bu yerda L – stenddagi tortilgan armaturalar uchi orasidagi masofa; n – bitta stend liniyasidagi buyumlar soni; l1 – buyumning uzunligi.
shu bilan birga
A=A3+An
bu yerda
A3 – tortilgan armatura chiqindilari va u stendning konstruksiyasiga bog‘liq bo‘ladi;
An – stend konstruksiyasiga bog‘liq bo‘lmaydian chiqindilar:
;
bu yerda
s – armatura uchidan stenddagi birinchi qolip oxirigacha bo‘lgan masofa;
l – yonma-yon joylashgan qoliplar chetlari orasidagi masofa.
Ishlab chiqarishda foydalanilayotgan stendlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki armaturaning umumiy chiqindisi 12-16 foizni tashkil etadi.
2.7-jadvalda 12, 18 va 24 m uzunlikdagi buyum tayyorlashda stendlarning maqsadga muvofiq bo‘lgan uzunlik ko‘rsatkichlari keltirilgan.
Liniyali stendlar
2.7-jadval
Bir stenddagi buyumlar soni
|
Stendni foydali uzunligi (quyidagi uzunlikdagi buyumlar uchun), m
|
12
|
18
|
24
|
1
|
13
|
19
|
25
|
2
|
25,5
|
37,5
|
49,5
|
3
|
38
|
55
|
74
|
4
|
50,5
|
74,5
|
98,5
|
5
|
63
|
93
|
123
|
6
|
75,5
|
111,5
|
147,5
|
7
|
88
|
130
|
172
|
8
|
100,5
|
148,5
|
196,5
|
9
|
113
|
167
|
221
|
10
|
125,5
|
185,5
|
245,5
|
11
|
138
|
204
|
270
|
12
|
150,5
|
222,5
|
294,5
|
Armatura sarfi quyidagi hollarda ayniqsa kam bo‘ladi:
12-18 metrlik buyumlar uchun stend uzunligi 37,5-38 m bo‘lganda; 12, 18 va 24 m buyumlar uchun stend uzunligi 74-75,5 va 147-150,5m, 18-24 m buyumlar uchun 221-222,5m bo‘lganda.
Uzun stendlarda buyum tayyorlash.
Aksariyat yig‘ma temir-beton zavodlarida oldindan tortilgan temir-beton konstruksiyalar tayyorlash uchun paketli stendlar ishlatiladi.
Paketli stend ikkita qoliplash liniyasidan iborat bo‘ladi. Kichik liniyada balandligi past bo‘lgan buyumlar tayyorlanadi. Ikkinchi liniyada esa balandligi 2 m gacha bo‘lgan buyumlar qoliplanadi.
Paketlar alohida texnologik liniyalarda tayyorlanadi. Bunday liniyalarda g‘altak va gidravlik press mavjud bo‘ladi.
Oxiriga qisqich o‘rnatilgan tayyor paketlar 300-400 mm ga suriladi va keyingi paketning boshlanishiga qisqich tayyorlanadi, ikkinchi va uchinchi qisqichlar o‘rtasidagi simlar aylana arra bilan kesiladi.
Chiyralgan armaturani yotqizish usuli paket stendlarinikidan farq qiladi. Stend o‘ram tortuvchi aravacha bilan jixozlangan bo‘ladi.
Buyumlar vertikal holatda qoliplanganda ikki hil qolip ishlatiladi (ikki nishabli balkalar): poddonga sharnir bilan biriktirilgan ochiladigan bortli va almashtiriladigan bortli. Qolip chetlari bortga mahkamlanadi.
Buyum gorizontal holatda qoliplanganda esa bort sifatida opalubka ishlatiladi va maxsus qotirish moslamalari bilan mahkamlanadi.
Buyumlarni kalta stendlarda tayyorlash.
Zamonaviy zavod texnolgiyasida kalta stendlar uzunligi 12-18 m bo‘lgan yopqichlar, kolonna va karkasli binolar balkalari, uzunligi 18 va 24 m bo‘lgan yopma balka va fermalar tayyorlashda ishlatiladi. Kalta stendlarning o‘zgartirish oson bo‘lgan texnologiyasi, qizuvchan qoliplar beradigan afzallik qoliplarning mahsulot berish darajasini 2-4 marta oshiradi.
Kalta stendlarda buyumlar gorizontal holatda tayyorlanadi. Ko‘p zavodlar kalta stendlarda, gorizontal holatda bir vaqtning o‘zida ikkita segment fermalari tayyorlanadi. SHu bilan birga 1,2x1,1m o‘lchamli temir-beton balka qoliplashga tayyorlangan 2 ta fermaning pastki belbog‘idagi armaturalar tortilishi kuchini qabul qiladi.
Fermalarni ommaviy ishlab chiqarilganda mexanizatsiyalashgan buriladigan qolipli stend ishlatiladi (2.9-rasm). Issiqlik bilan ishlov berish tugaganidan so‘ng tortilgan armatura sterjenlarining uchi qirqib tashlanadi. Qolip tozalanib, moylanib navbatdagi qoliplashga tayyorlanadi.
Uzun o‘lchamli buyumlar (balkalar) mexanizatsiyalashgan stendlarda tayyorlanadi (2.10-rasm). Qoliplash moslamasi poddondan, ochiladigan yon bortlari va echiladigan burchak bortlaridan iborat bo‘ladi.
Kasseta usuli bilan temir-beton konstruksiyalarini turli maqsadda tayyorlanishi keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Bu usulning asl mohiyati, mahsulotni qoliplash vertikal holatda statsionar guruhli bo‘laklarga ajratiladigan metall qolip-kassetalarda, qaysiki mahsulot zarur pishiqlikka ega bo‘lgunga qadar ro‘y beradi. Mahsulot ishlab chiqaradigan ishchilar bir kasseta moslamasida mahsulotni qoliplagandan so‘ng boshqasiga adilar, qoliplar soni mosligi uzluksiz ishlab chiqarish potokini yuzaga keltiradi.
5.Texnologik liniyalarni loyihalash
a) Stendlarni hisoblash
Bir stend texnologik liniyasining (uzun yoki qisqa) yoki kuchlangan stend qolipining yillik mahsuldorligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bu yerda:
-bir buyum yoki bir vaqtda qoliplanayotgan buyumlarning hajm yig‘indisi (agarda bir qolipda bir necha buyum bo‘lsa),
-bir texnologik liniyadagi buyumlar soni,
S-bir yildagi ish kunlari soni-262kun;
-stendning bir aylanish davomiyligi –1,5 sutka.
Uzunligi 100 m li stendlarning aylanishi:
-barcha turdagi panellar tayyorlashda-1,5 sutkadan ko‘p emas;
-liniyali buyumlarda-2sutka;
-kranosti balkalarida-3 sutka;
7. Texnologik liniyalar soni quyidagi formula bilan aniqlanadi:
N = Mx / R ,
bu yerda:
Mx -yillik hisobiy mahsuldorlik;
R -bitta texnologik liniyaning yillik mahsuldorligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |