Mavzu: 4-sinf matematika fanini o’qitishda kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish


Matematika darslarida kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish yòllari



Download 5,63 Mb.
bet3/9
Sana21.07.2022
Hajmi5,63 Mb.
#833808
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
мухаббат kurs ishi

1.2. Matematika darslarida kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish yòllari.
Kommunikativ kompetensiyani boshlang’ich sinf o’quvchilarida shakllantirish juda muhimdir. Ma’lumki, mafkuraviy tarbiyaning eng ta’sirchan vositalaridan biri muloqot hisoblanadi. Chunki inson qalbida va ongida shakllanadigan dunyoqarash, e’tiqod, iymon, vijdon, mas’uliyat kabi fazilatlar tarbiyasida radio-televideniya, gazeta-jurnallar, badiiy hamda ilmiy adabiyotning o’rnini e’tirof etgan holda shuni aytish mumkinki, yuzma-yuz kechadigan fikr almashuv, insonning yuzi va ko’ziga qarab turib aytiladigan bama’ni so’z va hissiyotlarning o’rni beqiyos. Shuning uchun ham ota-ona bir gapni aytishi lozim bo’lsa, bolasining yuzini o’ziga qaratib olib, zarur yuz qiyofasi va ko’zidagi samimiyat bilan fikrini uqtira boshlaydi. Va bunday muloqot, albatta, samarali bo’ladi. Shu bois o’qituvchi-o’quvchi, o’quvchi-o’quvchi va ota-ona – o’quvchi o’rtasidagi muloqot ta’lim-tarbiya jarayonida katta ahamiyatga egadir. Bolalar nutqining rivojlanishi ularning faoliyati, muloqoti bilan uzviy bog’liqdir. Bola jumlalarining mazmuni va shaklidagi o'zgarish uning muloqot shakllari o'zgarishi bilan bog'liq bo'ladi. Ilk bolalik davriga xos situativ nutq ishchan muloqot shaklidan nosituativ bilishga yo'naltirilgan va nosituativ-shaxsiy muloqot shakliga o'tilishi bolalar nutqiga ma'lum bir talablarni qo'yadi. Bu talablar bola nutqining yangi-yangi tomonlarini, turli kommunikativ masalalarni hal qilishi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarni tarkib toptiradi. Bolaning nutqi sotsial kontaktlarni o'rnatish funktsiyasini bajara boshlaydi. Buning uchun esa bolada ichki nutq tarkib topishi, monologik xususiyat kasb etib borishi lozim bo'ladi. Bola nutqining rivojlanishidagi muhim xususiyat - nutq tafakkur quroliga aylanishidan iborat. Bola so'z-lug'at boyligining o'sishida 2 muhim tomon — miqdor va sifat tomonlari mavjud. Lug'at boyligining miqdoriy o'sishi D.B. Elkoninning ko'rsatishicha, bevosita bolaning hayot sharoitlari va tarbiyalanish xususiyatlariga bog'liq. So'nggi yillarda u yoki bu yoshdagi bolalar nutqining lug'at tarkibini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlarda avvalgi tadqiqotlarga nisbatan yuqoriroq miqdoriy ko'rsatkichlar aniqlandi. Kommunikativ kompetensiyada o’quvchining muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirish ham o’z o’rniga ega. Umuman maktab o’quvchisining asosiy natijalari bu ish qanchalik muvaffaqiyatli o’tishiga bog’liq bo’ladi. Ulg’ayayotgan kishining hayotdagi mavqeyini shakllantirishda, uning hayot yo’lini belgilashda, o’z vazifasini anglatishda o’qituvchining bolalar jamoasini barpo etish yuzasidan olib boriladigan faol va qat’iy faoliyati zarur hisoblanadi. Demak, bola kommunikativ kompetensiyani egallashi orqali uning nutqi, muomala-munosabat va bilish darajasi oshib boradi.
Kommunikativ kompetensiya: 
A1
matematikaga oid atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy olish;
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish;
fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;
matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera olish;
matematik qoidalarni yoddan ayta olish;
matematikaga oid audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushuna olish, tegishli munosabat bildira olish;
A1+
Matematikaga oid audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushuna olish, mazmunini aytib bera olish.

Download 5,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish