Asosiy tushunchalar:
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
1. O’quvchilar bilan salomlashish
2. Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish
3. Yo’qlamani aniqlash
4. Navbatchi axboroti.
5. Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.
6. Tayanch bilimlarning faollashtirish.
Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.
1. Dasturlashning rivojlanish bosqichlarini sanab bering.
2. Zamonaviy dasturlash muhitlari haqida nimalar bilasiz?
3. Turbo Pascal da a) qiymat berish operatori; b) shartli operator qatnashgan dasturlar tuzing.
4. Turbo Pascal da a) tarmoqlanuvchi operator; b) sikl operatori qatnashgan dasturlar tuzing.
Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).
Nazariy qism:
1. Delphi interfeysi quyidagi bo‘limlardan iborat:
1 . Sarlavha satri.
2. Asosiy menyu.
3. Jihozlar paneli.
4. Boshqarish obyektlari (komponentalar) panellari.
5. Boshqarish obyektlari brauzeri.
6. Boshqarish obyektlari (obyektlar) inspektori.
7. Yaratilayotgan
ilova oynasi (forma).
8. Yaratilayotgan
ilova kodi.
1. Delphi muhiti oynasining sarlavha satri standart ko‘rinishga ega bo‘lib, unda ilovaning nomi, unda yaratilayotgan loyiha nomi va oynani yashirish, o‘lchovini o‘zgartirish va uni yopish uchun xizmat qiladigan uchta tugma joylashgan.
2. Delphining asosiy menyusi 11 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, ular quyidagilardir:
1. File (Fayl).
2. Edit (Tahrirlash).
3. Search (Qidiruv).
4. View (Ko‘rinish).
5. Project (Loyiha).
6. Run (ishga tushirish).
7. Component (Boshqarish obyektlari).
8. Database (Ma’lumotlar ombori).
9. Tools (Jihozlar).
10. Window (Oynalar).
11. Help (Yordam).
Delphi Uskunalar paneli va obyekt (komponenta)lar paneli. Uskunalar panelida ko‘p ishlatiladigan buyruqlarning tugmalari joylashgan bo‘lib, bu ularni asosiy menyuga kirmasdan ishlatish imkonini beradi.
3. Jihozlar panelida o‘ndan ortiq tugmalar bo‘lib, ularga yangilarini qo‘shish, ba’zilarini olib tashlash mumkin. Komponenta deb yaratilayotgan ilovaga joylash uchun mo‘ljallangan turli boshqarish elementlari (obyektlar)ga aytiladi. Vizual dasturlash shu boshqarish elementlarini ilova oynasiga joylash va uning xossalarini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. Delphida yuzlab boshqarish elementlari bo‘lib, ular yigirmadan ortiq komponentalar paneliga joylab chiqilgan.
4. Delphi oynalari. Delphi ning asosiy oynasidan tashqari yana bir qator oynalari bo‘lib, ularning asosiy oyna ichida joylashishini o‘zgartirish, ularni yashirish, ekranga chiqarish, o‘lchamlarini o‘zgartirish mumkin. Bu oynalardan birinchi forma oynasi deb ataladi va unda yaratilayotgan ilovaning asosiy oynasining ko‘rinishi aks etadi. Bu oynaning o‘lchamlarini o‘zgartirish bilan yaratilayotgan ilova oynasining o‘lchamlarini o‘zgartirish mumkin. Unga komponentalar panelidan kerakli komponentalarni sichqoncha yordamida sudrab o‘tkaziladi va ularning o‘zaro joylashishi rejalashtiriladi. Bu oynani yangi ilova oynasi yoki sodda qilib ilova oynasi
deb ataymiz. U bilan ishlash uning o‘lchamlarini o‘zgartirish, unga yangi boshqarish elementlarini joylash va bu elementlarning joylashishini o‘zgartirishdan iborat bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |