Mavzu 30: Total commander qobiq dasturi



Download 50 Kb.
bet1/4
Sana04.02.2022
Hajmi50 Kb.
#430155
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu 30


Mavzu 30: Total commander qobiq dasturi

Reja:

1. Qobiq dasturlar.


2. Total Commander panellarini boshqarish.
3. Total Commander matn muharriri.
4. Total Commander funksional tugmachalardan foydalanish.
Qobiq-dastur – operatsion sistema boshqaruvida ishga tushiriladigan va foydalanuvchiga shu operatsion sistema bilan ishlashga koʻmaklashadigan dasturdir. Eng birinchi ommalashgan qobiq-dasturlardan biri Norton Commander deb nomlanadi. Bu qobiq-dastur amerikalik mashhur dasturchi Piter Norton tomonidan ishlab chiqildi va juda tez ommalashib ketdi. Hozirgi kunda keng tarqalgan Windows Commander, Total Commander, Far manager kabi qobiq-dasturlar Norton Commander dasturining asosiy ish tamoyillarini oʻzida saqlab qolgan.
Norton Commander kompyuter ekranida disk, katalog va fayllar strukturasini koʻrgazmali tarzdakoʻrsatib turadi. Maplumki, matnli interfeysda operatsion sistemaning buyruqlarini kompyuterga kiritish koʻp mehnat, vaqt va qunt talab qiladi. Norton Commander foydalanuvchini bu mehnatdan va operatsion sistemaning oʻnlab buyruqlarini doimo yodda saqlashdan xalos etdi. Mazkur dasturning eng afzal tomonlaridan biri – u operatsion sistema buyruqlaridan oson va samarali foydalanish imkonini beradi.
Norton Commanderdan foydalanuvchi qobiq-dasturni tark etmasdan turib, biror dasturni tuzishi yoki matnni tayyorlashi, ularni tahrirlashi va ishga tushirishi mumkin. Norton Commander foydalanuvchi kiritgan buyruqlarni esda saqlab boradi va ishlash jarayonida yana shu buyruqlardan foydalanishga toʻgʻri kelsa, ularni takroran klaviatura orqali termasdan amalga oshirish imkonini beradi. Foydalanuvchi tomonidan tanlangan operatsion sistema buyrug’ʻi yoki amaliy dastur bajarib boʻlingandan soʻng yana Norton Commanderga qaytiladi.
Qobiq-dasturlar asosan quyidagi imkoniyatlarni beradi:
• diskdan kataloglar roʻyxatini ekranga toʻliq chiqarish;
• fayllardan nusxa koʻchirish;
• fayllarni qayta nomlash;
• fayllarni oʻchirish;
• kataloglarning pogʻonalik tuzilmasini koʻrish;
• bir katalogdan boshqa kataloglarga oʻtish;
• kataloglar hosil qilish;
• katalogni qayta nomlash va oʻchirish;
• matnli fayllarni tahrir qilish va boshqalar.

Total Commander dasturi Windows bilan ishlashni yengillashtirishdan iborat. Bu dastur fayllar va papkalar bilan asosiy amallarni qidirish, nusxa olish, qayta nomlash, oʻchirish kabilarni soddaroq, qulayroq va yaqqolroq bajaradi.

Total Commander turli funksiyalarni bajaradi, xususan:

-diskdagi kataloglar roʻyxatini yaqqol koʻrsatadi.


-diskdagi kataloglar daraxtini koʻrsatish, kataloglarni yaratish, qayta nomlash, oʻchirish imkoniyatlariga ega.
- fayllar ustida nusxa koʻchirish, qayta nomlash, joyni oʻzgartirish va oʻchirish komandalarini qulayroq bajaradi.
-turli matnli fayllar, hujjatlar, arxiv fayllar, maplumotlar bazasimatnlarini koʻrish, matnli fayllarni tahrir qilish imkoniga ega.

Total Commander (Windows Commander) dasturi WINDOWS operatsion tizimi bilan ishlash uchun eng ommaviy dastur-qobiqlardan biridir, u Windows tizimida foydalanuvchi disklarni va disklardagi maplumotlarni, papkalarni (kataloglarni) koʻradi, fayllarni oʻchiradi, nusxa oladi, qayta nomlaydi, dasturni ishga tushiradi va hokazo.


Total Commander ekranda buyruqni yoki faylning nomini tanlash yetarli, Enter tugmasini, funksional tugmasini yoki sichqonchani shiqirlatish kerak va kerakli jarayon bajariladi.
Total Commander bilan birgalikda matnli fayllarni va boshqa hujjatlarni tahrir qilish va koʻrib chiqish uchun dasturlar yetkazib beriladi.
Total Commander dasturini yuklash uchun “Пуск” menyusidan “Программ” –Total Commander dasturi tanlanadi.
Total Commander dasturi ishga tushirilgandan keyin oynaning yuqori qismida menyular qatori, disklarni tanlash tugmalari, ikkita ramka bilan chegaralangan toʻgʻri toʻrtburchakli oyna paydo boʻladi.
Ekranning pastki satrlarida buyruqli satr va F3-F8, Alt+F4 boshqarish tugmalari joylashgan:
F3 oʻqish (View)- kursor bilan tanlangan faylni koʻrib chiqish.
F4 toʻgʻrilash (Edit)- kursor bilan tanlangan faylni tahrir qilish.
F5 nusxa(Soru)- kursor bilan tanlangan papkani (katalogni) yoki fayllarni nusxalash.
F6 nom(RenMov)- kursor bilan tanlangan papkani (katalogni) yoki fayllarni qayta nomlash yoki siljitish(siljitish boshqa panelda ochilgan papkada amalga oshiriladi).
F7 katalog — yangi papka (katalog) yaratish.
F8 oʻchirish(Delete)- kursor bilan tanlangan faylni (boʻsh katalogni) oʻchirish.
Alt+F4 chiqish(Quit)- Total Commander dasturidan chiqish.
Fayllar toʻgʻrisidagi maplumotlarni chiqarishning 4 shakli mavjud: toʻliq, qisqa, izoh va andoza. Toʻliq shaklda oʻng tarafda fayl oʻlchami baytlarda, faylni yaratish yoki oxirgi oʻzgartirilgan sanasi va vaqti chiqariladi. Qisqa shaklda faqat fayl nomi chiqariladi.
«Загаловки табулятор» paneli boʻyicha papka (katalog) va fayllar nomlarini sozlashda quyidagi imkoniyatlar mavjud:
-nomlarni alifbo tartibida;
-kengaytmalarni alfavit tartibida;
-fayllar oʻlchanining kamayishi tartibida.
-faylning yaratilish sanasi va vaqtining kamayishi tartibda.

Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish