Mavzu: ADOBE PHOTOSHOP da turli xil filtrlar.
Adobe Photoshopda filtrlardan foydalanish Adobe Photoshop imkoniyatlaridan biri bu tasvirdagi ranglarni turli-tuman filtrlar orqali qayta ishlashdir. Buning uchun menyuning Filtr bo’limidan foydalaniladi. Biz uni quyidagi rasm orqali ba’zi misollarda ko’ramiz.
Menyuning Filtr – Galereya filtrov (Filter - Filter Gallery) buyrug’ini (bu buyruq Filtr menyusidagi ko’pchilik buyruqlarni ham o’z ichiga oladi) tanlaymiz (Adobe Photoshop versiyalariga qarab Filtr bo’limidagi buyruq nomlari boshqacha ham nomlangan bo‟lishi mumkin).
Tasvirda filtrning ta'sirini tasvir o’lchamining kattaligi va sifatiga bog'liq ekanini yodda tutish kerak. Bir filtri bilan siz turli xil natija olishingiz mumkin.
Quyida biz Imitatsiya / Artistic to’plamidagi filtrlar bilan tanishamiz.
Akvarel (Watercolor)- Suvli bo'yoq ko’rinish
2. Applikatsiya (Cutout) – Naqsh solingandek ko’rinish
3. Gubka (Sponge) - Gupkali ko’rinish
4. Zernistost fotoplenki (Film Grain)-Dona-dona qumli fotoplyonkali ko’rinish
5. Maslyanaya jivopis (Paint Daubs)-Moyli tasvir ko’rinishi
6. Neonoviy svet (Neon Glow)-Neon rangli ko’rinish
7. Ocherchennie kraya (Poster Edges)-Hoshiyali tasvir ko’rinishi
8. Pastel(Rough Pastels)-Pastel(Yumshoq qalam) da chizilgandek ko’rinish
9. Rastushevka (Smudge Stick)-Tush bilan bo’yalgandek ko’rinish
10. Risovanie na oborote (Underpainting)- Orqa yuzida chizishli ko’rinish
11. Suxaya kist (Dry Brush)-Quruq cho’tka ishlatilgandek ko’rinish
12. Freska (Fresco)-Freska-Devorga solingan tasvirli ko’rinish
13. Tsvetnie karandashi(Colored Pencil)- Rangli qalamda ishlangandek ko’rinish
14. Tsellofanovaya upakovka (Plastic Wrap)- Selofanli qadoqlashdek ko’rinish
15. Shpatel (Palette Knife)-Shpatelli ko’rinish
Quyida Iskajenie/Distort (Tasvirni buzib korsatish), Stilizatsiya/Stylize (Stilizatsiya-biror usulga solish),Tekstura/Texture (Tekstura-to'qimali tuzilish), Shtrixi/Brush Strokes (Chiziq-chiziq) to’plamidagi filtrlar bilan tanishamiz. Buning uchun ham menyuning Filtr – Galereya filtrov (Filter - Filter Gallery) buyrug’ini tanlaymiz va kerakli filtrlar to’plami ro’yxatiga o’tiladi.
Jumladan: Iskajenie (Distort) bo’limi filtrlari.
1.Okeanskiye volni (Ocean Ripple)- Okean to'lqinlari ko’rinishida
Rasseyannoe svechenie (Diffuse Glow)-Tarqalgan nur ko’rinishida
Steklo (Glass)- Shishali ko’rinish
Stilizatsiya (Stylize) bo’limi filtrlari.
1. Svechenie krayev (Glowing Edges)-Nurlanish qirralari bo’rttirib ko’rsatilgan ko’rinish Tekstura (Texture) bo’limi filtrlari.
1. Vitraj (Stained Glass)-Vitraj(rasm solinadigan rangli oyna)
2. Zerno (Grain)-Zarrali ko’rinish
3. Mozaichnie fragmenti (Mosaic Tiles)-Mozaika bo'laklarili ko’rinish
4. Tekstuzator (Texturizer)- Tekstuzatorli ko’rinish
5. Tsvetnaya plitka (Patchwork)-Rangli plitkali ko’rinish
Shtrixi/Brush Strokes bo’limi filtrlari.
Aktsent na krayax (Accented Edges)-Qirralariga urg’u berish
Aerograf(Sprayed Strokes)-Aerograf
Naklonnie shtrixi (Angled Strokes)- Egri chiziqli ko’rinish
4. Obvodka (Ink Outlines)-O‟yma naqshli ko’rinish.
Do'stlaringiz bilan baham: |