Iqtisodiy atamalar lug’ati
Annuitet - investorga muntazam ravishda belgilangan muddatlarda
muayyan daromad keltiruvchi investitsiyalardir.
Aktsiyalar deganda aktsiya egasi xissadorlik jamiyati kapitaliga o’zining
ma`lum xissasini qushganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad
olish huquqi borligiga guvoxlik beruvchi qimmatli qog’oz tushuniladi.
Bevosita investitsiyalar - esa iqtisodiy sub`ektning ustav kapitaliga
daromad topish va xo’jalik yurituvchi sub`ektni boshqarishda ishtirok etish
huquqini olish maqsadlarida kiritiladigan investitsiyalardir.
Biznes-reja – bu korxonani kelajakdagi asosiy jihatlarini belgilovchi xujjat
bo’lib, korxona oldida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan muammolarni va ularni xal
etish usullarini aniqlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |