3. Investitsiya risklarini pasaytirish yo’llari
Investitsiya risklarini pasaytirishda ko’prok sugurtalashdan foydalaniladi.
Sugurta ximoyasiga olishning uchta turi farklanadi.
1. O’z-o’zini sugurtalab.
Bu usulda xujalikdagi xar kanday sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xodisalar,
korxonalardagi maxsus jamgarmalar tomonidan koplanadi. O’z-o’zini sugurtalab
maxsus fondlarga ajratiladigan ajratmalar summasiga boglik bo’ladi. YA`ni
ko’rilgan zararlar mikdori ko’p bo’lsa, ajratma summasini oshishiga olish keladi
va bu jixatdan bu mablag’lar chegaralangandir. Korxonaning aylanma
mablag’laridan bir kismi maxsus fondlarga jamgariladi va aylanma mablag’lar
xajmiga salshiy ta`sir ko’rsatadi. O’z-o’zini sugurtalab ikkita asosiy sababga ko’ra
zarur bo’ladi:
126
- korxonani sugurtaviy ximoyalashning boshqa usullarini ko’llash mumkin
bo’lmaganda;
- yoki bunday risklar turlari borki, ularni alshatta kompensatsiya qilish zarur.
2. Sugurtalab.
Suurta iqtisodiy faoliyatning muxim turi sifatida, sugurtalanuvchilar mulkiy
kizikishlarida ko’riladigan zararlar bo’yicha risklarni taksimlanishi bilan boglik va
bevosita maxsus ixtisoslashtirilgan tashkilotlar (sugurtalovchilar) tomonidan,
sugurta shadallarini bir joyga to’plovchi, sugurta zaxiralarini tashkil qilish va
sugurtalanuvchilarning ko’rgan zararlarini koplashni amalga oshirishni ifodalaydi.
Bu holatda sugurtalanuvchilar o’rtasida risklarni taksimlash asosiy jarayon bo’lib,
ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlar bo’yicha potentsial risklar sugurtalanuvchilar
o’rtasida taksimlanadi, ya`ni qurilishi mumkin bo’lgan zararlarni koplash xar bir
sugurtalanuvchilar zimmasiga tushadi. Bu munosabatlarda asosiy o’rinni
sugurtalovchiga to’lanadigan sugurta shadallari egallaydi. Ammo, bu sugurta
shadallarining etishmovchiligi yuzasidan ko’riladigan zararlarni sugurtalovchi
koplamaydi degani emas. Ana bu holat sugurta faoliyatida tadbirkorlik riskini
keltirish chiqaradi, ya`ni sugurtalovchi ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlar
yuzasidan oldindan sugurta koplamasini o’z mablag’lari hisobidan xam to’lashni
ko’zda tutadi.
Sugurta usuli alshatta sodir bo’lishi mumkin bo’lgan yoki bo’lmagan risklarni
extimoliyligi baholanganda va sugurtalovchi tomonidan zararlarni koplash
bo’yicha aniq moliyaviy kafolatlar mavjud bo’lganda ko’llaniladi.
Investitsiya loyihasi riskini baholash usullari orasida eng ko’p
ko’llaniladiganlari quyidagilar: 1) Loyihaning sezgirlik taxlili. 2) ―Zararsizlik
nuktasi‖ni aniqlash. 3) SHarqarorlikni tekshirish.
Sezgirlik taxlili loyihaning o’xshash parametrlaridan biri o’zgarganda,
loyiha samaradorligi kay darajada o’zgarishiga mikdoriy baxo berishda
ko’llaniladi. Sezgirlik taxlilini Investitsiya loyihalari natijalariga sezilarli darajada
ta`sir etuvchi omillarni aniqlash va ularni takkoslash taxlili uchun utkazish tavsiya
etiladi. Bu omillar bilan boglik vazifalarni echishda quyidagi ketma-ketlikka amal
127
kilinadi. Avvalo, sof joriy qiymatni hisoblashga yordam beradigan omillar
aniqlanadi. Keyin ma`lum oraliklarda omillardan biri uzgartirilish, sof joriy
qiymat hisoblash chikiladi, ushbu yo’l xar bir omil uchun takrorlanadi. Bundan
sung xamma hisoblar jadvalga joylashtiriladi, xar bir omil uzgarishiga nisbatan
loyihaning sezgirlik darajasi solishtiriladi va loyihaning muvaffakiyatiga eng kup
darajada ta`sir etuvchilari aniqlanadi. Sezgirlik taxlili yordamida, hisoblar uchun
zarur bulgan turli xil uzgaruvchilar berilganda, nakd foyda yoki Investitsiya
rentabelligining eng zaruriy uzgarishlarini aniqlash mumkin. Turli xil
uzgaruvchilarga Ishlab chiqarish xarajatlari, sotish xajmi, Investitsiya davri
davomiyligi, kredit foizi, xom ashyo va yonilgi qiymati, soliklar mikdori va
boshqalar misol buladi.
―Zararsizlik nuktasi‖ni aniqlash usuli yordamida maxsulot sotishdan kelgan
tubum uni Ishlab chiqarish xarajatlariga teng bulgan holdagi sotish xajmi
aniqlanadi. Agar sotish xajmi bu nuktadan past bulsa, korxona zararlarni koplashi
mumkin, agar pul kirimi xarajatlarga teng bulsa, korxona ishini zararsiz olish
borayotgan buladi. ―Zararsizlik‖ taxlili loyiha kuvvati yoki Ishlab chiqarish xajmi
mikdorini topish maksadida kullaniladi. Agar Ishlab chiqarish xajmi past bulsa,
korxona zararga ishlayotgan buladi. Bu taxlil loyihani baholashda turli narx va
qiymatni hisobga olishga bir kator zararsizlik nuktalarini hisoblashga imkon
beradi.
SHarqarorlikni tekshirish usuli yordamida Investitsiya ishtirokchilari uchun
eng xatarli variantlarda Investitsiya loyihasini rivojlantirish
rejasini
Ishlab
chikishni oldindan kurish chikish mumkin. Xar bir rejada xar bir ishtirokchining
rejalashtirilayotgan daromadi, yukotishlari, samaradorligi e`tiborga olinadi. Agar
barcha kurish utilgan holatlarda ishtirokchilar kizikishlari kuzatilsa, kutilayotgan
kungilsiz okibatlar mavjud zaxira va rezervlar hisobiga cheklatilsa yoki sugurta
tulovlari bilan koplansa, loyiha sharqaror va samarali deb hisoblanadi. Loyihaning
sharqarorlik darajasi uni amalga oshirish sharoitlarining extimolli uzgarishlarga
nisshatan Ishlab chiqarish, narx va maxsulotning eng yukori darajadagi qiymati
orkali ifodalanishi mumkin.
128
YUkorida kurish utilgan riskni boshqarish bosqichlari va riskni baholash
usullari yordamida risk sababli buladigan yukotishlarni pasaytirish, ular bilan
boglik kungilsiz okibatlarni kamaytirish usullarini taklif qilish mumkin.
3. Umumdavlat resurslari hisobidan markazlashgan holda ajratmalarni
amalga oshirish orkali. Bu resurslar hisobidan katta xajmdagi kuzda tutilmagan
holatlar buyicha favkulodda zararlar koplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |