Etnik qiyofasi- Hozirgi Afrika xalqlarining etnogenezi uning tarixini bilmaguncha to’g`ri tasavvur qilish mumkin emas. Ayrim afrikashunoslar qit`aning mustahkam tarixiy taraqqiyotini inkor qiladilar, mahalliy aholi mustamlaka davrigacha ijtimoiy taraqqiyotga noqobil bo’lgan deb aytadilar. Ba`zilar Afrika tarixini faqat tashqaridan kelgan bir qancha to’lqindan iborat madaniyat hisoblab, shuning uchun mahalliy xalqlar umuman turg`unlikka hukm qilingan, deb ta`riflaydilar. Ammo ularning aksi o’laroq, Stenford universiteti olimlari tomonidan aniqlangan odam gnomi afrikalik ekanligi va umuman bashariyat qora qit`adan er yo’ziga tarqalganligi bu munosabatlarni keskin, qarama-qarshi qutbga o’zgartirib yubordi. Qolavesa, so’nggi yillarda qilingan arxeologik kashfiyotlar Afrika tarixining o’zoq o’tmishiga oid katta bir davrni oydinlashtirib berdi. Avvaliga Janubiy va Sharqiy Afrikada avstralopiteklar yashaganligi aniqlanib, qit`a qadimiy odamning vatani ekanligi tasdiqlandi. Ilk paleolit davriga oid ibtidoiy makonlar Luis Liki va keyinchalik uning o’g`li tomonidan Tanzaniyada Olduvay jarligida topilganligi. Efopiyada Chad va Rudolf ko’llari atrofida, Janubiy Afrikada 60-yillardan keyin qilingan kashfiyotlar Afrika qit`asida eramizdan avvalgi X ming yilliklardan boshlab yuksak adaniyat yaratilganligini isbotlab berdi. Olduvay, Stellenbosh va boshqa madaniyatlar antropologik ma`lumotlar bilan birga, qit`aning sharqiy va janubiy qismida qadimiy tosh davrida keng hududda ancha takomillashgan tosh qurollar yaratgan va qoyalarga har xil rasmlar yasagan ko’p sonli aholi yashaganligini aniq tasdiqlagan edi. Neolit davriga kelib (taxminan eramizdan avvalgi V-I ming yilliklar) Shimoliy va Markaziy Misrda, Sudanda, Saxara markazida, Sharqiy Afrikaning ba`zi hududlarida, senegal va Kongo vohalarida, hozirgi Nigeriya hududida yangi xo’jalik faoliyati, ya`ni dehqonchilik va chorvachilik shakllanib o’rtoq holatga ko’chish ro’y beradi. Mezolit va neolit davrida hozirgi tillar ham asosan, shakllanib tugagan. Misrliklar qo’shni elatlar to’g`risida muhim ma`lumotlar qoldirgan. Yozma manbalar Nilning g`arbiy qismida oq tanli liviya qabilalari, o’rta oqimida kush (keyin Nubiya) mamlakatida jigarrang tanli kushitlar, yuqori qismida qora tanli nilotlar va janubroqdagi Punt mamlakatidagi negroidlar haqida xabar berib, Afrikaning irqiy to’zilishi qadimdan turli ekanligini isbotlaydi. Afrika qit`asida miloddan avvalgi III-II ming yilliklarda muhim geologik o’zgarishlar ro’y bergan. O’sha davrda Saxarada qurg`oqchilik paydo bo’lib, ulkan hududdan butun elat va xalqlarni ko’chishga majbur qilgan. Oqibatda Saxaradan janubda Shimoliy Afrika mamlakatlaridan, chunonchi, Misrdan farq qiladigan yangi bir o’ziga xos madaniyat shakllana bolaydi. Nigeriya va Benue daryosining shimolida paydo bo’lgan nok madaniyati vakillari (miloddan avvalgi IX milodning II asrlari) temir va boshqa metallarni ishlab chiqarishni bilgan va dastlabki temir qurollarini yasaganlar. Temir eritish va undan foydalanish Afrika xalqlarining ijtimoiy taraqqiyotida muhim ro o’ynagan edi. Daryo vodiylaridagi aholi bilan savanna qabilalari orasidagi savdo-sotiqning ko’payishi, katta savdo yo’llarida va charrahalarida shaharlarning va savdo markazlarning paydo bo’lishi, shu asosda ijtimoiy mehnat taqsimotining yo’zaga kelishi va Saxaraning janubidagi boshqa davlatlarning shakllanishiga sezilarli ta`sir o’tkazgan edi. Milodning VIII-IX asrlariga kelib, tropik Afrikada sinfiy to’zum munosabatlariga asoslangan bir necha yirik davlatlar shakllanib XVI asrlargacha rivojlanib kelgan. Shulardan arab sayyohlari, mahalliy solnomalar, ilk portugal tadqiqotchilari va juda ko’p og`zaki rivoyatlarda tilga olingan yirik davlat birikmalari Gana, Mali, Songay, Dagomeya, Xausan shahar-davlatlari, G`arbiy va Markaziy Sudandagi Kanem – Bornu, Benin, Gvineya sohilidagi Yuqori davlati, qadimgi Kongo va Efiopiya davlatlari, Sharqiy Afrika qirg`og`idagi shahar-davlatlar, afsonaviy Mvena Mutapa (Monopotama) podsholigi va Zimbabve davlatlarini sanash mumkin. Ular ancha rivojlangan ishlab chiqarish kushlariga ega bo’lgan ijtimoiy mulk va yuksak madaniyat yaratganlar. Muayyan davrlargacha Afrika davlatlarining eng taraqqiy qilgan qismlari jahon tarixi bilan qodambaqadam, teng rivojlanib ijtimoiy taraqqiyotga munosib hissani qo’shib kelganlar. Hattoki, qit`a mustamlaka qilinganidan keyin ham bu erda XVIII-XIX asrlarda bir necha feodal davlatlar (Fulbe va Tukulyara teokratik davlatlari, Ruanda, Buganda, Burundi) va qabilaviy ittifoqlar (zulu, matabele) paydo bo’lgan edi. Demak, Afrika xalqlari qadimiy davrlardan to hozirgacha ijtimoiy taraqqiyotdan chekkada qolmay, tadrijiy rivojlanishda bo’lganlar. Ammo keyinchalik ijtimoiy-iqtisodiy ancha orqada qolb ketishiga mustamlakachilarning zulm va ta`qibga qurilgan siyosati, qul savdosi va quldorlik sabab bo’lgan. Ayrim mamlakatlarning va elatlarning ibtidoiy va ilk feodalizm darajasida saqlanib qolishida boshqa o’lkalardagi singari ob`ektiv v sub`ektiv omillar ham ta`sir qilgan. Mustamlaka arafasida Afrika xalqlari turli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasida to’rganlar, yuksak madaniyat yaratgan yirik davlatlar bilan bir qatorda, hali ibtidoiy-jamoa to’zumi munosabatlari kuchli bo’lgan qabilalar ham mavjud edi. Afrika qit`asini mustamlakachilar tomonidan bosib olinishi XV asr oxirlaridan boshlanadi. Bu davrda kelgindi evropaliklar bilan mahalliy aholi o’rtasida madaniy tafovut uncha sezilmagan. Eng fojiali voqealar keyingi asrdan boshlangan. Dastlabki sarmoya jamg`arish natijasida XVI asr boshlarida keng miqyosda avj olgan qul savdosi G`arbiy va Janubiy Afrika xalqlarining tarixiy taraqqiyotini to’xtatibgina qolmay, balki bir necha asrlar orqaga itqitib tashlagan edi. Avval portugaliyaliklar, keyin Angliya, Gollandiya va Frantsiya qit`a o’lkalarining ochiqdan-ochiq barcha boyliklarining yirtqichlarcha talon-taroj qilganlar, og`ir soliqlar solganlar va minglab kishilarni zo’rlab olib ketib, qul qilib sotganlar. Ayrim o’lkalarda, ayniqsa, Gvineya sohillarida, Kongo quyi oqimida va Angolada qul savdosi natijasida aholisi kamayib, xo’jaligi va siyosiy-iqtisodiy hayoti turg`unlik va vayronalikka mahkum qilingan, ba`zi obod o’lkalar butunlay xarobaga aylangan. Quldorlik tufayli vafot etgan va Amerikaga olib kelingan kishilarning soni 100 mln.dan ortiq bo’lgan. Qit`adagi mustamlakachiliklarga qarshi urushlar, chiki ziddiyat va kurashlar ham minglab afrikaliklarning yostig`ini quritgan va ilgari gullab yotgan qudratli davlatlarning inqirozini kuchaytirgan edi. Mazkur hodisalar Afrika xalqlarining Evropadan madaniy jihatdan orqada qolishining asosiy sabablaridir.
Chidab bo’lmaydigan jabr-zulm va talon-taroj keltirgan mustamlakachilik siyosatiga qarshi ozodlik va mustaqillik uchun kurashga o’tgan Afrika xalqlari, ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan keyin juda katta muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritib, o’z taqdirlarini qo’llariga ola boshlagan. Hozir qit`aning ko’pchilik qismi mustaqil va ozod davlatlardan iborat. Afrika qit`asining etnik to’zilishini bir necha tarixiy-madaniy viloyatlarga bo’lib o’rganiladi. Ular keng hududlarda jiylashgan, ammo etnografik jihatdan umumiy birlikka ega bo’lgan mintaqalardan iborat. So’nggi klassifikatsiyaga asoslanib butun qit`a aholisi tabiiy sharoiti, etnik qiyofasi, tarixiy taqdiri va ijtimoiy-iqtisodiy darajasi jihatdan Shimoliy Afrika, G`arbiy va Markaziy Afrika, Sharqiy va Janubiy Afrika xalqlariga bo’lingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |