Mavzu №8: web saytlar yaratishga yo‘naltirilgan dasturiy ta’minotlar. Tibbiyot tizimlarining axborot havfsizligini ta’minlash



Download 188.5 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2020
Hajmi188.5 Kb.
  1   2
MAVZU № 8: WEB SAYTLAR YARATISHGA YO‘NALTIRILGAN DASTURIY TA’MINOTLAR. TIBBIYOT TIZIMLARINING AXBOROT HAVFSIZLIGINI TA’MINLASH

Internet bu XX asrda kashf etilgan telekommunitsion va kompyuter tarmoklar majmuidir. Uning tarixi 1960 yillaridagi Karib majorasidan sung, AKSHning ilmiy markazlaridan biri bulgan RAND CORPARATION korxonasi birinchi marta butun mamlakatni kamrab oladigan markazlashmangan kompyuter tarmogini yaratishni taklif kilgandan boshlanadi. Bu loyixani amalaga oshirishdan maksad xarbiy muassasalar, ilmiy va ukuv markazlari kompyuterlarni bir tarmokka birlashtirib, boshkarishni markazlashtirish edi. Maksad yadro kuroli xujumiga xam, tarmokning bir necha kismi ishdan chikkan xolda xam ishlash faoliyatini saklab koladigan sistemani yaratish edi. SHunday kilib Internetga asos solindi.
1964- yili 4 tarmokdan iborat AKSH ning eng nufuzli tekshirish institutlarida joylashgan ARPANET tarmogi yaratildi. Boshida olimlarning tadkikot ishlarida foydalanilgan tarmok, keyinchalik ularning safsata sotishning sotishning kompyuterlashgan zanjiriga aylanadi. Ammo shunday tarmok yaratishning uzi katta muvaffakiyat edi. 70-yillarda tarmok ancha usdi. Endi tarmokning tuzilishi unga xoxlagan kompyuterlarni ulash imkoniyatini berdi. Keyinchalik 1974-yilda tarmoklarni birlashtiruvchi TCP/IP protokoli tuzildi va tarmokning rivojlanishiga turtki buldi. CHunki tarmokka ixtiyoriy kompyuterni ulash imkoniyati paydo buldi. 1983-yilda ARPANET-INTERNET deb atala boshlandi va juda kuchli, bir-biri bilan boglangan kompyuterlar va trmoklar tuplamidan iborat sistemasiga aylandi.

1980-yillar INTERNETning keskin usish davri buldi. Kompyuterlarning markazlashmagan boshkarish tarmogi bilan boglanish sxemasi butun dunyoga tarkaldi va chet el tarmoklari tashkilotchilari AKSH tarmogiga ulanishga rozi bulishdi. INTERNET ning butun dunyoni kamrab olishi kuyidagi tarmoklarning kushilishi xisobiga buldi. NSFNET - AKSHning ilmiy-tadkikot institutlarini, korporatsiya va xukumat idoralarini birlashtiruvchi tarmog. (1980 yil) EUNET (Europe Union Network) - Evropaning UNIX operatsion sitemasida va UUCP xamda TCP/IP da ishlaydigan mashinalari tarmogi.

Internetga ulangan kompyuterlar soni 1987 yilda 10 000 bulsa, 1989 yilda 100 000 taga etdi, 1995 yilda esa 6,5 million deb xisoblangan. Xozirgi kunda esa dunyoning 150 dan ortik mamlakatida 100 milionlab kompyuterlar Internetga ulangan bulib, xar oyda tarmok abonentlar mikdori 7-10% ortib bormokda. Internet dagi kompyuterlar aksariyati AKSH da joylashgan.

90- yillar INTERNET da xizmat tarmoklari tashkil kilingan davr buldi. 1990 yili Bill Xilan, Elan Emtidj va Piter Deych ARCHIE programmasini ishlab chikishdi. 1991 yili Bryuster Kaale WAIS programmasini tuzdi, Minnesota universitetida Pol Lindner va Mark Mak-Kayl tomonidan Gopher programmasi tuzildi. 1992 yilda Nevada shtati universitetida yaratilgan Veronica sistemasi ishga tushirildi va shu sababli tarmokdagi kompyuterlar soni milliondan oshib ketadi.

Ammo Internet ning 90-yillardagi rivojlanishiga asosiy sabab World Wide Web (Butun Dunyo Tarmogi) ning tuzilishi buldi. Uni birinchi nusxasini 1990 yilining noyabrida CERN (Evropa atomni tekshirish markazi) xodimi Tim Berns-Li yaratdi, lekin 1992 yilgachi ishga tushirilmadi. 1993 yilda NCSA (National Center for Supercomputer Applications, Superkompyuterli Xisoblash Milliy Markazi) tomonidan Mosaic programmasi ishlab chikarildi va shu yil oxiriga 200 ta WWW server ishga tushirilib WWW buyicha axborot okimi 1% ni tashkil kilgan.

Internet va WWW bir xil emas. Internet butun dunyo kompyuterlar tarmoklarining tuplamini belgilaydi va turli xil kompyuter xizmatlarini kursatadi. Bu - E-mail elektron pochta, Usenet telekonfirensiyalari, FTP ma’lumot fayillarini uzatish sistemasi, Telenet uzokdan terminalga kirish sistemasi, Gopher sistemasi va Butun Dunyo Tarmogi- WWW. Demak WWW Internetning fakatgina bir kismidir. Lekin u juda tez rivojlanmokda.



(Edward H. Shortliffe, James J. Cimino Editors Biomedical Informatics. Springer, New York, 2014, str 162-164)
Veb-sahifalar nimaligini va ularning ishlatilishini, qanday yaratilishi va boshqarilishini bilish hamda tushunib olish uchun avvalo zamonaviy internet tizimi nima va u nima uchun kerakligini puxta bilib olish lozim. Dunyo miqyosidagi Internet deb atalgan elektron malumotlar uzatish tizimi qaysidir bir insonning ikki kompyuterni bir-biri bilan ulab, malumot uzatish mumkinligini isbotlagandan so‘ng, paydo bo‘ldi. Dunyo miqyosidagi hisoblash tarmog‘ining ilk modeli xuddi shu tarzda vujudga keldi va shiddat bilan rivojlanib ketdi. Deyarli barcha davlatlar xududlarida mavjud bo‘lgan o‘rgimchaximon hisoblash tarmog‘i World Wide Web planetamizning istalgan joyidagi insonlar bilan faol muloqot qilishga imkon beradi va bu bilan xilma-xil mamlakatlardagi turfa xil insonlarga ular orasidagi siyosiy, madaniy, irqiy, diniy va jug‘rofiy farqlarga qaramay, erkin aloqa qilish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida jamiyat va shaxsning informatsion erkinligiga olib keladi va hur fikrlashga keng imkoniyat yaratadi. Bu ma’noda biz hozir shaxs erkinligiga katta imkoniyatlar yaratadigan tub manodagi va ozod informatsion jamiyat tashkil bo‘lishi hamda rivojlanishi bosqichidamiz deyish mumkin. Insonlar kelajakda ushbu "virtual" muloqot vositasining axamiyati va insoniyat jamiyatining rivojlanishiga tasirini yana ko‘p marta fikrlab hamda chuqur mulohaza qilib ko‘radilar. Internet jamiyatning rivojlanishida juda katta rol o‘ynaydi. Misol sifatida quyidagi raqamlarni keltiramiz. Ommabop malumot olish va uzatish vositasi sifatida 50 millionlik mijozlarni to‘plash uchun radioga 30 yil, televideniyaga esa 13 yil ketgan bo‘lsa, xuddi shu natijaga erishish uchun internetga atigi 4 yil zarur bo‘ldi, xolos. Bundan buyon xam internet ommaviy axborot vositalari orasida eng oldingi o‘rinlardan birini egallab turishi aniqligi uning rivojlanish va amalda qo‘llanish imkoniyatlaridan yaqqol ko‘rinib turibdi. Bugungi kunda internet tarmog‘i ko‘rinishidagi kiberfazo 150 milliondan ortiq xilma xil turdagi kompyuterlarni bir-biri bilan birlashtirib, ularning samarali ishlashini taminlab turibdi.

Nega insonlar internet bilan ishlashga bunchalik qiziqadilar? - degan savolga javob berish uchun undan foydalanib, hosil qilinayotgan imkoniyatlar bilan bog‘liq bir qancha misollarni ko‘rib chiqamiz. Buni internetdagi "Rambler" deb atalgan informatsion sistema bilan sodda usulda tanishtirishdan boshlaymiz. Uni katta shaharning bir maydoni sifatida tushunib, undan bir qancha ko‘chalar xilma xil tomonlarga tarqalib ketgan deb faraz qilsak, ko‘chalarning biri sportga qiziqqanlar uchun, ikkinchisi talimga qiziquvchilar uchun, keyingisi sanatga ishqibozlar uchun, yana biri ishga kirish uchun imkoniyat qidiruvchilar uchun va hakozolar desak bo‘ladi. Siz faqat nimani tanlaganingizni tegishli manzilni tergan holda aniqlashingiz lozim bo‘ladi xolos. Ushbu elektron ko‘chalarda xilma xil ranglarda virtual reklamalar - bannerlar tovlanib turgan bo‘ladi. Tanishuv klublari, yangi latifa, turistik byurolar, virtual kazinolar va shunga o‘xshash qiziqarli imkoniyatlar Sizda internet bilan ishlashga yana ham katta ishtiyoq hosil qiladi. Kerakli elektron manzillarni bilmagan kimsalarga rambler "Malumotlar byurosi"ni taklif qiladi va undan juda ko‘p xil malumotlar olish imkoniyati yaraladi. Masalan, "Klyuchevie slova" darchasida "Kurs dollara" so‘zini tersangiz, sizga o‘sha zaxoti bunday malumotlar olinishi mumkin bo‘lgan bir qancha saytlarning elektron manzillari ko‘rsatiladi. Agar internetda ishlovchida biroz bo‘sh vaqt bo‘lsa, unda xilma xil joylarga sayohat qilish imkoniyati yaraladi. Bunday sayohatni masalan, www.fourmilab.ch dan boshlasak, tegishli tugmachalarni turtish orqali kosmosga sayoxat qilishimiz ham mumkin. Ekranda erning geostatsionar yo‘ldoshi orqali berilayotgan tasvirini real vaqt rejimida ko‘rishimiz mumkin. Materiklar, okeanlar, dengizlar, o‘rmonlar va daryolar sizning kompyuteringiz ekranida muhayyo bo‘ladi. Kursordan foydalanib, er sharining teskari tomonini ko‘rishga harakat qilamiz. Masofani qisqartirib, uni 100, 50, 30 kilometr balandlikdan bo‘lgan holatlarga olib kelamiz. Katta shaharlarning ko‘chalari aniq ko‘rina boshlaydi. Afsuski, hozirgi er yo‘ldoshlaridagi ommabop telekameralarning imkoniyatlari hozircha 10 kilometr balandlikdan ko‘rishgagina imkon beradi, aks holda kompyuter ekranida o‘zingizning uyingizni ko‘rish imkoni ham yaratilar edi. Internet tarmog‘ida shunday manzillar ham mavjudki, ular yordamida 2 metrgacha aniqlikda kosmik suratlar ham olish mumkin. Demak, ushbu rasmlar orqali mashinaning markasini aniqlash, dala hovlingizning rasmini olish yoki hohlagan joyning suratini olish mumkin. Lekin bu xildagi saytlar pullik xizmat turiga kiradi. Agar erdagi faoliyat turlari bilan qiziqsangiz, www.odci.gov/cia/ciakids/index.html sahifasiga kirishingiz va "boshlang‘ich josuslar maktabi" saboqlarini olishingiz mumkin. Ushbu sayt markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, bu sohada malakali kadrlar tayyorlashni ko‘zda tutadi. Soha bo‘yicha malakali mutaxassislar o‘z tajribalarini o‘rtoqlashib, bu kasbning qiziqarli tomonlarni tushuntiradilar va amaliy ish o‘yinlarini taklif qiladilar. Angliyada esa moliyaviy ishlar bo‘yicha onlayn (bevosita) sud o‘z ishini boshladi. Buning uchun Money Claim Online saytiga kirib, o‘z va javobgar bilan bog‘liq malumotlarni hamda mablag‘ miqdorini kiritish lozim bo‘ladi. O‘sha kunning o‘zida ushbu murojaatni sud ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qilinadi xamda u javobgarga oddiy pochta orqali jo‘natiladi. Hozirgi paytda ko‘pgina tashkilotlar to‘liq tushunib etdilarki, internetda o‘z Veb-saytlarini tashkil etmaslik ushbu kiberfazoda mavjud bo‘lmaslikka olib keladi va demak, bunday tashkilot rivojlanishdan ancha orqada qoladi. SHuning uchun ham turli xil mamlakatlarning ilg‘or intelligentsiya vakillari internetni insoniyat jamiyatining yangi informatsion yashash muhiti deb tushundilar.

Matnni hoshiyalash tillari


Matnni hoshiyalash tillarini veb sahifadagi yo‘l harakati belgilariga o‘xshatish mumkin. Ularni yana musiqachi uchun nota belgilari, deb qarash mumkin. Hoshiyalash tillari veb sahifani ekranda qanday boshqarish va ekranda ko‘rsatish farmoyishlari to‘plamidir. Bu farmoyishlar teglar

(tag – nishon, etiketka, degan ma’noni anglatadi) deb ataladi va matn ko‘rinishida bo‘lgan veb sahifaga joylanadi.



Masalan HTML hujjat o‘zida quyidagi matnni aks ettirgan bo‘lsin:


Download 188.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat