Mavzu: Abu Turob Askar al-Xusayn an-Naxshabiy an-Nasafiyning ma’naviy -axloqiy qarashlarining ta’lim-tarbiya jarayonidagi o’rni


Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiy haqida fikrlar



Download 18,37 Kb.
bet2/4
Sana30.06.2022
Hajmi18,37 Kb.
#721159
1   2   3   4
Bog'liq
3-amaliy javobi

Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiy haqida fikrlar. Aziziddin Nasafiy “Komil inson” asarining yigirmanchi risola, birinchi faslidagi “Aql va ilm inson uchun ixtisoslashganligi bayoni”da Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiy fikrlaridan foydalangan. Alisher Navoiy o‘zining "Lison ut-tayr", “Nasoyim ul-muhabbat” dostonlarida Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiy nomini ehtirom bilan tilga olgan. “Avvalg‘i tabaqadandur. Oti Asqar ibn Husayn. Xuroson mashoyixining ajillasidindur. Futuvvatu zuhdu tavakkulda Abu Hotam Attor Basriy va Hotam Asamm Balxiy bila suhbat tutubdur. Abu Abdulloh Jallo va Abu Ubayd Busriyning ustodi va piridur. Abu Turob q.s. uch yuz rikvador bila bodiyag‘a kirdi. Abu Abdulloh Jallo va Abu Ubayd Busriy ikavaning bila qoldilar, o‘zga barcha qayttilar. Ul debdurkim, “Qachonki, sizlardan biringizga ketma-ket ne’matlar yetsa, o‘z holiga yig‘lasin.” Shubhasiz, u solihlar yo‘lidan emas, o‘zga yo‘ldan yuribdi. Va Abu Turob q.s. badiyada nomozg‘a turg‘anda, samum yeli ani kuydurdi, ikki yuz qirq beshda, ul yilki, Zunnun q.s. dunyodin o‘tdi.”_ Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiy Xuroson mashoyixlari orasida mashhur bo‘lgan. Qirq marta hajni ado etgan. Ma’ruza va suhbatlarida kishilarni nafsni tiyib yurishga, sabr-qanoatli bo‘lishga, shariat, tariqat va ma’rifat yo‘lidan borishga chaqirgan. Zamondoshlari uni "Ma’no shohining mardoni", "Taqvo osmonining oyi", "Haqiqat ilmining orifi", "Qutbi zamon" deb ta’riflashgan. Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiy haqida el orasida o‘nlab naqllar yoyilgan va hozirgacha aytib kelinadi. Shulardan yigirmaga yaqini Muhammad Siddiq Rushdiyning "Avliyolar sultoni, turonlik avliyolar" kitobida (Toshkent, 1995) keltirilgan. Alisher Navoiy uning 261 hijriy (mil. 875) yilda olamdan o‘tganligini qayd etadi. Basra dashtida vafot etganligi rivoyat qilinadi. Qabri Qarshi shahrida.
As-Sullamiy «Tabaqot as-sufiyya», Tojuddin as-Subkiy «Tabaqot ash-shofoi’yya al-kubro» nomli asarlarida Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiy Xurosonning eng buyuk mashoyixlaridan biri bo‘lganligini, u o‘z ilmi, futuvvati, zohidlik va xudojo‘yligi bilan alohida ajralib turganligini ta’kidlaydi. Tojuddin as-Subkiyning ta’riflashicha, Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiy beshak o‘z davrining ulug‘ shayxi bo‘lib, ilm va dinni o‘zida to‘la mujassam qilgan zot bo‘lgan.
Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiyning ilm-fanga qo‘shgan hissasi. U Abu Hotam al-Attor al-Basriy, Hotam al-Asami al-Balxiy kabi olimlar bilan muloqotda bo‘lib hamkorlik qilgan. U turli olimlardan ko‘plab hadislar yozib olgan, Imom ash-Shofi’iy asarlarini chuqur o‘rgangan. U Muhammad ibn Abdulloh ibn Numayr, Nuayn ibn Hamod, Ahmad ibn Nasr an-Naysoburiy kabi olimlardan hadislar rivoyat qilgan. O‘z navbatida Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiydan Ahmad ibn al-Jalo’, Abu Bakr ibn Osim, Abdulloh ibn Ahmad ibn Hanbal va boshqalar hadislar rivoyat qilganlar. Abu Abdulloh ibn al-Jalo’ shunday degan: “Men hayotimda olti yuz shayxni uchratganman, lekin ularning orasidan to‘rttasiga o‘xshaganini sira ko‘rgan emasman. Ulardan eng birinchisi, shubhasiz, Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiydir. Qolgan uchovlari Abdullohning otasi Yahya al-Jalo’, Abu Ubayd al-Iusriy va Zunnun al-Misriydir roziya ollohu anhum”.
Ali binni Husayn dedi: “Abu Turobga dedim (u sahroga ketayotgan edi): oziq-ovqatdan olib qol”. U esa dedi: “Sahroda ko‘proq yaxshi hamroh kerak”.
Isnodlari bilan muborak hadis vorid bo‘lgan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: “Orangizdagi dardmandlarni taom va sharobga (ichkilik suv yoki boshqalar) majburlamang, chunki ularni Robbilari yedirib ichtiradi”.

Download 18,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish