Мавзу-3: Давлат инвестиция дастури


 Davlat investitsiya dasturining amalga oshirilishi monitoringi



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/52
Sana28.09.2021
Hajmi1,29 Mb.
#187661
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52
Bog'liq
investitsion loyihalarni moliyalashtirish

 
3. Davlat investitsiya dasturining amalga oshirilishi monitoringi. 
Monitoring, eng avvalo, loyihani moliyalashtirishga mablag’ berish bitimiga 
tegishli  barcha  xujjatlarni  va  ularning  shartlari  bajarilishini,  ularning  bank-kredit 
siyosatiga, kabul qilingan me`yorlar va tartiblarga muvofiqligini davriy tekshirish 
borishni  o’z  ichiga  oladi.  Navbatdagi  qadam  qarzdorning  moliyaviy  layoqatini  
baholash bo’lib, uning balansini, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotini xamda 
mijozning  moliyaviy-xo’jalik  faoliyatini  tavsiflovchi  boshqa  xujjatlarini  taxlil 
qilish asosida amalga oshiriladi. 


 
52 
Monitoringning  yana  bir  muxim  tomoni  kreditni  qoplashning  ikkilamchi 
manbai - uning qaytarilishining ta`minotini tekshirish hisoblanadi. 
Bugungi kunda Respublikamizda xar yili yuzlab loyihalarni moliyalashtirish 
amalga oshirilmoqda. 
Bu  loyihalar  davlat  byudjeti  mablag’lari,  xalkaro  kredit 
liniyalari  mablag’lari  hisobiga,  Biznes-fond  va    byudjetdan  tashqari  fondlar, 
banklar,  chet  ellik  va  xususiy  investorlar  tomonidan  moliyalashtirilar  ekan, 
albatta,  bu  mablag’larning  kaytarilishi  va  ma`lum  miqdorda  ularning  foyda  bilan 
ta`minlanishi  talab  etiladi.  Ushbu  mablag’larning  muayyan  foydasi  bilan 
kaytishligini  aniqlash,  tekshirib  borish  va  taxlil  qilib  turish  uchun  kreditorlar 
tomonidan,  shuningdek  mol  etkazib  beruvchilar,  xususan,  lizing,  sug’urta 
kompaniyalari  va  kafillik  beruvchi  tashkilotlar  tomonidan  loyihalarning  
monitoringi olish boriladi. 
Bugungi  kunda  O’zbekiston  Respublikasida  xam  moliyalashtirilayotgan 
barcha loyihalar ustidan monitoring  olish  borishning  umumiy  tizimi  joriy 
qilingan. 
Xar  bir  moliyalashtiruvchi  yoki  kreditlashni  amalga  oshiruvchi  tashkilotlar 
o’zlarining  faoliyat  turi  va  xususiyatlaridan  kelib  chikib,  o’zlariga  xos  bo’lgan 
monitoring o’tkazish tartibini ishlab chiqadilar va bu asosda faoliyat yuritadilar.   
Monitoringning mazmuni ''ko’zgu'' degan ma`noni anglatadi.  
Monitoringni yuritishda quyidagilar ko’zda tutiladi: 
4. 
Amalga  oshirilmoqchi  bo’lgan  loyihada  nima  ishlab 
chiqarish ko’zda tutilganligi. 
5. 
Ishlab  chiqarish  jarayonini  bilishlik,  ya`ni  maxsulot 
ishlab chiqarish jarayonini boshidan oxirigacha kuzatib borish. 
6. 
Ishlab  chiqarish  korxonasining  tashkiliy,  iqtisodiy, 
ijtimoiy, siyosiy va ekologik jixatdan asoslanishi va tashkil etilishi. 
7. 
Loyihani  moliyalatirish  manbalarini  aniqlash  va  uni 
moliyalashtirishni amalga oshirish. 
Monitoring olib borish bosqichlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 


 
53 

korxonaning  moliyaviy-xo’jalik  faoliyati  to’g’risidagi  ma`lumotlarni 
yiyaish va qayta ishlash; 

olingan  ma`lumotlar  asosida  korxonalarning  moliyaviy-xo’jalik  holatini 
taxlil etish; 
- taxlil natijalari bo’yicha xulosalar qilish va takliflar berish. 
Dasturni  amalga  oshirilishi  monitoringi  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Maxkamasining  2000  yil  4  yanvardagi  1-son  qarori  bilan  tasdiqlangan 
O’zbekiston  Respublikasi  Investitsiya  dasturiga  kiritilgan  loyihalarning  amalga 
oshirilishi  ustidan  davlat  monitoringi  to’grisidagi  Nizomga  muvofiq  amalga 
oshiriladi. 
Dasturning davlat monitoringi: 
-  investitsiya  loyihalarini,  va  birinchi  navbatda,  markazlashtirilgan 
investitsiyalardan  foydalangan  holda  ro’yobga  chiqarilayotgan  investitsiya 
loyihalarini o’z vaktida va samarali amalga oshirilishini ta`minlash; 
- loyihalarni belgilangan tartibda tasdiqlangan parametrlarga (texnik-iqtisodiy 
asoslar,  texnik-iqtisodiy  hisob-kitoblar),  tanlov  savdolari  (tenderlar)  shartlariga 
rioya qilish; 
- amalga oshirilayotgan loyihalar bo’yicha axborot bazasini shakllantirish; 
-  investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  paydo  bo’ladigan  muammoli 
masalalarni kuzatib borish; 
-  investitsiya  iklimini  takomillashtirish  yuzasidan  takliflar  ishlab  chiqish 
maqsadida amalga oiriladi. 
Dasturning  monitoringi  xar  oyda  statistika  hisoboti  va  so’rov  yo’li  bilan 
iqtisodiyot vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 
Dasturning  monitoring  natijalari  Dasturning  amalga  oshirilishi  to’grisidagi 
xar  choraklik  axborotlarni  tayyorlashda  xamda  navbatdagi  uch  yillik  davrga 
Dasturni shakllantirishda foydalaniladi. 
 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish