Mavzu-4: hosilaviy qimmatli qog‘ozlar bozori. Ipoteka qimmatli qogʻozlar bozori reja


-rasm. Fyuchers shartnomalari narxining shakllanishi



Download 442,97 Kb.
bet10/24
Sana02.06.2022
Hajmi442,97 Kb.
#629878
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
4-мавзу

4.2-rasm. Fyuchers shartnomalari narxining shakllanishi.
Ta’kidlash joizki, fyuchers shartnomalar bilan savdo muntazam amalga oshiriladi. Xususan, agar investor 0 nuqtada bo‘lsa va bir yillik shartnoma imzolaydigan bo‘lsa, shartnomada ko‘rsatilgan narx bugungi spot-narxning daromadlilik yillik stavkasiga ko‘paytirilgan (forvard narx kabi) miqdorini tashkil qiladigan bo‘lsa, bu narx adolatli narx hisoblanadi. Shartnomalar ijro etish vaqtiga qanchalik yaqin vaqtda imzolansa, ular bazis aktiv narxiga shunchalik yaqin bo‘ladi. Ijro etish vaqtida ular teng bo‘ladi.
Shu bilan bir paytda, fyuchers shartnomalarni forvard shartnomalardan ajratib turadigan qator muhim va jiddiy tafovutlar mavjud:
–fyuchers shartnomasi standartlashtirilgan hisoblanadi (yetkazib berish narxidan tashqari fyuchers shartnomasining barcha shartlari birja tomonidan shartnoma tasnifida (spesifikatsiyasida) belgilab beriladi);
–birja fyuchers shartnomalari ijro etilishini kafolatlaydi (fyuchers bozorida birja markaziy kontragent
– savdoning barcha qatnashchilari uchun bitimlar bo‘yicha umumiy tomon rolida ishtirok etadi; shunday qilib, agar tomonlardan biri fyuchers shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmasa, bu uning kontragenti bitimni ijro etmasligi uchun asos bo‘lmaydi);
–fyuchers bozori qatnashchisi shartnoma muddati tugagunga qadar istalgan payt o‘z pozitsiyasini yo‘nalish bo‘yicha qarama-qarshi (ofset) bitim bilan yopishi mumkin (masalan, fyuchers bozorida qisqa pozitsiyani yopish uchun xuddi shu miqdordagi shartnomaga uzun pozitsiya ochish zarur
– bu holatda savdo qatnashchisining pozitsiyasi bekor qilinadi); –fyuchers bozorida moliyaviy kafolatlar tizimi amal qiladi
– har bir fyuchers shartnoma bo‘yicha birja pozitsiya ochish (boshlang‘ich, yoki depozit marja) va uni saqlash (qo‘llab-quvvatlaydigan marja) uchun zarur bo‘lgan kafolat ta’minoti minimal hajmini belgilaydi;
–birja har kuni savdo qatnashchilarining fyuchers shartnomalar bo‘yicha pozitsiyalarini qayta baholaydi va yutuq yoki yutqiziqlar miqdorini (variatsion marja) savdo qatnashchilari schetlari o‘rtasida o‘tkazadi;
–qoidaga ko‘ra, fyuchers shartnomalar bo‘yicha bazis aktivni haqiqatda yetkazib berish amalga oshirilmaydi (savdo qatnashchilarining ko‘pchiligi o‘zining savdo pozitsiyasini qayta baholash shaklida foyda yoki ziyon ko‘rgan holda shartnomaning tugash muddatidan oldin o‘z pozitsiyalarini ofset bitimlar bilan yopadi).
Qoidaga ko‘ra, fyuchers shartnomalarining ijro sanasi bir yilda to‘rt marta ro‘y beradi (mart, iyun, sentyabr va dekabr oylarining o‘rtasida– ularning nomi ham shundan kelib chiqadi: mos ravishda mart, iyun, sentyabr va dekabr fyucherslari).
Istalgan investor fyuchersning ijrosini (qattiq majburiyatni) kutib o‘tirmasdan o‘z pozitsiyasini yopishi mumkin.

Download 442,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish