1.2 Otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi mavzusini o’rgatish ustida ishlash texnologiyalari
Egalik affikslar ot va otdan boshqa so‘zlar bilan qo‘llanganda quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
1. O‘zakka egalik qo‘shimchalari qo‘shish bilan tovush tushishi, orttirilishi yoki o‘zgarishi mumkin: og‘iz+im=og‘zim, bo‘yin+im=bo‘ynim, obro‘-obro‘+y+im, parvo+y+im, o‘rtoq+im-o‘rtog‘im, eshik+im-eshigim. Ba’zi so‘zlarga egalik affiksi qo‘shaloq qo‘shiladi: bun+i+si, qay+si+si, singl+i+si
2. Egalik affiksining 1,2- shaxsi asosdan anglashilgan narsa va belgini faqat kishilarga nisbatlaydi. 3-shaxs orqali esa asosdan anglashilgan narsa va belgi kishilardan boshqa narsalarga ham nisbatlanadi: Mening ko‘ylagim, sening ko‘ylaging, uning ko‘ylagi, dalaning havosi, qushlar ovozi kabi.
3. Egalik qo‘shimchalari otdan boshqa so‘zlarga qo‘shilib keladi: o‘qishing, hammang, qahramonim,qanaqasi, o‘qiganim, oqi, qorasi kabi. Barchasi, beshovi kabi so‘zlar tarkibida ular betaraf xususiyatga ega bo‘ladi. Kishilik olmoshlari esa egalik qo‘shimchasini qabul qilmaydi.
4. Egalik qo‘shimchalari o‘zi qo‘shilgan so‘zning boshqa so‘z bilan bog‘lanishida ishlatiladi. Bu vaqtda egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan so‘z qaratqich kelishigi bilan aloqaga kirishadi. Biroq, egalik affiksi o‘zi qo‘shilib kelgan so‘zning sintaktik vazifasini ko‘rsatmaydi: mening kitobim, sening kitobing kabi. Agar qaratqich kelishigidagi so‘z ko‘plikdagi kishilik olmoshi bilan ifodalansa, qaralmishda egalik affiksi qo‘llanmasligi ham mumkin: bizning xonadon, bizning oila kabi.
5. Egalik affiksini olgan ot yoki otlashgan so‘z ba’zan chiqish kelishigidagi so‘z bilan ham bog‘lanishi mumkin. Bunda egalik shaklidagi so‘z ko‘pincha otlashgan so‘zlardan bo‘ladi: tanishlardan bittasi, Mehmonlardan kattasi.
6. Egalik affiksi bosh kelishikdagi so‘z bilan birikib, izohlovchi-izohlanmishli birikma hosil qilishi mumkin: Zarafshon daryo+si, chet tillar institut+i, sut kombinat+ii.
7. Odatda, ot va otdan boshqa so‘zlarga avval ko‘plik affiksi, keyin egalik affiksi qo‘shiladi.Egalik affiksidan so‘ng kelishik affiksi qo‘shilishi mumkin: kitob+lar+im+dan, yaxshi+lar+i+ga. Egalik affikslarini olgan qarindoshlik, yaqinlik ma’nosidagi otlar hurmat ma’nosini ifodalaganda esa, o‘zakka avval egalik keyin ko‘plik affiksi qo‘shiladi: dada+m+lar, uka+m+lar kabi.
8.Egalik affikslari ba’zi so‘zlar tarkibida grammatik ma’nosini yo‘qotib, o‘zi qo‘shilgan so‘z bilan birga boshqa turkumga ko‘chishi mumkin: ertasi, kechasi (ravish) chamasi, yaxshisi (modal so‘z).
Egalik affikslarining omonimiyasi va sinonimiyasi. Egalik kategoriyasiga xos 1, 2-shaxs affikslari so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartuvchi ba’zi qo‘shimchalar bilan shakldoshlik hosil qiladi: a) egalik va ot yasovchi qo‘shimchalar: bola+m, olma+m || chida+m, to‘pla+m; b) egalik va tuslovchilarning 1-shaxsi va ot yasochi qo‘shimchalar: ota+m, aka+m || keldi+m, yozdi+m || to‘pla+m, bog‘la+m; v) egalik va tuslovchilarning 2-shaxsi hamda ot yasovchi qo‘shimchalar: ona+ng, kitob+ing || o‘qi+ng, yoz+ing || yiri+ng; g) egalik affiksining 2-shaxs birligi va qaratqich kelishigining men, sen olmoshlariga qo‘shiladigan –ing shakli o‘zaro omonim bo‘ladi: kitob+ing || men+ing, sen+ing.
Egalik yoki –niki affiksi qo‘shilib kelgan so‘z ot kesim vazifasida ishlatilganda sinonimik munosabatda bo‘lishi mumkin: Bu- mening kitobim || bu kitob- meniki. Biroq bunday holda egalik affikslari o‘zi qo‘shilib kelgan otning shaxs va sonini ko‘rsata olish xususiyati bilan qarashlilik shaklidan farqlanadi.
Otga xos morfologik xususiyatlardan yana biri egalik kategoriyasidir. Predmet (keng ma'noda) ning uch shaxsdan biriga taalluqli (oid, tegishli) ekanligini ko'rsatuvchi umumiy ma'nolar va ularni ifoda qiluvchi shakllar tizimiga egalik kategoriyasi deyiladi.
Masalan:
Birlik Ko'plik
I shaxs. Mening kitobim, bizning kitobimiz.
II shaxs. Sening kitobing, sizning kitobingiz
III shaxs. Uning kitobi ularning kitobi
Misoldan ko'rinadiki, predmet so'zlovchi (I shaxs) tinlovchi (II shaxs) o'zga (III shaxs) ga bir predmet yoki ko'p predmet taalluqli bo'lishi mumkin. Mana shu egalik, oid tegishlilik ma'nosini ifodalash uchun xizmat qiladigan shakllar ham mavjud.
O'zbek tilida egalik ma'nosi, asosan, morfologik usul bilan ifodalanadi.
Egalik, oidlik, tegishlilik ma'nosini ifodalash uchun xizmat qiladigan qo'shimchalar egalik qo'shimchalari deyiladi.
Masalan: daftarim, vazifam kabi so'zlar tarkibidagi -im, -m qo'shimchalari shu so'z orqali ifodalangan predmetlarning har biri yakka bir shaxsga (mening daftarim, mening vazifam) taalluqli ekanligini ko'rsatsa, daftarimiz, vazifamiz so'zlari tarkibidagi -imiz, -miz qo'shimchalari ularning har biri I shaxsga ko'p shaxsga (bizning daftarimiz, bizning vazifamiz) tegishli ekanligini ifodalaydi. Demak, egalik qo'shimchalari shaxs ma'nosi bilan birga (shaxsning sonning (Birlik yoki ko'pligini) ham ko'rsatadi.
Egalik qo'shimchalari negizning so'nggi tovushi unli yoki undosh tovush bilan tugaganiga ko'ra ikki xil shaklda qo'llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |