Mavzu: afrika xalqlarining etnologiyaSI. Reja


Afrikaliklarning ijtimoiy turmushi



Download 27,64 Kb.
bet9/10
Sana16.01.2022
Hajmi27,64 Kb.
#377514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Seminar 4.2.

Afrikaliklarning ijtimoiy turmushi: Janubiy Afrika bantu xalqlarining an`naviy xo’jaligi chorvachilik va chovqi dehqonchiligi. Qo’shimcha ovchilik va terimchilik bilan ham shug`ullanganlar. Avchilarning asosiy qurollari otiladigan nayza, bolta, choqmor, o’q-yoydan iborat, ovda to’zoq va pistirma ham ishlatgan. Barcha bantu xalqlari temir va miss eritish, metall-qurol, aslaha va bezaklar yashash san`atini egallagan. Temirchilik eng hurmatli kasb hisoblangan. Charxsiz ajoyib sopol idishlar yasab, o’tda kuydirib, qizil bo’yyoq bilan naqsh berilgan va siyqalab yaltiratilgan. To’qimachilikni bilmasa ham bantular terilarga yaxshi ishlov berib kiyim tikkanlar. Ular antilopa (ohu), shag`al, zodagonlar esa sher va qoplon terisidan Po’stin (kaross) tikib kiyganlar. Erkaklar teri belbog`cha, ayollar bara terisidan etakcha bog`laganlar. Zulu ayollari erga chiqqanda sochini cho’qqaytirib o’rab, qizil ranga bo’yaydi, ndebala ayllari esa aksincha, sochini onda-sonda qirqib, bir-ikki kokil qoldiradi. Ponda xalqining ayollari sochlarini juda murakkab qilib o’raydi. Butun bantu xalqlarida turli munchoqlar, kouri chig`onog`i, miss yoki temir o’zuk taqish keng tarqalgan. Munchoqlardan har xil shoda, etakcha, dekorativ bezaklar yasaganlar va ayollar o’rtasida mehnat taqsim qilingan. Erkaklar chorvachilik, ovchilik, metall buyumlar yasash, yog`och o’ymakorligi bilan shug`ullanganlar. Butun bantu aholisi Afrikada keng tarqalgan doira (qo’ra) shaklida qurilgan qishloqlar (kraal)da kata patriarxal oila bo’lib yashaganlar. Zulus va kosa xalqlarida ota urug`ining klassik namunasi so’nggi davrlargacha saqlangan bo’lib, katta oila jamiyatning iqtisodiy hujayrasi hisoblangan. Har bir qabila bir necha urug`larga bo’lingan oqsoqol tomonidan boshqarilgan. Yirik shoxli mol katta patriarxal oilaning mulki hisoblangan. Nikohda qora moldan qalin to’langan. Kuyovbola qalin to’lashga urug`doshlaridan mol to’plagan. Bantu xalqlarida, umuman asosiy boylik shoxli mol hisoblangan. Ularda sut mahsuloti ishlatilgan go’shtni kam iste`mol qilganlar. Guttentotlarda chorvachilik bilan ovchilik birga olib borilgan, bushmenlar esa ovchilik va terimchilik bilan shug`ullanganlar. Guttentotlarning uylari egilgan daraxt navdalaridan gumbaz shaklida qurilib, ularning usti terilar bilan qoplangan yoki loy bilan suvalgan kulbalardan iborat. Ularning ov qurollari metall uchli nayza, o’q-yoy, o’zun cho’qmor («kirri») bo’lgan. Janubiy Afrika bantu xalqlarining uylari doira shaklida cho’qqaygan tomli qamish yoki somon bilan yopilgan, doira qilib tizilgan bo’lib mol qo’rasi vazifasini bajaradi. Zulu xalqlarida sharga o’xshash ustunlarga o’rnatilgan to’qima uylarning tashqarii va ichkarisi loy bilan urilgan. Soto xalqida esa turli xilda: konus tomli, tuxum shaklida yoki to’g`riburchakli ikki yoki to’rt nishabli. Xalq ijodi, badiiy hunarmandchilik ancha rivojlangan. Janubiy Afrika bantulari chiroyli cho’zma usulda sopol buyumlar, o’yma naqshli yog`och idishlar, ho’kiz qo’shiladigan ayrishohli yag`ochdan yasalgan chanalar, temir uchli nayza va boshqa qurollar ishlab chiqarganlar. Jo’shqin raqs va kuylar ularning eng sevimli tomoshalari, barcha tantana va marosimlarning eng muhim qismidir. Yomg`ir yog`dirish marosimida bantu xalqlarida o’yin-kulgi, raqs ashulalar bilan birga, qora qo’y yoki bo’zoq qurbonlikka so’yilishi shart bo’lgan bushmenlar beshinchi chigirtkaga sig`inadilar (totemizm). Janubiy Afrika xalqlarining eng qadimiy madaniyatidan qoyalarga rasm chizish hozirgacha saqlangan. Fil, karkidon, ilon, qo’kiz, jirafa kabi hayvonlar, ov marosimi va urush manzaralari bushmen rasmlarida tasvirlangan. Bo’yoqlar, mineral rang va ko’mirga, mol yog`i aralashtirib ishlangan. Keyingi qoya rasmlarida yelkanli kemalar, miltiqli shlyapa kiygan yevropaliklar ham tasivrlangan. Guttentot, geror va ovambo xaoqlarining qoya rasmlari ham chuqur realistik va ta`sirchanligi bilan ajralib turadi. Ayrim qabilalarda chiroyli bezatilgan niqob yasash san`ati saqlangan. Jahonda Namibiya qorako’l terisi ishlab chiqarishda birinchi o’rinda turadi (har yili 2,5-3,5 mln. dona eksport qilinadi). Ularda angor echkisi oliy darajadagi moxer junini beradi. Qorako’l qo’ylari aslida 1907-yili nemislar tomonidan keltirilib ko’paytirilgan. Mamlakatda 2,8 mln. qora mol, 5 mln. qo’y va 2 mln. echki bor. Eksportning aksariyat qismi JARga jo’natiladi. Umuman olganda, bushmenlarning soni 50 ming kishidan iborat, shulardan 33 minggi Botsvana davlatida yashaydi. Mustaqillikka erishgan Botsvana respublikasi bushmenlarni mamlakatning teng huquqli fiqarolari deb e`lon qilgan. Ularning bir oz qismi o’troq holatga o’tgan.

Hozir Madagaskarda yashovchi aholining 80 foizi qishloq xo’jaligida band. Bunday xo’jaliklarda eksport bop tovar mahsulotlari (vanil, qalampir, shakarqamish) etishtirilgan. Eksport mahsulotlarini yirik plantatsion xo’jaliklarda ham ishlab chiqaradilar. Hozirgacha saqlanib kelgan an`naviy qishloq jamoasi (fukunuluna) iqtisodiy hayotda muhim rol o’ynamoqda. Ijtimoiy munosabatlarni boshqarishda hududiy tashkilot vazifasini bajaruvchi fukulunulalarga saylangan umumiy kengash 5 yilgacha mahalliy oliy hokimiyat rolini ado etadi.

Asosiy oziq-ovqat mahsuloti sholikorlik bo’lib, butun sug`oriladigan erning 95 foizini egallagan. Sholi ko’chatlarini kichik polizlarda etkazib, keyin dalalarga ekadilar. Ekinzorlarga suvni kanallar, kichik platinalar orqali yetkazib beradilar. Ba`zan yomg`ir suvlarini ham to’g`onlar qurib ekinga ishlatadilar. Odatda, botqoq holatiga kelgan dalalarga zebu (o’rkachli afrika qo’kizi) podasini yuborib, tepkilangan tuproqqa urug` sepadilar. Orolning janubi-sharqiy qismida hozirgacha o’rmon (changalzor)larni chopib quritib kuydirilgan kuli tuproqqa ekin ekadilar. Erga o’zun dastali bukilgan temir uchli chopqi bilan ishlov beriladi. Sholini yilning oxirida, yomg`ir ko’p yog`adigan paytda ekib aprelda yig`im-terim boshlanadi. Hosilni qo’lga yig`ib olib, toshga urib yoki mol yuborib xirmonda yanchilanadi. Odatda, kuydirilgan erga ikki yil ekin ekiladi, keyin 8-10 yil partav qilib qoldiriladi, yangi er ochiladi. Janubi-g`arbiy dahalarda makkajo’xori, vodiylarda kartoshka, lobiya, jo’xori, manioka, banan, sabzavot, mevali daraxtlar ham ekiladi, asalari va pilla yetishtiriladi. Markaziy adirlarda, shimoli-sharqiy sohillarda kofe, vanil, qalampir, yog`li ekinlar, shakarqamish kabi tovar mahsulotlari ekiladi. Chorva hududlarida esa yirik shoxli mol-zebu, cho’chqa, echki, turli parranda boqib yetishtiriladi. Madagaskarni ba`zan «zebu oroli» deb ataydilar, chunki bu yerda 10 mln.ga yaqin zebu boqiladi. Ammo chorva boylikni belgilovchi soha bo’lsa-da asosiy rolni o’ynamaydi, mol go’shti kam ishlatiladi, faqat to’y va boshqa marosimlarda so’yiladi.

Aholining ko’pchilik qismi (90 foiz) qishloqlarda yashaydi. Uylari to’g`ri burchakli, qamishdan nishabli, toplari palma yaproqlari bilan yopilgan, devorlari qamishdan to’qilib loy suvalgan. Markaziy tog`li joylarda toshdan va g`ishtdan qurilgan jihozlar, yog`ochdan o’yma naqsh berilgan mebellar, chiroyli to’qilgan chipta va bo’yralar, chipta dasturxon va salfetkalar, turli gaqshli yog`och idishlar, haykalchalarni ko’rish mumkin. Milliy kiyimlardan oq yoki gulli chitdan boshdan oyoq o’rama qilib kiyiladigan lamba keng tarqalgan. Qizil ipakdan bichilgan lamba kishi o’lganda kafan vazifasini bajargan. Madagaskar aholisining yarmidan ko’pi (54 foizi) mahalliy an`naviy dinlarga, ayniqsa, ajdodlarga sig`inish ibodatiga amal qiladilar. Odamning hayoti to’g`ilishidan to o’limigacha urug` iborati marosimlari va odatlari bilan to’la, hosil to’plash va molnii bolalashi ham turli urf-odatlar bilan nishonlanadi.

Orol aholisining 41 foiz qismi nasroniy diniga o’tgan bo’lsada, asl qadimiy an`naviy marosimlar va urf-odatlarga amal qiladilar. Ularning tasavvurida ajdodlarning arvohlari ular bilan birga uyda yashaydi, avlodlarning turmushi, xo’jalikda, kundalik hayotida va diniy marosimlarida an`naviy udumlarga rioya qilishlarini ko’zatadilar. Taxminan 10% malagasiyalar sunna mazhabidagi islom diniga, ozgina qismi esa shia mazhabiga itoat qiladilar. Malagasiylarning tasviriy san`ati amaliy xarakterga ega bo’lib, tosh yoki yag`och o’ymakorligi, sopol idishlari va gazlamadagi tasvirlar, chipta va savatlardagi naqshlardan iborat. Ba`zan motam munosabati bilan ikki-uch kun tinmay bambukdan yasalgan noyob nohinli torli asbob, nog`ora va naylar ovozi ansambli ijrosida yangrab turadi. Og`zaki ijod ham ancha rivojlangan. Afrika xalqlari qadimiy davrlardan to hozirgacha ijtimoiy taraqqiyotdan chekkada qolmay, doymiy rivojlanishda bo’lganlar. Mustamlaka arafasida Afrika xalqlari turli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasida to’rganlar, yuksak madaniyat yaratgan yirik davlatlar bilan bir qatorda, hali ibtidoiy-jamoa to’zumi munosabatlari kuchli bo’lgan qabilalar ham mavjud edi.

Afrika, arab va hind madaniyatlarining ko’p asrlik yaqin aloqalari va aralashmasida paydo bo’lgan yorqin va original suaxili madaniyati umumjahon mohiyatga ega bo’lgan va juda ko’p etnoslarga mansur tushgan madaniyatga aylangan.

Uy qurilishida, kiyimlari, badiiy hunarmandchilik mahsulotlarida, ma`naviy hayotida nihoyatda go’zal va rang-barang o’ziga xos xususiyatlarni saqlab kelgan. Keniya xalqlarining sohil qismi aholisi hozirgacha zargarlik, misrgarlik, yag`och va suyak o’ymakorligi san`ati an`nalarini davom ettirmoqdalar. Suaxilliklarning oq xalat (galabey)lari, kumush bilan kashtalangan chiroyli do’ppilari, ayollarning quyuq ko’k, o’ziga xos parda va shoyshablari, turli taomlari sharqiy-janubiy sohil aholisi orasida keng tarqalgan.

Jahonda Namibiya qorako’l terisi ishlab chiqarishda birinchi o’rinda turadi (har yili 2,5-3,5 mln. dona eksport qilinadi). Ularda angor echkisi oliy darajadagi moxer junini beradi. Qorako’l qo’ylari aslida 1907-yili nemislar tomonidan keltirilib ko’paytirilgan. Mamlakatda 2,8 mln. qora mol, 5 mln. qo’y va 2 mln. echki bor. Eksportning aksariyat qismi JARga jo’natiladi. Hunarmandchilik nihoyatda rivojlangan. Temir buyumlar ishlab chiqarish, zargarlik birinchi o’rinda turadi. Qadimiy davrlardan efioplar temir mahsulotlari, bilago’zuk, sirg`a va boshqa turli bezaklarni nozik naqshlar bilan ishlab chiqqanlar. Hatto kiyimlar, metall, ayniqsa, oltin va kumush buyumlar qammatbaho toshlar bilan bezatilgan. O’simlik naqshlari qadimiy qo’lyozmalarda ham ishlatilgan. Hozir g`arbiy va Markaziy Afrikaning iqtisodiy taraqqiyotida qazilma boyliklarning ko’pligi muhim ahamiyatga ega. Yaqin davrgarcha bu erda og`ir sanoat bo’lmagan. Mustaqillikka erishilgandan keyin, ayniqsa, yirik port shaharlarida asta-sekin sanoat korxonalari paydo bo’la boshladi. Markaziy Afrikada yog`och ishlab chiqarish, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati sohalari ham rivojlangan. Og`ir sanoatning asosiy mahsulotlari eksportga ishlaydi. Mustamlaka arafasida Afrika xalqlari turli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasida to’rganlar, yuksak madaniyat yaratgan yirik davlatlar bilan bir qatorda, hali ibtidoiy-jamoa to’zumi munosabatlari kuchli bo’lgan qabilalar ham mavjud edi.

Ammo Afrika xalqlari o’zlarining necha asrlik mustamlaka to’zimida bulishiga qaromasdan mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tib katta yutuqlarga erishaolganlar va jaxon tsivilizatsiyasining eng qadimgi uchoqlaridan biri ekanligini sifatlayoldi.


Download 27,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish