Mavzu: A. Nasafiyning Zub- atul haqoyiq asarida borliq masalasi Reja



Download 50,82 Kb.
bet6/6
Sana07.02.2023
Hajmi50,82 Kb.
#908815
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu A. Nasafiyning Zub- atul haqoyiq asarida borliq masalasi

Ma’naviy borliq sub’ektiv individuallashgan va ob’ektiv (noindividual) ma’naviy borliq sifatida mavjud. Individuallashgan ma’naviy borliq - bu insonning ichki dunyosi, u onglilik va ongsizlikni qamrab oladi. Bunday yondashuvga ko‘ra, ruh – individual ong bilan ayniy tushuncha, tor ma’noda esa u tafakkurdir. Ong – inson bosh miyasining dunyo borlig‘ini izchil aks ettirish, uni obrazlar va tushunchalarga aylantirish qobiliyati. U taassurotlar, sezgilar, kechinmalar, fikrlar, shuningdek g‘oyalar, e’tiqodlar, qadriyatlar, mo‘ljallar, andozalarning ko‘rinmas jarayoni sifatida mavjud. Ong tez oqadigan va bir xil bo‘lmagan orqaga qaytmaydigan xususiyatga ega. Shaklan bu jarayon tartibsiz, lekin shu bilan bir vaqtda unda muayyan tartib, barqarorlik, struktura, muayyan darajada intizom va iroda mavjud.
Inson ongi ayni vaqtda uning o‘z-o‘zini anglashi, ya’ni o‘z tanasi, fikrlari va tuyg‘ularini, o‘zining boshqa odamlarga bo‘lgan munosabatini va o‘zining jamiyatdagi o‘rnini anglab yetishi, ya’ni o‘zini o‘zi bilishdir. O‘zlikni anglash – bu ongimizning o‘ziga xos asosidir.
Individual ong o‘zining o‘limga mahkumligi bilan tavsiflanadi, lekin uning ayrim qismlari noindividual ma’naviy shakl-shamoyil kasb etadi, shuningdek boshqa kishilar mulkiga aylanadi. Xatti-harakatlarda inson ongining fragmentlari moddiylashadi, ularga qarab odamlarning niyatlari, mo‘ljallari, maqsadlari, g‘oyalari haqida xulosa chiqariladi. Noindividual ma’naviy borliqning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning elementlari saqlanadi, takomillashadi va ijtimoiy makon va vaqtda erkin harakatlanadi;
Ijtimoiy borliq ayrim insonning jamiyatdagi borlig‘i va jamiyatning borlig‘iga bo‘linadi. Har bir inson boshqa odamlar bilan muttasil aloqa qiladi, turli ijtimoiy guruhlar: oila, ishlab chiqarish jamoasi, millatning a’zosi hisoblanadi. U boshqa individlar bilan yaqin aloqa qilib yashaydi. Odamlarning barcha faoliyati mazkur sotsiumga xos bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar, chunonchi: siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, axloqiy va boshqa munosabatlar doirasida amalga oshiriladi.
Virtual borliq texnologiyasi zamirida birinchi marta XX asr 60-yillarining o‘rtalarida paydo bo‘lgan kompyuterlar yordamida dunyolar modelini yaratish mumkin, degan g‘oya yotadi. Virtual (lotincha Virtualis – mumkin bo‘lgan) – narsalar va hodisalarning vaqt va makonda moddiy mavjudligiga qarama-qarshi o‘laroq, ob’ektiv narsalar yoki sub’ektiv obrazlar mavjudligining nomoddiy turi.
«Virtual borliq» atamasi 1970 yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida Jeron Lener tomonidan o‘ylab topilgan. U 1984 yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda yaratiladigan muhitda insonning mavjudligi g‘oyasini ifoda etadi. «Virtual borliq» atamasi muomalaga amerikalik kinematografchilar tomonidan kiritilgan. Ular muayyan sabablarga ko‘ra tabiiy yo‘l bilan amalga oshirib bo‘lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni belgili-grafik shaklda sun’iy amalga oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani shu nom bilan chiqarganlar.
Virtual borliq - inson real borliqda harakat qilayotgani illyuziyasini kompyuterda yaratish imkonini beruvchi interfaol texnologiya. Bunda ob’ektiv borliqni tabiiy sezgi organlari yordamida idrok etish o‘rnini maxsus interfeys, kompyuter grafikasi va ovoz vositasida sun’iy yaratilgan kompyuter axboroti egallaydi. Virtual borliq amalda yo‘q narsa, uni qo‘l bilan tutish, uning ta’mi va hidini his qilish mumkin emas. Shunga qaramay, u mavjud va inson bu xayoliy olamga kirib, uni nafaqat kuzatadi va boshdan kechiradi, balki unga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi, ushbu olamda mustaqil harakat qiladi, uni o‘zgartira oladi. Virtual olam – inson borlig‘ining o‘ziga xos shakli va odamlar ma’naviy aloqasining alohida madaniy ifodasidir.
Ammo virtual borliq real fizik borliqdek lazzat baxsh eta olmaydi, chunki bu borliq ta’sirida vujudga keluvchi his-tuyg‘ular ko‘p jihatdan uning o‘zi bilan emas, balki uni biz qanday idrok etishimiz bilan belgilanadi. Biz virtual dengizda cho‘milishimiz mumkin, ammo bunda paydo bo‘luvchi his-tuyg‘ularimiz bu dengizni biz qanday idrok etishimizga bog‘liq bo‘ladi. Virtual tarvuz haqiqiy tarvuzdan shirin emas, virtual kolbasa haqiqiy kolbasa o‘rnini bosa olmaydi va h.k. Virtual borliqni odamlar yaratadi. Shu bois virtual borliqda mavjud barcha narsalarning manbai inson ongidir. Binobarin, virtual borliq ong, ong osti sohasi va fantaziya chig‘irig‘idan o‘tuvchi fizik borliqdan shakllanadi. Virtual borliq ob’ektiv tarzda, ya’ni inson miyasida emas, balki kompyuterda mavjud bo‘ladi. Ayni vaqtda, u inson ongining mahsulidir. Inson tomonidan yaratilganidan keyin u inson ongidan qat’iy nazar yashashda davom etadi, bu ongga har xil ta’sir ko‘rsatadi, mazkur ongning mazmuniga – bilimlar, emotsiyalar, kayfiyat hamda ongning boshqa unsurlariga qarab, har xil idrok etiladi. Bugungi kunda virtual borliq inson madaniy faoliyatining turli sohalarida qo‘llanilmoqda. Virtual borliqdan eng avvalo u vujudga kelgan sohada, fanda – fizikada suyuqlik va gazlar dinamikasini modellashtirishda, kimyoda kimyoviy reaksiyalar modelini tuzishda, geologiya va geografiya fanlarida foydalanilmoqda. Muhandislik sohasida, ayniqsa, xavfli sharoitlarda: ochiq kosmosda, dengiz va okeanlarning chuqur joylarida, yadro muhandisligida robotlarni masofadan turib boshqarishda virtual borliq keng qo‘llanilmoqda. Muhandislik dizaynini avtomatlashtirish jarayonida virtual borliq texnologiyasi ayniqsa qo‘l kelmoqda. Kompyuter dizayni va uning ajralmas hamrohi – kompyuter ishlab chiqarishi raketalar va samolyotlar, avtomobillar katta binolar konstruksiyalarini sinovdan o‘tkazishda yagona jarayonga birlashtirildi. Virtual borliq texnologiyasidan harbiylar ham keng foydalanmoqdalar. Masalan, AQSh armiyasida harbiy xizmatchilarda merganlik ko‘nikmalarini shakllantirishda imitatorlardan, jang sharoitida tez va to‘g‘ri qarorlar qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirish uchun esa harbiy doktorlardan foydalaniladi. Juda qimmatga tushadigan va atrof muhitga katta zarar yetkazadigan harbiy mashqlar imitatsiya qilinmoqda. Tank qismlarida tankdan o‘q uzishni hamda tank jangida askarlar va ofitserlarning shaxsiy ishtirokini imitatsiya qiluvchi harbiy o‘yinlardan foydalanilmoqda. Loyihalashtirilgan, lekin hali yasalmagan qurol-aslaha turlari sinovdan o‘tkazilmoqda. Harbiylar olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va ularga baho berish uchun ham kompyuter imitatsiyasidan foydalanmoqdalar. Ta’lim sohasida mashq trenajyorlarini yaratishda virtual borliq texnologiyasidan foydalanilmoqda. Yaqinda virtual kutubxonalar va muzeylar tashkil etish konsepsiyasi taklif qilindi. Masalan, virtual kutubxonalarda foydalanuvchi kompyuter yordamida kitob javonlarining vizual tasviri bo‘ylab harakatlanishi, kerakli adabiyotlarni topishi va olib ko‘zdan kechirishi, zarur holda esa ulardan nusxa ko‘chirishi mumkin. Virtual muzey konsepsiyasi bir qadar boshqacha. Virtual muzey foydalanuvchilarga kolleksiyadagi istalgan eksponatni uning tabiiy, uch o‘lchovli ko‘rinishida ko‘rish imkonini beradi. Ammo bu tasviriy yechish qobiliyati ancha yuqori bo‘lgan displeylarni taqozo etadi. Shunday qilib, virtual borliq nazariy izlanishlardan ommaviy axborot vositalari va telekommunikatsiyalar ajralmas qismi bo‘lgan hozirgi zamon madaniyatining tarkibiy qismiga aylandi.
Yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga intilish bizga rivojlangan jamiyatlarda tobora katta rol o‘ynayotgan yangi tajribaning cheksiz imkoniyatlarini qo‘lga kiritish imkonini beradi, degan umid bilan bog‘liqdir. Virtual borliq tizimlari bu tajribadan va insonning «yangi o‘ziga xos xususiyati»dan foydalanish imkonini amalda ta’minlaydi. Inson faqat o‘z tasavvuri bilan cheklanadigan sun’iy tarzda yaratiluvchi virtual olamlar orasida yashay boshlaydi. Bunday dunyoni yaratish mumkinmi? Biz o‘zimizda kiborglarni kashf etamizmi yoki faqat ongning kompyuterlar modellashtiruvchi muhit doirasidagi hozircha ifodalash mumkin bo‘lmagan holatlarining tajribasinimi - buni kelajak ko‘rsatadi.
Bu yaqinlashayotgan va kompyuter ekranlari yorug‘i bilan o‘ziga chorlayotgan holatlarni qanday baholash hamda tavsiflash mumkin? Hozirgi zamon odamining haqiqiy bo‘lmagan, g‘ayriinsoniy zombi holatidagi mavjudligi borliqni inkor etish demakdir. U shaklan boshqacha borliq, mazmunan esa yo‘qlik sifatida amal qiladi..
Borliqning yuqorida sanab o‘tilgan turli shakllari bugungi kunda fanga aniq ma’lum bo‘lgan, kuzatish, o‘rganish, tahlil, nazorat va hokazolar predmeti bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha narsalarni o‘z ichiga oladi. Ayni vaqtda dunyo fan va inson aqli anglab yetmagan jumboqlar va mo‘jizalarga to‘ladir. Ammo bu hol borliq haqidagi hozirgi tasavvurlar o‘z kuchini yo‘qotadigan qandaydir o‘zga dunyolar mavjudligidan dalolat beradi, deb aytish uchun yetarli asoslar mavjud emas.
Xullas, «borliq» kategoriyasi o‘ta umumiy falsafiy abstraksiya bo‘lib, u turli-tuman tabiat hodisalari va jarayonlarini, odamlar jamoalari va ayrim kishilarni, ijtimoiy institutlarni, inson ongining darajalari, shakllari va holatlarini mavjudlik belgisiga ko‘ra birlashtiradi. Garchi bu hodisalar va jarayonlar borliqning turli sohalariga taalluqli bo‘lsa-da, ularning barchasini umumiy asos birlashtiradi. Ammo cheksiz darajada rang-barang dunyoning yagonaligi to‘g‘risida so‘z yuritish mumkinmi? Bu savolga «ha» deb javob berish orqali biz butun borliqning umumiy asosi haqida tasavvur hosil qilamiz. Bu haqda quyida so‘z yuritiladi.
Nasafiy bir necha yillik ilmiy safarlar va ulamolar suhbatidan hosil boʻlgan bilim va tajribalariga asoslangan holda bir qator fan sohalarida asarlar yozdi. Manbalarda alloma oʻzidan yuzdan ortiq ilmiy asar qoldirgani haqidagi maʼlumot mavjud. Ularni tafsir, hadis, kalom, fiqh va sheʼriyat kabi shartli besh guruhga boʻlish mumkin.
Tafsir ilmi boʻyicha olim „at-Taysir fi (ilm) at-tafsir“ („Tafsir ilmiga oid osonlashtirilgan kitob“) asarini yozgan. U toʻrt jilddan iborat boʻlib, unda Qur’on oyatlarining sharhi oʻziga xos tartibda berilgan.
Hadis ilmida olim muayyan mavqeni egallagan. Unga „al-Hofiz“ nomining nisbat berilishi fikrimiz dalilidir. Hofiz darajasiga erishgan muhaddislar kamida 20 ming, baʼzi kitoblarga koʻra 50 ming yoki 100 ming va undan ortiq hadislarni matn va isnodlari bilan toʻliq yod bilganlar.
Allomaning hadis ilmida peshqadam boʻlganini uning bu sohada yozgan asarlari ham tasdiqlaydi. Masalan, Nasafiy Imom Buxoriyning „al-Jomi as-sahih“ asarini sharhlab, oʻzining „an-Najoh fi sharh axbor kitob as-sihoh“ („Sahih kitobidagi xabarlarni sharhlash boʻyicha erishilgan yutuqlar“) nomli kitobini yozdi.
Hozirgi kunda Nasafiyning Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan „Matla an-nujum va-majma al-ulum“ („Yulduzlarning chiqish joyi va ilmlarning tutashgan yeri“) nomli katta hajmdagi qomusiy nodir qoʻlyozma asarining bir qismi ham hadis ilmi hamda vaʼz-nasihatlarga bagʻishlangan.
Bundan tashqari, olim hadis ilmining turli janrlariga bagʻishlangan „Tatvil al-asfor li-tahsil al-axbor“ („Xabarlar talabidagi uzoq safarlar“) asarining ham muallifidir.
Kalom ilmida Nasafiy Imom Moturidiy anʼanalarini davom ettirdi. Masalan, Abu Ali al-Hasan ibn Abdulmalik al-Moturidiy, sahoba Abu Ayyub Xolid al-Ansoriy avlodi boʻlmish Abul Hasan Ali ibn al-Hasan al-Moturidiy kabi olimlar Nasafiyning ustozlari edilar. Nasafiy oʻzining bilvosita ustozi Imom Moturidiy taʼlimotini ixcham va qisqa shaklga keltirib, moturidiylik taʼlimotini keng yoyishga xizmat qildi. U yaratgan „Aqoid an-Nasafiy“ asari islom olamida keng tarqalgan boʻlib, unga koʻplab sharh va hoshiyalar yozilgan. Olim kalomga oid birgina shu asarni yozgan boʻlsa-da, uning ilohiyotchi sifatida shuhrat qozonishiga sabab uning juda qisqa holda islom aqidasini nazariy asoslab berganidir.
Fiqh ilmi boʻyicha Nasafiy oʻzidan soʻng hanafiy fiqhiga oid boy ilmiy meros qoldirdi. Manbalarda uning bu sohada yaratgan sakkizta asarining nomi keltiriladi. Ulardan „Kitob ad-doir fi-l-fiqh“ („Fiqhga doir kitob“), „Mashori ash-shori“ („Qonunchining qonunlari“), „al-Hasoil fi-l-furu“ („Furu boʻyicha erishilgan yutuqlar“) yoki „al-Hasoil fi-l-masoil“ („Masalalar boʻyicha erishilgan yutuqlar“)ning nomlarigina bizga maʼlum xolos. Uning „al-Manzuma an-nasafiya fi-l-xilofiyot“ („Nasafiyning xilof ilmiga oid nazmiy kitobi“), „Tilbat at-talaba“ („Tolib istagan kitob“), „Sharh al-usul li-l-Karxiy“ ("al-Karxiyning „usul“iga sharh"), „Fatovo shayx al-islom as-Sugʻdiy“ („Shayxu-l-islom as-Sugʻdiy fatvolari“) asarlari bizgacha yetib kelgan.
Sheʼriyat sohasida ham olim samarali ijod etib, yozgan asarlarining koʻp qismini nazmga solgan. Jumladan, „Kitob al-qand“da keltirgan hadislaridan aksarini oʻz tili bilan sheʼriy uslubda ham sharhlab oʻtadi. Yuqorida nomi zikr etilgan fiqhga oid „Al-Manzuma an-nasafiya fi-l-xilofiyot“ asari esa toʻligʻicha nazmiy usulda yozilgan.
Nasafiy oʻzi asar yozish bilan birga boshqa olimlarning kitoblaridan ham dars bergan. Masalan, 1137-yilda Samarqanddagi „Ku-yi Muqotil“, „Ku-yi namdon-giron“ nomli masjidla¬rda va oʻz masjidida (masjid Abi Hafs Nasafiy) hamda „Tabgʻoch-xon“ madrasasida hadis ilmi toliblariga quyidagi asarlarni imlo qildi:

  1. „Kitob at-tavorix va-l-ansob“ („Tarix va nasablar kitobi“);

  2. „Tasmiyat ashob al-mukarrama alo tartib al-huruf al-mu’jama“ („Muhtaram yaqinlar ismlarining alifbo tartibidagi qomusi“);

  3. „Tarix al-xulafo al-qoimin baʼda-l-xulafo ar-roshidin“ („Xulafoi roshidindan keyin hukm surgan xalifalar tarixi“);

  4. „Nasab mashohir aimmat ad-din va tavorixuhum“ („Din imomlaridan mashhurlarining nasab va tarixlari“);

  5. „as-Sab’iyot as-sam’iyot“ („Tinglangan yettiliklar“; bu kitob oʻz ichiga 360 ta hadis matnini jam qilgan);

  6. „Kitob al-xutab al-jiyod li-l-juma va-l-aʼyod“ („Jum’a va iyd uchun sara xutbalar“).

Nasafiyning baʼzi asarlari shuhrat qozonganini, ularga koʻplab sharhlar bitilganidan ham bilish mumkin. Olim asarlaridan bizgacha yetib kelganlarining soni oʻndan oshadi. Bu asarlar kelajakda Nasafiyning serqirra ijodining turli yoʻnalishlarini mufassal oʻrganishga yetarli asos boʻlib xizmat qila oladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Nasafiy oʻz davrining taniqli olimi boʻlib, turli ilm sohalarida faoliyat yuritdi. U qoldirgan boy maʼnaviy meros asrlar osha Oʻrta Osiyo xalqlari maʼnaviyatini koʻtarishga xizmat qildi. Ayni kunda ham bu xazina oʻz qadr-qimmatini yoʻqotmadi, balki xalqlar, xususan, yoshlar orasida ilm-maʼrifat nurlarini sochib, tarix zarvaraqlarini yoritmoqda.[2]

1 Қаранг: Малюкова О.В. Материя, пространство и время с точки зрения физики ХХ века / Онтология, гносеология, логика и аналитическая философия. – СПб.: 1997. – С.93.

2 Аристотел // Всемирная энциклопедия.-Т.: Современный литератор, 2001. –С.24.

3 Ибн Сино Трактат о разделении // Классификации существующих вещей//Материалы по истории прогрессивной философии .-М.: 2003. –С. 56

Download 50,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish