Mavzu: Abdulla Avloniyning
“Turkiy Guliston yoxud ahloq” asari
Reja:
1.
Sharq uyg’onish davri.
2.
Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi
1.Sharq uyg’onish davri.
Ma’lumki, Sharq Uyg’onish davrida ma’naviy-ma’rifiy sohada
asosiy masala inson muammosi bo’lgan. Shuning uchun ham ta’lim-
tarbiya masalalariga katta e’tibor berilgan. Didaktik asarlarda Sharqqa
xos bo’lgan insonning axloqiy, ruhiy kamoloti, oliy darajadagi yuksalish
muammosi etakchi g’oya bo’lgan. Insoniylik, insonni ulug’lash g’oyasi
ta’lim-tarbiyaga oid yaratilgan asarlarning asosiy o’zagi sanalgan. Bu
g’oyani, ya’ni insonparvarlik g’oyasini amalga oshirishning asosiy
vositalari sifatida yuksak axloqiy odatlar, insoniy munosabatlar va
xislatlarni tarkib toptirishga olib keluvchi ta’lim-tarbiyani amalga
oshirish muhim masala qilib qo’yilgan. Zero, insoniylik g’oyasida yuksak
axloqiy xislatlar ifodalangani uchun ham Sharq Uyg’onish davri falsafasi
va pedagogikasida ta’limiy-axloqiy yo’nalish muhim ahamiyat kasb etdi.
Axloq masalasi faylasuflarning ham, buyuk mutafakkirlarning ham,
tarixchi-yu shoir hamda adiblarning ham birdek diqqat markazida bo’ldi.
Ta’limiy-axloqiy risolalar paydo bo’lib, axloqning ham nazariy, ham
amaliy masalalari tahlil etildi. «Qutadg’u bilig», «Axloqi Nosiriy»,
«Qobusnoma», «Hibbat ul-haqoyiq», «Guliston», «Bo’ston», «Axloqi
Jaloliy», «Axloqi Muhsiniy», «Mahbub ul-qulub» kabi Yusuf Xos Hojib,
Nasiriddin Tusiy, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Muslihiddin Sa’diy,
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz
Koshifiylarning ta’limiy-axloqiy asarlari yuqorida ta’kidlaganimiz inson
shaxsini ma’naviy-axloqiy shakllantirish muammosini hal etish sohasida
yaratilgan sof pedagogik asarlar sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazkur
ta’limiy-axloqiy asarlarda insonning ma’naviy kamolga etishida yuksak
axloqqa ega bo’lishi ilm-fanni egallashi asosidagina amalga oshishi
mumkin, degan g’oya ilgari surildi.
Chunki biz nazarda tutayotgan davrdan boshlab savod o’rgatish
«Qur’on» va «Hadis»larni o’rganish va ulardagi ko’rsatmalarni
o’zlashtirib olib bilan birga olib borilgan. Shunga ko’ra, «Qur’on» va
«Hadis»lardagi pand-nasihatlar ham olimlar, ham adiblar ijodiga ta’sir
etgan. Hadislarning ta’siriga sabab umuminsoniy fazilatlarga alohida
urg’u berilgan. Ularda ilgari surilgan musulmonlikning muhim xislatlari:
halollik, saxovat, himmat, mehru-oqibat, ehson, sharm-hayo, ilm izlash,
muomala qoidalari, axloq mezonlari va boshqalar o’z ifodasini topgan va
Sharq adabiyotiga, jumladan, ta’limiy-axloqiy asarlarga ta’sir etgan.
Ta’limiy-axloqiy asarlar bevosita Hadislarda ilgari surilgan g’oyalar
asosida yaratildi. Hadislar ta’siri Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig»
asaridan boshlanib, Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yugnakiyning
«Hibbat ul-haqoyiq», Sa’diyning «Guliston», Alisher Navoiyning
«Mahbub ul-qulub» va boshqa asarlar negizida ko’rinadi. Ham g’oya,
ham mazmun, ham shakl buning dalilidir.
Masalan «Qur’on»da ham, «Hadis»larda ham, ta’limiy-axloqiy
dostonlarda ham ilm ta’rifi bilan birga, xulq-odob qoidalari, turmush
odobi yoritiladi.
Xullas, Sharq ta’lim-tarbiyasida ilmni targ’ib etish, xulq-odob
qoidalari islomiy tamoyillarga asoslangan, ta’limiy-axloqiy asarlardagi
mundarijalarning o’xshashligi ular tayangan ma’naviy zaminga
bog’liqdir.
Qariyb bir yarim asr davomida mo’g’ullar istibdodi ostida
xonavayron bo’lgan Movarounnahr xalqi XIV asrning boshlariga kelib
mo’g’ul istilochilari zulmidan qutula boshladi. Movarounnahrda kuchli
davlat tuzishga bo’lgan intilish g’olib keldi. Mo’g’ul istilochilariga qarshi
Buxoroda xalq Mahmud Torobiy boshchiligida qo’zg’oldi, Samarqand va
Xurosonda esa Sarbadorlar qo’zg’olonlari ro’y berdi. Natijada
Sarbadorlar uzoq muddat hatto hokimiyatni ham boshqarib turdilar.
XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrning feodal
tarqoqligiga barham berildi, mamlakat mo’g’ul bosqinchilaridan
tozalandi. XIV asrning oxiri va XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal
munosabatlar yanada rivoj topa boshladi.
Sohibqiron Temur va dastlabki temuriylar hukmronlik qilgan davr
Movarounnahr tarixida alohida o’rin egallaydi.
Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan
Movarounnahrda yana fan va madaniyat, maorif qaytadan ravnaq topa
boshladi.
Shuning uchun ham XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr tarixda
Sharq Uyg’onish davrining ikkinchi bosqichi deb ataladi. Chunki, bu davr
madaniyati o’z tamoyillari, yo’nalishi, iqtisodiy asosi jihatidan IXXII asr
madaniyatining davomi sanaladi.
Shu bois XIV asr oxiri va XV asrlarda Movarounnahrdagi Sharq
Uyg’onish davri madaniy ravnaqini IXXII asrlardagi madaniy
rivojlanishidan ajratib olib ko’rsatish mumkin emas. XIV asrning
uchinchi choragi va XV asrda Markaziy Osiyoda iqtisodiyot, fan va
madaniyat o’sdi. Amir Temur hukmronligi davrida jahonning ko’plab
shaharlarida Samarqandga hunarmandlar, olimu fozillar, san’atkorlar,
muhandislar olib kelindi va ularning boy tajribalari, ijodiy mahoratlaridan
ilm- ma’rifat, madaniyat, qurilish jabhalarida keng foydalanildi.
Samarqand va Hirotda madrasalar, kutubxona va rasadxona qurildi.
Tibbiyot ilmini o’rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot,
falakiyot, jo’g’rofiya, tarix, adabiyot, falsafa hamda tarbiyashunoslikka
oid asarlar yaratildi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom, Sa’diy
meroslarini, shuningdek, yunon-rim madaniyatini o’rganishga havas
kuchaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, Temur va uning izdoshlari, temuriylar
davrida fan va madaniyat rivojlandi. Ayniqsa Samarqand va Hirot
shaharlari madaniyat, ilm-ma’rifat markaziga aylandi.
Amir Temur saltanatni bino qilish va uni mustahkamlash uchun
juda katta xizmat qildi. Ana shunday buyuk xizmatlaridan eng muhimi
mamlakatda ta’lim tizimini rivojlantirish sohasiga qaratilganligi edi.
Chunki uning e’tiqodiga ko’ra bilimdon va tadbirkor insongina
mamlkatning rivojlanishiga hissa qo’sha oladi. Shuning uchun ham
sohibqiron bilimli va ishbilarmon, tadbirkor kishilarni tarbiyalashga katta
e’tibor beradi. Bu borada ta’lim tizimining o’ziga xos o’rni bo’lishi
kerakligini anglagan holda maktab va madrasalar qurdiradi. Saltanat
poytaxti Samarqand atrofida o’n ikki bog’ va qasr yaratadi, shahar arki
Ko’ksaroy, uning atrofida esa Bo’stonsaroylar bino etadi. Jome’ masjidi,
maqbaralar, me’moriy yodgorliklar qurdiradi. Bu ishlarga faqat Amirning
o’zi emas, uning atrofidagi yaqinlari ham turli madrasalar qurishga bosh-
qosh bo’ladilar. Bulardan Amir Temurning amirlaridan Idigu Temur,
mavlono Qutbiddin, umr yo’ldoshi Saroymulkxonim, nabirasi
Muhammad Sultonlar ham madrasalar qurdiradilar.
Madrasalar ma’lum darajada ixtisoslashgan edi. Masalan,
boshqaruv kadrlarni tayyorlash Muhammad Sulton madrasasida, diniy
muassasalar uchun kadrlar tayyorlash mavlono Qutbiddin sadr madrasasi,
umumiy mutaxassislar, ya’ni ziyoli, imom, olim, maktab o’qituvchisi
tayyorlashga Idigu Temur, Saroymulkxonim madrasalari ixtisoslashgan.
Lekin ularning hammasida Qur’on, Hadis, fiqh o’rganilgan. Shuningdek
madrasalarning ixtisosligiga ko’ra umumi aqliya, umumi askariya,
umumi ma’muriyalar ham o’rgatilgani haqida ma’lumotlar bor.
Ko’rinib turibdiki, Amir Temur mazkur talablarga rioya etgani
tufayli uning saltanati rivoj topdi, fan va madaniyat taraqqiy etdi,
davlatining nufuzi oshib, nafaqat Sharqda, balki G’arbda ham mashhur
bo’ldi.
Bu o’n ikki qoidaga rioya qilishdan tashqari, Amir Temur o’zining
hayoti tamoyillari haqida shunday degan:
«Men o’z hayotim mobaynida besh narsaga qat’iy e’tiqod qo’ydim
va hamishalig’ ularga amal qildim, ular ushbulardir:
Do'stlaringiz bilan baham: |