Sirdaryo viloyati O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
boshqarmasi
Xovos transport kasb-hunar kolleji
Mavzu: Adabiyot - ma’naviyatni yuksaltirish vositasi.
Bajardi: G`aniqulov Fozilbek Tekshirdi: Qoraboyev O’ktam
Xovos- 2015
Reja:
1.Kirish. Adabiyot – so’z san’ati.
2.Adabiyot-jamiyat hayotining ko’zgusi.
3.Adabiyotning boshqa fanlar bilan aloqasi.
4.Badiiy obraz va obrazlilik.
5.O’zbek adabiyoti tarixining taraqqiyot bosqichlari.
6. Nutq uslublari.
7. Badiiy uslub, uning xususiyatlari.
Insonni,uning ma’naviy olamini kashf etadigan qudratli vosita borki,u ham bo’lsa, so’z san’ati, badiiy adabiyotdir.Adabiyotni inson shunoslik deb,shoir va yozuvchilarn inson ruhining muhandislaridir.Adabiyot,so’z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi,haqiqat va ado lat jarchisi bo’lib keladi.
I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”
Adabiyot so‘z san’atidir. U inson qalbi va ruhidagi nozik tovlanish va ohanglarni ilg'ashga, ularni so‘z vositasida aks ettirishga intiladi. Eng oliy daraja, yuksak pog‘onalarga chiqa oladigan badiiy adabiyot namunalari insoniyatni to‘lqinlantiradigan, hayajonga soladigan o‘y-fikrlar, kechinmalar, orzu-umidlarni ifodalaydi. Dunyoda insonlar bir-birlariga o‘xshamaganlaridek, ularning qalb kechinmalari ham takrorlanmasdir. 0‘zbek adabiyoti tarixi inson ruhiy holatlarini mahorat bilan aks ettirgan durdonalarga boy. Ular hozirgi avlod ruhiyatida, qalbida ham hayajon uyg‘ota oladi, ularning m a’naviy boyishlariga tegishli hissa qo'sha oladi. Muhimi, ular faqat ma’rifiy bilimimizni oshirish bilan cheklanmay, badiiy didimiz takomiliga, ma’naviy kamolotga xizmat qiladi. San’at turlari nihoyatda ko‘p va xilma-xildir. Tasviriy san’at, haykaltaroshlik, me’morchilik, teatr, kino, musiqa, raqs va badiiy adabiyot san’atning turlarini tashkil qiladi. Ularning barchasida yuksak badiiy ta’sirchan obrazlar yaratish ko‘zda tutilgan. Ammo ular ana shu yagona maqsadga turli- tuman yo‘llar bilan erishadi.Masalan,raqs harakatlar, tana a’zolarining ifoda imkoniyatlariga tayanadi. Musiqa tovushlar uyg'unligiga, tovushlarning hissiy ifodasiga bog‘liq. Tasviriy san’at uchun ranglarning o'zaro mutanosibligi alohida ahamiyat kasb etadi. Rassomga bo‘yoq va mo‘yqalam yordam beradi. Haykaltarosh esa xom material (tosh, ganch, yog‘och, metall) ga ishlov berish orqali go'zallik yaratadi. Adabiyot esa bu san’atlardan so‘z va ruhning beqiyos imkoniyatlari bilan farqlanadi. So‘zlar badiiy matnning yuzaga kelishiga omil boladi, ammo har qanday matn va so‘zlar badiiy adabiyotga daxldor bo‘lavermaydi. Buning uchun so‘z muayyan badiiy estetik vazifani bajarishi lozim. Shunga ko‘ra ham badiiy adabiyot voqea- hodisalarni yoki insoniy kechinmalarni bayon qilmaydi, balki ularni tasvirlaydi. Tasvir so‘zga tayanadi. So‘z sehr, mo'jiza bilan o‘ziga mahliyo qiladi, rom etadi.Shuning uchun go‘dak allaga,kichik yoshdagi bola ertakka, kattalar badiiy ijodning turli ko‘rinishlariga nihoyatda qiziqib qaraydilar, ularning olamiga kirib qolgach, o‘zlarini ham shu olamga mansub hisoblaydilar. Adabiyotning ta’sir kuchi nimada? U nimalarga bog‘liq? Buning uchun yirik so‘z san’atkorlari yaratgan ko‘plab durdona asarlarning xalq orasida alohida hurmat va e’tibor qozonganligini eslash joiz. Yusuf Xos Hojib XI asrda-1069-70- yillarda «Qutadg‘u bilig» dostonini yozib tugatadi va uni qoraxoniy hukmdorlardan Tabg‘ach Bug‘ro Qoraxon Abu Ali Hasanbinni Arslonxonga taqdim etadi.Hukmdoradibgamamlakatdagi eng yuqori mansablardan biri — Xos Hojiblikni beradi. Xos Hojib «eshik og‘asi» demakdir. Hozirgi tilimizda u «ish boshqaruvchi»ga to‘g‘ri keladi. Yana bir misol. Alisher Navoiy «Xamsa» dostonini tugatgach,uni Husayn Boyqaroga sovg‘a sifatida topshiradi. Husayn Boyqaro butun a’yonlari oldida Navoiyni o‘z «pir»i deb e’lon qiladi va shoirni otga mindirib, o‘zi xalq oldida unga jilovdorlik qiladi.Bu mamlakat podshosining buyuk iste’dod egasiga, so‘z san’atkoriga nisbatan hurmat va e’tirofi ramzi edi. O‘zbek xalqining jodkorlarga nisbatan alohida hurmat va ehtiromi ham yaxshi ma’lumdir Mahmud Koshg‘ariyning «Devon-u lug‘otit-turk» asarida «Ardam bashi — til» («Barcha fazilatlarning boshi tildir») degan maqol uchraydi. Demak, til va badiiy so‘zning qudratiga qadim zamonlardayoq ajdodlarimiz alohida e’tibor berishgan. XI asr sharoitida Yusuf Xos Hojib shoirlarni «so‘z teruvchilar» deb ta’riflaydi. XIV asrda esa Sayfi Saroyi shoirlarni «so‘z bulbuli» deydi. Navoiy shoirlarni ruh chamanining xushxon bulbullariga o‘xshatgan edi. So‘z adiblar nazarida ham alohida, mo‘tabar mavqega ega. Yusuf Xos Hojib til va so‘zga katta baho beradi. U tilni bilim va aql-idrok tarjimoni deb ataydi. Bu borada adibning ayrim fikrlarini eslatish mumkin:
Kishi so‘z bila qo‘pti, bo‘ldi malik, 0’kush so‘z bashig‘ yerka qildi kulik. (Kishi so ‘z tufayli ko’tariladi, podshoh bo'laidi, Ко ‘p so’z boshni yerga egadi.) Kishidin kishika qumaru so‘z ul, Qumaru so‘zi tutsa asg‘i yuz ul. (Kishidan kishiga qoladigan meros so'zdir, Meros so‘zni tutsang, nafi yuz-yuzdir.) Bunday fikrlarni adib Ahmad Yugnakiy ijodida ham ko‘ramiz.U «adablar boshi til ko’dazmak (saqlamoq) dir» deb Mahmud Koshg‘ariyning «Devon-u lug‘otit- turk»idagi maqolga hamohanglik bildiradi.Adib Ahmad so‘zni kasal ruh va dillarga shifo derkan, bunda badiiy so‘zni e’tiborga olganiga shubha yo‘q. Sayfi Saroyi badiiy so‘z qudratini shoirlar iste’dodiga bogiaydi. Shuning uchun u: Jahon shoirlari, ey gulshani bog‘, Kimi bulbuldurur so'zda, kimi zog’,- deya shoirlarni ikkiga ajratadi. «So‘zda bulbul» bo‘lganlarning «mavzunu shirin» ash’orlariga ta’rif-u tahsinlar aytadi. Xorazmiy (XIV asr) nazarida o‘z ona tilida bitilgan kitob ajdodlarning avlodlarga qoldirgan armug'onidir.Shoir «shakarteg til bila olamni» tutishi mumkin. Alisher Navoiy so‘zga nihoyatda katta baho beradi. U: So‘zkim insonni judo ayladi hayvondin, Bilkim, guhari sharifroq yo‘q andin, - deb ta’kidlaydi. Adibning fikricha: Jism bo‘stoniga shajar so'zdur, Ruh ashjoriga samar so‘zdur. Alisher Navoiy, ayniqsa, badiiy so‘z qudratini juda aniq ko‘rsatib berdi: Nizomiy olsa Barda’ birla Ganja, Qadam Rum ahlig'a ham qilsa ranja. Chekib Xusrav dog‘i tig‘i zabonni, Yurub fath aylasa Hindustonni. Yana Jomiy Ajamda ursa navbat, Arabda dog‘i cholsa ko‘si shavkat. Agar bir qavm, gar yuz, yo‘qsa mingdur, Muayyan turk ulusi xud meningdur. Olibmen taxti farmonimg'a oson, Cherik chekmay Xitodin to Xuroson Ko'ngul bermish so‘zumga turk jon ham, Ne yolg‘uz turk, balkim turkmon ham. e mulk ichraki bir farmon yibordim, Aning zabtiga bir devon yibordim.
Adabiyot xalq, jamiyat hayotining o‘ziga xos ifodasi hamdir.U jamiyat tarixidagi jiddiy o’zgarishlarni xilma-xil obrazlar vositasida turli badiiy shakllarda aks ettiradi.Shunga ko‘ra, eramizning VIII asrlarigacha yaratilgan asarlarda qadimgi ajdodlarimizning urf-odat, e’tiqodlari ifodalangan bo‘lsa, keyingi davrlarda islom ta’limoti bilan hamohanglik kuchayganligini kuzatish mumkin. Xususan, tasavvufning adabiyotdagi ko‘rinishi jamiyat hayotidagi keskin o‘zgarishlar bilan aloqador holda rivojlandi. Ajdodlarimizning chet el bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashlari tarixiy manbalardan yaxshi ma’lum. Bu «To‘maris» va «Shiroq» afsonalarida juda yorqin aks etgan. Turkiy xalqlarning tabg‘achlarga qarshi kurashi esa 0‘rxun- Enasoy obidalarida juda ta’sirli ifodasini topgan. Mahmud Koshg‘ariyning «Devon-u lug‘otit-turk» asarida qadimgi ajdodlarning turli-tum an mashg‘ulotlari, urf- odatlari, yashash tarzlari, e’tiqod va qiziqishlarining ham ifodasini ko‘rish qiyin emas. Xalqimiz qadimdan farzandlarining sog‘lom, aqlli, dono, mehnatsevar, xalqparvar bo‘lishini orzu qilgan, shunga intilgan. Qadimgi qo‘shiqlar, maqol, afsona, dostonlarda, qasida hatto marsiyalarda hamda Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Rabg‘uziy, Sayfi Saroyi, Xorazmiy, Haydar Xorazmiy, Atoiy, Sakkokiy, Gadoiy, Lutfiy va boshqa adiblarning asarlarida ana shu holatlar o‘z ifodasini topgan. 0’zbek adabiyoti o‘zbek xalqining o‘zi singari juda boy, qadimiy tarixga ega. Uning o‘ziga xos shakllanish va taraqqiyot yo‘li, rivojlanish qonuniyatlari bor. Bularni his etish, anglash va umumlashtirish uchun uning tarixini puxta o‘rganish zarur.Adabiyot tarixi so‘z san’atining rivojlanish jarayonlari, mumtoz namoyandalari haqida ma’lumot beradi. Bu fan tufayli qadimda yashab ijod etgan buyuk adiblar yaratgan nodir asarlar,badiiy tafakkurdagi rivojlanish va yangiliklar haqida tasavvur hosil bo‘ladi. 0‘zbeklar qadimgi turkiy xalqlarning ko‘p sonli avlodlaridan biridir. Boshqacharoq aytadigan bo'lsak, qadimgi ajdodlarimiz turkiylar deb nomlangan. Shunga ko‘ra, eng qadimgi davrlardan boshlab XI-XII asrlargacha bo‘lgan davr oralig'ida yaratilgan adabiyot fanda qadimgi turkiy adabiyot nomi bilan yuritiladi. Qadimgi ajdodlarimiz Baqtriya, So‘g‘diyona, Xorazm, Parfiya, Marg'iyona, Choch, Parkana (Farg'ona) va boshqa joylarda yashaganlar. Yunon va Eron manbalarining ma’lu- motlariga ko‘ra, bu yerlarda yashaganlarni so‘g‘diylar, xorazmiylar, parfiyaliklar, marg‘iyonaliklar, chochliklar, massagetlar, sak (shak) va parkanlar deb atashgan.Oltoy atrofida, hozirgi Sibir hududlari ham turkiylar yashagan asosiy manzilgohlar bo‘lgan. Manbalarda xunlar deb nom olgan xalqlar ham turkiylarning qadim ajdodlaridir. Ajdodlarimiz turli vaqtlarda otashparastlik, masihiylik (xristianlik), buddaviylik, manixeylik (moniylik) va islom diniga e’tiqod qilganlar. Ular san’at, ayniqsa, badiiy ijodning olamshumul namunalarini yaratishgan. Ma’lumki, adabiyotning asosi, bosh, o‘zak tomiri xalq og‘zaki ijodidan boshlanadi. «To‘maris», «Shiroq» singari rivoyatlar eramizdan oldingi davrlarda yashagan turkiy xalqlar tomonidan yaratilgan og‘zaki ijod durdonalaridir. Eramizning V-VIII asrlarida paydo bo‘lgan og‘zaki ijodning boshqa namunalari: ertak, qo‘shiq, marsiya, rivoyat, afsona, maqollar Mahmud Koshg‘ariyning «Devon-u lug‘otit-turk» (1072- yil) asari orqali yetib kelgan va nodir namunalar sifatida hozir ham ardoqlidir. Ular orqali ko‘plab adabiy janrlarning paydo bolishi, takomilini ham kuzatish mumlcin. Turkiy yozma adabiyotning bizgacha yetib kelgan ilk nam unalari 0 ‘rxun-Enasoy bitiklari bilan bog‘liq. Bu yodgorliklar eramizning VI-VIII asrlarida yaratilgan. Ular ilk tarixiy-badiiy asarlar sifatida qimmatli. Keyingi asrlarga kelib adabiyotimiz boy tajriba to ‘pladi. Bu davrda turkiy tilda yaratilgan ilk yirik yozma doston -Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» («Saodatga yo‘llovchi bilim»)(1069- 1070- yil) asari yuzaga keldi.Yusuf Xos Hojib boshlab bergan dostonchilik an’anasi keyinchalik Ahmad Yugnakiy, Sayfi Saroyi, Qutb Xorazmiy, Haydar Xorazmiy,Navoiy kabi shoirlar, adiblar ijodida davom ettirildi. To‘rtIik, ruboiy, tuyuq, murabba’, g‘azal, qasida, masnaviy, noma kabi janrlarning o ‘zbek adabiyotidagi tarixi ham ancha qadimgi davrlarda shakllangan. Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy, Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Atoiy, Gadoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi shoirlarimiz bu janrlarning rivojlanishiga katta hissa qo‘shishgan. O'zbek nasrining tarixi ham qadimgi davrlardan boshlanadi.«Shiroq», «To‘maris» kabi rivoyatlarning asl matni saqlanib qolmagan. Ular yunon tarixchilarining asarlari orqali bizgacha yetib kelgan. 0 ‘rxun-Enasoy obidalarida ham nasr izlari mavjud. Shuningdek, «Oltun yoruq» singari tarjima asarlari ham nasrda bitilgan. Shubhasiz, bu sohada Nosiruddin Rabg‘uziyning (XIII-XIV asrlar) alohida o‘rni bor. U «Qissas ul-anbiyo» («Payg‘ambarlar tarixi») asari bilan o‘zbek nasrini o‘z davrida yuqori cho'qqiga olib chiqqan, deyish mumkin. Eng qadimgi davrlardagi asarlarda qahramonlik asosiy o‘rin tutgan bo‘lsa, XI asrdan keyingi adabiyotda pand-nasihat, ya’ni ta’lim-tarbiyaviy xususiyatlar yetakchilik qiladi. Bu davr adabiyotining ta ’limiy (didaktik) adabiyot deb nomlanishi ham shu tufaylidir. Adabiyot ham olam hodisalari haqida bilim va ma’lumot beradi. Bu jihatdan u fanga, fanning turli tarmoqlari: falsafa, tabiatshunoslik, kimyo, fizika, tarix va boshqalarga o‘xshaydi. Ammo ular hayot hodisalarini aks ettirish usuliga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Zero, fan ilmiy umumlashmalarga tayansa, adabiyot badiiy obrazlarga suyanadi.Fan -jamiyatning muayyan qismi shug‘ullanadigan soha.Masalan,kimyo fani bilan hamma shug‘ullanmaydi, buning uchun muayyan qiziqish, malaka va tajriba, jiddiy ilmiy tayyorgarlik kerak. Fizika, matematika, botanika, tabiatshu noslik haqida ham shunday deyish mumkin. Badiiy adabiyot esa kishilarning yoshi va jinsi, kasbi va lavozimiga bog‘liq emas. Uni hamma o‘qishi mumkin va unga har bir inson qiziqadi. Boshqa yurt va mamlakatlarda yaratilgan badiiy asarlar ham sevib o‘qilishi mumkin. Qadimgi yunon adabiyoti («Iliada», «Odisseya» va boshqalar), 0 ‘rxun-Enasoy obidalari, Firdav- siyning «Shohnoma»si, Navoiyning «Xamsa»si jahon xalqlari uchun go‘zal ma’naviy mulkdir. Demak, adabiyot ko‘pchilik uchun, xalq uchun xizmat qiladi. Adabiyotning ommaviyligi uning asosiy xususiyatlaridan biridir. Adabiyotning og‘zaki turi ko‘pchilik tomonidan, xalq tomonidan ijod etiladi. Yozma adabiyot m a’lum shaxslar, alohida qobiliyat va iste’dod egalari tomonidan yaratiladi.Ammo asar bitilganidan keyin u xalq mulkiga aylanadi. Shuning uchun ham ayrim adiblar nomi xalq nomi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Masalan, fors-tojik adabiyoti deganda Ro'dakiy, Firdavsiy, Hofiz, Sa’diy, Jomiylar; qozoq adabiyoti deganda Abay, Muxtor Avezovlar; qirg‘iz adabiyoti deganda Chingiz Aytmatovlar esga olinadi. Yoki Navoiy, Bobur, Ogahiy, Mashrab, Muqimiy deganda jahon ahlio‘zbek xalqini eslaydi. Biz yuqorida badiiy adabiyot ham olam hodisalarini anglashga yordam berishini aytib o‘tgan edik. Ammo bu uning yagona asosiy xususiyati emas. Adabiyot xalq, jamiyat hayotida nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Adabiyotni hayot oynasi deyish mumkin. Unda jamiyat hayotining eng muhim qirralari aks etadi. Jumladan,O’rxun- Enasoy obidalarida qadim ajdodlarimizning mustaqillik, erk, ozodlik yo‘lidagi shijoatli kurashlari ifodalangan bo‘lsa, «Shiroq», «To‘maris» kabi afsonalarda qadimgi ajdodlarimizning yovuz bosqinchilarga qarshi mardonavor kurashi hamda ona yurt himoyasi yo‘lidagi jangovar qahram onliklari ifodalangan. Bular tarix haqiqatiga ham mosdir. Yoki mo‘g‘ul istilochilariga qarshi kurash bir qator asarlarda o‘z badiiy ifodasini topgan. Shulardan biri sifatida «Guldursun» afsonasini eslatish mumkin. Demak, adabiyot tarix bilan yonma-yon yashaydi. Ammo ularning tasvir obyektlari ham, vositalari ham boshqa-boshqadir. Tarix kishilik jamiyatining taraqqiyot bosqichlarini o‘rganuvchi fandir. Badiiy adabiyot esa turli davrlardagi xalq hayotini, inson ruhiyatining o’ziga xos qirralarini kashf etuvchi san’atdir. Mahmud Koshg'ariyning «Devon-u lug‘otit-turk» asarida qadimgi qabilaviy hayot, ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik bilan bog‘lanib ketadigan lavhalar ko‘p uchraydi. Badiiy asarlar inson kechinmalari bilan bogiiq. Ularda insoniy huzur va alam, shodlik va qayg‘u, baxt va kulfat, iftixor va afsus, kuyunchaklik va loqaydlik kabi xilma-xil tuyg’ular tasvir etiladi. Shuning uchun ham insoniyat adabiyotga befarq,loqayd qaray olmaydi.Undan o‘z ko‘ngil mulkini ma’naviyatini boyitish uchun foydalanadi. Yosh avlod vakillarining muayyan asar qahramonlariga taqlid qilishlari bejiz emas. Adabiyot hayotning in’ikosi sifatida har qanday hodisani aks ettirishi mumkin. Badiiy asarlarda urush va tinchlik, tog‘ va daryolar, shahar va qishloq, inson va hayvonot dunyosi,o'simliklar olami, hatto sukunat ham qalamga olinaveradi. Ammo bularning barchasi inson qalbi, uning ruhiyati,ma’naviyati bilan bog'liq bo‘ladi. Demak, adabiyotning markazida har doim inson turadi. Ammo bu har bir asarda inson obrazining qatnashuvini shart qilib qo'ymaydi. Masalan, gul,bahor, qush, tosh, ot, it tasviriga bag'ishlangan asarlar bo‘lishi mumkin (bunday asarlar ko‘p). Biroq bu asarlarda ham insonning borliqqa bo‘lgan munosabati aks etadi. Aslida bular insonning go‘zallikka bo'lgan intilishi bilan bog‘liq. Shu ma’noda adabiyotni estetik tarbiya vositasi ham deyiladi. O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning quyidagi misralarini bu bu fikrning yaqqol misoli qilib olishimiz mumkin: Ufqlarga qo’yib guldasta, Tog’ortidan ko’tardi-da bosh. Pastga boqdi cho’qqidan asta, Oltin qalam tutgan bir naqqish. Har nuqtaga sayqal berib u, Vodiy uzra chizdi zar lavha. So’ng Quyosh deb imzo chekdi-yu, Tongotar deb qo’ydi sarlavha.
Zero, u inson qalbining go‘zallikdan zavq va bahra olishiga yana bir imkon beradi. Qabohat, razolat, yovuzlik tasvirida esa insonning ularga nisbatan nafrati ifodalangan bo'ladi. Bunda adabiyotga badiiy tasvir -obrazlilik yordam beradi. Obrazlilik badiiy adabiyotning hamma qismlari uchun xosdir. Ma’lumki, asardagi har bir shaxs, hodisa, narsa bizning ko‘z o'ngimizda namoyon bo'ladi. Biz ularning so‘z bilan chizilgan suratini ko‘ra olamiz. Faqat bunda bu surat harakatsiz holatda emas, balki muttasil harakatda, bir-biri bilan qarama-qarshilik va ziddiyatlarda ko‘rinadi. Masalan, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asarida XI asrdagi turkiy xalqlar hayotining ayrim manzaralari qalamga olingan. Unda muallif goh qahramonlar tilidan, goh o‘z tilidan XI asr kishilarining o‘y- flkrlari, orzu-intilishlarini tasvirlaydi. Ayni paytda, ularning har biri alohida-alohida holda ham ko‘zga tashlanadi. Ko‘rinib turganidek, o‘zbek xalqi va uning ajdodlari yaratgan san’at asarlari juda qadim tarixga ega. Shunga ko‘ra, xalqimizning jahon madaniyatiga ta’siri haqida gapirish mumkin. Shu jihatdan, «Alpomish» dostonini eslaylik. U xalqimizning bebaho ma’naviy mulki, u o‘zbek xalqini dunyoga tanitgan asarlardan biridir. Bu doston deyarli barcha turkiy xalqlar tilida yashab kelmoqda. Ayni paytda u fors- tojik adabiyotida ham yangicha jiloiar bilan namoyon bo‘lgan.Turkiy xalqlar adabiyoti gruzin, arman, slavyan xalqlari adabiyotining rivojiga ham ijobiy ta’sir ko'rsatgan. Olimlar XIII—XIV asrlarda Yevropada «zersal» deb nom- langan janrning yuzaga kelishida Sharq didaktik adabiyotining ta’siri haqida gapirishadi. Nemis shoiri Gyotening «G‘arb-u Sharq devoni»ning yuzaga kelishiga Sharq she’riyati sabab bo‘lgan. Ma’lumki, g’azal shakli Sharq she’riyatigagina xos. Uning ta’sirida Yevropada ham shunday shakllar paydo bo'lganligi yaxshi ma’lum. To‘rtlik, ruboiy shakli haqida ham shundaydeyish mumkin. Qolaversa, Sharq adabiyotining eng nozik durdonalari juda qadim zamonlardan beri Yevropa xalqlari tillariga tarjima qilib kelinadi. Demak, Sharq adabiyoti jahon xalqlari madaniyatini boyitishga o'zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.Badiiy adabiyot asarlarining g‘oya va mazmuni, undagi badiiy tasvir, asar sujeti, obrazlarning ma’nolarini adabiyotshunoslik fani o‘rgatadi. Adabiyotshunoslik fani quyidagi tarkibiy qisinlarini o‘z ichiga oladi:
Adabiyot nazariyasi barcha zamonlarda bunyod etilgan hamma asarlar uchun umumiy bo‘lgan asoslarni, badiiy asarning tarkibiy qismlarini, badiiyat qonun- qoidalarini o‘rganadi. Adabiyot tarixi esa muayyan mamlakatlar yoki xalqlar milliy adabiyotlarining rivojlanish bosqichlarini, biror xalq yoki jahon adabiyoti vakillari bo‘lgan buyuk san’atkorlarning hayoti va ijodini o‘rganadi. Adabiyot tarixini o'rganish nima uchun kerak? Har bir millat egasi, mamlakat fuqarosining o‘z adabiyoti, madaniyati, tarixini bilishga intilishi m a’naviy kamolot talabi va ehtiyoji tufaylidir. Xalq adabiyot tarixiga oid ma’lumotlami bilish uchungina emas, balki milliy adabiyotning eng yaxshi namunalari mazmuni, g'oyalarini tushunib, shular vositasida ma’naviy kamol topish uchun ham o‘rganadi. Hozirgi adabiy jarayonda bunyod etilgan asarlami baholash,ularning yutuq va kamchiliklarini, taraqqiyot yo‘nalishlarini izohlash va ko‘rsatish «Adabiy tanqid» ning zimmasidadir. Adabiyotshunoslik oldida badiiy so‘z san’atiga oid asarlarning ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi mavqeyini belgilash, badiiy adabiyotning o'ziga xos xususiyatlarini izohlash, badiiy ijod turlari, asar tarkibi va ijodiy jarayonning qonuniyatlarini ko‘rsatib berish ham turadi.Bu vazifalar bilan adabiyot nazariyasi shug‘ullanadi. Adabiyotshunoslikning ushbu uch sohasi bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir, ular bir-birisiz yashay olmaydi, aksincha, bir-biriga oziq beradi, bir-birini boyitadi.San’atning boshqa turlari kabi adabiyot ham jamiyat tarixi bilan uzviy bog‘liqlikda taraqqiy etadi. Uning taraqqiyot bosqichlari xalqning turli davrlardagi tarixiy taqdiri bilan bog‘liqdir. Ayrim mutaxassislar adabiyot tarixi bosqichlarini podsholarning, sulolalarning hukmdorlik davrlari bilan, yirik tarixiy hodisalar bilan bog‘lashadi. Adabiyotning o‘ziga xos qonuniyatlari borki, ularni bilish badiiy-estetik tarbiya ehtiyojidan kelib chiqadi.Bizningcha, adabiyotimiz tarixini quyidagicha davrlashtirish mumkin:
Eng qadimgi adabiy yodgorliklar («Avesto», «To‘maris», «Xuastuanift», «Shiroq», «Alpomish» va b.).
Adabiy tanqid
Adabiyot nazariyasi
Adabiyot tarixi
Ilk o‘rta asrlar adabiyoti ( 0 ‘rxun-Enasoy yodgorlik- lari).
0 ‘rta asrlar adabiyoti (IX—XV asrlar):
a) IX—XII asrlar adabiyoti; b) Temuriylar davri adabiyoti; d) Navoiy va uning davri adabiyoti.
XVI-XIX asrlar adabiyoti.
XX asr adabiyoti.
Eng qadimgi adabiy yodgorliklar 0 ‘rta Osiyo hududida qadimdan birgalikda yonma-yon yashab kelayotgan xalqlarning mushtarak ijod namunalaridir. VI-VIII asrlar bo'yicha umumturkiy adabiyot degan atama mavjud.Bu davrlarda turkiylar yagona mushtarak etnik butunlik sifatida yashaganlar. Ularning o‘zbek, uyg‘ur, qozoq,qirg‘iz, turkman, qoraqalpoq, ozarbayjon singari alohida-alohida xalqlarga ajralib chiqishi keyingi jarayondir. Albatta, bunday davrlashtirish ham nisbiydir. Chunki ijtimoiy-ma’naviy hodisalar o‘ziga xos murakkabliklarga ega. Bir davr tugab ulgurmasidan, keyin keladigan yangi davr uning «ichida» paydo bo‘la boshlashi mumkin. Muhimi, o‘zbek adabiyotining taraqqiyot bosqichlari xalqimiz ijtimoiy-badiiy tafakkuri taraqqiyotidagi o ‘ziga xosliklarni, rivojlanish jarayonidagi yangilanishlarni o‘zida aks ettiradi. Ular birgalikda yaxlit bir fan sohasini tashkil etadi. Adabiyotni o‘rganishdan turli maqsadlar ko‘zda tutilishi mumkin. Adabiyot, avvalo, insoniyat ma’naviy boyliklarining xazinasidir. Yevropalik qadimgi va hozirgi olimlar 0‘rta Osiyo xalqlarining tarixi, madaniyati, san’ati, urf-odatlarini o‘rganish maqsadida ular yaratgan badiiy ijod namunalariga ko‘pdan beri murojaat etib kelishadi.XI asr qomusiy olimi Mahmud Qoshg‘ariy ham ilk adabiyotshunoslardan biri bo‘lgan.U ayni paytda tilshunos, elshunos (etnograf), tarixchi,folklorshunos olim va shoirdir. U zamonasidagi ko‘plab badiiy ijod namunalari, ularning o’ziga xos xususiyati, ijro usullari, tuzilishi haqida qimmatli ma’lumotlarni bergan. Keyingi asrlarda shakllangan va keng tarqalgan tazkirachilik ham ilk adabiyotshunoslik namunalaridan biridir. Forobiyning «She’r san’atlari haqida» risolasi Arastuning «Poetika» asariga sharh sifatida yozilgan. U adabiyot nazariyasiga oid ilk manbalardan biridir. Beruniy, Ibn Sino, Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Utbiy, Saolibiy, Abu Abdulloh Xorazmiy kabi sharq allomalari ham adabiyot tarixi va nazariyasiga doir ajoyib asarlar yozib qoldirganlar. Bular orasida, ayniqsa, Abu Mansur as- Saolibiyning «Yatimat ud-dahr fi mahosini ahl al-asr» («Zamona ahlining fazilatlari haqida yagona durdona») tazkirasi, Abu Abdulloh Xorazmiyning 9 kitobdan iborat «Mafotih ul- ulum» («Ilmlarning kalitlari») asarlarida adabiyot, tarix, musiqa san’atiga oid juda qimmatli ma’lumotlar uchraydi.O‘zbek adabiyotshunosligining ham o'ziga xos tarixi bor. Bu boradagi yirik tadqiqotchi sifatida Mahmud Koshg‘ariyni ko‘rsatish mumkin. U XI asrgacha bo‘lgan adabiyotimizning ko‘plab durdona namunalarini to‘plabgina qolmasdan, ular haqidagi dastlabki nazariy ma’lumotlarni ham bergan.Jumladan, asardashe’r,qo’shiq,marsiya, afsona,maqol singari janrlar haqida dastlabki izohlar uchraydi.Ayni paytda, bu janrlarning go`zal namunalari ham ilova qilinadi. Mahmud Zamahshariyning (1074-1144) “Muqaddimat ul-adab”(“Adabiyot muqaddimasi”) asari arab tili qoiudalariga bag’ishlangan bo’lsa-da, unda adabiyot nazariyasiga, ayniqsa, badiiy tasvir vositalariga alohida e’tibor berilgan. Yuqorida eslatilgan tazkiralar ham adabiyotshunoslik fanining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Kaykovusning “Qobusnoma” asari ham o’ziga xos o’ringa ega. U adabiyot nazariyasiga oid dastlabki ixcham ma’lumotlarni beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Toshkent “Ma’naviyat” 2008 yil. 2. Izzat Sulton “Adabiyot nazariyasi” Toshkent “Sharq” 1992 yil. 3. Boqijon To’xliyev “Adabiyot” Toshkent “O’qituvchi” 2005yil. 4. Ona tili va adabiyot. A.Rafiyev,N.G`ulomova.2011-yil. 5.Ona tili va adabiyot. A.G`ulomov.1998-yil.
NUTQ USLUBLARI
1. So’zlashuv uslubi
2. Ilmiy uslub
3. Rasmiy-idoraviy uslub
4. Ommabop (publitsistik) uslub
5. Badiiy uslub
Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo’llanish yo’llari, fonеtik, lug’aviy, frazеologik va grammatik birliklarning qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma'lum bir sohada qo’llanadigan ko’rinishi adabiy til uslubi dеyiladi.
O’zbеk adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor.
1. So’zlashuv uslubi
Kеng qo’llanadigan uslublardan biri so’zlashuv uslubidir. Bu uslubda ko’pincha adabiy til mе'yorlariga rioya qilinadi. So’zlashuv uslubidagi nutq ko’pincha dialogik shaklda bo’ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasi dan tuzilgan nutq dialogik nutq dеyiladi.
So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni do’ndiribsiz-da. Mazza qildik. Kеtaqo-o-ol!
So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi. Ko’proq sodda gaplar, to’liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. Oilada, ko‘cha – ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonoda qo‘llanadigan nutq uslubi so‘zlashuv uslubi deyiladi. So‘zlashuv uslubiy adabiy va oddiy so‘zlashuv uslublarini o‘z ichiga oladi. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlashuv uslubi esa oddiy so‘zlashuv uslubidir. So‘zlashuv uslubining har ikki turi ko‘pincha dialog shaklida ro‘yobga chiqadi. Bu uslubda so‘zlar odatda kinoya, piching, qochirmalarga boy bo‘ladi. So‘zlashuv uslubining yana bir o‘ziga xos xususiyati erkinligidir. Jumlalar qisqa va ta’sirli bo‘lib, ko‘pincha so‘z – daplar, to‘liqsiz gaplar, maqol va matallar hamda iboralardan keng foydalaniladi. Umumxalq tili ma’lum bir xalqning so‘zlashuv tilidir. Adabiy til esa ma’lum bir til qoidalari asosida tuzilgan, ishlangan, sayqal berilgan tildir. Umumxalq tili kengroq hajmda bo‘lib, u sheva va lahjalar, kasb-hunarga oid so‘zlar, atamalar, jargonlar, ma’lum toifa (biror ijtimoiy guruh) ga oid so‘zlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu xil tilda nutq erkin bo‘lib, til qoidalariga asoslanilmaydi.
Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o‘zida namoyon qilgan til shakli sheva hisoblanadi. Bir qancha shevalar yig‘indisi lahja deyiladi. Sheva va lahjalar ma’lum bir hududda yashovchi aholining mahalliy so‘zlashuv tilidir (masalan, Toshkent shevasi, Farg‘ona shevasi kabi).
2. Ilmiy uslub
Fan-tеxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma'lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta'riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg’ir - suyuq tomchi holidagi atmosfеra yog’ini. Tomchining diamеtri 0,5-0,6 mm bo’ladi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, qoida yoki ta'rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’zlar, kirish birikmalar, shuningdеk, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.
3. Rasmiy-idoraviy uslub
Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma'lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e'lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy bеlgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo’lishi. Bu uslubda ham so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, ko’pchilikka ma'lum bo’lgan ayrim qisqartma so’zlar ishlatiladi, har bir sohaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko’pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko’rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo’laklarining odatdagi tartibda bo’lishiga rioya qilinadi: O’z lavozimini suiistе'mol qilganligi uchun M.Ahmеdovga hayfsan e'lon qilinsin.
4. Ommabop (publitsistik) uslub
Tashviqot-targ’ibot ishlarni olib borishda qo’llanadigan uslub, ya'ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so’zlar ko’p qo’llanadi. Nutq ta'sirchan bo’lishi uchun ta'sirchan so’z va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kеsimlar buyruq va xabar maylidagi fе'llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so’roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so’z va birikmalardan unumli foydalaniladi: Azamat paxtakorlarimiz mo’l hosil еtishtirish uchun fidokorona mеhnat qilishyapti.
5. Badiiy uslub
Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo’ladi. Badiiy asar kishiga ma'lumot bеrish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida estеtik ta'sir ham ko’rsatadi: O’lkamizda fasllar kеlinchagi bo’lmish bahor o’z sеpini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so’zlari, shеva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi.
Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so’zlashuv uslubiga, kitobiy uslublarga xos o’rinlar ham uchraydi.
Og’zaki nutq turlari
Siyosiy-ijtimoiy nutq:
1. Siyosiy-ijtimoiy va siyosiy iqtisodiy mavzudagi nutq.
2. Sessiya, konferenciyadagi nutq.
3. Siyosiy sharh.
4. Harbiy vatanparvarlik nutqi.
5. Miting nutqi.
6. Rasmiy-diplomatik nutq.
7. Ilmiy-ommabop nutq.
2. Akademik nutq:
1. O'quv yurtlari ma'ruzalari.
2. Ilmiy nutq (ma'ruzalar).
3. Ilmiy sharh.
4. Ilmiy axborot.
3. Sud nutqi:
1. Qoralovchi (prokuror) nutqi.
2. Jamoatchi-qoralovchi nutqi.
3. Oqlovchi (advokat) nutqi.
4. Jamoatchi oqlovchi nutqi.
5. O'z-o'zini himoya qilish nutqi.
4. Ijtimoiy-maishiy nutq:
1. Madhiya (yubiley yoki maqtov nutqi).
2. Ta'ziya (motam nutqi).
3. Tabrik nutqi (tost).
5. Diniy nutq:
1. Hutba.
2. Va'z.
Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlar
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko‘rinishi nutq uslubi hisoblanadi. So‘zlar ma’lun nutq uslubiga xoslanish – xoslanmaslik belgisiga ko‘ra uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlarga bo‘linadi. Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo‘llanadigan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlar uslubiy xoslanmagan yoki betaraf so‘zlar deyiladi.
Tovush, urg‘u, bo‘g‘in, undalma, morfema, omonim, sinonim, uslubiyat kabi qator so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlardir. Chunki bu so‘zlar asosan tilshunoslik fani doirasida qo‘llaniladi.
Osmon, xalq, bayram, o‘quvchi, dars, tushlik, salomatlik, odam kabi so‘zlar barcha nutq uslublari doirasida birdek qo‘llanish imkoniga egaligi sababli uslubiy betaraf so‘zlar qatoriga kiradi. Ya’ni, so’zlashuv uslubida ham, kitobiy uslubda ham ishlatiladigan so’zlar uslubiy bеtaraf so’zlar hisoblanadi: suv, tog’, bola, xat.
Me’yor tushunchasi
Nutq mаdаniyati to‘g‘risidа gаp bоrаr ekаn, tаbiiyki, nutqdа so‘zlаrning o‘rinli vа o‘rinsiz ishlаtilishi to‘g‘risidа hаm bаhs bоrаdi. Qo‘llаngаn til birligini to‘g‘ri yoki nоto‘g‘ri dеyilgаndа, аlbаttа, mа’lum bir o‘lchоv (mеzоn) gа аsоslаnishimiz tаyin. Mаnа shu o‘lchоv (mеzоn) tilshunоslikdа аdаbiy til mе’yori dеb yuritilаdi.
Hаr bir lаhjаning, so‘zlаshuv tilining, аdаbiy tilning o‘z mе’yorlаri bo‘lgаnidеk, nutqning аlоhidа ko‘rinishlаri bo‘lgаn аrgоlаr, jаrgоnlаr hаm o‘z mе’yorigа egа. Хususiy mе’yorlаr quyidаgichа ko‘rsаtilаdi:
1. Diаlеktаl mе’yor.
2. So‘zlаshuv nutqi mе’yori.
3. Аrgоlаr, jаrgоnlаr mе’yori.
4. Аdаbiy til mе’yori (аdаbiy mе’yor).
Аdаbiy mе’yor. Mа’lum bir hududdа tаrqаlgаn uzus imkоniyatlаri o‘shа hududdа yashоvchi аhоli uchun istisnоsiz tushunаrli bo‘lаdi, ya’ni аlоqаni yеngil аmаlgа оshirishgа imkоn bеrаdi. Bu - tilning o‘zi mе’yordаn ibоrаtligini ko‘rsаtаdi. Mе’yor - tilning yashаsh shаklidir.
Аdаbiy mе’yor uzusgа аsоslаnаdi, undаn оlinаdi. Аdаbiy mе’yor аdаbiy til bilаn birgа tug‘ilаdi, bаdiiy аdаbiyotning, хаlq mаdаniyatining tаrаqqiyoti bilаn rivоjlаnib, o‘z qоnun -qоidаlаrini mustаhkаmlаb bоrаdi.
Аdаbiy mе’yor uzusdаn оlingаnligi sаbаbli hаmmа uchun tushunаrli bo‘lаdi. Shuning uchun jаmiyat tаrаqqiyotidа muhim аhаmiyat kаsb etаdi. Jаmiyat а’zоlаrini uyushtirishdа, kаttа vаzifаlаrgа оtlаntirishdа аdаbiy til, uning mе’yorlаri jаmiyat uchun nihоyatdа zаrurdir.
O‘zbеk аdаbiy tili mе’yorlаri ilmiy аsаrlаrdа quyidаgichа tаsnif qilinаdi:
1. Lеksik - sеmаntik mе’yor.
2. Tаlаffuz – (оrfоepik) mе’yor.
3. Yozuv (grаfikа) mе’yori.
4. Fоnеtik mе’yor.
5. Аksеntоlоgik (urg‘uni to‘g‘ri qo‘llаsh) mе’yor.
6. Grаmmаtik (mоrfоlоgik vа sintаktik) mе’yor.
7. So‘z yasаlish mе’yorlаri.
8. Imlоviy mе’yor.
9. Uslubiy mе’yor
10. Punktuаtsiоn mе’yor.
Аdаbiy mе’yorning оg‘zаki vа yozmа ko‘rinishlаri mаvjud bo‘lib, оg‘zаki аdаbiy mе’yorning rivоjlаnishigа хаlq qiziqchilаri, аskiyachilаri, lаtifаgo‘y хаlq shоir - bахshilаri kаttа hissа qo‘shsаlаr, yozmа аdаbiy mе’yorning shаkllаnishidа bеlgilаngаn yozuv shаkli аsоsidа yozib qоldirilаdigаn yozmа аdаbiyotning хizmаti chеksizdir. Umumаn оlgаndа, аdаbiy til mе’yorini o‘rgаnish yangi hоdisа emаs. Til mе’yori vа аdаbiy mе’yor muаmmо sifаtidа nutq mаdаniyati ilmiy sоhа dеb tаn оlingungа qаdаr hаm o‘rgаnib kеlingаn. Аdаbiy til mе’yori, uning shаkllаnish, rivоjlаnish, stаbillаshuv qоnuniyatlаri nutq mаdаniyati sоhаsining tеkshirish оbyеkti hisоblаnаdi.
Badiiy uslub, uning xususiyatlari
Badiiy uslub, uning xususiyatlari
Badiiy nutq uslubi inson amaliy faoliyati va hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi: umumga taalluqligi, barcha barobarligi bilan xarakterlanadi.
Badiiy nutq uslubi juda xilma-xil ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Bu uslub muallifga asarning estetik ta’sirini kuchaytirish uchun tilning barcha leksik va grammatik vositalaridan ustalik bilan foydalanish, tanlash, shuningdek, yangidan-yangi, ifoda vositalarini yaratish imkonini beradi.
Badiiy nutq uslubida til obraz, xarakter va manzaralar yaratish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Bu uslub o’zining obrazliligi bilan adabiy boshqa fuktsional uslublaridan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |