2-Seminar.
Mavzu: Abu Nasr Farobiyning pedagogik g'oyalari. Ibn Sino ta'lim-tarbiya haqida. Yusuf Hos Hojib, Maxmud Qashqariy va Axmad Yugnakiyning ta'limiy-aqloqiy qarashlari.
1.Forobiy nazariy bilimlarni egallashga kirishgan har bir kishi xulq – odobda ham qay darajada pok bo’lishi kerakligini “Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to’g’risida”gi risolasida shunday tahriflaydi: “Falsafani o’rganihdan avval o’zingizni hirs-havaslardan shunday tozalashingiz lozimki, sizda maishiy va shahvoniyat kabi notug’ri tuyg’ularga emas, balki kamolotga bo’lgan hirs-havas qolsin.Bunga xulq axloqni faqat so’zdagina emas, balki haqiqatda (amalda) tozalash orqali erishish mumkin. SHunday so’ng xato va adashishdan saqlovchi, haqiqat yo’lini tushunib olishga boshlovchi (notiq – so’zlovchi, fikrlash mahnosida) nafsini, jonini, ruhini tozalash zarur”.Forobiy axloqiy fazilatlar deganda bilimdonllik, donolik va mulohazali bo’lish, vijdonlilik, kamtarlik, ko’pchilik manfaatini yuqori qo’yish, haqiqat, ma’naviy yuksaklikka intil, adolatliylik kabi hislatlarni tushunadi. Ammo bu hislatlarning eng muhumi har bir insonning bilimli, ma’rifatli bo’lishidir. SHuning uchun ham Forobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bog’liq holda, tafakkurga asoslangan axloq sifatida qaraydi. Bundan biz Forobiyning axloqni xulq mehyorlari ifodasi sifatidagini emas, balki kishilarning aqliy faoliyatining natijasi sifatida ham talqin etganligini ko’ramiz. Forobiy “Aql mahnolari haqida” risolasida aql masalasini tahlil qilib, aql bilish haqidagi ta’limotida mantiq (logika) ilmi muhim o’rin tutadi deydi. U mantiq ilmi bilan grammatika o’rtasidagi mushtarakligini qayd etib, mantiqning aqlga munosabati, grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yo’lda olib borish uchun aqlni to’g’irlab turadi deydi.
Forobiy “Muzika haqida katta kitob” degan ko’p jildi asari bilan o’rta asrning yirik muzikashunosi sifatida ham mashxur bo’ldi. U muzikaga ilmini nazariy, amaliy jihatdan yoritib, muzikani inson axloqini tarbiyalovchi sihatsalomatligni mustahkamlovchi vosita deb qaragan. Uning muzika sohasida qoldirgan merosi muzika madaniyati tarixida muhim ahamiyatga molikdir.
Forobiyning ta’lim-tarbiya yo’llari, usullari vositalri haqidagi qarashlari ham qimmatlidir. U insonda go’zal fazilatlar ikki yo’l – ta’lim va tarbiya yo’li bilan hosil qilinadi. Ta’lim nazariy fazilatlarini birlashtirsa, tarbiya esa tug’ma fazilat – nazariy bilimlar va amaliy kasb - hunar, xulq odob fazilatlarini birlashtiradi. Ta’lim so’z va o’rganish bilan tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, deydi. Har ikkalasi birlashsa yetuklik namoyon bo’ladi, ammo bu yetuklik bilim va amaliy ko’nikmalarni qay darajada o’rganganligiga qarab paydo bo’ladi, deb ko’rsatadi.
Forobiy ta’limda barcha fanlarning nazariy asoslari o’rganilsa, tarbiyada ma’naviy – axloqiy qoidalar, odob mehyorlari o’rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi.Bu muhim vazifa tajribali tarbiyachilar tomonidan ta’lim-tarbiyaning turli metodlari yordamida amalga oshiriladi. Forobiy ta’lim – tarbiya ishlarini ikki yo’l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi.
“Amaliy fazilatlar va amaliy san’at (kasb-hunar)lar va ularni bajarishga odatlanish masalasi”ga kelganda, bu odat ikki yo’l bilan hosil qilinadi: bulardan birinchisi – qanoatbaxsh so’zlar, chorlovchi, ilxomlantiruvchi so’zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g’ayrat, qasd-intilish harakatga aylantiriladi.
Ikkinchi yo’l (yoki usul) – majbur etish yo’li. Bu usul gapga ko’nmovchi, qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan qo’llaniladi. CHunki ular o’z istaklaricha so’z bilan g’ayratga kiradiganlardan emaslar. Ulardan birortasi nazariy bilimlarni o’rganishga kirishsa, uning fazilati yaxshi bo’ladi. Kasb hunarlarni va juzhiy san’atlarni egallashga intilish bo’lmasa, bunday odamlarni majbur etmaslik kerak. CHunki shahar xalqlariga tarbiya berishdan maqsad – ularni fazilat egasi qilib va san’at ahllariga aylantirishdir.Demak, Forobiy ta’lim – tarbiyada rag’batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari surgan. Har ikkala usul ham pirovardida insonni har tomonlama kamolga yetkazish maqsadini ko’zlaydi.
2. Ibn Sino ta'lim-tarbiya haqida. Sharqning ulkan qomusiy olimi, jahon ilmi va pedagogikfikrlarining eng mashhur namoyondalaridan Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn Sino (980-1037) ta’lim-tarbiya masalariga jiddiy va ijodiy yondashgan. Olimning bolani tarbiyalash va o‘qitish haqidagi pedagogik - psixologik qarashlari o‘zining chuqurligi, insonparvarligi va teranligi bilan kishini hayratda qoldiradi. Ibn Sino “Risolat at-tayr” (“Qush”), “Xayy ibn Yaqzon”, (“Uyg‘oq o‘g‘li tirik”), “Donishnoma” kabi asarlarida o‘zining pedagogik va psixologik qarashlarini ifodalaydi. Masalan, u “Hayy ibn Yaqzon” asarida yoshlarni do‘stlikka, bilim o‘rganishga chaqiradi: “... bir-biringizdan bilim o‘rganib, kamol topishingiz uchun dil pardasini ochib tashlang”. Shuningdek, alloma shaxs fe’l-atvorini, tabiatini chuqurroq tushunish uchun farosat ilmining, ya’ni ilmiy mantiqni bilishga da’vat qiladi. Chunki ilmiy-mantiq shaxs didini o‘stiradi, fikr doirasini kengaytiradi. U bu haqda shunday deydi: “Farosat ilmi foydasinaqd ilmlardandir. Bu ilmni bilib olsang, u senga kishilarning pinhoniy fe’l-atvorini bildiradi. Farosat ilmidan bahramand bo‘lsang, juda o‘tkir bo‘lib ketasan”.
Shuning uchun ibn Sino ta’lim-tarbiyaning maqsadlari, mazmuni shakllari va metodlariga juda diqqat va e’tibor,mas’uliyat bilan qarash kerakligini ta’kidlaydi. Olimning e’tirof etishicha, ko’rsatmalilik ta’limni aniq, yorqin va qiziqarli qiladi, kuzatuvchanlik va fikrlash, mushohada yuritishni o’stiradi. Uningcha, inson narsa va hodisaning tashqi jihatlarini, ko’rinishlarini o'rganib, uni yanada chuqurroq bilishga intiladi. Narsalarning aslini yoki ularning suratini ko’rish orqali bolalarda ular haqida ma’lum bir tasavvur hosil bo’ladi. Ibn Sino ko’rsatmalilikni ko’rish, eshitish singari sezgi organlari orqali boglaydi. Olim o’qitishning oddiydan murakkablikka tomon yo’naltirishdan kelib chiqqan holda mashqlar qildirish, o’qitishni esa faqat chuqurlashtirish asosida, ya’ni sinf tarzida o’tkazish zarur, deb hisoblaydi.
3.Yusuf Hos Hojib, Maxmud Qashqariy va Axmad Yugnakiyning ta'limiy-aqloqiy qarashlari.
Ma’lumki, Sharq Uyg‘onish davrida ma’naviy-ma’rifiy sohada asosiy masala inson muammosi bo‘lgan. Shuning uchun ham ta’limtarbiya masalalariga katta e’tibor berilgan. Didaktik asarlarda Sharqqa xos boigan insonning axloqiy, ruhiy kamoloti, oliy darajadagi yuksalish muammosi yetakchi g‘oya bo‘lgan. Insoniylik, insonni ulug‘lash g'oyasi ta’lim-tarbiyaga oid yaratilgan asarlaming asosiy o‘zagi sanalgan. Bu g‘oyani, ya’ni insonparvarlik g‘oyasini amalga oshirishning asosiy vositalari sifatida yuksak axloqiy odatlar, insoniy munosabatlar va xislatlami tarkib toptirishga olib keluvchi ta’limtarbiyani amalga oshirish muhim masala qilib qo‘yilgan. Zero, insoniylik g‘oyasida yuksak axloqiy xislatlar ifodalangani uchun ham Sharq Uyg‘onish davri falsafasi va pedagogikasida ta’limiy-axloqiy yo‘nalish muhim ahamiyat kasb etdi. Axloq masalasi faylasuflaming ham, buyuk mutafakkirlaming ham, tarixchi-yu shoir hamda adiblarning ham birdek diqqat markazida bo‘ldi. Ta’limiy-axloqiy risolalar paydo bo‘lib, axloqning ham nazariy, ham amaliy masalalari tahlil etildi. “Qutadg‘u bilig”, “Axloqi Nosiriy”, “Qobusnoma”, “Hibbat ul-haqoyiq”, “Guliston”, “Bo'ston”, “Axloqi Jaloliy”, “Axloqi Muhsiniy”, “Mahbub ul4julub” kabi Yusuf Xos Hojib, Nasiriddin Tusiy, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiylaming ta’limiy-axloqiy asarlari yuqorida ta’kidlaganimiz inson shaxsini ma’naviy-axloqiy shakllantirish muammosini hal etish sohasida yaratilgan sof pedagogik asarlar sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazkur ta’limiy-axloqiy asarlarda insonning ma’naviy kamolga yetishida yuksak axloqqa egabo‘lishi ilm-fanni egallashi asosidagina amalga oshishi mumkin, degan g‘oya ilgari surildi. Chunki biz nazarda tutayotgan davrdan boshlab savod o‘rgatish “Qur’on” va “Hadis”lami o‘rganish va ulardagi ko‘rsatmalami o‘zlashtirib olib bilan birga olib borilgan. Shunga ko‘ra, “Qur’on” va “Hadis”lardagi pand-nasihatlar ham olimlar, ham adiblar ijodiga ta’sir etgan. Hadislaming ta’siriga sabab umuminsoniy fazilatlarga alohida urg‘u berilgan. Ularda ilgari surilgan musulmonlikning muhim xislatlari: halollik, saxovat, himmat, mehru-oqibat, ehson, shaim-hayo, ilm izlash, muomala qoidalari, axloq mezonlari va boshqalar o‘z ifodasini topgan va Sharq adabiyotiga, jumladan, ta’limiy-axloqiy asarlarga ta’sir etgan. Ta’limiy-axloqiy asarlar bevosita Hadislarda ilgari surilgan g‘oyalar asosida yaratiidi. Hadislar ta’siri Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asaridan boshlanib, Kaykovusning “Qobusnoma”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq”, Sa’diyning “Guliston”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” va boshqa asarlar negizida ko‘rinadi. Ham g‘oya, ham mazmun, ham shakl buning dalilidir. Masalan “Qur’on”da ham, “Hadis”larda ham, ta’limiy-axloqiy dostonlarda ham ilm ta’rifi bilan birga, xulq-odob qoidalari, turmush odobi yoritiladi.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari 6500 baytdan yoki 13000 misradan iborat. Buyuk mutafakkir as ami yozib tugatgach, qoraxoniylar hukmdori Tavg‘achxon (kitobda Tavg£och Ulug‘ Bug‘ra Qoraxon (xoqon), Abo Ali Hasan binni Sulaymon Arslon Qoraxon (xoqon) nomlari bilan zikr etilgan) huzuriga kelib, unga taqdim etadi. Kitob xonga manzur bo‘lib, uning muallifiga Xos Hojiblik unvonini beradi. “Qutadg‘u bilig” asari katta shuhrat qozonadi. Shuning uchun ham “Qutadg‘u bilig”ni chinliklar (Xitoy) “Adab ul-muluk” (‘Hukmdorlar odobi”), mochinliklar (Sharqiy Turkiston) “Anis ul-mamolik” (“Mamlakatning tartib usuli”), eronliklar “Shohnomai turkiy”, Sharq elida “Ziynal ulumaro” (“Amirlar ziynati”), turonliklar “Qutadg'u bilig”, ba’zilar esa “Pandnomai muluk” (“Hukmdorlar nasihatnomasi”) deb atagani kitob muqaddimasida keltiriladi. Qutadg‘u bilig - baxt va saodatga eltiluvchi bilim, ta’lim degan ma’noni bildiradi. Demak, asar nomidan ham uning pand-nasihatlar, ta’lim-tarbiyaga oid, har tomonlama komil insonni tarbiyalaydigan yetuk didaktik asar ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |