ABU AHMAD AL-YAMOMIY AL-BOSHANJIY
Odam uchun eng yaxshi xursandchilik: o'z qo'li bilan ekkan (daraxt) mevalarini yeyish.Yozgan she'rining kuylanganini (eshitish) va sevgan farzandlari uning xizmatida turganini (ko'rish).Ba'zi birimiz bu uch (baxtga) egamiz, (lekin) bularning hammasiga xalaqit beruvchi tananing nimjon bo'lib qolishi.
ABU-L-HASAN ALI IBN AL-HASAN AL-LAHHOM AL-HARONIY
Haddan ziyod donolik va harakatchanlik tufayli men xuddi qo'riq joyda yonayotgan olov kabi edim.Endi nodon bo'lib qoldim, agar cho'ntagida vaqosi yo'q odamning chaqqonlig susayib qolsa, (buning) ajablanarlik joyi yo'q.
ABU MUHAMMAD AL-MATRONIY AL-HASAN IBN ALI IBN MATRON
Do'st in'omga umid qilganda va dushman yomonlikdan qo'rqqanda, biz seni sinab ko'rdik.
Faqat ixtiyoring bilan (kishilarga) naf keltirasan va faqat zarurat tug'ilgandagina zararli bo'lasan.
Faqat jazo (berish uchungina) sen yomonlikni ravo ko'rasan, xudo senga behad yaxshilikni ravo ko'rsin.
Tashakkur aytuvchi sening haqingda yomon fikrga kelishidan qo'rqmaganingda, noshukurni yomonlik bilan jazolamagan bo'lardik.
2.4. Qadimiy adabiy yodgorliklar. “Avesto”-O’rta Osiyo xalqlarining mushtarak yodgorligi
O'zbeklarning millat sifatida shakllanishi uzoq tarixga ega. O'zbeklar qadimgi turkiylarning avlodlaridir. Turkiylar keyinchalik mustaqil millat va xalq sifatida shakllangan o'zbek, qozoq, qirg'iz, boshqird, qoraqalpoq, turkman, uyg'ur, ozarbayjon, gagauz, usmonli turk, tatar, yoqut va boshqa xalqlarning ajdodlaridir. Shuning uchun ham qadimgi turkiylar qoldirgan ulkan madaniy va adabiy meros bu xalqlarning mushtarak yodgorligi hisoblanadi.
Demak, «turk» katta bir til oilasining umumiy nomidir. Xerodot Sharq qabilalari orasida turg'itoylar yoki iskit yurtidagi turkiy (yurkey) lar haqida yozib qoldirgan. «Tavrot»da to'lharmalar nomi zikr etilgan. Qadimgi Xitoy manbalarida tik, di, tukyu qabilalarining nomi qayd etilgan. Aslida bularning luiininasi «turk» so'zining turlicha shakllaridir.
Qadimgi afsonalar Nuhning nabirasi, Yofasning o'g'illaridan birining nomi ham turk bo'lganini ko'rsatadi. Eron rivoyatlaridagi Faridunning o'g'li Turaj yoki Tur ham shu nomga aloqador.«Turon» so'zi ayni shu shakldan kelib chiqqan. O’rxun-Enasoy obidalarida «turk» va «turuk» atamalari uchraydi.
Turk so'ziining ma'nolari xilma-xildir. U «qalpoq», “dubulg'a”, «tark etilgan», «yetuklik chog'i», «dengiz qirg'og'ida o'tirgan odam», «jazm etmoq», «tarqalmoq», «yoyilmoq», »kuch-quvvat», «bo'ri» ma'nolarini beradi.
Geografik nom sifatida Turkiya atamasi qadimgi Bobil (Vizantiya) manbalarida mavjud. VI asrda bu nom Kichik Osiyoni anglatgan(Menandr).
IX X asrlarda Volga bo'yidan O'rta Yevropagacha bo'lgan hududlar ham shu nom bilan atalgan. Onado'li — Anatoliya esa Xll asrdan boshlab Turkiya nomini olgan.
Sluiningdek, qadimgi turkiy xalqlar yashaydigan joylar Turon deb nomlangan. Bu yerlarni forslar «Turonzamin» deyishgan.
Qadimgi turkiylar o'z tili, madaniyatiga ega bo'lishgan. Bu tilning eng qadimgi davrlardagi taraqqiyoti haqida aniq ma'lumotlar mavjud emas. Dastlabki yozma manbalar esa VI—VIII asrlarga tegishlidir. Ular O'rxun-Enasoy obidalari nomi bilan mashhur bo'lgan bitiklardir. Har holda turkiy tilning milodning ilk asrlaridan boshlanganini taxmin etish mumkin. Bu til XII—XIII asrlargacha amalda bo'lgan.
13 asrlik tarix silsilasida bu til namunalari shimoli-sharqda tabiatga ishonch sifatida O'rxun-Enasoy obidalarida, shimoli- g'arbda xristian dini shaklidagi nasorolar yozuvlarida, janubi- sharqda budda dinida so'g'd, uyg'ur yozuvlarida, moniylik dinida moniy va uyg'ur yozuvlarida, so'ngroq islom dinida arab yozuvi bilan yozilgan.
O'rta Osiyo turkiy xalqlar madaniyati tarixida alohida mavqega ega. O'zbekiston hududidan qadimgi odam turmush tarzining izlari ko'plab topilgan. Samarqand yaqinidagi Omonqo'tan g'orida, Xo'jakent—Chorbog' tog'Iarida tig' shaklidagi, pichoqsimon va belchasimon ish qurollari, kiyik suratlari saqlanib qolgan. G'ordan topilgan tog' echkisi, ot, ayiq, qashqir, jayra, sug'urva boshqa hayvonlarning suyaklari qadimgi ajdodlarimiz ovchilik bilan mashg'ul bo'lganli- gini ko'rsatadi. Zorovut Kamar g'ori devorlaridagi suratlar ham qadimiy odamlar hayot tarzi haqidagi bilimlarimizni kengaytiradi. Bu suratlarning tuzilishi ancha murakkab. Unda go'yo yowoyi buqalarni ovlash tasvirlangan. Tasvirda chopib borayotgan buqalar, yelib borayotgan itlar va ovchilar ko'rsatilgan. Ovchilarning o'q-yoy otayotganlari ham aks etgan.
Eramizdan awalgi uch ming yillikda metall buyumlar, qurol-yarog'lar ishlatilgani seziladi. Eramizdan awalgi VII asrdan boshlab sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilikning rivojlanishi ko'zgatashlanadi. Sug'orish ishlari Amudaryo va
Sirdaryo qirg'oqlari atrofida amalga oshirilgan. Xorazm davlatchiligi uch ming yillik tarixga ega. Kushonlar, Kangyuy, Qang' — Xorazm davlati tarixi olimlarimiz tomonidan o'r- ganilmoqda.
Ma'lumki, eramizdan oldingi VI—V asrlar boshlarida O'rta Osiyoda ilk qadimiy davlatlar vujudga kelgan edi. Ularga i|iiisl)i I ron podsholarining (Kir) yurishlari qadimgi afsonalar («To'maris, «Shiroq»)da ham aks etgan.
Iskandar Zulqarnaynning harbiy yurishlari ahamoniylar davlati inqirozini tczlashtirdi. Yunon-Baqtriva davlati shu tarzda yuzaga keldi. Uning yonida Parfiya, Baqtriva. So'g'd va Kushon davlatlari pavdo bo'ldi (eramizgacha II—( asrlar). Eramizning boshlarida esa Xorazmda Qang' davlati vujudga keldi.
Qadimgi turkiylar davlati eramizning V asridan boshlab ancha kuchaygan. Birinchi Ko'k turk xoqonligi VI—Vlll asrlarda hukmronlik qilgan. Uning tarkibiga to'lashlar, tardushlar, uyg’urlar, o'n o'qlar, basmillar, qirg'izlar, o'g'uzlar, kitan va boshqalar kirgan.
Xoqonlik 535- yilda paydo bo'lgan. 630-680- yillarda Ko'k turklar davlati inqirozga yuz tutadi. O'rxun-Enasoy obidalarida buning bir qator sabablari ochib berilgan. Jumladan, «Kul tegin" blliktoshida shunday omillar sanaladi:
1. Keyingi davrlardagi hukmdor va boshliqlarning layoqatsizligi.Taxtga tasodifiy odamlarning kelib qolishi:
"Undan so'ng inisi og'asiday ish tutmagan ekan, o'g'li otasiday ish tutmagan ekan. Taxtga johil xoqon o'tirgan ekan, badfe’l xoqon o'tirgan ekan. Vaziri ham bilimsiz ekan. Qo'rqoq ekan ,, Turk beklari turkcha otini tashladi. Tabg'ach beklarining tabgachcha otini qabul qilib, tabg'ach xoqoniga qaram bo'ldi. Ellik yil kuchini sarf qilibdi».
2. Turkiy qavmlarning o'zaro noahilligi: Tarbiyat qilgan xoqonning so'zini olmayin har qayerga ketding U yerlarda butunlay g'oyib bo'lding, nom-nishonsiz ketding"
3.Tabg’ach davlalatining siyosati va ichdan yemiruvchi targ’iboti-tashviqoti:
“Oltin kumush. ichkilik, ipakni shuncha hisobsiz berayotgan tabg’ach xalqi so'zi shirin, ipak kiyimi nafis ekan.hirin so’zi,ipak kiyimi bilan aldab, yiroq xalqni shu xilda yaqinlashtirar ekan. Yaxshi qo'shni bo'lgandan keyin yovuz ilmini u yerda o'rganar ekan”.
Qadimgi turkiylar yuksak madaniyat egalari bo'lishgan. Ular dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik bilan ko'proq shuig'ullanishgan. Ayniqsa, yilqichilik asosiy o'rin tutgan. Bu ko'pgina mifologik, folklor va tasviriy san'at asarlarida ham o'z ifodasini topgan. Jumladan, Xorazmdagi Qo'yqirilgan qal'asidan topilgan hamda eramizgacha bo'lgan IV— III asrlarga oid deb qaraladigan sopol ko'zachalarda qanotli otlar tasviri mavjud. Tuyachilik ham yaxshi rivoj- langan. 647- yilda turk yabg'usi (mansab nomi)ning maxsus uzum jo'natgani haqida xabar bor. Shuningdek, donli ekinlar asosiy o'rin tutgan. Bolaliktepa (Surxondaryo) dan uzum uru- g'i, bug'doy, arpa, mosh, shaftoli, o'rik, olcha, qovun, tarvuz urug'lari, yong'oq, pista, bodom qoldiqlari, paxta chanog'i topilgan.
Xuddi shu yerda birqator tasviriy san'at namunalari ham mavjud. Jumladan, u yerdagi zodagon ayollar tasviri qadimgi ajdodlarning yuksak san'atidan dalolat beradi.
Panjakentdagi devorga chizilgan san'at namunalari ham bu fikrni tasdiqlaydi.
Ajinatepa (Surxondaryo)dan topilgan haykallar esa hay- kaltaroshlikning yuksak darajada rivojlanganligidan dalolatdir.
Ayritom (Termiz yaqinida)gi budda ibodatxonasi xaroba- laridan topilgan musiqachilarning toshdan yasalgan haykal- chalari bu fikrni quvvatlaydi. Unda uch musiqachi ayol tasvir- langan. Bu ayni paytda musiqa san'atining rivojidan ham dalolatdir.
Savdoning alohida mavqeyi haqida ham to'xtash joiz. Zero, turkiylar muhim savdo yoilarining ustida edi. Bu holat bir qancha xalqlar madaniyatining bir-birlariga ta'sir ko'rsa- tishiga ham omil bo'ldi.
Birgina «Avesto»da ham turkiy, ham eroniy xalqlar dunyoqarashi, urf-odatlari, yashash tarzlariga oid ma'lumot- larning uchrashi tasodifiy emas.
Savdo aloqalarining kengayishi turli tillar va yozuvlarning ham keng tarqalishiga sabab bo'ldi.
Oromiy va yunon yozuvlari iste'molda edi. Oromiy yozuvi asosida shakllangan so'g'd va xorazmiy yozuvi ham qoilanila boshlaydi. Bu yozuv yodgorliklari tangalar, muhrlar, kumush buyumlar va ayrim hujjatlarda aks etgan. Xorazmiy yozuvi- ning eng qadimgi namunasi Qo'yqirilgan qal'asidan topilgan bo'lib, eramizdan oldingi III asrga oiddir.
So'g'd yozuvining yodgorligi esa Tali Barzu (So'g'd)dan topilgan sopol idish sinig'iga o'yib yozilgan va u eramizdan oldingi I asrga tegishli. Bu yozuv namunalarining II—III asrlarga oid obidalari Dunxuan (Sharqiy Turkiston)dan topilgan. Ularda Samarqandda yashagan ona va Dunxuanda turadigan qiz o’rtasidagi yozishmalar ifodalangan. Yozishmalar oilaviy turmush, O'rta Osiyo xalqlarining yuqori madaniy saviyasi haqidagi axborotlarni beradi.
Mug' tog'i (Panjakent yaqini)dagi qal'adan topilgan 400ga yaqin buyum alohida ahamiyatga molik. Ular orasida to'qilgan qopqoq va sandiqlar, ustiga teri qoplangan ayollar idishi, ayniq|sa, undagi bezatilgan ot va qurol-anjomli suvoriy tasviri va boshqa buyumlar bor.
Jumladan, ko'plab yozma manbalar ham topilgan. Charmga yozilgan arabiy bitik hujjatda lashkarboshi Divashtining jang oldidan ittifoqchilaridan yordam so'ragani bayon qilingan (VIII asr). Ayni paytda ular o'z davrining tarixiy hujjati va so’g’d tilining yodgorligi sifatida ham katta ahamiyatga ega.
"Qutadg'u bilig» (Yusuf Xos Hojib) asarining XV asrda llirotda ko'chirilgan nusxasi shu yozuvda bitilgan. «Hibat ul- haqoyiq» (Ahmad Yugnakiy) asarining ham uyg'ur yozuvidagi nusxasi topilgan.
X asrda Beshbaliq (Sharqiy Turkiston) shahrida yashagan Singqu Seli Tutung «01tin yorug'» asarini Xitoy tilidan tarjima qilgan. Bu asar tarjimasi ham uyg'ur yozuvida bitilgan. Shuningdek, «0'g'uznoma», «Muhabbatnoma» (Xorazmiy), «Latofatnoma» (Xo'jandiy), «Mahzan ul-asror» (Mir Haydar) va boshqa ko'pgina asarlarning uyg'ur yozuvidagi nusxalari ham mashhurdir.
«Avesto» — O'rta Osiyo xalqlarining eng qadimiy mushtarak yozma yodgorligi. U zardushtiylik dinining muqaddas kitobidir. O'rta Osiyoda yashagan qadimgi aholining asosiy qismi shu dinga e'tiqod qilgan.
U O'rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqla'rining qadimgi davrdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, dinlari,olam va odam to'g'risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma'naviy madaniyatlari, adabiyoti va yozuv san'ati tarixini o'rganishda muhim manba hisoblanadi.
«Avesto»dagi ma'lumotlarning qadimgi qismlari miloddan avvalgi 3000-2000- yillarga taalluqlidir. Ular «Gotlar» («Gohlar») va «Yashtlar» deb nomlangan. Abu Rayhon Beruniy (973—1048) «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida «Avesto» haqida bunday ma'lumotlarni beradi:
«Podshoh Doro ibn Doro xazinasida «Avesto»ning o'n ikki ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o'ldirgan vaqtda uni yondirib yubordi. Shuning uchun o'sha vaqtdan beri «Avesto»ning beshdan uch qismi yo'qolib ketdi. «Avesto» o'ttiz «nask» edi. Majusiylar qo'lida o'n ikki nask chamasi qoldi. Biz Qur'on bo'laklarini haftiyaklar deganimizdek, nask «Avesto» bo'laklaridan har bir bo'lakning nomidir».
«Avesto» o'sha davrlar tarixi, fani, madaniyati haqida ma'lumot beruvchi qomusiy asardir. U pahlaviy tiliga tarjima qilingan va unga sharhlar yozilgan. Unga yozilgan sharhlar «Zend Avesto» nomi bilan mashhurdir, O'rta Osiyoga arablarning kirib kelishi bilan zardushtiylik diniga sig'inuvchilar ta'qib ostiga olingan. Shu tarzda u asta-sekin O'rta Osiyo xalqlari orasida iste'moldan chiqa borgan.
«Avesto» ko'p xudolikdan yakka xudolikka o'tish davrida bitilgan. Unda olam ikki asos, ikki ibtido, ya'ni yorug'lik va zulmat, yaxshilik va yomonlikning kurashidan iborat, deb izohlanadi. Yaxshilik xudosi Axuramazda — Xurmuzd bo'lib, u go'yo yer, suv, o'simliklar va barcha tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik ramzi Axriman esa unga qarshi kurashadi. Asarda bu kurashning badiiy ifodasi ham muayyan darajada o'z aksini topgan.
«Avesto»da yozilishicha, zardushtiylikda qo'riq yer ochib, bog'-rog' qilgan odam ilohiyot rahmatiga erishadi. Yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi kurash 3—4 ming yillardan so'ng adolat, ezgulik g'alabasi bilan tugaydi. Yerga osmondan uch soshyanta — farishta tushadi va insoniyatni yovuzliklardan qutqaradi. Uchinchi farishta tushganida qiyomat-qoyim bo'lib, barcha o'lganlar tiriladi. Xurmuzd — Axuramazda va uning farishtasi yovuz ruh — Axrimanni qaynab turgan ma'fanga tashlaydilar.
«Avesto»da ifoda etilgan zardushtiylik ta'limotiga ko'ra, odam vafot etgach, to'rtinchi kuni Tangri farishtasi Surush (farishta Jabroilning vazifadoshi) uning ruhini Chinvod qilko'prigiga olib keladi. U yerda odamning bu dunyoda qilgan yaxshiliklari o'lchanadi. Yaxshiliklari ko'p bo'lgan odam qilko'prikdan o'tib, jannat bog'lariga kiradi. Gunohkorlar do’zaxga boshlovchi dev Vizrash ixtiyoriga topshiriladi.
«Avesto» ta'limotiga ko'ra, yaxshilik qiluvchi odam pokizalik urug'larini ekadi, bu yaxshilik urug'lari iymonni oziqlantiradi. Yaxshilik qilmay, jabr-zulm qiluvchilar iymonsiz, do’zaxiy odamlardir.
Madaniy merosning nihoyatda katta ma'rifiy-tarbiyaviy ahamiyati bor. U yoshlarimizda axloq-odob va ezgulikni, do'stlik va ahillikni, yaxshilik va oliyhimmatlikni, qahramonlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlikni shakllantirish va tarbiyalashda o'ziga xos o'ringa ega. Ana shu xislatlariga ko'ra ham u zamonamizga xizmat qilaveradi.
Zero, «Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o'lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o'zlikni anglashni, ta'bir joiz bo'lsa, milliy iftixorni tiklash va o'stirish jarayonida g'oyat muhim o'rin tutadi».
«Avesto» o'sha davrlar tarixi, fani, madaniyati haqida ma'lumot beruvchi qomusiy asardir. U pahlaviy tiliga tarjima qilingan va unga sharhlar yozilgan. Bu buyuk asar hozir dunyodagi ko'plab xalqlarning tillariga o'girilgan. Mustaqillik sharofati bilan u o'zbek tiliga ham (Asqar Mahkam va Mirsodiq Is'hoqov) tarjima qilindi.
Mehr yasht Mitra alqovi
Mitraga topinurmiz, Otlari serg'ayratga, Keng tuyoqdor otliga, Qonxo'r yov tomon yelgan. Zich saflarni yorguvchi, Yog'iy yurt yovlarining Mitra yelib borgan, chog'- Qonxo'r yov safi tomon. So'qishgan mamlakatlar Lashkarlari oralab. So'zga xoin odamlar, Qo'lin ortidan tutar. Ko'zlarin ko'rmas qilar, Quloqlarin etar kar. Oyoqlarin shol etar, Kuchin qirqib zarbasin. So'zni buzgan yovlarning va el-yurt, mamlakatning, Jazosin shunday berar Yaylovi cheksiz.
Mitra. Baxt uchundir namozim, Baxt uchun ibodatim.
Mitraga topingaymiz... Makonini Axura Mazda Yaratganga topindim, Xara tog'in ustida Yon bag'irlari son ming. Porloq nurafshon yerda, Qorong'usi, tuni yo'q, Sovug'-u jazirasi O'lim keltirgich dardi. Devlardan tushgan la'nat, Zulmat ko'tarilolmas Xarati cho'qqisiga.Abadiy avliyolar Unda makon tuzdilar. Bashorat va imon-la Buyuk quyosh bilan teng. Bu makonni yuksakdan, Va borliq, bu dunyoni Mitra ко'rib turgichdir. Yovuzlik uchun Qabih Indan chiqqan chog'dayoq, Uchqur arobasiga Otlarin qo'shar Mitra, Yaylovlari keng xudo Qudratli Sraosha bilan Hikmatli Narya Sanha Yordami bilan Mitra Yolg'onchini o’ldirar, Garchi u saf-saf bo'lsin Va yoki yakka tursin. Baxt uchundir namozim.
Mitraga topinurmiz... Mitraga topinurmiz... Xurmuzg'a yaling'uvchi Dast ko'tarib qo'llarin Xoliqqa topinguvchi Shunday o'tinchni so'zlab Barcha xilqat panohi Men Mitra savobkorman. Asraguvchi borliqni Men Mitra savobdorman. Lekin meni duo-la Nomimni takrorlabon, Odamlar e'zoz etsa, Boshqa xudolar nomin Takrorlab duolarda Namoz o'qigan kabi. Meni ham e'zozlashsa, Yod etib namozlarda, Duolarda nomimni Boshqa xudolar nomin Namozda aytgan kabi duolarda, Men tushib kelur edim Odamlarga Haq bo'lib, O'lmas umrim bo'lagin Baxsh etardim ularga. Noming takrorlaguvchi Namoz-la yod etarlar, Taqvodorlar baralla Xayr-u ehson eltarlar. Nomingni ataguvchi, Namoz-la sajda qilgum,
Qudratli Mitra senga, Xayr-u ehsonlar qilgum. Nomingni yod etguvchi.
Sajdamga quloq solgil.Sajdamga quloq solgil, Xush qabul qilgil Mitra, Iltijom qabul ayla. Ehsonimga yaqinlash, Qurbonliklar keltirdim, Qabul et osh bo'lsin ul Olg'il Sharaf uyig'a. Baxt uchun namozimdur, Baxt uchun ibodatim. Mitraga topinurmiz, Ul sharafga loyiqqa Ajib hurmat sazoga. Xohlaganda shafqatli, Obod-u farog'atli.
Yuz ming tuman ko'zli ul, Qudratli va bilgichga, Aldovlarga uchmasga. Baxt uchundir namozim. Mitraga topinurmiz, Tik qomat va uyg'oqqa, O'tkir ko'z shijoatkor — Duoni tinglaguchiga. Suvni yo'naltirguvchi, O't-o'lan o'stirguchiga Yerni shudgor qilguvchi Pur hunar ul oqilga, Yolg'onlarga bo'y bermas, Yaralgan xilqatiyga. So'z ustidan chiqmaslar Undan madad ololmas. Yolg'onchi baxtdan mahrum Savoblardan bebahra, G'azabga kirganing chog' Ular qo'li shol bo'lur. Oyoqlarda tik turmas, Ikki ko'zdan nur ketib, Quloqlari kar bo'lur, Qul bo'lsin ibodatim.
Mitraga topinurmiz, O'sha qalbida imon, Go'zallik-la yo'g'rilgan Zotgadir namozimiz. Unga kim topinsa gar, Topgay ulug' bir suyanch. Inson baxtini o'ylab, U eltar din urug'in Yetti iqlim yer bo'ylab. Uchqurlar aro uchqur, Ezgular ichra ezgu, Jasurlar ishra jasur, Shijoatkordan epchil. Gullatguvchi barchani, Ma'mur etguvchi elni Podalar etib ato, O'g'illar ko'paytguvchi, Muqaddas hayot bergich Va haqqoniy hokimlik [Berguvchi taqvodorga]. U bilan Ashi hamroh, U bilan Arta hamroh, Ul muqaddas, ul boylik, Tezyurar arobada. Erlar jo'mardligi ham, Kaviylar Hvamosi. Shohona qattiqqo'llik Muzaffarlik xudosi, Taqvodorlarning ruhi — Barchasi uning bilan U bilan kim birodar Bo'lar bari taqvodor. Baxt uchundir namozim, Baxt uchun ibodatim, Mitraga topinurmiz.. G'ildiraklari baland Osmoniy arobani Boshqarar Kunchiqardan, Parvoz etib purviqor. Yorqin Xvaniratadek Ko'rkam iqlim ustidan, Mazda bergan baxt hamroh. Muzaffarlik yo'ldoshi U bilan birga O'ktam Ashi aroba haydar, Mazdaga iymonli din Yo'llarin forig' etar. Osmoniy arg'umoqlar Yarqiroq va porloqlar, Nurafshon-u oppoqlar Tanin soyasi yo'qlar Arobani eltarlar, Samo kengliklarida. Zafar ma'budi esa Yo'llagay olislarga Solib qo'rquv va dahshat, Mag'zini uzmaguncha. Hayotining tirgagin, Majaqlab buzmaguncha. Hamlada etar yakson Teri, tuk suyaklarin, Qon-u miyasi birla Qorishar, kim riyokor. Baxt uchundir namozim... Mitraga topinurmiz... Shodlikni kanda qilmay, Qo'lin ko'kka ko'tarib, Xurmuzd parvardigorga Yolvorib, deydi shunday: «О, muqqadas Ruh, xoliq», Ezgu borliq yaratgan! Meni ham e'zozlashsa... Makonni asragaymiz, Tark etmay uni aslo! Xonadonni asraymiz, Urug'ni asragaymiz, Elni tark etmagaymiz, Mamlakatni avaylab, Dushmandan qudratli qo'l, Asragan kabi barin. Yovlar aro yovlikni Sen parchalarsan, Mitra! Qiron sol ezgulikning Qotiliga, о Mitra, O, otlari xush atvor, Arobasi purviqor. Kim yordamga chorlasa, Doim yordamga tayyor. Sendan so'rayman madad, Kelgin bizga yordamga.
Ehsonlardan bo'l mamnun,Xayr-u qurbon mo'l-u ko'l.Yo'lingga bag'ishladik,Himoyangda turmoq-chun,Uzoq umrlar ko'rib,Makoningda yurmoq-chun.Qo'riqlaysan yurtlarni. Topinsa gar Mitraga Yaylovlari cheksizga, Qaqshatarsan ellarin. Mitraga bo'ysunmasning, Seni madadga chorlab, Deyman, kelsin ko'makka. Qudratli va Omilkor, Maqtovlarga loyiq zot, Sharafga loyiq Mitra, Mulkda Buyuk hukmdor. Baxt uchun namozimiz... Mitraga topinurmiz ... Makon ato etar ul, Rashnudan so'ngra in'om Avlodlarga abadlik. Makonni asraguvchi, Rostgo'ylar himoyati, Sen jamoa homiysi, Rostgo'ylar tayanchisan, Ato etarsan solih Farzandlar va g'oliblik, Axuradan paydodir. Mahshar kuni so'roqda, Xarobdir riyokorlar, To'p-to'p bo'lib yotarlar. Baxt uchun namozimiz...
Mitraga topinurmiz,
Makon ato etar ul. So'ngra Rashnudan in'om -Abadlik avlodlarga. Ming hunar
ato etdi Unga Axura Mazda. Yuz ming tuman ko'zli zot, Shu ko'zlar bilan Mitra, Shu ilm-u hunar birla. Yolg'onchini kuzatar, Jazolar burdi yo'qni, Ko'zlar sharofati-la, Hunarlar hikmati-la. Aldovlardan xalos ul, Qudratli xudo Mitra. Yuz ming tuman ko'zli zot, A'lam va kuchli ma'bud, Hech aldanmas ulug' zot. Baxt uchun namozimiz... Mitraga topinurmiz... Qo'lin cho'zib ko'klarga, Yurt hokimi yolborar, Yordamga uni chorlar. Ko'kka cho'zib qo'llarin, Qabila dohiylari, Madad iltijo aylar. Ko'kka cho'zib qo'llarin Urug'boshi yolborar, Madadga chorlar uni, Unga cho'zib qo'llarin. Uy sohibi umidvor, Uni madadga chorlar. Sigir bo'zlab termular, Madad o'tinib undan Sog'ib ol, deb yolborar. Qo'lin cho'zib Mitradan, Uni yordamga chorlab, Haqgo'y gado o'tinar, Mahrum bo'lgan huquqin. Bul yolborishning sasi Ko'k yalinlari uzra, Yerin charx aylangusi, Yetti iqlimdan osha. Namoz-la etar parvoz, (Go'yo muqaddas) sigir Ma'rab taratgan ovoz. Uni haydab ketgan chog', Duoga ko'tarib qo'l, U yordamga chorlaydi, Eslaydi podasini: «Qachon bizni orqaga — Podaga eltar Mitra, Yaylovlari cheksiz zot. Qashon haqqa qaytarar, Yolg'on yaylovda sarson Chin yo'l izlaganlarni».Kimdanki rizo bo'lsa, Shuni qo'llaydi Mitra, Yaylovlari cheksiz zot. Kim g'azabga sazovor, — Vayron aylaydi Mitra Keng o'tloqli, yaylovdor,
Uylar-u qo'noqlarin, Tuman-u el-yurtlarin, Mamlakatlarin barin. Baxt uchun namozimiz...Mitraga topinurmiz... Shifobaxsh va oltin ko'z, Nurli роk Xaoma-la, Unga ibodat qilgan. Ko'ko'par Xaratining Hukarya atalgan cho'ng Eng yuksak cho'qqisidan Pokiza va top-toza, Begidir Barsman ila, Toza xayr-u ehson-la, Bexato oyatlar-la, (Mitraga topinurmiz). Axura Mazda mug' qilib, Yoniga oldi uni. Ibodatga sidq ila, Shavq ila kuylagichni. Kohin dildan ulug'vor, Namoz yo'llab astoydil, Axura Mazda sha'nin kuylar, Muqaddas o'lmaslarni (Sharaflab namoz yo’ llar). Ovozi ko'kka o'rlab, Ko'kda yalinga mingach, Yer yuzin sayr aylaydi, Yetti iqlim yayraydi. Ul avalin kohindir, Yulduz bezakli Xaomani — Xudoning ne'matini, Yuksak Xaratiga eltgan. Axura Mazda panoh bergan, O'lmas avliyolardek, Ko'rkam yuz, qiyofalik, Hatto otlari uchqur, Quyosh ham unga boqib, Hurmat izhorin etgan.
Mitraga topinaylik,Yaylovi keng ul zotga, Ming quloqlikka topinch, Ming tuman ko'zli zotga! Namoz-u sharaflarga, Loyiq bo'la beri doim, Erlar uyida, Mitra! Senga ahdi bor erni Savobga doxil qilgil, Olsin o'tin va barsman Xavoncha, sut va dasta Роk yuvilgan qo'l ila, O'g'ir-u dasta tutsin, Barsmanni yoyib yanchsin. Pishirsin Xaomani, Kuylab «Axuna-Varya »(Oyatini baralla). Bu dinni qildi ma'qul Yaratguvchi Axura Mazda, Muqaddas o'y amri-la, Ezgu haq buyrug'incha. Eng maqbul hokimlik-la, Purhikmat Vali haqqi, O'lmas Butunlik birla, Odamlar kirgan dinni. (Ma'qul qildi Axura Mazda). Mitraga topinurmiz... Yer enin quchib o'tgich, Quyosh botgan chog'ida Keng Yerning ikki chetin — Hadsiz yumaloq yerning Chetlarin qamrab o'tgich, Samo-yu arz aro ne — Ki bor, borin ko'rgich (Mitraga topinurmiz...) Qo'lda yuz tig'li bolta — Yuz zarbli asbob tutgan. Yoni tuban yiqquvchi. Sariq ma'dandan quyib, Oltin suvda sug'organ Qudratli ul quroldir, Quroldir ul muzaffar.
Dahshat-la undan titrar, Ul kasofat Axriman. Dahshatga tushar undan La'nati g'azablar ham. Dahshat qo'rqinch-la titrar Ilki uzun tanballik. Dahshat-la Ul mehribon Axura Mazda Yer yuzida ustuvor. Hokimlik hukmin berdi. O'lmas Valilar Seni1 Hakim-u hokim derlar.
Sen dinni poklaguvchi Ezgu yaralgan dinni. Ikki dunyoda bizni Saqlagin panohingda, Yaylovlari keng Mitra! Bu foniy dunyoda ham, U boqiy dunyoda ham, Aldoq o'limdan asra, Aldoq g'azabdan saqla. Aldov lashkarlarining Jirkanch qonli yaylovin, Ko'targan yovdan saqla, Devlardan badkor, chirkin. Achchiq nafrat g'iz-g'izon Etgan g'azab qasdidan (Saqla bizni, ey Mitra!). Ulovimizga madad Bergil, Mitra, ey iloh, Yaylovlari keng ma'bud. Salomatlik ber bizga Yovni uzoqdan ko'rgich, O'tkir ko'z bergil bizga. Bir zarb ila dushmanni Yog'iy va nodo'stlarni Va harki yovni bir-bir Tokim biz mahv etaylik. Baxt uchun namozimdir...
Maʼnaviy-madaniy merosni tahlil va tadqiq etish, hozirgi adabiy jarayon hodisalarini tanqidiy oʻrganish, oʻzlashtirish, estetik baholash adabiyot ilmining asosini tashkil qiladi. Mazkur ustuvor yoʻnalishlar qatorida, yana adabiyot nazariyasi, poetika, sheʼrshunoslik, matnshunoslik, manbashunoslik, xalqaro adabiy aloqalar va adabiy taʼsir masalalari, folklorshunoslik, mumtoz adabiyot tarixi, tarjimashunoslik, adabiy-estetik, badiiy-falsafiy tafakkur takomili, muayyan bosqichlardagi dinamikasi, qomusiy izohli adabiy terminlar lugʻatlarini yaratish, bibliografik koʻrsatkichlar tuzish singari soha-yoʻnalishlari ham adabiyot ilmining tarkibiy qismini belgilaydi. Ular adabiyotshunoslikning alohida fan tarmoqlari tariqasida ilmimizning sajiya-salohiyatidan, har bir takomil bosqichidagi holatidan, miqyosi va darajasidan voqif etadi.
Maʼlumki, ijtimoiy-siyosiy, falsafiy tizimlarning oʻzgarishi, avvalo, dunyoqarashlarning oʻrin almashuvidir. Bu, shubhasiz, yangi tushunchalar, talqinlar, tasavvurlar silsilasini yuzaga keltiradi. Bu – dunyo shevalarini, inson va jamiyat munosabatlarini, ijtimoiy voqelikni yangicha idrok qilayotgan eʼtiqodning shakllanishi, oʻzligini namoyon etishi demakdir. Mustaqillik asnosida, umumbashariy qadriyatlarga tayangan, goʻzallik-ezgulik-adolat prinsiplariga asoslangan adabiyot ilmi qaror topdi; yangi-yangi talqin va tahlil metodlari, usullari bilan oʻz imkoniyatlarini kengaytirib bormoqda, ildiz otib, palak yozmoqda. Bu borada, Prezidentimiz Islom Karimovning “Istiqlol va maʼnaviyat”, “Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch”, “Adabiyotga eʼtibor – maʼnaviyatga, kelajakka eʼtibor” asarlarida ilgari surilgan ijtimoiy-falsafiy, adabiy-estetik nazariy gʻoyalar adabiyotshunosligimiz uchun ham metodologik asos vazifasini oʻtamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |