5. Korxona investitsion jozibadorligini baholash.
Investitsion bozorni o’rganish yakuniy bosqichi bo’lib alohida korxonalar
investitsion jozibadorligini tahlil qilish va baholash hisoblanadi. Bunday baholash
investor tomonidan kapital qo’yilmalarning kengayish va texnik qayta jixozlash
maqsadga muvofiqligini aniqlashda, al’ternativ xususiylashtirish ob`ektlarini sotib
olishda tanlash, kompaniyalar aktsiyalarini sotib olishda o’tkaziladi.
Korxona investitsion jozibadorligini baholash uning xayotiy tsikl bosqichini
aniqlashni talab etadi. Bozor nazariyasiga asosan qo’yidagi olti bosqich ajratiladi:
1)
paydo bo’lish;
2)
bolalik;
3)
yoshlik;
4)
etuklik;
5)
qarilik.
Korxona xayotiy tsikli umumiy davri 20-25 yilga teng.
O’sish bosqichida turgan korxonalar investitsion jozibador hisoblanadi, ya`ni
boshlang’ich to’rt rivojlanish bosqichlarida.
Investitsion jozibadorlikni baholash jarayonida korxona moliyaviy tahlilining
asosiy yo’nalishlari:
1) Aktivlarning aylanish tezligini tahlil qilish.
2) Kapital foydaliligini tahlil qilish.
3) Moliyaviy mustaxkamlikni tahlil qilish.
4) Aktivlarning likvidligini tahlil qilish.
1. Aktivlarning aylanish tezligini tahlil qilishda foydalanilayotgan aktivlar
aylanish davri korxona faoliyati ichki sharoitlari bilan belgilanadigan, ya`ni
marketing, ishlab chiqarish, moliyaviy strategiya va taktika samaradorligi.
61
2. Kapital foydaliligi qo’yilayotgan vositalardan foydalanish jarayonida
yuqori foydani ta`minlash investitsiyalash bosh maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Xozirgi sharoitda korxona foyda ko’rsatgichi ma`lum darajada o’zgarib tursada,
tahlil jarayonida uni tashkil etish saloxiyatini aniqlash mumkin bo’ladi.
3. Moliyaviy mustaxkamlik investitsion vositalarni tashkil etish strukturasi
bilan bog’liq investitsion riskni baholashga va joriy ishlab chiqarish faoliyatini
moliyalashtirish manbalari optimalligini aniqlashga imkon beradi.
4. Aktivlarning likvidligi. Likvidlikni baholash korxonaning qisqa muddatli
majburiyatlar bo’yicha to’lov qodirligini aniqlaydi yoki boshqacha kilib aytganda
aktivlar likvidlik holati qisqa muddatda investitsion risklar darajasini
xarakterlaydi.
Jaxon tajribasi moliyaviy tahlil ko’rsatgichlari keng tizimini ishlab chiqqan.
Aktivlarning aylanish tezligi tahlil qilish jarayonida qo’yidagi ko’rsatgichlar
muhim ahamiyatga ega:
a) hamma foydalanilayotgan aktivlar aylanish koeffitsienti;
b) joriy aktivlar aylanish tezligi koeffitsienti;
v) foydalanilayotgan aktivlar aylanish davomiyligi;
g) joriy aktivlar aylanish davomiyligi.
Aktivlar aylanish tezligi koeffitsienti dinamikada kamayishi yoki ularning
aylanish davomiyligining o’sishi korxona rivojlanishida salbiy tendentsiyalar
paydo bo’layotganilan xabar beradi, chunki joriy xo’jalik faoliyatiga qo’shimcha
investitsiya vositalarini zaruriyatini keltirib chiqaradi.
SHuning bilan birga moliyaviy holatni tahlil qilish sxemasi mavjud va u
«Dyupon» («Moliyaviy tahlil Dyupon tizimi») korporatsiyasi tomonidan ishlab
chiqilgan. Ushbu usul baholash yagona tizimida ko’rib o’tilgan ko’rsatgichlarni
o’zaro bog’lash imkonini beradi. «Dyupon modeliga» asosan foydalanilayotgan
aktivlar foydasi mahsulotni sotishdan keladigan foydaning aktivlar aylanish
koeffitsienti ko’paytmasiga teng. SHunday kilib alohida korxonalar investitsion
jozibadorligini baholash uchun marketing, ishlab chiqarish, moliyaviy faoliyat
62
tahlili, foydani belgilovchi asosiy omillarni o’rganish va uni ko’paytirish
imkoniyatlarini tahlil qilish zaruratini talab etadi.
Xulosa
Investitsion bozor – bu hamma turdagi investitsiyalash ob`ektlari bozori yoki
o’zining tarkibida to’g’ridan-to’g’ri kapital qo’yilmalar bozori, xususiylashtirilgan
ob`ektlar bozori, ko’chmas mulk bozori, real investitsiyalash ob`ektlari bozori,
fond bozori, pul bozori kabi alohida bozorlar yig’indisidir.
Butun investitsion bozor yoki uning alohida segmentlari uchun qo’yidagi
to’rtta bosqich xarakterlidir: kon`yunkturaning o’sishi, kon`yunktura bumi,
kon`yunkturaning nimjonlanishi va kon`yunkturaning pasayishi.
Samarali investitsion strategiyani tashkil etish va iqtisodiy asoslangan
investitsion qarorlarni qabul qilish uchun investitsion bozorini sistematik ravishda
o’rganish lozim. Investitsion bozor kon`yunkturasini o’rganish qo’yidagi uch
bosqichdan iborat:
1. Investitsiya faoliyati ko’zda tutilayotgan yoki amalga oshirilayotgan bozor
segmentida investitsion faollikni joriy ko’zatib borish.
2. Investitsion bozor joriy kon`yunkturasini tahlil qilish va uning zamonaviy
rivojlanish tendentsiyalarini ajratish.
3. Investitsiya faoliyati strategiyasining asosiy yo’nalishlarini tanlash va
investitsion portfelni tashkil etish uchun investitsion bozor kon`yunkturasini
prognozlash.
Investitsion bozor rivojlanishining makroiqtisodiy ko’rsatgichlarini o’rganish
bozorni tadqiq etish birinchi murakkab bosqichi hisoblanadi va keng ma`nodagi
axborot, malakali ijrochilarni talab etadi. U o’z ichiga qo’yidagi bosqichlarni
oladi:
1)
investitsion bozor joriy kon`yunktura holatini va investitsion
iqlimni aks ettiruvchi birlamchi ko’zatilayotgan ko’rsatgichlar tizimini
tashkil etish;
2)
investitsion bozor joriy kon`yunkturasini taxlil etish;
63
3)
investitsion bozor rivojlanishiga ta`sir ko’rsatuvchi sharoitlar
va omillarni istiqboldagi o’zgarishlarini tadqiq qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |