DARS ISHLANMASI Informatika fani 9-sinf uchun 1 – dars Mavzu: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari Maqsad:O`quvchilarga masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari haqida ma’lumot berish;
Vazifa: Ta’limiy:Matematikada masalalar yechish bosqichlarini ko’rish bilan kompyuterda masalalar yechishning 6 ta bosqichlari haqida tushuncha hosil qilish.
Tarbiyaviy: O`quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish;
DTS: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari haqida ma’lumotga ega bo`lish.
Dars jihozi:__________________________________________________________________________
Dars turi: Kirish darsi.
Dars Uslubi: ________________________________________________________________________ Dars o’tish joyi: _____________________________________________________________________ Darsning borishi: I. Tashkiliy davr 1) salomlashish;
2) davomatni aniqlash.
II. Takrorlash elektron jadvalning imkoniyatlari;
III. Yangi mavzuni o`rganish. Inson amaliy ish jarayonida juda ko‘p masalalarni hal etishiga to‘g‘ri keladi. Masalalarning ba’zilari oson, ba’zilari murakkab hisob-kitob bilan bog’liq bo’ladi. Ba’zi masalalarni hal etishda biror amallar guruhi esa minglab marta bajarilishiga to’g’ri kelishi mumkin. Shuning uchun beminnat va o’ta tez ishlaydigan yordamchimiz bo’lgan kompyuter bu ishimizda yordam bera oladimi, agar yordam bera olsa, u holda masalalarni kompyuterda hal etish qanday tashkil etiladi? degan savol tabiiydir. Bu savolga javob berishdan avval bir nechta masala va ularni yechilishini ko’rib chiqaylik.
1–masala. Hajmi 20 sm3 bo’lgan jism suvga botirilganda unga ta’sir etuvchi ko’taruvchi kuch qiymatini toping.
Masalani tahlil etamiz: fizika kursidan ma’lumki, suvga botirilgan jism o’z hajmiga teng suvni siqib chiqaradi va unga siqib chiqarilgan suv og’irligiga teng kuch ta’sir etadi, bu kuch Arximed kuchi deb ataladi.
Chizmasi:
Berilgan:
Formulalar:
= 1000
g = 9,81
FA = ρ ·V· g
Topish kerak: FA-?
Yechish: FA = 1000 · m3 · 9,81= 0,1962 · m3 · = 0,1962 N.