Mavzu: afrika materigi ichki suvlari



Download 17,28 Kb.
bet5/5
Sana16.03.2022
Hajmi17,28 Kb.
#497476
1   2   3   4   5
Bog'liq
АФРИКА МАТЕРИГИ ИЧКИ СУВЛАРИ

Ko’llari. Afrika ko’llari materik bo’ylab notekis taqsimlangan. Ularning asosiy qismi ikki hududda - Sharqiy Afrika yassi tog’ligi va Efiopiya tog’ligida joylashgan. Qolgan hududlarda ko’llar kam uchraydi. Afrika ko’llari kelib chiqishiga ko’ra uchta tipga bo’linadi. Ular: 1. Materik ichki qismidagi keng botiqlarning uncha chuqur bo’lmagan cho’kmalarida hosil bo’lgan ko’llar. Bunga Chad ko’li, Niger daryosining o’rta oqimidagi ko’llar, Janubiy Afrikaning Kalaxari hududida joylashgan Ngami, Makarikari, Skau, Etosha ko’llari kiradi. Bularning ayrimlari antropogen davrning plyuvial epoxasidan saqlanib qolgan relikt ko’llar hisoblanadi. Shulardan biri oqmas Chad ko’li bo’lib, u Sahroi Kabirning janubida joylashgan. Maydoni yog’in miqdoriga va unga quyiladigan daryolarning suv rejimiga qarab 10 000 km2 dan 18 000 km2 gacha o’zgarib turadi. O’rtacha chuqurligi 4-7 m. Ko’lning uzunligi 200 km va kengligi 70-90 km. Okean sathidan 240 m balandda joylashgan. Unga Shari va Komadugu-Yobe daryolari o’z suvini quyadi. Yomg’irlar mavsumida ko’l maydoni ikki barobarga kengayib, ko’l qirg’oqlari botqoqlangan va sho’rlangan. 26 2. Materikning tektonik yoriqlarida, uzilmalarida va botiqlarida vujudga kelgan tektonik ko’llar. Bu tipdagi ko’llarga asosan Sharqiy Afrika yassi tog’ligidagi tektonik yoriqlar tizimida va botiqlarda joylashgan Tanganika, Nyasa, Kivu, Rudolf, Viktoriya, Koga, Eduard, Albert va boshqa ko’llar kiradi. Bularning aksariyatining shakli uzun masofaga cho’zilgan va chuqur ko’llardir. Ular baland va tik yonbag’irli tog’lar bilan o’ralgan. Tanganika ko’li dunyodagi eng chuqur ko’llardan biri hisoblanadi. Uning maydoni 32 900 km2 , uzunligi 650 km, eni 60-80 km, maksimal chuqurligi 1435 m. Ko’l atrofidagi tog’lar 2000 m gacha ko’tarilgan. Tanganika chuqurligi jihatdan Baykal ko’lidan keyin dunyoda ikkinchi o’rinda turadi. N’yasa ko’li tektonik yoriqlar zonasida joylashgan va 580 km masafaga cho’zilgan. Viktoriya ko’li Afrikadagi eng yirik va dunyodagi yirik ko’llardan biri hisoblanadi. Uning maydoni 68 000 km2 , uzunligi 320 km, eni 275 km, maksimal chuqurligi 80 m ni tashkil etadi. Kattaligi jihatidan Shimoliy Amerikadagi Yuqori ko’ldan keyin dunyoda ikkinchi o’rinda turadi. Ko’l botig’i yoriqda emas, qadimgi kristall platformaning tektonik harakatlar natijasida bukilgan joyida hosil bo’lgan. Shu sababli u tektonik ko’l bo’lsa ham sayoz ko’llardan biri hisoblanadi. 3. Tektonik botiqlar va daryo vodiylarini lava oqimlari to’sib qolishi natijasida hosil bo’lgan to’g’on ko’llar. Bunday ko’llar Efiopiya tog’ligida ko’p bo’lib, ulardan eng yirigi 1830 m balandlikda joylashgan Tana ko’lidir. Uning maydoni 3600 km2 , maksimal chuqurligi 70 m. Ko’l tektonik botiqda suv yo’lining to’silib qolishi natijasida hosil bo’lgan va undan Ko’k Nil daryosi oqib chiqadi. Bulardan tashqari Shimoliy Afrika tekisliklarining pastqam joylarida hosil bo’lgan sho’r ko’llar ham uchraydi. Ular tog’oldi tekisliklarida, tog’oralig’i botiqlarida keng tarqalgan. Bu ko’llarni mahalliy aholi shottlar deb atashadi. Shott-esh-Shergi, ShottMelgir, Shott-Jarid va boshqalar shular jumlasidandir. Afrikaning daryo va ko’llari kishilar hayotida juda katta rol o’ynaydi. Yog’in kam yog’adigan joylarda ichki suvlardan ekin maydonlarini sug’orishda foydalaniladi. Obikor dehqonchiliq Nil, Niger, Zambezi va Senegal daryolarining vodiylarida yaxshi rivojlangan. Ayniqsa Sahroi Kabirni kesib o’tgan Nil vodiysida inson xo’jalik faoliyati ta’sirida vujudga kelgan va daryo bo’ylab cho’zilib yotgan vohalar go’yo cho’lga hayot baxsh etganday ko’rinadi. Afrika daryolari gidroenergiya resurslariga boy. Yirik daryo va ko’llar suv yo’li sifatida xizmat qiladi. Ulardan katta miqdorda baliq ham ovlanadi (Ilova, 1-rasm).
Nazorat savollari:
1. Materik ichki suvlari qanday rivojlangan?
2. Daryolarning to’yinish manbalari to’g’risida ma’lumot bering?
3. Materik ko’llarining paydo bo’lish turlari va ularning tavsifi?
4. Daryolarning inson faoliyatidagi aqamiyati nimada?
Download 17,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish