Mavzu: a va o unlilari



Download 48 Kb.
Sana26.06.2017
Hajmi48 Kb.
#16294

Sariosiyo tuman 20-umumiy o’rta ta’lim maktabining Boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi Nazarova Dilfuzaning ona tili fanidan bir soatlik

DARS ISHLANMASI

Mavzu: A va O unlilari



Darsning maqsadlari:

ta’limiy: o‘quvchilarni unli tovushlarni farqlashga «a» va «o» unli tovushlarining so‘zlardagi o‘rnini bilishga o‘rgatish;

tarbiyaviy: yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish lozimligini uqtirish, o‘quvchilar orasida do‘stona muhitni shakllantirish;

rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, tez fikrlash   qobiliyatini o‘stirish.

 

Dars turi: noan’anaviy, sayohat darsi.



Dars metodi: savol-javob, faollashtiruvchi metodlar.

Darsning jihozi: darslik; avtobus maketi, slaydlar, chipta misolidagi kartochkalar, yo‘l belgilari maketi, ko‘rgazmali qurollar va magnit doskasi.

Fanlararo bog‘liqligi: o‘qish, atrofimizdagi olam, yo‘l harakati.

Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism.

A) salomlashish.

B) davomatni aniq­lash.

D) qisqacha savol-javob daqiqasini o‘tkazish.

(Qaysi dars ekan­­ligi aniqlanib, ona tilimizga bag‘ishlangan va «Sog‘lom bola yili» haqida she’rlar aytiladi).


  1. O‘tilgan mavzuni so‘rash va mustah­kamlash.

(O‘quvchilarning javoblari orqali avvalgi darsda «Unli tovushlar va harflar» mavzusi o‘tilgani aniqlanadi. Uy vazifalari bajarilganligi tekshirilib, daftarlar almashtiriladi).

O‘qituvchi: — Bolajonlar, bugungi darsimizda ikki guruhga bo‘linib, siz bilan xayolan Qashqadaryo viloyatining markaziy shahri bo‘lmish go‘zal Qarshiga sayohat uyushtiramiz. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan «UzOtoyol» avtobusi uzog‘imizni yaqin qilishda yordamlashadi. (Slaydlarda «UzOtoyol» avtobusi   namoyish etiladi).

Bilasizlarmi, bolajonlar, Qarshi shahri kundan-kunga ko‘p qavatli uylari, keng ko‘chalari va qulay maishiy xizmat shaxobchalari bilan chiroy ochib bormoqda. Har kuni bir yangilikni ko‘rib, ko‘zingiz quvnaydi. Siz ham bu go‘zallikdan bahra olishni istasangiz, biz bilan sayohatga otlaning. Faqat topshiriqlarimiz bor. Ular bilan sayohat darsimiz davomida tanishib boramiz va ikki guruhga bo‘lingan holda ularni bajarishga harakat qilamiz. (Slayd orqali shartlar e’lon qilinadi yoki qog‘ozga yozib doskaga ilib qo‘yiladi).



1- shart. Guruhlarni tanish­tirish.                      

2- shart. Klaster tuzish va savollarga javob berish. 

3- shart. Husnixat daqiqasi.

4- shart. «Yodda tut» mashqi.

5- shart. Xotira mashqi.

6- shart. «So‘z tuzish» o‘yini.

O‘qituvchi: — 1- guruh —«A» guruhi, 2- guruh — «O» guruhi. Sizlarni «Yo‘lchiroq»ning qizil — («3»), sariq — («4»), yashil — («5») ranglaridan iborat kartochkalar bilan baholab boraman.

1- shart. Guruhlar o‘zlarini tanishtiradi.

«A» guruhi:

Men «A» guruh sardori —

Tanitay jamoani.       

Alifboda ilk harf «A»        

Boshlab yurar hammani.

Ayiq «A»dan boshlanar,

Asal boshlanar «A»dan.

Ota-onada borman        

Men bilan to‘liq Vatan.

So‘z boshi va o‘rtasi,

So‘z oxirin bezayman.

Ertag-u she’r tuzishda

Hammadan oldin shayman.

«O» guruhi:

Men «O» guruh sardori

Sizga madadkor har on.

Yerday yumaloq «O» harf

Ta’rifi kunday ayon.

Olim, Otabek, Orif,

Menla yozilar oy ham.

Olis osmonda borman

Men bilan go‘zal olam.

Olma, olcha, olxo‘ri,

Mensiz yozilmas biling.

Oqil, dono bolajon,

Orzusiz bo‘lmas biling.

2- shart.

O‘qituvchi: — Hurmatli o‘quvchilar, avtobusga chiqish uchun avvaldan tarqatilgan chiptalarga faqat bir bo‘g‘inli so‘zlarni yozib, so‘ng ularni quyosh nuri shaklida joylashti­rishingiz lozim. (O‘qituvchi
2- shartni e’lon qilishdan oldin chipta sifatida o‘quvchilarning qo‘liga magnitli qog‘ozchalarni berib chiqadi).

Shart bajarilgach, doskada quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi:

 

(So‘zlar tekshirilib, guruhlar rag‘batlantiriladi).

O‘qituvchi: — Unli tovushni undosh tovushdan qanday ajratamiz?

—   O‘zbek tilida nechta unli tovush va harf bor?



(«A» guruhi birinchi, «O» guruhi ikkinchi savolga javob beradi).

Dam olish daqiqasi.

«Yo‘lchiroq» she’ri harakatlar bilan aytiladi. (Slaydda «Yo‘lchiroq» rasmi   ko‘rsatiladi).

Uch xil rangda yo‘lchiroq,     

Qizil, sariq, yashil, biroq,  

Amal qilmasang o‘rtoq,

Holing bil, bo‘lar chatoq.                   

Qizil yonsa, to‘xta shu choq,

Sariq yonsa, bo‘l ogoh,

Yashil yonsa, yo‘l ochiq,

Ammo o‘ng so‘lingga boq.



  1. Yangi mavzu bayoni.

O‘qituvchi: — Mana, bolalar, Qarshi shahriga ham yetib keldik. 1- bekat — «Husnixat» bekati deya nomlanar ekan.

3- shartga ko‘ra siz «A a» va «O o» harflarini husnixat bilan yozsangiz, bekatda tushib, shaharni tomosha qilishingiz mumkin. (O‘qituvchi doskaga harflarni husnixat asosida yozib ko‘rsatadi. Yozuv qoidalariga amal qilib, harflarni chiroyli yozgan o‘quvchilar rag‘bat­lantiriladi).

O‘qituvchi: — Keyingi bekat «Yodda tut» deb atalar ekan. Bekatga tushishingiz uchun darsligingizdagi 19- mashq shartini bajarishingiz kerak bo‘ladi.

(Ikkala guruh navbat bilan   so‘zlarni o‘qib, so‘ng darsliklarini yopgan holda ajratilgan so‘zlarni yoddan yozadi va «a» harfining tagiga chizadi. O‘qituvchi o‘quvchilarning ishlarini tekshirish chog‘ida ularga mazkur so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida doim «a» tovushi yozilishini ta’kidlaydi. Guruhlar so‘zlarni qatnashtirib bittadan gap ham tuzishadi).

Vatan, mashina, baho, javob, vazifa.



Dam olish daqiqasi.

O‘qituvchi: — Navbatdagi bekat «Xotira mashqi» bekati. 5- shart bo‘yicha yo‘lda ko‘rgan belgilarning maketlarini ko‘rsatib, ularning qanday belgi ekanligini, bu so‘zlarda nechta «a» va «o» harflari qatnashganini aytib berishingiz lozim. (Slaydda yo‘l harakati belgilari namoyish etiladi).

O‘qituvchi «chorraha», «aylanma harakat», «piyodalar yo‘lkasi», «yo‘l bering, bolalar», «piyodalar harakati taqiqlanadi», «transport vositasining kirishi taqiqlanadi» kabi belgilarni ko‘rsatganda, o‘quvchilar ularning ma‘nosini og‘zaki aytishadi.                                          



(Ko‘p belgi mazmunini aytgan guruh rag‘bat oladi).

  1. Yangi mavzuni mustah­kamlash.

O‘qituvchi: — Navbatdagi   «Bo‘g‘inlar yomg‘iri» bekatida 6- shart bo‘yicha «So‘z tuzish» mashqi o‘tkaziladi. Bunda bo‘g‘inlardan tez, to‘g‘ri va ko‘p so‘z jamlagan guruh rag‘bat oladi. 1- guruh o‘quvchilari «a» harfi qatnashgan bo‘g‘inlardan, 2- guruh o‘quvchilari «o» harfi qatnashgan bo‘g‘inlardan doskada so‘z tuzib, uni husnixatga rioya qilgan holda yozib berishlari lozim.

(«A» guruhi: maktab, shakar, malla, barra, karra;

«O» guruhi: tomon, somon, dono, sog‘lom, osmon).

O‘qituvchi: — Demak, bolalar, siz so‘zlarda «a» va «o» unli tovushlarining qo‘llanilish o‘rnini bilib oldingiz.

(O‘qituvchi qisqacha tushuntirib, mavzuni mustahkamlaydi).

  1. Darsni yakunlash.

O‘qituvchi: — Mana, bolalar, eng oxirgi «Sarhisob» bekatiga ham yetib keldik.

(Ikkala guruh yiqqan rag‘bat kartochkalari   hisoblanib, ballari e’lon qilinadi va g‘olib guruh aniqlanadi. Darsdagi faol ishti­rokiga qarab, har bir o‘quvchi alohida rag‘batlantiriladi. O‘quv­chilardan sayohat darsidan olgan taas­surotlari so‘raladi).

  1. Uyga vazifa. 21- mashqda nuqtalar o‘rniga tushirib qoldirilgan unli tovushlarni qo‘yib, so‘zlarni yozib kelish

Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish