Mavzu: 46 razmerdagi ayollar jiletini tikish va ishlov berish usullarini tahlil qilish



Download 2,94 Mb.
bet1/6
Sana15.04.2023
Hajmi2,94 Mb.
#928723
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bunyot Tbt 2


Mavzu: 46 razmerdagi ayollar jiletini tikish va ishlov berish usullarini tahlil qilish
Reja

1. Kirish


2.Model tanlash va asoslash
3.Material tanlash va asoslash
4. Asbob – uskunalar va tikish usullarini tanlash va asoslash
5. Buyum tikish texnologik tartibni tuzish
6. Kiyim (uzel) tikish texnalogik tartibini tuzish
7. Texnalogik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash
8. Xulosa
9. Foydalanilgan adabiyotlar
10. Ilovalar
Mundarija
1. Kirish ………………………………………………………..……………… 3
2.Model tanlash va asoslash ………………………………..……………… 7
3.Material tanlash va asoslash ……………………………………..…………. 12

  1. Asbob – uskunalar va tikish usullarini tanlash va asoslash ………………………… 14

  2. Buyum tikish texnologik tartibni tuzish…………………………………..................... 21

  3. Kiyim (uzel) tikish texnalogik tartibini tuzish…………………………………………….. 23

7. Texnalogik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash……………………………. 31
8. Xulosa………………………………………………………………………. 32
9. Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………. 33
10. Ilovalar……………………………………………………………………... 34
KIRISH.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining turli soxa va tarmoqlarida amalga oshirilayotgan kengʻlamli islohotlar samarasi yildan yilga tobora ortib borayotganligi mustaqil taraqqiyotining dastlabki yillarida xalqimiz tanlab olgan rivojlanish yoʼli naqadar toʻgʻri hamda puxta asosga ega ekanini, eng muxumi uning negizida fuqorolarimizni hayotiy orzu intilishlari va manfaatlari oʼzining yaqqol ifodasini topganini koʼrsatmoqda
Biz oʼz oldimizga qoʻygan ezgu maqsad qilib qoʻygan kelajagi buyuk davlatni barpo etishda,ijtimoiy iqtisodiy yuksalishning murakkab, izchil va davomli boʻlishi yoʻlida har bir yil aloxida pagʻona boʼlib xizmat qilayotgani etiborlidir. Shuning uchun ham yakuniga yetgan har bir yil davomida bosib oʻtgan yilimizni atroflicha sarxisob qilib, mamlakatimiz miqyosida erishilgan yutuq va natijalarini chuqur tahlil etish, yuksak marralarni qoʻlga kiritish uchun oldimizda turgan eng muhum va ustuvor vazifalarni belgilab olish ijtimoiy-iqtisodiy taraqiyotimizning yangi bosqichiga koʼtarishda hal etuvchi oʼrin tutadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda Pirizdentimizning Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2022 yil uchun moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bagʻishlab oʼtkazilgan majlislardagi maʼruzasi beqiyos ahamiyatga ega.
Ishlab chiqarishni madelnizatsiya qilish va yangilash,taransport va muhandislik-kamunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni taraqqiy etishni qoʻllab quvvatlash dasturlarini amalga oshirish natijasida 2019 -yilda mamlakatimizda 1 millionga yaqin ish oʼrni tashkil etildi. Ularning 60 foizi qishloq joylarida yaratilganligi ayniqsa eʼtiborlidir.Oʼtgan yilda mamlakatimiz taʼlim muassasalarining 600 mingdan ziyod bitiruvchi ish bilan taʼminlandi.Shunisi quvonarliki, yoshlarimizning aksariyat katta qismi oʼz kelajagini kichik biznesda koʼrmoqda.
Oʼzbekistonda 2008-yilning oʼzida inqirozga qarshi kurash choralari tadbirlarni izchil ravishda amalga oshirishga kirishildi. Yengil sanoat sohasida tashkil etilgan qoʻshma korxonalar geografiyasiga nazar tashlaydigan boʼlsak,bugungi kunda sohani rivojlantirish borasidagi eng katta xorij sarmoyasiga ega boʻlgan davlatlardan biri Kareya Respublikasi hisoblanadi.Mazkur davlatning ulushi 38 foizni tashkil etadi. Kiyingi oʼrinlarda esa Turkiya, Xitoy,Germaniya, Buyuk Biritaniya va boshqa davlatlar turadi.
Respublikamizda kichik tikuvchilik korxonalari, qoʼshma korxonalar va yakka buyurtma tikish korxonalari ishlab chiqariladigan mahsulotlar kiyimga boʼlgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Shuning uchun oliy oʼquv yurtlarida,kasb hunar kallejlarida, umumtaʼlim maktablarida,maktabdan tashqi muassasalarda talaba yoshlarga tikuvchilik korxonalarida xizmat qilishga tayyorlashga eʼtibor qaratilmoqda.
Keyingi yillarda zamonaviy bozor iqtisodiyoti asosida rivojlanayotgan bir qator mamlakatlarda yirik korxonalarning ichki bo’linmalari bajargan avvalgi ko’p funksiyalardan voz kechish va bu funksiyalarni kichik korxonalarga berish jarayoni kuzatilmoqda. Aynan shu sabablarga ko’ra yirik sanoat korxonalari soni qisqarib, kichik korxonalar soni o’sib bormoqda. Bu jarayon bozor iqtisodiyotining dinamik, harakatchan, yangiliklarga hozirjavob tarzda o’sishiga tez moslashuvchan bo’lishni ta’minlaydi. Shunga muvofiq, O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar korxonalari bilan raqobatbardoshlik darajasi ortishiga imkon beradigan eng muhim omillardan biri kichik korxonalarning butun bir tarmog’ini vujudga keltirishga imkon beradigan shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo’lib, bunday korxonalar yig’indisi raqobatdoshli bozor muhitini yaratishga imkon beradi.
Tikuvchilik sanoati oldiga qo`yiladigan masalalarni yechishda kiyimni amaliy va ilmiy jihatdan konstruktsiyalash ishlari yetakchi o`rin egallaydi, chunki loyihalashning ayni shu bosqichida kiyim va uning sifatiga qo`yiladigan barcha ijtimoiy va texnik-iqtisodiy talablar to`liq hisobga olinishi kerak

2. MODEL TANLASH VA ASOSLASH.


1-MODEL
Erkaklar kalta shimi bo’lib, o’rta yoshdagi erkaklar uchun mo’ljallangan. Matosi jensidan. Etak qismi tizzadan pastda bo’lib, taxlangan va qomatga nim yopishgan. Yon qirqma cho’ntaklar bilan bezak berilgan.



Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish