmlar tasvirlangan.

Download 472,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish